10.09.22
Insho: Unutmas mening bog`im.
Reja:
1. Buyuk so`z san' atkori.
2. Shoir she'rlarida vatan tuyg`usi.
3. Unutilmas she`rlar sohibi.
1. Adabiyot sohasida har bir shoirning o`z o`rni bor. Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrining ''Chuqur ko`cha'' dahasida qorachadan kelgan bir bola tug`ildi. Shoirimiz bolalik paytida otasi og`ir kasalga chalinadi. To`shakda yotgan bemor ota esa bola go`dakligida yoq bu olamdan ko`z yumdi. Ammo bola otalik mehrini to`rt yashar Usmon Masodiq o`g`li Nosirhoji xonadonidan topdi. Bo`lajak shoirni ikkinchi otasi uni oilasini Qo`qon shahriga ko`chirib olib keldi. Bola ulg'ayib internatda o`qidi.O`rta maktabda va Samarqandagi O`zbekiston dorelfununida o`qib yurgan paytida shoir nomi bilan tanildi.
2. Usmon Nosir 18 yoshida to 24 yoshgacha bo`lgan davrda ijod qildi . Shu qisqa 6-7 yil ichida u 5 ta she`rlar to`plami ''Quyosh bilan suhbat'', ''Safarbar satrlar'' , ''Traktorobod'', ''Yurak'', ''Mehrim'' va ikki doston ''Norbo`ta'', ''Naxshon'' hamda to`rt drama ''Atlas'', ''Zafar'', ''So`nggi kun'', ''Dushman'', asarlarini yaratdi.Shoir ijodidagi bu xususiyatlar sheriyatda lirikaning yangi turini , badiiy soddalikning eng yaxshi namunasini namoyish qildi. Usmon she`rlarida jimjimadorlik g`alizlik zo`rma-zo`rakilik ko`rinmas, fikr-tuyg`u sodda, lekin lirik harorat bilan , jozibadorlik bilan, orginal tashbixlar bilan bayon qilinar edi.
3. Keyinchalik Usmon Nosir barcha katta- kichik shoirlar yuragiga kirib bordi va ularga o`rnak bo`lib qoldi. Usmon she`riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo`ronday ! U shunday to`polon va to`lqin bilan keldiki, uncha-muncha she`ri uslub va ijodni to`s-to`s qilib yubordi.Uni o`zimizda ''O`zbekning Lermontovi'' , Moskva gazetalarida '' Sharqda Pushkin paydo bo`lib'', deb yozishdi, - deydi shoir Turob To`la .
Usmon Nosir 1944 -yil 23-martda 32 yoshidayoq uzoq Sharqda vafot etdi. Lekin shoir o`zi aytganidek, uni Vatan, xalqimiz, adabiyot unutmadi !
Usmon Nosir lirik shoir edi. Bu yangroq lirika o`zbek she`riyatidagi lirik oqimga hamohang bo`ldi, bu oqimga yangi sharshara bo`lib qo`shildi va bu unga yana-da joziba baxsh etdi.
Bargdek uzilib ketsam
Unutmas meni bog`im .
Ishimni hurmat qilur ,
Gullardan haykal qurur .
SHe`rlarim yangrab qolur ,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog`im,-
(''bog`im'')
Usmon Nosir mening bog`im deganda xalqni buyuk shoirimizni unutmasligini nazarda tutgan !
Do'stlaringiz bilan baham: |