Inson huquqlari d a r slik


Download 11.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana25.12.2019
Hajmi11.99 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
77867

INSON

IYlo‘m inov A bdulxay  R ashidovich 

Tillabayev  M irzatillo  Alisherovich

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 

qabul qilinganligining 65 yilligiga bag ‘ishlanadi

INSON HUQUQLARI

D A R SLIK  

Ikkinchi nashr

Toshkent

“A dolat”

2013


UO‘K:  341.231.14(075)

КВК  67.412.1 

М-99

M o‘minov, A bdulxay Rashidovich; Tillabayev, M irzatillo Alisherovich.

Inson huquqlari: d a rs lik / A.R. M o'minov, M.A. Tillabayev; m as’ul m uharrir 

A.X.  Saidov. -  2-nashr. -  T.: Adolat, 2013. -  504 b. -  (Inson huquqlari um um jahon 

deklaratsiyasi  qabul  qilinganligining  65-yilligiga bag‘ishlanadi)



ISBN  978-9943-394-69-8 

U O ‘K:  341.231.14(075)

KBK 

67.412.1

Mas’ul muharrir:

A.X. Saidov, yu.f.d., professor

Taqrizchilar:

X. Boboyev, yu.f.d.,

Yuristlar malakasini oshirish 

markazi professori, 0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Fan arbobi;

B. Toshev, yu.f.d.,

Jahon  iqtisodiyoti va diplomatiya 

universiteti  professori;

B. Ismoilov, yu.f.d.,

Toshkent davlat yuridik 

universiteti kafedrasi mudiri;

F. Bakayeva, yu.f.n.,

Inson huquqlari bo'yicha 

0 ‘zbekiston Respublikasi 

Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i.

Ushbu  darslik  “ Inson  huquqlari”  fani  predm etini  o'rganishga  bag'ishlangan  b o 'lib ,  unda  inson 

huquqlari  tushunchasi,  tarixi  va  rivojlanish  bosqichlari,  inson  huquqlari  kategoriyalari,  inson  huquqlari 

b o 'y ich a  xalqaro  va  m illiy  huquqiy  norm alar  va  ularni  am alga  oshirish  m exanizm lari,  inson  huquqlari 

sohasida  xalqaro ham korlik kabi m asalalar qam rab  olingan.

D arslik  inson  huquqlari  m asalalarini  o'rganuvchi  talabalar,  o'qituvchilar,  ilm iy  tadqiqotchilar  va 

m utaxassislar ham da keng kitobxonlar om m asiga m o'ljallangan.

ISBN 978-9943-394-69-8

[nawantan

  DAVLAT 

f Ahfcerot-r s s ;згз s r "  '• arl

©   M o ‘m in o v  A .R ., T illabayev  M .A .,  2010,  2013.

©   O 'zb ek isto n   R espublikasi  A dliya  vazirligi  huzuridagi 

“ A dolat” nashriyoti,  2013.



KIRISH SO‘ZI

2013-yilda  xalqaro  jamoatchilik  inson  huquqlari  va  erkinliklarini 

ta’minlash sohasidagi asosiy demokratik tamoyil va talablami  o‘zida mujas- 

sam  etgan,  shuningdek,  bu  sohada  butun  xalqaro  huquq  tizimini  shakl- 

lantirishning siyosiy, huquqiy asosiga aylangan Inson huquqlari umumjahon 

deklaratsiyasi  qabul  qilinganligining  65  yilligini  hamda  inson  huquqlari 

sohasidagi  Vena  deklaratsiyasi  va  harakat  dasturining  20  yilligini  ni- 

shonlamoqda.

Qayd  etish  lozimki,  Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi 

400  dan  ortiq  tillarda nashr qilingan,  dunyoda  birorta  ham  hujjat bunchalik 

ko‘p  tillarga  taijima  qilinmagan.  Bu  esa,  uning  universal  xususiyati  va 

ko‘lamidan  dalolat  beradi.  Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi 

ko‘plab  demokratik  mamlakatlar  konstitutsiyalarining  asosiga  aylangan,  u 

fundamental  huquq  va  erkinliklarga  hurmat  va  rag‘batlantirishning  mezoni 

bo'lgan etalon hisoblanadi.

Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  qoidalari  inson  huquqlari 

bo‘yicha  BMTning  yuzdan  ortiq  xalqaro  konvensiya  va  deklaratsiyalari, 

inson  huquqlari  bo‘yicha  ko‘p  miqdordagi  mintaqaviy  shartnomalar,  inson 

huquqlari bo'yicha milliy qonunchilik va davlatlar konstitutsiyalarining asosi 

hisoblanadi hamda ular inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirishni 

ta’minlab berishga qaratilgan.

Demokratik huquqiy davlat qurish, ko‘p jihatdan, huquqiy ta’lim  dara- 

jasiga bog'liq.  Ushbu  masalaning yana bir  e ’tiborli  tarafi  shundan  iboratki, 

BMT tomonidan 2009-yil -  Inson huquqlari bo'yicha ta’lim xalqaro yili deb 

e’lon  qilindi.  BMT  ilgari  surgan  “ta’lim -  demokratiya  asosi”  degan  da’vat 

hamda BMTning  inson  huquqlari  sohasi  ta’limining  o'n  yilligi  hisoblangan 

1995-2004-yillar  doirasida  1996-yildan  boshlab  yurtimizning barcha ta’lim 

maskanlarida “Inson huquqlari” o'quv kursi tatbiq etildi.

Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan  1997-yil- 

da  qabul  qilingan  “Jamiyatda  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  milliy 

dasturi” 1  va  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2001-yil  4-yanvarda 

qabul qilgan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil 

etish to'g'risida”gi farmoyishining ahamiyati nechog'li yuksak ekanini e’tirof 

etish  o'rinlidir.  Mazkur  Milliy  dastur  va  farmoyishni  ijro  etish  maqsadida 

bugungi  kunda  mamlakatimizning  uzluksiz  konstitutsiyaviy-huquqiy  ta’lim 

tizimi yaratildi.

I  Jam iyatda huquqiy m adaniyatni  yuksaltirish  m illiy  d a stu ri//0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining

Axborotnom asi,  1997-yil,  9-son, 227-m odda.

3


Inson  huquqlari  sohasiga  oid  ta’lim  olish  insonning  eng  asosiy 

huquqlaridan  biridir.  Shuning  uchun  ham,  inson  huquqlari  ta’limi  quyidagi 

manfaatlar nuqtayi  nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi: 

birinchidan,  inson huquqlariga amal qilinishi;

ikkinchidan,  inson  huquqlari  buzilishi  hollarining  kamayishi  va 

buzilishining oldini olish borasida samarali tizim yaratish;

uchinchidan, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini 

shakllantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Qayd  etish  lozimki,  O'zbekistonning  mustaqil  rivojlanish  davrida 

nafaqat  umume’tirof  etilgan  inson  huquqlari  va  erkinliklarining  butun 

kompleksini  qonuniy  mustahkamlagan  barqaror huquqiy  baza  tashkil  etildi, 

balki  inson  huquqlari  sohasida  davlat  va jamoat  nazorati  turlarini  belgilab 

beruvchi,  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilishga  rioya  etishni 

o'matuvchi  tartib  va  mexanizmlar  ham  yaratildi.  Shuning  uchun  ham,  har 

bir davlat tuzilmasining eng muhim  vazifasi  inson huquqlariga rioya qilishni 

haqiqiy ta’minlash  uchun qonun va boshqa  huquqiy hujjatlaming harakatini 

ta’minlab berishdan iborat.

Davlatning  ushbu  ustuvor  vazifasidan  kelib  chiqib,  O'zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2008-yil  1-maydagi “Inson huquqlari umumjahon 

deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi 

to‘g‘risida”gi Farmoni1 asosida mamlakatimizda inson manfaatlarini ko'zlagan 

holda  uning huquq va erkinliklarini ta’minlash  maqsadida demokratik sotsial- 

iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida amalga 

oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab berildi.

Mamlakatimizda  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish 

jarayonida  inson  manfaatlari  asosiy  diqqat  markazida  turgan  siyosiy  va 

ijtimoiy  muhit  rivojlanib  bormoqda.  Davlatimiz  rahbari  O'zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  20  yilligiga  bag'ishlangan  tantanali  maro- 

simdagi ma’ruzasida aytganlaridek, “Hozirgi vaqtda O'zbekistonning shiddat 

bilan o'sib, tobora rivojlanib borayotgan mamlakatga, inson, uning huquqlari, 

manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan demokratik, ijtimoiy- 

siyosiy  va  fuqarolik  institutlariga  ega  bo'lgan  mustaqil  va  suveren  davlatga 

aylanishini  ta’minlab bergan  yana ko'plab hal qiluvchi  omillami  misol qilib 

keltirish mumkin”2.

1  O 'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "Inson  huquqlari  um um jahon  deklaratsiyasi  qabul  qilin­

ganligining 60 yilligiga bag'ishlangan  chora-tadbirlar dasturi to ‘g ‘risida”gi  Farm oni//X alq so 'zi,  2008-yil 

2-may.

2  Karim ov  I.A.  Inson  m anfaati,  huquq  va  erkinliklarini  ta ’m inlash,  hayotim izning  yanada erkin  va  obod 



b o 'lish ig a erishish -  bizning bosh  m aqsadimiz.  -  Т.:  O 'zbekiston,  2012. -  B.  6.

4


Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  tarixiy  ahamiyatga  ega 

bo'lib,  unda  insonning  asosiy  huquqlari  va  erkinliklari  o'z  ifodasini 

topgan.  Mazkur  hujjat  universal  qadriyat  -   “Barcha  odamlar  erkin,  qadr- 

qimmat  va  huquqlarda  teng  bo'lib  tug'iladi”  tamoyilini  tatbiq  etadi.  Inson 

huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari O'zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasida  insonning  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquq 

va  erkinliklarining  ishonchli  himoya  qilinishini  ta ’minlaydigan  milliy 

qonunchilik me’yorlarida o'z ifodasini topgan.

Mamlakatda hayotimizning barcha soha va jabhalarini demokratlashtirish 

va  liberallashtirish  yo'lida  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish,  ulaming  samarasini  oshirish  maqsadida  katta  ahamiyatga 

ega  bo'lgan  ko'pgina  qonun  va  qonunchilik  normalari  qabul  qilindi,  ular 

amalda samarali joriy etilmoqda.

Mustaqil  O'zbekistonning  mazkur  rivojlanish  jarayonida  2010-yil 

12-noyabr  kuni  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining 

qo'shma  majlisida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  e’lon 

qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 

va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”  muhim  ahamiyat 

kasb  etmoqda.  Jumladan,  unda  mamlakat  rahbari  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruvini  demokratlashtirish;  sud-huquq  tizimini  isloh  etish;  axborot 

sohasini  isloh  qilish,  axborot  va  so'z  erkinligini  ta ’minlash;  saylov  huquqi 

erkinligini  ta’minlash  va  saylov  qonunchiligini  rivojlantirish;  fuqarolik 

jamiyati  institutlarini  shakllantirish  va  rivojlantirish;  demokratik  bozor 

islohotlarini  va  iqtisodiyotni  liberallashtirishni  yanada  chuqurlashtirish 

bo'yicha  ustuvor  yo'nalishlami  ko'rsatib  berdiki,  bu  yo'nalishlarda 

qo'yilgan  vazifalami  bajarish  asosida  mamlakatda  demokratik  islohotlarni 

yanada  chuqurlashtirish,  mamlakatda  inson  huquqlari  va  erkinliklarini 

ta’minlashning  yanada  samaraliroq  mexanizmlarini  asoslangan  fuqarolik 

jamiyatini rivojlantirishning istiqbollarini  ko'rsatib berdi1.

O'tgan  davr  mobaynida  mazkur  Konsepsiyada  belgilangan  vazifalami 

amalga oshirish jarayonida inson huquqlari va erkinliklariga oid qonunchilik 

bazasi  va  uni  himoya  qilishning  milliy  mexanizmi  takomillashtirib 

borilmoqda.  Jumladan,  “Konsepsiyada  ko'zda  tutilgan  50  dan  ziyod  qonun 

va huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalarini  ishlab  chiqish va amalga oshirish 

dasturi  bo'yicha bugungi  kunga qadar mamlakatimiz Parlamenti  tomonidan 

12 ta qonun qabul qilindi, 30 dan ortiq qonun loyihasi esa, keng jamoatchilik,

I  Qarang:  Karim ov  I.  K.  M am lakatim izda  dem okratik  islohlotlam i  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik

jam iyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi:  O 'zbekiston  Respublikasi  O liy  M ajlisi  Q onunchilik  palatasi  va

Scnatining q o 'sh m a m ajlisidagi  m a’ruza. 2010-yil  12-noyabr. -  Т.:  O 'zbekiston, 2011. -  56 b.

5

4



jumladan,  xorijiy  ekspert  tashkilotlami  jalb  etgan  holda  ko‘rib  chiqish  va 

muhokama etish bosqichida turibdi”1.

Davlatimiz  boshlig'i  tomonidan  2013-yil  mamlakatimizda  “Obod 

turmush yili” deb e’lon qilindi  hamda mazkur yilda amalga oshirilishi  lozim 

bo'lgan  ustuvor  vazifalar  belgilab  berildi.  Ustuvor  sifatida:  mamlakatda 

tinchlik-osoyishtalik  va  xavfsizlikni,  fuqarolar  va  millatlararo  ahillik 

va  hamjihatlikni  asrash  va  mustahkamlash  hal  qiluvchi  vazifa  ekanligi; 

aholi  farovonligini,  uning  real  daromadlarini  oshirish,  bandlik  masalasini 

yechish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  fermerlik  harakatini  yanada 

rivojlantirish,  davlat  tomonidan  beriladigan  aniq  manzilli  ijtimoiy  yordam 

tizimini  takomillashtirish;  obod  turmushning  yana  bir  muhim  sharti 

sifatida  inson  salomatligini  yanada  mustahkamlash  uchun  sog'liqni  saqlash 

tizimini  yanada  takomillashtirish,  tibbiyot  xodimlarining  mehnatini  yanada 

rag'batlantirish;  yangi  uy-joylar,  zamonaviy  y o i  va  kommunikatsiya 

tarmoqlarini barpo etish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, 

kommunal  xizmat  sohasidagi  muammolami  yechish  orqali  xalqning  hayot 

sifati va darajasini yanada yuksaltirish; aholi hayotini obod qilishning muhim 

sharti sifatida mahallani obod qilish, mahalla institutini yanada rivojlantirish; 

xotin-qizlaming  jamiyatdagi  o'm i  va  rolini  yanada  oshirish  bilan  bog'liq 

vazifalami amalga oshirish lozimligi ko'rsatib o'tildi2.

Albatta,  qo'yilayotgan  maqsad  va  vazifalarga  ta’lim  tizimisiz  erishib 

bo'lmaydi.  Shu  nuqtayi  nazardan,  mamlakatimiz  ta’lim  tizimida  barcha 

sohalar kabi yurispmdensiya sohasiga ham e’tibor kuchaytirilmoqda. Ayniqsa, 

inson  huquqlari  sohasidagi  ta’limga  ham  katta  e’tibor  qaratilmoqdaki,  bu 

sohadagi  ta’lim  sifatini  oshirish  fuqarolik  jamiyatiga  asoslangan  huquqiy 

davlat qurishda, fuqarolaming huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirishda 

asosiy omil bo'lib qolmoqda.

Mamlakatimizda inson huquqlari masalasiga katta e’tibor qaratilishining 

amaliy  natijalaridan  biri  sifatida  shuni  qayd  etish  mumkinki,  mustaqillik 

yillarida  mamlakatda  inson  huquqlarini  o'qitishning  milliy  tizimi 

shakllantirildi.  Oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi tizimda inson huquqlari 

masalalari  bilan shug'ullanuvchi  maxsus  kafedralar tashkil  etildi.  Jumladan, 

Yuristlar  malakasini  oshirish  markazidagi  “Xalqaro  huquq  va  inson 

huquqlari”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidagi UNESCOning 

“Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi, IIV Akademiyasidagi “Inson

1  Karim ov  I.A.  Inson  m anfaati,  huquq  va  erkinliklarini  ta’m inlash,  hayotim izning  yana as  erkin  va  obod 

b o ‘lishiga erishish -  bizning bosh m aqsadimiz.  -  Т.:  O 'zbekiston,  2012. -  B.  8.

2 Qarang: K arim ov I.A. Inson m anfaati, huquq va erkinliklarini ta ’m inlash, hayotim izning yanada erkin va 

obod b o 'lish ig a erishish -  bizning bosh m aqsadimiz. -Т .:  O 'zbekiston,  2012.  -  32 b.

6


huquqlari  nazariyasi  va  amaliyoti”  kafedrasi  shular jumlasidandir.  Bugungi 

kunda,  mazkur  kafedralarda  inson  huquqlari  sohasida  boy  nazariy,  amaliy 

bilim va ko'nikmalar shakllangan.

Mazkur  kafedralarda  o'qitiladigan  fanlar  bo'yicha  o'quv  dasturlari, 

darsliklar,  o'quv  va  uslubiy  qo'llanmalar,  ilmiy  monografiyalar  chop 

etilmoqda.  Umuman  olganda,  mamlakatda  “Inson  huquqlari”  fanini  o'qitish 

metodologiyasi bo'yicha boy tajriba to'plandi hamda ilmiy maktab shakllandi1.

Yuridik  fanlar  nomzodlari  A.  Mo'minov  va  M.  Tillabayevlaming 

mazkur  boy  tajribaga  tayanib  tayyorlagan  “Inson  huquqlari”  darsligi 

(2010-yilgi  nashr)  keng  jamoatchilik  tomonidan  e ’tirof  etildi.  Jumladan, 

darslik  2012-yilda  bo'lib  o'tgan  “Yilning  eng  yaxshi  darsligi  va  o'quv 

adabiyoti  muallifi”  respublika  tanlovining  g'olibligini  qo'lga  kiritdi  hamda 

O'zbekiston  Respublikasining Oliy va o'rta maxsus, xalq ta’limi vazirliklari 

hamda “Iste’dod” jamg'armasining I darajali  diplomi bilan taqdirlandi.

Mazkur  darslik  o'tgan  davr  mobaynida  mamlakatda  hamda  xalqaro 

maydonda yuz bergan o'zgarishlami va yangilanishlami hisobga olgan holda 

qayta ishlandi.  Jumladan, unda mamlakatimizda mustaqillik davridan buyon 

hozirgi kungacha inson huquqlari sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir 

qatorda  “Mamlakatimizda  demokratik  islohlotlami  yanada  chuqurlashtirish 

va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”ning  amalga  oshirilishi 

asosida  davlat-huquqiy,  sud-huquq  hamda  fuqarolik  jamiyati  qurilishi 

sohalarida olib borilayotgan o'zgarishlar o'z aksini  topgan.

Ushbu darslik talabalarga, tadqiqotchilar va inson huquqlari sohasi bilan 

qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.



A.X. Saidov, 

yuridik fanlar doktori, professor

I  M asalan,  chop  etilgan  adabiyot  v a  to 'p lam lar:  П рава  человека.  У чебник-хрестоматия.  П од  ред. 

Л.Х .  С аид ова.  -   Т.:  У М Э Д ,  2001;  С аид ов  А.Х .  М еж д ун ародн ое  п раво  прав  человека.  -   М.: 

2002;  С аидов  А.  О бщ епризнанны е  права  человека.  -   М.:  2004;  O 'zb ek isto n   Respublikasi  va  in­

son  huquqlari  bo 'y ich a  xalqaro  shartnom alar.  T o 'p lam /  M as’ul  m uharrir  A.X.  Saidov.  -   Т.:  A dolat, 

2002,  Inson  huquqlari  bo'yicha  xalqaro  shartnom alar:  to 'p lam /  O 'zb e k ch a  nashm ing  m as’ul  muharriri

A.X.  Saidov.  -  Т.:  Adolat,  2004;  U N ESCO   xalqaro  m e ’yoriy  hujjatlari  (to 'p lam )/ O 'zb e k ch a  nashm ing 

m as’ul  m uharriri  L.  Saidova.  -   Т.:  A dolat,  2004;  Saidov  A.X.  Inson  huquqlari  b o 'y ich a  xalqaro  huquq. 

Darslik. -  Т.:  K onsauditinform -N ashr, 2006; Тиллабаев М.  Национальные институты по правам  чело­

века:  М еждународная, зарубежная  и  национальная  практика.  М онография /  Отв. ред.  А.Х.  Саидов.

Т.:  Адолат,  2008;  M o'm inov  A.,  Tillabayev  М.  Inson  huquqlari.  Darslik/ M as’ul muharrir  Saidov A.X.

Т.:  JIDU, 2010;G ‘afurov A., M o'm inov A.,Tillabayev M. Inson huquqlari. O 'q u v  qo'llanm a.  Т.: Y uristlar 

mulakasini oshirish  m arkazi, 2012; Inson huquqlari um um iy nazariyasi. IIV  tizim idagi ta ’lim m uassasalari 

tin({lovchi  va  kursantlari,  shuningdek  huquqni  m uhofaza  etuvchi  organlar  xodimlari  uchun  darslik.  -   Т.: 

IIV Akademiyasi, 2 0 1 2 .-3 0 4  b.; Общ ая теория прав человека: У чебник для высш их образовательны х 

учреждений  системы  М ВД  Республики  У збекистан.  О тв.ред.  А.Х .  Сацдов.  -  Т.:  А кадемия  М ВД 

Республики  Узбекистан,  2012;  П рава  человека  и  справедливое  судопроизводство.  П рактическое 

пособие. -  Т.:  Baktria  Press,  2012  va boshqalar.

7


UMUMIY QISM

INSON HUQUQLARI ASOSLARI 

1-mavzu. “Inson  huquqlari”  fanining  mavzusi,  tizimi,  usullari  va 

ahamiyati

1.  Mustaqillik va inson huquqlari.

2.  “Inson  huquqlari”  fani  tushunchasi,  obyekti,  predmeti,  maqsadi  va 

vazifalari.

3.  “Inson huquqlari” fanini o'rganish metodologiyasi.

4.  “Inson  huquqlari”  fanining  ijtimoiy-gumanitar  va  huquqiy  fanlar 

tizimida tutgan o'm i

5.  O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va inson huquqlari.

6.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  asarlarida  “Inson  huquqlari” 

fanining g'oyaviy-nazariy asoslari.



1. Mustaqillik va inson huquqlari

O'zbekiston  Respublikasining  mustaqillikka  erishishi,  ko'p  sohalarda 

bo'lgani  kabi,  O'zbekistonda  yuridik  ta’limning  ko'plab  yangi  tarmoqlari 

vujudga  kelishiga  hamda  ulaming  rivojlanishiga  ham  imkoniyatlar  yaratib 

berdi. Yangi ijtimoiy munosabatlar parlament huquqi, bank huquqi, soliq huqu­

qi,  sug'urta  huquqi,  inson  huquqlari  kabi  ko'plab  yangi  huquqiy  fanlaming 

shakllanishiga  olib  keldi.  Bu  fanlar  mustaqillikdan  oldin  O'zbekistonda 

umuman o'qitilmas, qolaversa, esga ham olinmas edi. Masalan, inson huquqlari 

o'quv  kursi  XX  asming  90-yillarigacha  ilg'or  xorijiy  mamlakatlarda  yuridik 

mutaxassisliklar  tayyorlovchi  o'quv  yurtlarining  asosiy  o'quv  kurslaridan 

hisoblangani holda, sovet tuzumi o'quv yurtlarida esa, yuridik ta’limda bunday 

o'quv kursi borligini mutaxassislar ham bilmas edi.

Chunki, sovet tuzumi inson huquqlarini alohida o'quv kursi, fan tarmog'i 

sifatida  butunlay  inkor  etar  edi.  Inson  huquqlari  qo'pol  va  tizimli  ravishda 

buziladigan ushbu davlatda, uning mafkurasiga ko'ra, davlat tomonidan inson 

huquqlarining buzilishi holatlari umuman inkor etilib kelingan hamda alohida 

individlaming huquq va manfaatlari davlat manfaatidan keyingi o'rinda, ya’ni 

oxirgi o'rinda  deb hisoblangan. Birinchi o'rinda -  davlat, keyin esa -  jamiyat 

va  eng  oxirida  shaxs  manfaati  turar  edi.  Davlat  manfaati  yo'lida jamiyat  va 

shaxs  manfaatlari  poymol  etilishi  oddiy  qonuniy  holat  hisoblangan,  tabiiy 

huquqlar degan tushuncha esa, umuman inkor etilib kelingan.

8


Inson  huquqlari  deganda,  davlat  yoki  mansabdor  shaxslar  tomonidan 

muayyan shaxsning yoki shaxslaming qonuniy huquq va erkinliklariga rioya 

etilishi va buni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat va individ o'rtasidagi 

o'zaro  huquqiy  munosabatlar  tushuniladi.  Bunday  munosabatlaming  buzi­

lishi,  ya’ni  inson  huquqlariga  daxldor  bo'lgan  mavjud  qonunlarga  rioya 

qilmaslik,  fuqarolaming  o'z  huquqlarini  amalga  oshirishlariga  mansabdor 

shaxslar  tomonidan  to'sqinlik  qilinishi,  yoki  bo'lmasa,  davlat  tomonidan 

o'zining  xalqaro  majburiyatlarining  bajarilmasligi,  xalqaro  standartlaming 

milliy qonunchilikka yetarli darajada implementatsiya qilinmasligi  va ularga 

amaliyotda yetarli  darajada rioya etilmasligi  kabi  holatlar mamlakatdagi  in­

son huquqlarining buzilishi holatlariga olib keladi.

Mansabdor  shaxslar,  ayniqsa,  sud  va  huquqni  muhofaza  qilish 

organlarining  vakillari  odil  sudlovni yoki  huquqni  qo'llashni  amalga  oshi­

rish  vaqtida,  ba’zan  o 'z  vazifalarini  suiiste’mol  qiladilar  yoki  o 'z   vakolat 

doiralaridan chetga chiqadilar va oqibatda muayyan shaxslar yoki shaxslar 

guruhining huquqlari va erkinliklarini poymol etadilar.

Sobiq  sho'rolar  tuzumi  davrida  bu  organlarga  faqat jazolovchi  organ 

sifatida  qaralgan  bo'lib,  ulaming  faoliyati  orqali  minglab  fuqarolarimiz 

nohaq  qamalib,  repressiyaga  duchor  bo'lishgan  edi.  Masalan,  mustabid 

davr  sudlari  faqat  jazolovchi  organ  sifatida  namoyon  bo'lib,  mustaqil 

holatda faoliyat yurita olmaganliklari  va  faqat  siyosiy partiya hamda yuqori 

lavozimdagi  amaldorlar  tazyiqi  ostidagina  ish  olib  borganliklari,  buning 

oqibatida  inson  huquqlari  poymol  bo'lib  kelganligiga  misollar  juda  ham 

ko'p.  Hatto,  nosudlov  organlari  tomonidan  ham  insonlarga  jazo  berilish 

holatlari  yuz  bergan.  Buning  yaqqol  isboti  sifatida  1930-1950-yillarni  olib 

qarasak,  sobiq  SSSR  davrida  nosudlov  organlari  tomonidan  3778234  shaxs 

asossiz  jinoiy  javobgarlikka  tortilib,  shundan,  786098  nafari  hatto  o'lim 

jazosiga  mahkum  etilgan1.  Shuningdek,  O'zbekiston  SSRning  sobiq  SSSR 

prokuraturasi  tergovchilari,  Gdlyan  va  Ivanovlar  guruhining  qonunsizlik 

va  o'zboshimchaliklariga  yetarlicha  qarshilik  ko'rsata  olmaganligi  sabab, 

1983-89-yillarda “Paxta ishi” bo'yicha 4,5 ming kishi javobgarlikka tortilgan 

va  keyinchalik,  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  tomonidan  3,5  ming 

kishi oqlangan2.

Yurtboshimiz  ta’kidlaganidek,  “bizga  zarba  bo'lib  tushgan  eng  og'ir 

tanglik  iqtisodiy  emas,  balki  ma’naviy  tanglikdir.  Asrlar  mobaynida  qaror 

topgan  axloqiy-ma’naviy  qadriyatlami  g'oyaviy  qarashlarga  qurbon  qilish 

oqibatlarini  bartaraf  etish  iqtisodiyotni  tartibga  keltirishdan  ko'ra  ancha

1  M ingboyev U.  Sud -  fuqarolar him oyachisi. -  Toshkent,  2001. -  B .21.

2  Rustam boyev  М ., N ikiforova Ye.  H uquqni m uhofaza qilish  organlari. -  Т.:  A dolat,  2006. -  B.52.

9


mashaqqatli  bo'ladi.  Axir,  yaqindagina  emasmidi,  kommunist,  ayniqsa,  u 

yuqoriroq lavozimda bo'lsa, o'z yaqin kishilari bilan oxirgi marta vidolashish 

uchun qabristonga ham borolmasdi. Dafn marosimida ishtirok etish eng katta 

ayb sanalib, bunday odamni partiyadan o'chirib, ishdan bo'shatishardi. Vijdon 

azobidan sal bo'lsa-da, qutulish, ayni paytda yillar bo'yi mehnat qilib erishgan 

imtiyozlardan  mahrum  bo'lmaslik  uchun  odamlar  qarindosh-urug'lari, 

hatto,  ota-onasi  vafot  etganda  kasalxonaga  yotib  olishar  yoki  “shoshilinch 

komandirovka”ga  ketib  qolishar  edi.  Ana  shundan  keyin  ham  biz,  odamlar 

hech  nimaga  ishonmay  qo'yishgan,  ularda  hech  qanday  muqaddas  narsa 

yo'q, deb aytishga qanday tilimiz borar edi?”1.

Iqtisodiy  muammolar  demografik  holatlarda  yuzaga  kelgan  ahvol 

bilan  qo'shilib,  ijtimoiy  masalalami  hal  etishni  g'oyat  dolzarb  qilib  qo'ydi. 

O'zbekistonda  aholining  turmush  darajasi  sobiq  Ittifoqdagi  respublikalar 

ichida eng past bo'lib qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda,  1990-yilda respublika 

aholisi 70 foiziga yaqinining jami daromadi tirikchilik o'tkazish uchun zarur 

bo'lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni paytda Rossiya va Ukrainada 

aholining 30 foizga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi.  Mehnatga 

layoqatli aholini ish bilan ta’minlash ham murakkab muammo bo'lib qoldi2.

Mustabid  tuzumning  bunday  oqibatlaridan  to'g'ri  xulosa  chiqargan 

O'zbekiston  Respublikasi  rahbariyati,  mustaqillikning  dastlabki  kunlari- 

danoq,  mamlakatda  demokratik,  huquqiy  davlat  va  kuchli  fuqarolik 

jamiyatini  qurishga,  inson  va  fuqaroning  huquq  va  erkinliklarini  hamda  qo­

nuniy manfaatlarini ta’minlab berishga, bu  sohadagi  islohotlarga katta e’tibor 

qaratdi.  Mustaqillik sari  qo'yilgan  eng  muhim  siyosiy, huquqiy  qadamlardan 

biri  -   bu  1990-yil  20-iyundagi  O'zbekiston  SSR  Oliy  Sovetining  ikkinchi 

sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi bo'ldi. 

Yana  bir  muhim  hujjat  1991-yil  14-iyunda  qabul  qilingan  “Vijdon  erkinligi 

va  diniy  tashkilotlar to'g'risida”gi  Qonun  davlat  bilan  din  o'rtasidagi  o'zaro 

munosabatlarda qonuniy prinsiplarini to'la tikladi.

Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, mamlakatimizda inson manfaat­

lariga, uning huquq va asosiy erkinliklariga oliy qadriyat sifatida yondashila 

boshlandi.  Bunga,  1991-yilning  30-sentabrida  O'zbekistonning  Inson 

huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga a’zo bo'lishining o'ziyoq yaqqol mi- 

sol  bo'la  oladi.  Chunki,  mustaqilligining  birinchi  kunlaridanoq  erkin  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik,  huquqiy  davlat  qurishni  o 'z  oldiga 

maqsad  qilib  qo'ygan  O'zbekiston  bu  yo'lda jahon  hamjamiyati  tomonidan

1  K arim ov I.A..  O 'zbekiston  m ustaqillikka erishish ostonasida. -  Т.:  O 'zbekiston,  2011. -  B.  263.

2 K a rim o v I.A .  O 'z b e k is to n -b o z o r m u n osabatlarigao'tishning o 'z ig a  xos y o ‘l i . - T . :   O 'zbekiston,  1993. 

- B .1 8 .

10


e’tirof etib kelingan umuminsoniy qadriyatlaming ustuvorligini e ’tirof etgan 

edi.  Bunday  maqsadni  e’lon  qilgandan  so‘ng  ikkinchi  qadam  -   respub- 

likamizning  1992-yil  8-dekabrda  o 'z  Konstitutsiyasini  e’lon  qilishi  bo'ldi. 

Konstitutsiyada  Deklaratsiyaning  barcha  qoidalari  mustahkamlab  qo'yilishi 

O'zbekistonning demokratik,  huquqiy  davlat qurishga bo'lgan maqsadining 

konstitutsiyaviy poydevori bo'ldi.

Mamlakat  Konstitutsiyasida  hokimiyat  vakolatlarining  bo'linish 

tamoyili  asosida  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatining 

vakolatlari aniq belgilab olindi.

Qonun  chiqaruvchi  hokimiyatning  doimiy  ravishda  isloh  qilinishi 

natijasida,  mamlakatda  professional  parlament,  ya’ni  ikki  palatali  -   Senat  va 

Qonunchilik palatasidan iborat Oliy Majlis shakllantirildi. Mazkur parlament 

tomonidan  mustaqillik  yillarida  600  dan  ortiq  qonunlar  qabul  qilindi  va 

ular  doimiy  ravishda  takomillashtirib  borilmoqda.  Ulaming  120  dan  ortig'i 

bevosita  inson  huquqlariga  taalluqlidir.  O'zbekiston  bugungi  kunda  inson 

huquqlariga oid 70 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlarga qo'shilgan.

Mamlakatda sud hokimiyati va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari 

tubdan, demokratik tamoyillar asosida o 'z faoliyatini qaytadan tashkil etdilar. 

Ushbu  organlaming  aw algi  jazolovchi  organ  sifatidagi  mohiyati  o'zgarib 

bormoqda  va  ulaming  oldiga  endi  birinchi  darajali  vazifa  sifatida  inson 

huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilish  vazifasi  qo'yilmoqda.  Sud-huquq 

sohasida  tubdan  islohotlar  o'tkazilmoqda.  Sud  tizimini  takomillashtirish 

bo'yicha  islohotlar,  birinchidan,  sudlaming  professionalligini  oshirishga 

qaratilgan  bo'lsa,  ikkinchidan  esa,  sud  hokimiyatining  mustaqilligini  to'la 

ta’minlashga qaratildi.  Sud tizimi ixtisoslashtirildi. 2008-yilga kelib, qamoqqa 

olishga  sanksiya  berish  sudlarga  o'tkazilishi  bilan  sudlaming  mustaqilligi 

va  odil  sudlov  faqat  sudlar  orqali  amalga  oshirilishi  kerak,  degan  tamoyil 

ta’minlandi,  desak  adashmaymiz.  Jinoyat  qonunchiligi  liberallashtirildi. 

Endi  jinoyat  qonunchiligida  repressiv  jazolar  nafaqat  kamaytirildi,  balki 

jazolaming  tarbiyaviy  ahamiyatiga  e ’tibor  kuchaytirildi,  ular  yanada 

insonparvarlashtirilib  borilmoqda.  Bu  sohadagi  yana  bir  eng  katta  yutuq  -  

2008-yilning  1-yanvaridan boshlab o'lim  jazosining jinoyat qonunchiligidan 

chiqarib tashlanganligi bo'ldi.

Inson  huquqlarini  himoya  qilishda  sud  va  huquqni  muhofaza  qilish 

organlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  bilan  bir  qatorda,  mamlakatda 

inson  huquqlarini  himoya  qilishning  suddan  tashqari  tizimi  shakllantirildi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  bo'yicha  vakili 

(Ombudsman),  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Amaldagi 

qonun  hujjatlari  monitoringi  instituti,  Inson  huquqlari  bo'yicha  O'zbekiston 

Respublikasi Milliy markazi  kabi  demokratik davlatlar uchun xos bo'lgan in-

11


son huquqlari bo'yicha milliy institutlar tizimi shakllantirildi. O'zbekiston Res­

publikasi  Ichki  ishlar vazirligi,  Adliya vazirligi,  Bosh  prokuratura  tizimlarida 

inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi maxsus tuzilmalar shakllantirildi.

Mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanib bormoqda.  Bugun­

gi kunda mamlakatda 6 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat 

ko'rsatmoqda.  O'zbek jamiyati uchun xos bo'lgan mahalla  instituti  o'zining 

huquqiy maqomini topdi. To'rtinchi hokimiyat hisoblangan ommaviy axborot 

vositalari  ham  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlash  va himoya  qilish 

sohasida o'zining mustaqil o'mini topa boshladi.

Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  mustaqillik yillarida  inson  huquqlari  va 

asosiy erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslari hamda 

samarali  mexanizmlarini  yaratish,  ulami  doimiy  ravishda  takomillashtirib 

borish  davlat  siyosatining  bosh  maqsadiga  aylandi.  Inson  huquqlari  va 

erkinliklari oliy qadriyatga aylandi.




Download 11.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling