Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


Download 74.66 Kb.
Sana02.11.2019
Hajmi74.66 Kb.

Reja 1. Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari 2. Saylovlarning demokratik prinsiplari 3. O’zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror topishi va rivojlanishi

Kirish Jamiyat a’zolari tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish maqsadlarida o’tkaziladigan saylovlar faqat demokratiyaning belgisi yoki ko’rinishi bo’lmasdan, uning zaruriy yashash sharti hamdir. Mamlakatda shakllangan saylov tizimiga doir huquqiy asoslar parlament, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarini shakllantirish tamoyillari va fuqarolarning saylovlarda qatnashish huquqini, mamlakatda xalq hokimiyatini amalga oshirish va davlatning umuminsoniy manfaatlar tamoyillari asosida tashkil etishning muhim demokratik poydevoridir.

BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrida qabul qilingan “Inson huquqlarining umumjahon Dekloratsiyasi” ning 21-moddasida demokratik prinsiplar asosidagi saylovlarning inson huquqi sifatidagi o’rni quyidagicha ta’riflanadi: “ Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o’z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo’lishi kerak, bu iroda yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlovchi boshqa saylov huquqi asosida ifodalanishi lozim”

BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan xalqaro saylov standartlari quyidagi hujjatlarda o’z aksini topgan:

  • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
  • 1950-yildagi Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risidagi Yevropa konvensiyasi
  • Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt
  • Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining insoniylik mezonlari bo’yicha konferensiyasi Kopengagen Kengashining hujjati
  • 1994-yilda qabul qilingan “Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to’g’risidagi” Parij deklaratsiyasi

Saylov tizimi – huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo’yilgan, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakklangan vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik vakilini saylashni o’tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Siyosiy tizimning tarkibiy qismidir

Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyatiga bo’ysundirilgan mamlakatlarda avtoritar rejimga xos saylovlar amal qiladi. Barchasi avvaldan mamlakat siyosiy rahbariyati xohishiga mos ravishda shakllanadi. Deputatlar nomzodi oshkor etilmaydi, saylovchilar yaxshi tasavvurga ega bo’lmaydi.

Hozirgi zamon davlatlarida ovoz berish nafaqat fuqarolik huquqi, balki fuqarolik majburiyati hamdir. Ba’zi mamlakatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun jazo choralari belgilangan. Masalan, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda jarima to’lanadi. Pokistonda esa hattoki qamoq jazosi qo’llaniladi.

1. Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari

2.Saylovlarning demokratik prinsiplari


Prinsiplar inson huquqlaridan bo’lgan saylash huquqi va ovoz berish huquqini ta’minlaydi.

Umumiylik prinsipi barcha aholini saylovchi sifatidagi faol huquqi, hokimiyat organlariga saylanish uchun saylovlarda nomzod sifatidagi passiv saylov huquqini anglatadi



Bundan mustasnolik bir qancha senzlar bilan chegaralangan: yosh senzi; ma’naviy senz;

Sinfiy senzlar ; jinsiy senzlar; Mulkiy senz; o’troqlik senzi- migrantlar

Hozirgi davr demokratik saylovlar prinsiplaridan biri- teng saylov huquqi hisobalanadi. Teng saylov huquqi – qonun chiqaruvchi organga har bir deputat deyarli teng miqdordagi fuqarolar vakili hisoblanadi, har bir saylovchi umumiy saylov qarorlariga bir xilda ta’sir etish darajalariga ega bo’ladi.

- Nomzodlar ko’rsatish davrida ular uchun teng imkoniyatlar yaratish, -nomzodlarni qo’llab-quvvatlash uchun yig’iladigan ovozlarni va saylovoldi targ’ibotlarni imkoniyatlarining tengligi -Nomzodlar moddiy shart-sharoitlari tengligini ta’minlash uchun saylov kompaniyalarini davlat tomonidan moliyalashtirishga amal qilinadi.

Saylovlarni to’g’ridan-to’g’ri o’tkazish prinsipi- saylovchilarni ovoz berishda ishtirok etishiga imkoniyatlar yaratib, saylov kompaniyasini qonuniy asosda kechishini ta’minlab kelmoqda. Raqobatdoshlik prinsipi – turli xil ijtimoiy guruhlar yoki qatlamlar manfaatlarini ifodalovchi turli partiyalar va nomzodlarni ishtirok etishini anglatadi. Siyosiy partiyalar turli xil mafkura va turli ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari asosida saylovlarga barcha toifadagi fuqarolarni jalb qilish imkoniyatiga egadir. Ko’ppartiyaviylik asosidagi raqobatdoshlik demokratiya rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo’lib, u turli ijtimoiy manfaatlarni tinch musobaqalashuv asosida ifodalashni ta’minlab, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga katta hissa qo’shadi. Raqobatbardoshlik asosidagi saylovlar turli o’zaro ijtimoiy mojarolarning ham tinch yo’l bilan barham topishiga imkoniyat yaratadi.

Yashirin ovoz berish prinsipi – saylovchiga tashqaridan tazyiq yoki ta’sir o’tkazishning oldi olindi, har bir saylovchining erkin bo’lishi, o’z xohish-ixtiyorini amalga oshirishi uchun imkoniyatlar yaratildi. Saylovlar ustidan xalq nazoratini o’tkazish prinsipi- saylovlar kompaniyalarida milliy va xorijiy kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov o’tkazilayotgan davlatning obro’-e’tiborini oshiradi

Nomzodlarning saylovoldi kurashi uchun teng imkoniyatlar yaratish- bu prinsip nomzodlardagi turli moddiy yoki siyosiy imkoniyatlar ularning ba’zilariga ustinliklar va imtiyozlar yaratilishini oldini oladi. Saylovlarni boshqa muddatlarga qoldirish , ko’chirish maqsadidagi saylovlar muddatini cheklash prinsipi- chunki saylovlarni o’tkazish muddati ayrim siyosiy kuchlar xohishiga bog’liq bo’lsa, saylovlar o’z qadr-qimmatini yo’qotishi turgan gap.

3. O’zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror topishi va rivojlanishi


O’zbekistonda shakllangan demokratik saylovlarning muhim demokratik tamoyillaridan biri shuki, mamlakat Prezidenti muqobillik asosida, bevosita saylovchilar tomonidan saylanadi. Oliy Majlis quyi palatasi – Qonunchilik palatasi deputatlari bevosita saylovchilar tomonidan saylanishi an’anaga aylandi. Shuningdek, Qoraqolpog’iston Jo’qorg’I Kengesi, viloyat, shahar va tuman xalq deputatlari ham to’g’ridan-to’g’ri xalq tomidan saylanadi.

Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqarishdagi ishtiroklari saylovlar davrida aniq va ravshan namoyon bo’ladi. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida “bunday ishtirok etish o’zini o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi”

2003-yil 29-avgustda Oliy Majlis tomonidan 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga saylov to’g’risidagi” qonunning yangi tahriri qabul qilinishi natijasida unga demokratik qadriyatlarga xos bo’lgan yangi to’ldirishlar va o’zgartirishlar kiritildi. 1994-yil 5-mayda parlament tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi” Qonuni qabul qilindi

Mazkur qonunlarga binoan, xalq deputatlari Kengashlariga “saylov kuni yigirma bir yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan” fuqarolar saylanish huquqiga egadirlar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida’gi Qonunnung 5-moddasida saylovlarda yashirin ovoz berish qoidasi quyidagicha izohlangan: “Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida yashirin va erkin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekistonda vakillik organlariga saylovlarning huquqiy asoslari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati talablari darajasida ifodalanmoqda.

Mahalliy vakillik organlarini saylash kompaniyalarida saylov siyosiy partiyalar, jamoat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolar faollihini oshirish, bu jarayolarning demokratik qadriyatlar asosida kechishini ta’minlash uchun saylov tizimini fuqarolar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bilan uyg’unlashtira olish qobiliyatiga ega bo’lgan huquqiy asoslarning rivojlantirilishi- fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan belgilardan biridir.

O’zbekiston parlamentiga ilk bor saylovlar 1994-yil 25-dekabrda amalga oshirildi. Ko’ppartiyaviylik va muqobillik asosida o’tgan saylovlarda fuqarolarning huquqlari har jihatdan qadrlandi.


Download 74.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling