Inson Kapitali va uning O‘zbekistondagi istiqbollari


Download 26.98 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi26.98 Kb.
#999913
Bog'liq
Maqola


Inson Kapitali va uning O‘zbekistondagi istiqbollari
Bugungi kunda inson va uning qobiliyati, bilim, malakasi har qanday davlatning iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishining asosiy omilaridan biri hisoblanadi. Inson kapitali tushunchasini turli sohalarda qo‘llanilayotgani, uni darslik sifatida o‘qitilayotganini hayotimizda uchratamiz. Bilamizki dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga AQSH, Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi yirik iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar kiradi va ushbu mamlakatlar II jahon urushidan so‘ng inson kapitaliga yalpi ichki mahsulotidan katta miqdorda mablag‘ ajratishadi. Shu kabi mamlakatlarning rivojlanishidagi asosiy omil sifatida tabiiy resurslar emas, balki Inson kapitalinining muhim o‘rin tutganligini ko‘rishimiz mumkin.
Inson kapitali deyilganda insonlarning hayoti davomida to‘plagan bilimlari, ko‘nikmalari, sog‘lig‘i va bu insonga jamiyatning foydali a’zolari sifatida o‘z salohiyatini ko‘rsatishiga imkon beradi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra jahon hamjamiyati ega bo‘lgan boylikning 64% inson salohiyati hissasiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi, tabiiy boyliklar va barcha ishlab chiqarish infratuzilmasi esa jahon umumiy boyligining uchdan bir qismi to‘g‘ri keldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Jahon Banki tomonidan Inson kapitali rivojlanish indeksi ishlab chiqilgan. Ushbu indeksda asosiy uchta ko‘rsatkich mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar: mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, ta`lim va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot miqdori. Ushbu indeks 0-1 oralig‘ida o‘lchanadi. Jahon Bankining 2020-yilgi berilgan ma’lumotlariga ko‘ra ushbu indeksda Singapur (0.88) birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa Markaziy Afrika Respublikasi (0.29) so‘nggi o‘rinni egallagan. O‘zbekiston ham ushbu indeksda qatnashgan va (0.62) ko‘rsatkichni qayd etgan. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich ham (0.62), Tojikistonda (0.5), Qirg‘izistonda (0.59).
Mamlakatda inson kapitali sifatini oshirish uchun investitsiya kiritish zarur. Investitsiya kelajakda foyda olish uchun kiritiladi. Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarni ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: insonning ta’lim olish jarayonida kiritiladigan investitsiya va uning salomatligiga kiritiladigan investitsiyalar.
Shu o‘rinda ulug‘ shoir A.Navoiyning gaplari juda ham o‘rinli:”Avval farzandga har kim yaxshi ism qo‘ysin, keyin yaxshi mualim tanlasin”. Ushbu gapda juda ham chuqur ma`no va mazmunni anglashimiz mumkin. Inson kapitalini rivojlantirishda “Oila” ning o‘rni juda ham yuqori. Oilada farzand dunyoga kelishi, uni tarbiya olish jarayoni, ta`lim va malaka berish jarayoni, sog‘lom qilib voyaga yetqazish jarayonlariga bog‘liq bo‘lgan qarorlar qabul qilinadi va ushbu jarayonlar bian bog‘liq harakatlar amalga oshiriladi. Inson kapitaliga kiritiladigan oilaviy investitsiyalarning bolalik va o‘smirlik davridagi miqdori, sifati va to‘g‘ri yo‘naltirilganligi juda ham muhim. Chunki ushbu davrda ota onaning qarori oilada muhim rol o‘ynaydi. Ota onaning ta’limga bo‘lgan e’tibori yuqori bo‘lsa, ularning farzandlari xam jamiyatga, mamlakatga foydasi tegadigan inson bo‘lib ulg‘ayadi. Inson kapitaliga investitsiya kiritish, bevosita mablag‘ bilan bog‘liq. Ya’ni aholining turmush darajasi, daromadlari yuqori bo‘lsa o‘ziga va farzandlariga kiritadigan investitsiya miqdori bo‘ladi
Sifatli ta’limsiz hech qanday inson kapitalini shakllantirish, insonni jamiyatga foydasi tegadigan kadr qilib tayyorlash qiyin albatta. Bundan kelib chiqadiki, ta’lim inson kapitalini shakllantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ulug‘ hadisshunos olim al-Buxoriyning “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan so‘zlari ham bejizga emas albatta. Insonning ta’lim olish jarayoniga, ta’limning sifatiga, ta’lim tizimiga yangi texnika tehnologiyalarni yo‘naltirgan, ta’lim tizimining ustuni bo’lgan o‘qituvchilarni malakasini oshirish, ularning daromadlari, yashash darajasini, o‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoya qilayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqorilashib boraveradi. AQSH ning Kaliforniya Universiteti olimlari olib brogan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra insonning intellektual salohiyati va umr ko‘rish davomiyligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud ekan. Oliy ma’lumotli insonlar o‘rta ma’lumotlilarga qaraganda 5-10 yil ko‘proq umr ko‘rishar ekan va bundan kelib chiqadiki o‘rta ma’lumotli insonlar o‘rtasidagi o’lim darajasi ham yuqori darajada. Daromadlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘rta ma’lumotlilar bilan oliy ta’lim muassalarini bitiruvchilar 1.7 barobar, magistiratura darajasidagilar 2.1 barobar, falsafa doktori darajasiga egalar esa 3.1 barobar ko‘p maosh olishi isbotlangan.
O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi amalga oshiralayotgan ishlarni ikki bosqichga bo‘lishimiz mumkin: 2016-yilga qadar va hozirgi kungacha. Birinchi bosqichda ta’lim tizimiga poydevor yaratildi desak o‘rinli bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda esa ta’lim tizimidagi islohotlar jadallashdi. Bu islohotlar maktabgacha ta`lim tizimidan to oliy ta’limga va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qadar jarayonlarni o‘z ichiga qamrab qoladi. Maktabgacha ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Ushbu tizimni rivojlantirish uchun alohida “Maktabgacha Ta’lim vazirligi” tashkil qilindi va maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish maqsadida xususiy sherikchilik asosida yangi bog‘chalar qurildi, mavjudlari qaytadan kapital tamirlandi. Bu ishlarning natijasi o‘laroq, maktabgacha ta’lim qamrovi 62% ga oshdi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” ga ko‘ra 2026-yilga qadar 100% ga yetkazish maqsad qilingan.
O‘rta ta’limda ta’limda tizimida ham ko‘p islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 11 yillik ta’lim muddati barcha maktablarda joriy qilindi, pedagog o‘qituvchilarning oylik maoshlari oshirildi, umumiy ta’limga yangicha yondashuv bilan qarala boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 12-may kunidagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra 2026-yilgacha 1.9 million o‘quvchi o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda, maktablarni yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olish, bitiruvchi sinflardan yakuniy davlat attestatsiyani o‘tkazish DTM tomonidan amalga oshiriladi, maktab binolarini sotib yuborish taqiqlandi va shuningdek, pedagoglarga yangi metodikalarni o‘rgatish milliy markazlari tashkil etish va yana ko‘plab islohotlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Islohotlarning ikkinchi boshqichida oliy ta’lim bilan qamrovni 6% dan 28% ga oshirildi. Bu natijaga erishish oson bo‘lmagan albatta. Ushbu o‘quv yilida bu ko‘rsatkichni 38% ga, 2026-yilga qadar 50% ga yetkazish maqsad qilib olingan. Ushbu ko‘rsatkich Koreya Respublikasida 94% ni tashkil etsa, Yaponiyada 81% Rossiyada 79%, Qozog‘istonda esa 46% ni tashkil etadi. Oliy ta’lim jarayoni inson kapitalini shakllantirishdagi eng asosiy davr hisoblanadi.





Jami


Shu jumladan

o‘rta
ma’lumotli

o‘rta maxsus ma’lumotli

oliy ma`lumotli

Jami band aholi

100

26.4

55.4

18.2

Chet elga ishlash uchun ketganlar

100

36.6

60.3

3.1

Ishga joylashishga ehtiyojmandlar

100

28.3

58.9

12.8

Norasmiy mehnat bilan bandlar

100

35.9

52.2

11.9

Jami bo‘sh ish o‘rinlariga qo‘yilgan talab (2022-yil 29-aprel holatiga ko‘ra)

100

9.6

41.1

49.3

Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki mehnat bozorida tobora oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab yuqori. Ammo ish bilan band aholining katta qismini o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotlilar tashkil qiladi. Oliy ma’lumotli insonlar chet elga migratsiyasi past darajada va ushbu insonlarning jinoyat sodir etish darajasi ham past. Demak, oliy ta’lim bilan qamrov darajasi yuqori bo‘lsa, mamlakatimizning rivojlanish darajasi ham yuqori bo‘ladi yurtimizdagi ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning kamayishiga olib keladi.


So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor, ularni ta’lim olishiga bo‘lgan e’tibor yuqorilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ayollarni ta’lim bilan qamrab olish, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashayotgan mamlakatlarni rivojlanish darajasi ham o‘sayotganini kuzatishimiz mumkin. Xususan, ayollarni oliy ta’lim bilan qamrab olishda davlatimiz tomonidan ajratilayotgan grand asosidagi qabul kvotalarni, mahalliy budjet hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni kontrakt harajatlarini qoplab berish, ularga 7 yilga foizsiz ta’lim kreditini ajratish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning tegishli qarorlariga binoan, keying o‘quv yilidan boshlab magistratura yo‘nalishlariga qabul qilinadigan ayollarning barchasi davlat grandi asosida qabul qilinishi e’tirofga loyiq. Ushbu qilinayotgan ishlar kelajakda albatta o‘z samarasini beradi. Chunki oliy ma’lumotli ota-onalar kelajakda tug‘iladigan farzandlari sonini, farzandlarining ta’lim olish jarayoniga, ularning jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lib shakklanishida katta hissa qo‘shadi va farzandlarini to‘g‘ri yo‘lga yetaklaydi. Ayollarni oliy ta’lim bilan qamrab olish jamiyatiizdagi muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston aholisi so‘nggi yillarda tez sur’atlarda o‘sayotganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Statistik ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunlarda Respublika aholisi bir kunda o‘rtacha 1.8 ming kishiga ko‘paymoqda. Bu katta ko‘rsatkich va bir necha yillardan so‘ng ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Birinchidan sog‘liqni saqlash tizimiga bosim kuchayadi, maktabgacha va o‘rta ta’lim bilan qamrab olishda muamolar paydo bo‘ladi, ularni oliy ta’lim bilan qamrab olish, turar joy bilan va oziq ovqat bilan ta’minlash va yana ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy paydo bo‘ladi. Bularning hammasi inson kapitali sifatining pasayishiga olib keladi. Ushbu muamolarning oldini olish uchun hukumat tomonidan, tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan va albatta xalqimiz tomonidan alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Misol uchun, hozirda 1.4 milliarddan ortiq aholisi bor Xitoy Xalq Respublikasi ham o‘tgan vaqtlar ichida yuqoridagi kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga duch kelgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra Xitoy aholisi 2026-yildan boshlab kamayadi. Aholini sifatli ta’lim bilan qamrab olish, aholi daromadlari va turmush darajasining oshishi, bevosita inson kapitali sifatining oshishi Xitoydagi yuqori demografik xavfning pasayishiga olib keldi.
Mamlakatlar rivojlanishida faqat tabiiy boyliklar emas, balki inson muhim muhim o‘rin tutadi. Yurtimizda ham so‘nggi yillarda ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, jamiyatda ijtimoiy tenglikni ta’minlash, ilmiy salohiyat va aholi farovonligini oshirish, bilimga asoslangan iqtisodiyotni shakllantrish omiliga aylanmoqda. Ushbu chora-tadbirlarning barchasi mamlakat taraqqiyotiga va yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.
Download 26.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling