Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi


Download 14.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.11.2020
Hajmi14.17 Kb.
#156037
Bog'liq
jismoniy-tarbiya-norboyev-bobomurod (1)

background image
Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. 

Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yonaltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa 

harakat yonalishi boyicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi oquvchilar 

uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi kozda 

tutilgan.

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror ogirlikdagi shtangani 

kotara oladi, qandaydir bir vaqt oraligida 1000 m masofani yugurib ota oladi. Bu imkoniyatlar bir qator 

sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga 

oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar

qoyadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining 

ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, 

kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi 

jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari

bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar 

kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi

Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

1. Oz uzunliklarini ozgartirmay (statik, izometrik tartib).

2. Oz uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).

3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).

Masalan, oyoqlar togri kotarilgan vaqtdan to togri burchak hosil bolgunicha mushaklar faoliyatining 

uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar kotarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 

gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – 

mushaklarning uzayishi.

Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.

Oquvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.

Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun 

ahamiyatga ega bolgan barcha asosiy mushak guruhlarining uygun rivojlanishiga qaratilgan.

Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi 

harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qoshilib yuzaga chiqishi – jismoniy 

sifatlarning rivojlanishidir



Download 14.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling