Inson paydo bo`lgan davrlardan to Rim respublikasi davlarigacha


Download 17.9 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi17.9 Kb.
#129756
Bog'liq
Yuridik texnika savollar


Insoniyat tarixining turli bosqichlarida yuridik hujjat shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil eting. Fikringizni amaliy misollar bilan tadqiq eting.

Ushbu bosqichlarni 3 ga bo`lib ma`lumot beradigan bo`lsak, ya`ni bular(shaxsiy qarashimga ko`ra):

  1. Inson paydo bo`lgan davrlardan to Rim respublikasi davlarigacha;

  2. VII-VIII asrlar;

  3. Yangi va eng yangi davrlar (XVII - XVIII).




Inson paydo bo`lgan davrlar, ibtidoiy tuzum davrida hozirgi biz bilgan yuridik hujjatlar bo`lmagan, bo`lgan taqdirda ham o`ziga xos tarzda ya`ni og`zaki tarzda mavjud bo`lgan. Qonun-qoidalar, biror bir mulkning kimgadir yoki qaysidir qabilaga tegishliligi faqat og`zaki tarzda ifoda etilgan. Lekin RIm respublikasi davrida yuridik hujjatlarning hozirgi ko`rinishiga dastlabki qadam tashlangan, chunki Beshyuzlar kengashi va Senat tomonidan qabul qilingan qonunlar papuris va qog`ozlarga yozilgan. Shuning uchun bu bosqichni eng dastlabkisi desak xato bo`lmaydi.

VII-VIII asrlarni keltirish orqali, Arab dunyosidagi qonun va tartiblarni kitoblarga yozilishi va shuningdek, Buyuk Alfred tomonidan "Anglo-sakson solnomasini" misol keltirmoqchi edim. Chunki ushbu hujjatlar ham yuridik hujjatlarning hozirgi ko`rinishga kelishida biroz bo`lsa ham o`z hissasini qo`shgan.

Uchinchi bosqich: XVII-XVIII asrlarga kelib yuridik texnika masalalari olimlar tomonidan keng o‘rganila boshlangan. Shu davrlarda davlat miqyosida huquqiy islohotlar amalga oshirilgan. Bunda islohotlarning asosiy yo‘nalishi huquqiy tizimga - qonunlarga, qonun tilining aniq va tushunarli bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, qonunlar fuqarolar manfaatidan kelib chiqqan holda sodda va lo‘nda tuzilsagina ularni har xil talqin etishga yo‘l qo‘yilmaydi, degan fikr hukmronlik qilgan.

Elektron hujjatning rekvizitlarini O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribalari asosida tahlil eting.



Elektron hujjat quyidagi rekvizitlari ega bo‘lishi shart (O`zbekiston):

  1. elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  2. elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;

  3. hujjat yaratilgan sana.

  4. Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.

Elektron hujjat quyidagi rekvizitlari ega bo‘lishi shart (Rossiya Federatsiyasi):

  1. наименование документа;

  2. дату составления документа;

  3. наименование организации, отимени которой составлен документ;

  4. содержание хозяйственнойоперации;

  5. измерители хозяйственнойоперации в натуральном и денежном выражении; наименование должностей лиц,ответственных за совершение хозяйственной операции и правильность ееоформления;

  6. личные подписи указанных лиц.

Tushuntirish xati, bildirishnoma, bildirgi kabilarni yuridik hujjatlarning qaysi turiga kiritish maqsadga muvofiq?

Bizning fikrimizcha, individual hujjatlar turiga mansubdir. 

Yuridik hujjat tushunchasiga berilgan huquqshunos olimlarning fikrlarini amaliy misollar yordamida tahlil eting.



Ayrim olimlar, yuridik hujjatni yuridik ma`lumotlar to`plangan hujjat deydi. Darhaqiqat, misol tariqasida O`zR Konstitutsiyasini olsak, 6-modda ya`ni Toshkent shahri O`zR poytaxtidir. Ushbu ma`lumotning o`zi yuridik ma`lumotdir, shu sababli yuridik hujjatda doim yuridik ma`lumot bo`ladi.

Rus olimlari yuridik hujjatlarni, o`zida yuridik ma`lumotlarni ifodalagan hodisa va huquqlarni bekor qilidigan, ruxsat beradigan, taqiqlaydigan hujjat deyishadi. Haqiqatdan  ham, bunday tarif xato emas. Chunki yuridik hujjatlar huquqlarni bekor qilidigan, ruxsat beradigan, taqiqlaydigan xususiyatlarga ega bo`lishi mumkin. Masalan, haydovchilik guvohnomasi — ruxsat beradigan, jamoat joylarida tamaki mahsulotlarni iste`mol qilishni taqiqlovchi yuridik hujjat — taqiqlovchi, jinoiy javobgarlikka tortilish talabalar safidan chetlatilishga sabab bo`ladi — bekor qiladigan yuridik hujjat.
Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling