Inson va salomatlik


Download 20.45 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi20.45 Kb.
#101363
Bog'liq
1-mavzu


INSON VA SALOMATLIK.

FE`LNING YASALISHI . MA`NO TURLARI
REJA:

1. Fe`l haqida umumiy ma'lumot.

2. Fe`lning ma'no turlari.

3. Fe`lning tuzilishiga ko`ra turlari

4. Inson va salomatlik mavzusiga matn tuzish.
Tayanch so`z va iboralar: Harakat,bo`lishli.bo`lishsiz,o`timli,o`timsiz,sodda,qo`shma
Ish harakat va holat ma'nolarini ifodalovchi so’zlar fe'l deyiladi. Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi? savollariga javob bo’ladi.
Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar

F’ellar ish harakatning bajarilishi yoki bajarilmaganligini ifodalash jihatdan ikki guruhga bo’linadi.

1. Bo’lishli fe’llar bajarilgan, bajarilayotgan va bajarilishi lozim bo’lgan ish- harakatni bildiradi., o’qidi, o’qiyapti, o’qimoqchi. Bo’lishlilikni ifodalovchi maxsus shakl yo’q.

2. Bo’lishsiz fe’llar bajarilmagan, bajarilmayotgan, bajarilmaydigan ish-harakatni ifodalaydi. Hozirgi o’zbek tilida bo’lishsizlik ma’nosi –ma, yo’q, emas kabi shakllar orqali ifodalanadi : kelmadi, kelgani yo’q, kelgan emas.


Agar qo’shma fe’lning ikkala qismiga bo’lishsizlik qo’shimchasi qo’shilsa, bo’lishsiz fe’l bo’lishliga aylanadi. Masalan, kelmay qo’ma, aytmay qo’yma.

O’timli va o’timsiz fe’llar

Fe’l anglatgan harakat va holatning predmetga munosabatiga ko’ra o’timli va o’timsiz fe’llarga bo’linadi.

O’timli fe’llar harakatning biror predmetga to’la yoki qisman o’tganligini bildiradi. O’timli fe’l tushum va chiqish kelishigidagi otni boshqarib keladi. Harakat predmetga to’la o’tsa, tushum kelishigidagi ot bilan bog’lanadi. Masalan, kitobni o’qidi, derazani artdi.

Agar harakat predmetga qisman o’tsa, chiqish kelishigidagi ot bilan bog’lanadi. Masalan, nondan oling, choydan iching.

Biror predmetga o’tmay, bajaruvchining o’zida qoladigan harakatni bildiradigan fe’llar o’timsiz fe’llar deyiladi. O’timsiz fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarni boshqarolmaydi. O’timli fe’llar o’timsiz fe’lga aylanishi mumkin: ma’ruzani tingladi – ma’ruza tinglandi, vazifani bajardi – vazifa bajarildi.
Fe'llar tuzilishiga ko’ra sodda, qo’shma, juft bo’ladi. Sodda fe'llar tub va yasama bo’ladi. Ol, yoz, bor, ko’r kabi.Yasovchi qo’shimchalarsiz ish qarakatni bildirgan fe'llar tub fe'llar deyiladi.
Sodda yasama fe'llar esa quyidagicha yasaladi:

1. Otdan fe'l yasovchi qo’shimchalar yordamida

- la: mixla, turla, boshla, boqla.

- a, (-y, -ay): oshay, kuchay, sana.

- ik (-iq), - ir (-ur): yo’liq, gapir.

- i: changi, boyi, tinchi.

- sira: suvsira, xavfsira.

- lan, -lash: gaplash, ko’maklash, dardlash, otlan, jonlan.


2. Boshqa so’z turkumlaridan fe'l yasaydi.

- a, - la: oqla, bo’sha, yaxshila, tezla, sekinla, qiyna, bopla, gumburla.

- y (- ay): qoray, ko’pay, ozay, ulqay, sarqay.

- r (-ar, ur): oqar, eskir, tupur, ufur.

- ik (-iq): kechik, chiniq.

- sira: yotsira, begonasira, sizsira.


qo’shma fe'llar
Ikki yoki undan ortiq qar xil ma'noli o’zakning birikuvidan tashkil topgan fe'llar qo’shma fe'llar deyiladi.

1. Otdan fe'l shaklidagi qo’shma fe'llar: nazar solmoq, yod olmoq, javob bermoq.

2. fe'ldan fe'l shakldagi qo’shma fe'llar: ishlab tur, ishlab bo’l, ishlab yur.
Juft fe'llar

Bir xil shaklda shakllangan yetakchi va ko’makchi fe'llardan tash-kil topgan, yangi leksik ma'no anglatuvchi fe'l juft fe'l deyiladi. Aytdi-qo’ydi, o’tdi-ketdi, o’qidi-chiqdi.


Amaliy qism
1-mashq. Fe'l yasovchi qo’shimchalarni aniqlab, qaysi so’z turkumi-dan fe'l yasayotganini izoqlang.
1.Bola shunda qam gapirmasdi. 2. Ikki oshiq o’qakni yoqalab, so’qmoq bi-lan yo’lga tushishdi. 3. Ular boshlarini ko’tarib, suyukli muallimni ta-bassum bilan qarshiladilar. 4. Bo’ronbekning kesak rang yuzida yasama kulgi yiltiradi. 5. Chernisovning so’nggi so’zi jangchilarning qasamyodi bo’lib jarangladi. 6. Oqirini yengil qilarsan deb o’ylagan edim. 7. Sen, Chernisov, shularni ayt jangchilarga! Mashaqqatli, ammo muqarrar qala-badan gapir! 8. U qishloqdan qaytib kelgandan keyin na dadasi, na ona-si bilan bu qaqda gaplashgan edi.
2-mashq. Sodda, qo’shma va juft fe'llarning tagiga chizing. qo’shma va juft fe'llarning tuzilishi va yozilishini izoqlang.
1.Bo’lgan voqeaning qammasini aytib berdi. 2. Ko’p o’tmay qovli qo’ni-qo’shniga to’lib ketdi. 3. Bordi-keldi qilmaysiz, kimdan qoldi ko’nglin-giz. 4. Baland, baquvvat qaddini tik ko’tarib Sobir paxta qaqida jid-diy, chuqur, so’zlay boshladi. 5. Sobirjon qarbiy xizmatga jo’nayotgani-da, Zuqraning tili chiqib, biyron-biyron gapiradigan bo’lib qolgan edi. 6. Opa-singil tengqur qizlar to’piga qo’shilib ketdi. 7. O’rmonjon shoshib chiqib ketdi va Biron soatdan keyin ozqin, sochi o’ng tomonga juda qafsala bilan taralgan oq shim va oq ko’ylak kiygan yoshgina bir yigit bilan kirib keldi. 8. qulomjon o’ng qo’lini ko’ksiga qo’yib turib ta'zim qildi.
Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling