Inson vа uning kаmoloti аlisher nаvoiy аsаrlаrining yetаkchi gʼoyasi


Download 41.74 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi41.74 Kb.
#1294264
Bog'liq
Мақола INSON VА UNING KАMOLOTI АLISHER NАVOIY АSАRLАRINING YETАKCHI GʼOYASI


Аhlilloev Turdimurod Аhlilloevich,
Аkademik Bobojon Gʼafurov nomidagi TDM Xuҷand davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
INSON VА UNING KАMOLOTI АLISHER NАVOIY АSАRLАRINING YETАKCHI GʼOYASI
Ӯzbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Аlisher Navoiyning hayoti, ijtimoiy faoliyati va ijodiyoti umuminsoniy qadriyatlarni, xususan hazrati insonni eʼzozlash va ulugʼlash, xalqi va vataniga xizmat qilishning yuksak namunasidir. Chunki uning butun hayoti insonlarning baxt saodati yӯlida shijoatkorona kurashishga, ularning osoyishta va farovon turmush kechirishlariga sharoit yaratishga, el-yurt obodonchiligini taʼminlashga, ilmu fan, sanʼat va adabiyotni yuksak darajalarga kӯtarishga bagʼishlangan.
Аlisher Navoiy ӯzining butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday boʼlishi lozimligini asarlaridagina emas, balki namunaviy amallarida koʼrsatdi. U oʼzi yashagan davrdagi nohaqlik va adolatsizliklarga qarshi kurashdi, taʼmagirlik va vazifalarni suisteʼmol qilish hollarini fosh etib, kam taʼminlangan oilalarni, ojiz va himoyaga muhtoj bӯlganlarga imkoniyati darajasida yordam berdi. Аlisher Navoiy bosh vazir sifatida madaniyat va sanʼatni rivojlanishiga homiylik qildi. U ӯz faoliyati davomida jamiyat boshqaruvi bilan bogʼliq bӯlgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolarni toʼgʼri hal etishga intildi, jamiyatning barcha ijtimoiy qatlamlaridagi qavmlarga bir xil munosabatda boʼldi, hech qaysi birini kamsitmaslikka intildi, jamiyatning barcha aʼzolariga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini qurishga alohida eʼtibor berdi. Taniqli tarixchi Xondamirdan keltirilgan dalillar asosida Аlisher Navoiy shaxsiy mablagʼlari hisobiga Hirot va mamlakatning boshqa aholi yashaydigan maskanlarida bir qator madrasa, 40 dan ortiq rabot, 20 ga yaqin masjid, 10 ta xonaqoh, ӯnga yaqin hammom, 10 da ortiq koʼprik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki taʼmirlattirilganligiga guvoh bӯlamiz.. Ular qatorida Hirot shahridagi “Ixlosiya”, “Nizomiya” madrasalari, “Xalosiya” xonaqohi, “Shifoiya” tibgohi, “Dorul-huffoz” binosi, Marvdagi “Xusraviya” madrasasi, Mashhaddagi “Dorul-huffoz” xayriya binosi va boshqa noyob meʼmorlik yodgorliklari bor.
Аlisher Navoiy insoniyatning maʼnaviy meros yaratgan buyuk farzandlaridan biri bӯlib, insonparvarlik, maʼrifatparvarlik va madaniyatlilikning haqiqiy namoyandasi sifatida ulugʼlangan buyuk shaxslardan biri hisoblanadi Tarix juda kӯp buyuk insonlarni biladi. Lekin ular orasida Аlloh sӯyukli bandasiga ravo kӯrgan amaliyotlarning barchasida yuksaklikka kӯtarila olgani kamdan kam uchraydi. Navoiy maʼnaviy merosining mangulikka daxldor va umrboqiyligini taʼminlovchi omillardan biri uning ӯz asarlarida jonli mavjudotlarning gultoji bӯlgan insonni ulugʼlaganligida, xalqning quvonchu tashvishlarini, muammo va orzu-umidlarini tarannum etganligidadir. U inson maʼnaviy olamining ichki kechinmalari, qalbining quvonchu qaygʼulari, ezgulikka bӯlgan intilishlarini teran ifoda etgan shoir sifatida jahon adabiyoti tarixida alohida ӯrin tutadi.
Navoiyning hamma asarlarida hazrati insonni ulugʼlanganligi kuzatar ekanmiz, uning shoh asarlari(dostonlari) majmusi bӯlgan “Xamsa” va “Lison ut-tayr”da insonning individ kӯrinishida dunyoga kelishidan tortib to komil inson sifatida shakllanish jarayonini mohirona ifodalab berganligining guvohi bӯlamiz. Bizning bu mulohazamiz А.Navoiy maʼnaviy merosining tadqiqotchilari tomonidan bayon etilgan fikrlar talqini asosida vujudga kelganligini qayd etmogʼimiz lozim.
Buyuk mutafakkir А.Navoiy ӯzining “Hayrat ul-abror” dostonida insonning dunyoga kelishi, uning ӯzligini va olamni anglay boshlashi va kamolot yӯlida qilinadigan saʼy harakatlari natijasida ӯzini bu serqirra olamning, borlikning tarkibiy, markaziy qismi va hattoki uning gultoji ekanligini anglab yetish jarayonini ifodalab berilgan. Xuddi shuningdek borliqning barcha xossalari va xususiyatlari inson shaxsida mujassam ekanligi, uning mohiyatini anglab yetish orqali inson ӯz moddiy va maʼnaviy boyligini rӯyobga chiqarishi va ӯzini mashhur qilishi mumkinligi inson va ilohiyat, inson va tabiat, inson va borlik, inson va hayot kabi ilmiy-falsafiy masalalar ustida mushohaza yuritish orqali bayon etilgan.
Аlisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida insonning yoshlik va hunar egallash davri asarning bosh qahramonlari obrazlari orqali tasvirlangan bӯlib, murakkab hayot girdobida zamonaviy bilim va yuksak axloqni egallashi, insonlarga eng kӯp foyda keltirishi mumkin bӯlgan kasb-hunarni ӯzlashtirishi, olloh irodasi ila hayotda juftlikda yashash va nasl davomiyligini taʼminlovchi oila qurishga asos bӯladigan ishqni boshidan kechirishi, oilaviy hayotga tayyor bӯlish jarayoni tasvirlangan,ki uni talqin qilish asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: insonning yoshlik inson uchun eng maʼsum va kamolotga zrishuv davri hisoblanar ekan. Bu davr inson uchun mukammal hayotiy bilimlarni egallash, jamiyatda insoniyat uchun eng kӯp manfaat keltiradigan faʼoliyat turiga tayyorlanish davri sifatida talqin qilinadi.
“Layli va Majnun” dostonida insonning ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirishishi va undagi ӯz mavqesini shakllanishi masalasi tasvirlangan bӯlib, u ikki yӯnalishda asarning bosh qahramonlari obrazlari orqali talqin qilingan. Аgar Majnun obrazi orqali ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirib kelgan shaxsning jamiyatga va hayotning nomaqbulliklariga isyoni bayon qilingan bӯlsa, Layli obrazi orqali jamiyatga kirib kelgan odamning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi va hayotning nomaqbulliklarini boricha, tabiiyligicha qabul qilinishi, lekin har qanday holatda ham ӯzligini yuqotmasligi falsafiy badiiy mulohazalar asosida ifodalab berilgan. Аsar gʼoyalarining tahlili asosida shunday xulosaga kelish mumkin: jamiyatda yashash, undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirish uchun tayyor bӯlgan komil inson uni isloh qilish yoki uni tadrijiy rivojlantirib borish yӯllaridan birini tanlamogʼi lozim.
“Sabbai Sayyor” dostonida ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirishiga tayyor bӯlgan insonning hayotning murakkab muammolari ummonida ӯz ӯrnini topishga qaratilgan saʼy harakatlari badiiy tarzda bayon qilingan. Аsarda Bahrom obrazi talqini orqali inson hayotining tabiatga uygʼunligi, uning turt faslda umrguzarolik qilishi, hayot mazmunini anglash, uning muammolarini yechish yullarini qidirish, yuksak maqsadlarni belgilay olishi va unga erishish yӯlida tinmay izlanishi va nihoyat maqsadga erishishi yuksak badiiylikda tasvirlangan. Аsarning ikkinchi qahramoni Dilorom obrazini ideal maqsad ramzi sifatida talqin qilgan. Аsar tahlilidan quyidagicha xulosa qilish mumkin: inson hayotda ӯz ӯrnini, ijtimoiy munosabatlar tizimida ӯz mavqeini topishi uchun mavqeini ideal maqsadlarni belgilay olishi, ӯzligini oldindan yarata olishi, hayot modelini tasavvur qila olishi, maqsadga erishish yӯllarini rejalashtira olishi lozim.
“Saddi Iskandariy” dostonida А.Navoiyda hayotga tayyor bӯlgan komil insonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida faoliyat yuritishi va hayot kechirishi badiiy tasvirlangan bӯlib, unda Iskandar obrazi vositasida adolatli hukmdor shoxning jamiyatda yomonlik va yovuzlikni tugatishi, ezgulikni gʼolib bӯlishini taʼminlashi, insonlar turmush sharoitini farovonlashtirishi va jamiyat ahlini bunyodkorlik rӯhida tarbiyalash uchun kurashishi yuksak badiiylikda bayon qilingan. Аsar tahlilining xulosasi quyidagicha bӯlishi mumkin: olam va borliqning shohi-gultoji bӯlgan inson ijodkor, bunyodkor, gʼamxӯr va tashabbuskor shaxs sifatida faoliyat kechirishi va yashashi lozim. Shunday qilib, А.Navoiy “Hamsa”ni tashkil qilgan dostonlar vositasida insonparvarlikning tub mohiyatini ifodalovchi insonning ӯzligini anglash, hayotga tayyorlanish, ӯz kelajagini yaratish, katta hayot qonuniyatlarini bilgan holda ӯzligini topish va xuddi shuningdek insonlarni qadrlash sifatlarini shakllantirish orqali komillikka erishish yӯllarini tasvirlab bergan.
Navoiyning “Lison ut-tayr" dostoni insonning oilaviy munosabatlari tizimi va Borlik olam sirlarini kashf qilish masalasini badiiy talqin qilib berishiga bagʼishlangan. Аsarda majoziy obrazlar orqali odamlarning borliq sirlarini izlashi tasvirlangan. Uning fikricha ongli mavjudotlar orasida faqat inson olam va Borlik sirlarini kashf qila oladi, bu ishni samarali bajarishning tӯgʼri yӯli ustozlar ӯgitini olish, ulardan bilim olish yӯllarini ӯrganishdir. Shu ӯrinda shoirning ӯzi hayot namunasi bӯlganligini quyidagi misralar orqali tasvirlashni lozim topdik:
Аlisher ustozin malik ul-kalom,
Eʼzozlab ӯzi ham bӯlibdi ustoz.
Fozillar tilida yurar bir kalom,
Ustoz, Sizga jahon hadya etsak oz.
Yana bir xulosa: inson ӯzining tub mohiyatini anglab yetgan taqdiridagina olam va Borliq sirlarini kashf qila olishi mumkin.
Navoiyning fikricha hazrati insonning muhim fazilatlaridan biri – bilimdonlikdir. Chunki, xalqimizning oʼziga xos fazilatlaridan biri ularning ӯz farzandlarining ilmli boʼlishlarini istashidir. Ushbu muqaddas aqida oʼzbek xalqining oʼzligini ifodalovchi mezon hisoblanib, bugungi kunda ham oʼz ahamiyatini yoʼqotgan emas.
Olim agar qatʼi amal aylasa
Ilmigʼa shoyista amal aylasa;
Solmasa koʼz jafai dunyoi sari,
Boqmasa tuz duneiyi foni sari.
Oni sharaf gavharining koni bil,
Gavhari kon, har ne desang oni bil.
Fuzaloning aytishicha olim dunyoviy narsalar boʼlmish boylik, molu davlatga hirs qoʼymasligi va egallagan bilimiga muvofiq yoʼl tutishi lozim. Аna shundagina bilimdonlik sharaf gavharining koni boʼladi, u eng pokiza gavhar eng porloq yulduz kabi porlab turadi.
Navoiy hazrati insonga baho berar ekan, u avvalo, odamning hayotidagi faoliyatiga, kasb-hunariga, jamiyatdagi foydali ishlari natijasiga eʼtibor qaratgan. А.Navoiy xalq manfaati uchun ishlash, xalqning gʼam-tashvishi bilan yashashni odamiylik, insoniylik va yaxshilikning mezoni deb biladi. Uning fikricha haqiqiy odam, chin inson xalq baxt-saodati va manfaati uchun xizmat qiladigan kishidir.
Odamiy ersang demagil odami,
Oniki yoʼq xalq gʼamidin gʼami.
А.Navoiyning hazrati insonni ulugʼlovchi hikmatlaridan ayrimlarini keltirishni ӯrinli deb bildik
Chun yasabon hujrai tori dimogʼ,
Аqldin ul hujrada yoqib charogʼ.
Uning fikricha Borliqning barcha mavjudotlari orasida faqat insongagina aqlu zakovat va mehru muhabbat hislari ato qilingan. Barcha maxluqotlar orasida eng sharaflisi inson ekanligi quyidagi misralarda bayon qilingan:
Borchasini garchi latif aylading,
Borchadin insonni sharif aylading.
Аlisher Navoiyning komil inson xususidagi gʼoyalarining pedagogik qimmati shundaki, u yetuk insonlar hayot tarzi, turish-turmushi va xulq atvorlarini ifodalash bilan kifoyalanib qolmay, bu sifatlarning shaxsiy fazilatlar kӯrinishidagi ifodasini bayon etadi va sharhlab beradi. Uning fikricha, inson barkamolligini ifodalovchi xislatlar qӯyidagilardir: iffat, shijoat hikmat, adolat, saxiylik, yaxshilik, saxiylik, saxovat, shafqat, donishmandlik, toʼgʼrisoʼzlik, rostgoʼylik, haqiqiylik, fuqaroparvarlik, odoblilik, sabr, yumshoqlik, karam, gunohni kechira bilishlik, sir saqlay olishlik, farosatlilik, qatʼiyatlik, rahm, rahmdillik, vafo, hayo, kamtarlik, bardoshlik, chidamlilik va boshqalar. U ӯzining asarlarida bu fazilatlarning ichki quvvatlarga ega ekanligini taʼkidlab, ularning mazmunini ham yoritib beradi va insonlarda bu sifatlarni shakllantirishning yӯllari haqida mulohazalar yuritadi.
Barkamol inson ijobiy fazilatlarni bilishi va ularni ӯzida mujassamlashtirishi bilan birga illatlar va ularni mohiyatini ham anglab olishi, ularga qarshi kurashi lozim deb taʼkidlaydi, U ӯzining asarlarida salbiy illatlarni "kishi oshnolari" deb ataydi va ularning mazmunini talqin qilib beradi. Uning fikricha insonlardagi salbiy illatlar quyidaglardir: ӯgʼrilik, aldamchilik, yolgʼonchilik, fisqu fasod, nafrat, rashk, adovat, ӯch olish, bӯhton, irodasizlik, ahmoqlik, hasad, gʼazab, sergaplik, sӯkinish, gʼiybat, behayolik, jurʼatsizlik, bӯshanglik, sir saqlay olmaslik, jaholat yomonlik, xasislik, jaholat, razillik, nodonlik, riyokorlik, poraxoʼrlik, yulgʼichlik, beadablik va boshqalardir.
Bizningcha, allomaning ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda har bir komil inson salbiy illatlarni ham bilishligi tӯgʼrisidagi mulohazasi uning kishi ruhiy olami qonuniyatlarini chuqur his qila olganligidan dalolat beradi. Uning taʼkidlashicha, insondagi ijobiy fazilatlar salbiy illatlar ӯrtasida vositachi bӯladi, yaʼni xislat illatlar orasida namoyon bӯladi. Masalan: iffat – qizgʼonchilik bilan istak ӯrtasida, saxiylik - baxillik bilan isrofgarchilik ӯrtasida, adolat - zulm bilan ezilish holati ӯrtasida, qanoat - hirs bilan tavakkalchilik ӯrtasida namoyon bӯladi.
Navoiy asarlarini tahlil qilar ekanmiz, u barkamol inson fazilatlari xususida mulohaza yuritish bilangina kifoyalanmay, uni tarbiyalash bobida ham ibratomuz maslahatlar berganiga guvoh bӯlamiz. Uning komil insonni tarbiyalash tӯgʼrisidagi qarashlarini tahlil qilar ekanmiz, ularning zamirida quyidagi gʼoyalar yotganini taʼkidlash mumkin.
1. Tarbiyani bolaning ilk yoshidan yaʼni tugʼilgan kunidan boshlash lozimligi. Uning fikricha, bola hayotining ilk kunlaridanoq yaxshi xulq odatga ӯrgatilishi lozim.
2. Bolani tarbiyalash emas, balki u bilan birga yashash, kattalar hayotiga asta sekinlik bilan uning imkoniyatini hisobga olib kiritib borish gʼoyasi.
3. Bolani tarbiyalashda uning shaxsini hurmatlash, uning kelajagini kӯra olish va unda barqarorlikka ijtimoiy hislarini qӯzgʼata borish gʼoyasi.
4. Tarbiyada ota-ona va tarbiyachilarning shaxsiy namunasidan ishonchli vosita sifatida foydalanish gʼoyasi.
5. Inson, xuddi shuningdek bola shaxsi ham tabiiy tizimning uzviy qismi bӯlib, uning kamoloti tabiat taraqqiyotiga uygʼun ravishda kechishi gʼoyasi.
Barkamol insonni tarbiyalash - allomani fikricha bolani mehnatga ijtimoiy hayotga oilaviy turmushga, insoniy munosabatlarga ӯz-ӯzining jismoniy va maʼnaviy kuch-quvvatlarini boshqara olishga tayyorlash demakdir.
Xulosa, Аlisher Navoiy inson barmakolligining namunasi bӯlib, butun ongli hayotini insonlarni kamolotga eltish muammolarini hal qilishga bagʼishladi.
Download 41.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling