Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari 1999-yil 19 iyunda Italiyaning Bolonya shahrida 29 ta mamlakat


Download 25.44 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi25.44 Kb.
#1220448
  1   2
Bog'liq
yyy


INSONIYAT TARIXIDA TARBIYA VA TA’LIMNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
1999-yil 19 iyunda Italiyaning Bolonya shahrida 29 ta mamlakat ta’lim vazirlarining qo‘shma deklaratsiyasi – “Oliy ta’limning Yevropa hududi” to‘g‘risidagi bitim (Bolonya deklaratsiyasi) imzolanadi. Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. Ularning orasida MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston va Belarus ham bor.
Mazkur bitim orqali ushbu dasturni XXI asrning birinchi o‘n yilligi yakuniga qadar amalga oshirish hamda butun dunyo bo‘yicha oliy ta’limning yevropacha tizimini ilgari surish ko‘zda tutilgan. Agar 2010 yilga qadar Bolonya jarayonining asosiy maqsadi, Leuven/Louvain-la-Neuve bitimida qayd etilganidek, Oliy ta’limning Yevropa hududini o`ziga munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat bo‘lsa, keyingi o‘n yillik uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilar belgilanadi:
• Ijtimoiy o‘lchov;
• Uzluksiz ta’lim;
• Mehnatga layoqatlilik;
• Markazda talabalarni o‘qitish;
• Ta’lim, tadqiqot va innovatsiyalar;
• Mobillik;
• Ma’lumotlarni yig‘ish;
• Shaffoflikning ko‘p o‘lchovli vositalari;
• Moliyalashtirish.
Bolonya jarayoni quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • O‘quv dasturlarini tuzish va talabalar tahsil olish yo‘llarini tuzishda ko‘proq erkinliklar;

  • Yevropa kredit to‘plash va ularni o‘tkazish tizimini (ECTS) joriy qilish;

  • Talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun milliy va Yevropa universitetlariga borib/o‘tib tahsil olish, ishlash, tadqiqot olib borish borasida ko‘proq imkoniyatlar;

  • Olingan ixtisos/kvalifikatsiyani ta’lim doirasi va kasbiy sohada tan olinishini ta’minlash uchun diplom Ilovasi berish;

  • Yevropa oliy ta’lim hududini tuzish jarayonida qatnashuvchi ko‘plab mamlakatlarda diplomlar tan olinishi uchun oliy ta’lim tuzilmalarini standartizatsiya qilish va umumiy ko‘nikma-malakalar doirasini qabul qilish;

  • Ixtisos/kvalifikasyalarning tan olinishi;

  • Sifatni kafolatlash: umumiy standartlar va umumiy tartibotlar ishlab chiqish;

  • Avtonom muassasalar;

  • Talabalar qatnashuvi: oliy ta’lim boshqaruvida ular to‘laqonli hamkorlar sifatida tan olinishi;

  • Oliy ta’lim uchun ijtimoiy javobgarlik.

2020 yil 23 sentabrda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi. Mazkur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o‘z aksini topishi natijasida qonun 11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi. Ushbu Qonunda maktabgacha ta’lim, maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum, oliy ta’lim kabi tushunchalar yoritib berilgan.
O’zbekistonda
Download 25.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling