Insoniyat tarixining qaysi davri `Eng yangi tarix` deb ataladi?


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana03.03.2020
Hajmi1.34 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

 

 

KIRISH 

 

1. Insoniyat tarixining qaysi davri `Eng yangi tarix` 

deb ataladi? 

A) Yer yuzida odam paydo bo'ganidan to milodiy 

476- yildan G’arbiy Rim imperiyasi 

qulaguniga qadar kechgan voqealar tarixi 

B) 1917-yilda Bolsheviklar hokimiyatga kelishidan 

tortib 1991-yil SSSR 

parchalanishigacha bo`lgan davri 

C) Birinchi jahon urushining yakuni– 1918-yildan 

boshlanib, hozirgi kungacha bo’lgan davri 

D) Insoniyat tarixining XVI asrdan XIX asrning 60-

yillarigacha bo’lgan tarixi 



 

2. `Eng yangi tarix` kishilik jamiyati 

rivojlanishida … davri sifatida qaraladi. 

A) feodalizmdan kapitalistik jamiyatga o`tish 

B) qo’l mehnatiga asoslangan 

manufakturadan mashinalar keng 

qo’llaniladigan sanoatga o`tish 

C) industrial sivilizatsiyadan 

postindustrial sivilizatsiyaga o’tish 

D) monarxiya tuzumidan respublika boshqaruv 

shakliga o`tish 



 

3. Eng yangi davr tarixida nisbatan mustaqil bo`lgan 

nechta bosqichni 

ajratib ko`rsatish mumkin? 

A) uchta B) beshta 

C) to`rtta D) ikkita 

 

4. Quyida berilgan Eng yangi tarix bosqichlarini 

davriyligi bo`yicha 

mos ravishda joylang. 

1. 1918-1945-yillar. 2. 1945-1991- 

yillar. 3. 1991-yildan … 

a) industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy 

tizimi inqirozining boshlanishi davri. 

Bu inqiroz jahon urushlarida, 

sotsialistik va milliy-ozodlik 

inqiloblarida, Germaniya, Italiya, 

Yаponiya, SSSRda totalitar 

tuzumlarning qaror topishida, 

ijtimoiy ziddiyatlarning 

keskinlashuvida namoyon bo`ldi; 

b) Bu bosqich mazmunini 

mustamlaka tizimining qulashi va 

ko`plab mustaqil davlatl arning 

tashkil topishi, `sovuq urush`, 

dunyoni yadroviy halokat yoqasiga 

olib kelgan qurollanish poygasi 

tashkil qiladi; 

c) xalqaro munosabatlarda 

shakllangan ikki qutbli tizimning 

inqirozi, sotsialistik tizimning barbod 

bo’lishi, SSSRning tarqalib ketishi va sobiq sovet 

respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo`liga kirishi 

bilan boshlanadi. 

A) 1-a; 2-c; 3-b. B) 1-b; 2-c; 3-a. 

C) 1-a; 2-b; 3-c. D) 1-c; 2-a; 3-b. 

 

5. … bu davr jahon sivilizatsiyasining globallashuvi, 

`uchinchi dunyo` 

mamlakatlari rivojlanishining jadallashuvi, 

sivilizatsiyalar o’rtasidagi ziddiyatlarning 

kuchayishi bilan xarakterlanadi. 

A) 1914 – 1918-yillar 

B) 1918 – 1945-yillar 

C) 1945 – 1991-yillar 

D) 1991 – yildan … 

 

6. … bu bosqichning mazmunini jamiyat 

taraqqiyotining ikki asosiy modellari – liberal-

demokratik va totаlitar tuzumlar o`rtasidagi kurash 

tashkil qiladi. 

A) 1914 – 1918-yillar 

B) 1918 – 1945-yillar 

C) 1945 – 1991-yillar 

D) 1991 – yildan … 



 

7. … Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan 

sotsialistik lager bilan G`arb mamlakatlari 

o`rtasidagi global qarama-qarshilik bu davrning 

xarakterli jihati hisoblanadi? 

A) 1914 – 1918-yillar 

B) 1918 – 1945-yillar 

C) 1945 – 1991-yillar 

D) 1991 – yildan … 



 

8. Industrial sivilizatsiya nima? 

A) eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil 

topishi va 

rivojlanishi davri 

B) sanoat va fan-texnika taraqqiyotiga asoslangan 

sivilizatsiya. 

C) bu iqtisodiyotda sanoatning yuqori unumdor 

innovatsion sektori, yalpi ichki mahsulotda 

fan yutuqlari va axborot texnologiyalari, iqtisodiy va 

boshqa faoliyat sohalarida 

raqobat ustuvor bo`lgan jamiyat 

D) B,C 


 

9. Postindustrial sivilizatsiya bu … 

A) eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil 

topishi va 

rivojlanishi davri 

B) sanoat va fan-texnika taraqqiyotiga asoslangan 

sivilizatsiya. 

C) bu iqtisodiyotda sanoatning yuqori unumdor 

innovatsion sektori, yalpi ichki mahsulotda 



 

 

fan yutuqlari va axborot texnologiyalari, iqtisodiy va 



boshqa faoliyat sohalarida 

raqobat ustuvor bo`lgan jamiyat 

D) A va B 

1-MAVZU. 1918 – 1939-

YILLARDA XALQARO MUNOSABATLAR 

 

10. Ma`lumki, Birinchi jahon urushi xalqaro 

munosabatlarga va dunyoning siyosiy xaritasiga katta 

tasir ko`rsatdi. Ana shu ta`sir noto`g`ri berilgan 

javobni aniqlang. 

A) Rossiyada monarxiya ag`darildi. 

B) Yevropada yangi davlatlar vujudga keldi. 

C) Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmoniylar 

imperiyalari tarqalib ketdi. 

D) Sovuq urush davri boshlandi. 

 

11. Urush tugashi bilan g`olib davlatlar xalqaro 

munosabatlarda yangi tartib o`rnatish, urushdan 

keyingi 

dunyoning qiyofasini belgilash uchun qaysi shaharga 

yig`ildilar? 

A) Berlin  B) London  C) Vashington  D) Parij 

 

12. Parij tinchlik konferensiyasi bo`lib o`tgan sanani 

belgilang. 

A) 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha 

B) 1914-yil 28-iyuldan 1918-yil 11- noyabrgacha 

C) 1919-yil18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 

D) 1919-yil 28-iyundan 1921-yil 6- fevralgacha 

 

13. Parij tinchlik konferensiyasi Parij yaqinidagi 

qaysi saroyda bo`lib o`tgan? 

A) Livadiya B) Versal  

C) Trianon  D) Sen-Jermen 

 

14. Quyida berilgan javoblardan qaysi 

birida tarixiy xatolik mavjud. 

A) Parij tinchlik konferensiyasida hal qiluvchi rolni 

“Katta 


uchlik”(B.Britaniya, Fransiya va AQSH) o`ynadi. 

B) Parij tinchlik konferensiyasida Buyuk Britaniya 

nomidan bosh vazir Jorj Klemanso, Fransiya 

bosh vaziri David Llyod Jorj, AQSH prezidenti 

Vudro Vilson ishtirok etdi. 

C) Parij tinchlik konferensiyasida xalqaro tashkilot – 

Millatlar Ligasi tashkil qilindi. 

D) Konferensiya 27 davlat vakillari ishtirokida bo`lib 

o`tdi. 

 

15. Qachon Germaniya bilan Versal 



tinchlik shartnomasi imzolanadi? 

A) 1919-yil 28-iyun       B) 1919-yil 10-sentabr 

C) 1919-yil 27-oktabr    D) 1920-yil 4-iyul 

 

16. Sharnomaga ko`ra, Germaniya g`olib 

davlatlar foydasiga necha mlrd. 

marka reparatsiya to`lashi lozim edi? 

A) 110 mlrd. marka     B) 127 mlrd. marka 

C) 132 mlrd. marka     D) 150 mlrd. marka 

 

17. Millatlar Ligasi kimning tashabbusi 

bilan tashkil qilinadi? 

A) David Llyod Jorj     B) Vudro Vilson 

C) Raymon Puankare   D) Jorj Klemanso 

 

18. Germaniya ittifoqchilari sifatida 

alohida shartnoma imzolangan 

mag`lub davlatlarni toping. 

1. Avsriya. 2. Turkiya. 3. Vengriya. 4. Ruminiya. 5. 

Yaponiya. 6. Italiya.   7. Bolgariya. 

A) 1, 2, 3, 4      B) 1, 2, 3, 7 

C) 1, 3, 4, 5     D) 1, 2, 4, 6 

 

19. Quyida berilgan davlatlardan qaysi  biri Birinchi 

jahon urushining 

boshlanishi uchun yagona javobgar  deb e`lon 

qilindi? 

A) Italiya     B) Rossiya 

C) AQSH    D) Germaniya 

 

20. Millatlar Ligasi haqida keltirilgan tog`ri 

hukmlarni belgilang. 

1. Dastlab mag`lub davlatlar va Sovet Rossiyasi unga 

qabul  

qilinmadi. 



2. Germaniya mustamlakalarini va Turkiyaning 

Yaqin Sharqdagi 

yerlarini g`olib davlatlar tomonidan bo`lib olish 

uchun Millatlar Ligasi Nizomiga mandat, ya`ni 

ma`lum bir hududni boshqarish uchun vakolat 

tushunchasi kiritildi. 

3. `abadiy tinchlik` vositasi deb e`lon qilingan 

Millatlar Ligasi g`olib davlatlar ning dunyoni o`zaro 

bo`lib olishiga qonuniy tus berdi, ittifoqchilarning 

urushdagi g`alabasini mustahkamladi. 

4. Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o`rtasida 

hamkorlik va xavfsizlik masalalari Millatlar 

Ligasining asosiy vazifalari qilib belgilandi. 

A) 1, 3  

B) 2, 4 

C) 1, 2, 4  

D) 1, 2, 3, 4 

 

21. Qachon Millatlar Ligasi nomidan Buyuk 

Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi katta 

hududlarni boshqarishga mandat oldi? 

A) 1919-yil mart 

B) 1919-yil aprel 

C) 1919-yil may 

D) 1919-yil fevral 



 

 

 



22. Vashingtonda konferensiya nima maqsadda 

chaqiriladi? 

A) G`olib Antanta bilan mag`lub 

To`rtlar ittifoqi o`rtasida imzolanadigan tinchlik 

shartnomasining matnini tuzish 

B) Bo`lingan dunyoni qaytadan bo`lib olish 

C) Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli 

muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni 

cheklash 

D) Barcha javoblar to`g`ri 

 

23. Vashington konferensiyasi boshlangan – “a” va 

tugagan – “b” 

yillarni to`g`ri tartibda joylang. 

A) a- 1921-yil 12-noyabr; b- 1922- yil 6-fevral. 

B) a- 1919-yil18-yanvar; b- 1920- yil 21-yanvar. 

C) a- 1914-yil 28-iyul; b- 1918-yil 11-noyabr. 

D) a- 1919-yil 28-iyun; b- 1921-yil 6-fevral. 

 

24. Vashington konferensiyasida asosiy rol o`ynagan 

davlatlar to`g`ri keltirilgan javobni toping. 

A) AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya 

B) Germaniya, Yaponiya va Italiya 

C) AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya 

D) Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya 

 

25. Quyida berilgan javoblardan qaysi birida tarixiy 

xatolik mavjud emas. 

A) Versal tinchlik shartnomasi Birinchi jahon 

urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy 

o`zgarishlarga qonuniy tus bergan so`nggi yirik 

shartnoma 

bo`ldi. 


B) 1921-yil yanvarda Vashington konferensiyasida 

to`rt davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, 

Fransiya va Yaponiya o`rtasida shartnoma imzolandi. 

C) Lozannna tinchlik shartnomasida, Turkiyaning 

urushdan keyingi chegaralari 

belgilab berildi va mustaqilligi tan olindi. 

D) Vashington konferensiyasida imzolangan to`rt 

davlat shartnomasida, ushbu davlatlarning Hind 

okeani 

havzasidagi o`z orollariga egalik qilish huquqlari 



kafolatlandi. 

 

26. Lozanna tinchlik shartnomasi qachon 

imzolanadi? 

A) 1919-yil    B) 1921-yil 

C) 1922-yil    D) 1923-yil 

 

27. Qaysi yillarda imzolangan shartnomalar va 

jahondagi kuchlarning yangi nisbati xalqaro 

munosabatlarning Versal-Vashington tizimi nomini 

oldi? 

A) 1919 – 1923-yillar 



B) 1919 – 1921-yillar 

C) 1920 – 1922-yillar 

D) 1918 – 1920-yillar 

 

28. Birinchi jahon urushidan so`ng G`arbning bir 

qator mamlakatlarida vujudga kelgan o`ng radikal, 

ekstremistik harakatlar umumiy nom bilan nima deb 

ataladi? 

A) sotsializm    B) kommunizm 

C) fashizm       D) konservatizm 

 

29. … harakatning liderlari ijtimoiy  safsatabozlikdan 

keng foydalandilar,  kishilarning millatchilik 

hissiyotiga ta`sir o`tkazishga harakat qildilar,  o`z 

millati uchun ijtimoiy adolatni, `yangi jamiyat`ning 

o`zlariga ma`qul shaklini qurishni va`da qildilar. 

A) sotsializm     B) kommunizm 

C) fashizm       D) konservatizm 

 

30. Qachondan Versal-Vashington tizimiga 

Yevropada hech bir davlat amal qilmay qo`ydi? 

A) 1920-yillarning oxiri 

B) 1930-yillarning boshi 

C) 1930-yillarning oxiri 

D) 1920-yillarning boshi 

 

31. Versal-Vashington tizimining inqirozi oqibatida, 

qarama-qarshi harbiy-siyosiy ittifoqqa birlashgan – 

“a”, va “b”qarama-qarshilikdan o`z manfaatlari 

yo`lida foydalanish maqsadida kutib turishni ma`qul 

ko`rgan – “c” davlatlarni mos ravishda joylashtiring. 

1. SSSR. 2. Buyuk Britaniya. 3. Fransiya. 4. 

Germaniya. 5. AQSH. 6. Yaponiya. 7. Italiya. 

A) a- 1, 5; b- 2, 3, 7; c- 4, 6. 

B) a- 2, 5; b- 4, 6, 7; c- 1, 3. 

C) a- 2, 3; b-1, 5; c- 4, 6, 7. 

D) a- 2, 3; b- 4, 6, 7; c- 1, 5. 

 

32. Yaponiya Manchjuriyani bosib olib, Manchjou-

Go qo`g`irchoq davlatini 

tuzgan yillarni aniqlang. 

A) 1931 – 1932-yillar 

B) 1932 – 1933-yillar 

C) 1929 – 1930-yillar 

D) 1927 – 1928-yillar 

 

33. Qachon Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqdi? 

A) 1930-yil     B) 1932-yil 

C) 1935-yil     D) 1933-yil 

 

34. Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqqach, … (a) 

davlatga qarshi tajovuzini kuchaytiradi va …da (b) 

keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab, 

Markaziy Xitoyni va boshqa bir qator hududlarni 

bosib 


oldi. 

 

 

A) a- Koreya; b- 1936-yil mart 



B) a- Hindiston; b- 1938-yil iyun 

C) a- Xitoy; b- 1937-yil iyul 

D) a- Manjuriya; b- 1932-yil mart 

 

35. Qaysi davlatning tajovuzkor harakatlari natijasida 

Osiyoda ham jahon urushi o`chog`i paydo bo`ladi? 

A) Germaniya B) Italiya 

C) Yaponiya D) Rossiya 

 

36. Quyida berilgan atamalar va ularning ma`nolarini 

mos ravishda 

joylashtiring. 

1. Konferensiya. 2. Fashizm. 3. 

Reparatsiya. 4. Kreditor. 

a) tovon; b) birlashma; c) qarz 

beruvchi; d) bir joyga to`playman. 

A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c. 

B) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c. 

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a. 

D) 1-d; 2-b; 3-a; 4-c. 

 

37. … Italiyada paydo bo`lgan siyosiy oqim. 

Hokimiyat tepasiga kelgach, zo`ravonlikning 

ashaddiy shakllarini qo`llovchi va jamiyat ustidan 

yalpi nazorat o`rnatuvchi terroristik 

diktaturani barpo etdilar? 

A) Kommunizm  

B) Konservatizm 

C) Liberalizm  

D) Fashizm 

 

38. … davlat yoki partiya, jamoat va olimlar 

vakillarining muayyan masalani muhokama etish 

uchun 


yig`ilishi. 

A) Millatlar ligasi  

B) Konferensiya 

C) Deklaratsiya  

D) Manifest 

 

2-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA ILMIY-



TEXNIKTARAQQIYOTNINGJADALLASHUVI

ILMFANDAGI YUTUQLAR 

 

39. Qachondan fanning uzoq davom etgan ishlab 

chiqaruvchi kuchga aylantirish jarayoni yakunlanib, - 

ilmiy-texnik inqilob yuz beradi? 

A) XIX asr oxiri 

B) XX asr boshlari 

C) XIX asr o`rtalari 

D) XX asrning II yarmi 

 

40. Quyida berilgan olimlardan qaysi birlari uranning 

parchalanishi jarayonida yuz beradigan zanjirli 

reaksiya natijasida juda katta energiya ajralib chiqishi 

to`g`risidagi 

g`oyani shakllantirdi? 

1. Enriko Fermi. 2. Frederik JolioKyuri. 3. Boris 

Grabovskiy. 4. Ivan 

Belyanskiy. 5. Jon Makleod. 6. 

Frederik Banting. 7. Aleksandr 

Fleming. 

A) 1, 3   B) 2, 4   C) 3, 7   D) 1, 2  

 

41. Penitsillin kashfiyotchisini aniqlang. 

1. Enriko Fermi. 2. Frederik JolioKyuri. 3. Boris 

Grabovskiy. 4. Ivan 

Belyanskiy. 5. Jon Makleod. 6. 

Frederik Banting. 7. Aleksandr 

Fleming. 

A) 1 B) 3  C) 4  D) 7 

 

42. Tajribalar jarayonida o`t pufagi gormoni bo`lgan 

insulinni olishga muvaffaq bo`lgan fiziolog olimlarni 

toping. 


1. Enriko Fermi. 2. Frederik JolioKyuri. 3. Boris 

Grabovskiy. 4. Ivan 

Belyanskiy. 5. Jon Makleod. 6. 

Frederik Banting. 7. Aleksandr 

Fleming. 

A) 3, 4    B) 1, 2   C) 5, 6   D) 6, 7 

 

43. Tarixda ilk bor harakatlan uvchi tasvirni elektron-

nurli trubka yordamida masofaga uzatishni 

amalga oshirgan ixtirochilarni belgilang. 

1. Enriko Fermi. 2. Frederik JolioKyuri. 3. Boris 

Grabovskiy. 4. Ivan Belyanskiy. 5. Jon Makleod. 6. 

Frederik Banting. 7. Aleksandr Fleming. 

A) 1, 2    B) 3, 4    C) 5, 6  D) 1, 7 

 

44. Quyida berilgan olimlar orasidan ilk atom 

reaktorini yaratgan ixtirochini aniqlang. 

1. Enriko Fermi. 2. Frederik JolioKyuri. 3. Boris 

Grabovskiy. 4. Ivan Belyanskiy. 5. Jon Makleod. 6. 

Frederik Banting. 7. Aleksandr Fleming. 

A) 1    B) 4    C) 7   D) 5 

 

45. Qachon uran yadrolari ajralib chiqishining 

zanjirli reaksiyasi kashf etiladi? 

A) 1941-yilda    B) 1928-yilda 

C) 1938-yilda    D) 1945-yilda 

 

46. Uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli 

reaksiyasini qayerlk olimlar kashf etdilar? 

A) amerika      B) nemis 

C) ingliz           D) fransuz 

 

47. Atom bombasini yaratish ustidagi izlanishlarda 

qaysi davlat o`z raqiblarini ancha ortda qoldiradi? 

A) SSSR  



 

 

B) AQSH 



C) Fransiya  

D) Germaniya 

 

48. Ilk atom reaktori qachon(a) va qayerda(b) 

yaratiladi? 

A) a- 1945-yilda; b- Nyu-Meksiko 

B) a- 1943-yilda; b- San-Fransisko 

C) a- 1942-yilda; b- Chikago 

D) a- 1945-yilda; b- Vashington 

 

49. Ilk atom reaktori qachon(a) va AQSh ning 

qaysi(b) shtati poligonida portlatilgan? 

A) a- 1945-yilda; b- Nyu-Meksiko 

B) a- 1943-yilda; b- San-Fransisko 

C) a- 1942-yilda; b- Chikago 

D) a- 1945-yilda; b- Vashington 

 

50. 1928-yili qaysi shaharning tramvay tresti 

bazasida o`tkazilgan tajribani olimlar zamonaviy 

televideniyening paydo bo`lishi, deb hisoblashadi? 

A) London 

B) Nyu-York 

C) Moskva 

D) Toshkent 

 

51. Quyida keltirilgan mulohazalardan qaysi birida 

tarixiy xatolikka yo`l qo`yilmagan. 

A) 1930-yillar ovozli kino ustida ishlash davri bo`ldi. 

B) Vashingtonda namoyish qilingan `Jaz kuychisi` 

filmini mutaxassislar birinchi ovozli 

kino deb tan olishgan. 

C) XX asr boshlarida biologiya fani ham shiddat 

bilan rivojlandi. Insulinning kashf etilishi XX asrning 

eng buyuk kashfiyotlaridan biri deb tan olindi. 

D) 1920-yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlar 

sanoatining katta qismi elektrlashtirildi. Fuqaro 

aviatsiyasi, telegraf, radioeshittirishlar keng tarqaldi. 

 

52. Bir yilda yuz bergan voqealarni 

belgilang. 

1. Fiziolog olimlar ko`plab tajribalar jarayonida o`t 

pufagi gormoni bo`lgan insulinni olishga muvaffaq 

bo`ldilar. 

2. Birinchi ovozli kino `Jaz kuychisi` filmi nomoyish 

qilindi. 

3. Ilk atom reaktori yaratildi. 

4. Uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli 

reaksiyasi kashf etildi. 

5. Penitsillin kash qiindi. 

6. Buyuk Britaniyaning mashhur  radiokorporatsiyasi 

Bi-Bi-Si tashkil qilindi. 

A) 1, 2, 3     B) 2, 4 

C) 3, 4         D) 2, 6 

 

53. Jon Makleod va Frederik Bantning  ixtirosi 

natijasida qaysi kasallik bedavo dard bo`lmay qoldi? 

A) chechak              B) animiya 

C) qandli diabet      D) gripp 

 

54. Aleksandr Fleming qachon Nobel   mukofotiga 

sazovor bo`ladi? 

A) 1942-yilda       B) 1937-yilda 

C) 1944-yilda        D) 1945-yilda 

 

55. Zamonaviy televideniye paydo bo`lgan yili 

tarixda sodir bo`lgan voqeani toping. 

A) fiziolog olimlar ko`plab tajribalar jarayonida o`t 

pufagi gormoni bo`lgan insulinni olishga muvaffaq 

bo`ldilar. 

B) Aleksandr Fleming o`z laboratoriyasida bir 

qancha vaqtdan beri to`planib qolgan idishlarni 

yig`ishtirayotib, ulardan bir idagi mog`orga ko`zi 

tushadi. Tekshirib ko`rilganda bu juda noyob 

Penicillium turiga mansub mog`or bo`lib chiqdi. 

C) uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli 

reaksiyasi kashf etdiladi. 

D) A, B 


 

56. Quyida berilgan olimlar ichidan Nobel 

mukofotiga sazovor bo`lganlarini belgilang. 

1. Enriko Fermi. 2. Frederik JolioKyuri. 3. Boris 

Grabovskiy. 4. Ivan Belyanskiy. 5. Jon Makleod. 6. 

Frederik Banting. 7. Aleksandr Fleming. 

A) 5, 6, 7      B) 1, 2, 3 

C) 2, 4, 6      D) 1, 3, 5 

 

57. Qachonga kelib fizika, kimyo kabi   tabiiy 

fanlarning rivojlanishi yangi,  o`ta mustahkam 

materiallarni yaratish imkonini berdi? 

A) 1920-yillar      B) 1930-yillar 

C) 1940-yillar      D) 1950-yillar 

 

58. Qaysi davlatlarda kapron, perlon,   neylon, 

sintetik qatron kabi sun`iy   tolalarning olinishi yangi, 

o`ta sifatli  konstruktiv materiallar olish  imkonini 

yaratdi? 

A) Buyuk Britaniya va Fransiya 

B) AQSH va SSSR 

C) Germaniya va AQSH 

D) Italiya va Yaponiya 

 

59. Kim tomonidan kashf qilingan penitsillinsiz va 

antibiotiklarning yangi avlodisiz ko`pgina 

kasallliklarni davolash bugungi kunda ham mumkin 

bo`lmasdi? 

A) Aleksandr Fleming 

B) Jon Makleod 

C) Frederik Banting 

D) Boris Grabovskiy 

 


 

 

60. Quyida keltirilgan olimalar va ularning 

vatanlarini mos ravishda joylashtiring. 

1. Enriko Fermi. 2. Frederik JolioKyuri. 3. Aleksandr 

Fleming. \ 

a) amerikalik; b) fransuz; c) britaniyalik. 

A) 1-a; 2-b; 3-c.     B) 1-b; 2-a; 3-c. 

C) 1-c; 2-b; 3-a.     D) 1-b; 2-c; 3-a. 

 

3-MAVZU. 1918–1939-YILLARDA BUYUK 

BRITANIYA 

 

61. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun 

oqibatlari to`g`ri 

berilgan javoblarni belgilang. 

1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga 

katta siyosiy g`alaba va obro` olib keldi. 

2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta 

reparatsiya olindi. 

3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o`z 

dominionlaridan qarzdor bo`lib qoldi. 

4. Iqtisodiy o`sish sur`atlari juda past bo`lib, inqiroz 

va turg`unlik odatiy holga aylandi. 

A) 1, 3  

B) 2, 4 


C) 1, 2, 3  

D) 1, 2, 3, 4 

 


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling