Insoniyat XXI asrga qadam qo’ydi. Yangi asr o’z navbatida jamiyatimiz oldiga muhim masalalarni hal qilish vazifasini yuklamoqda


Download 24.02 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi24.02 Kb.
#542840
  1   2
Bog'liq
Kirish
ТАЛАБНОМА — копия, metall kristallardagi nuqsohlarni mexanik xossalariga tasirini organish, metall kristallardagi nuqsohlarni mexanik xossalariga tasirini organish, методлар лаборатория, методлар лаборатория, БИММ Баҳолаш мезонлари, kvadrat tenglamalar va ularning yechish usullari, Dasturlash asoslari va uning imkoniyatlari, Лютиков 2012, Ikkinchi tartibli xususiy hosilali chiziqli differensial tenglam, CAPITAL MARKET OF RUSSIA, CAPITAL MARKET OF RUSSIA, Введение, Документ Microsoft Word, tovar-moddiy zahiralar hisobi mavzusida dars otish metodlari va ularni qollashni takomillashtirish

Kirish

Insoniyat XXI asrga qadam qo’ydi. Yangi asr o’z navbatida jamiyatimiz oldiga muhim masalalarni hal qilish vazifasini yuklamoqda. Ishlar majmuini hal qilish har bir fuqaroning bu jarayonda shaxsiy ishtirokiga, ijodiy mas’uliyati munosabatiga hamda manfaatdorligiga bevisuta bog’liq.

Ma’lumki, respublikamizda butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga kirishildi. Ta’lim tizimidagi tub o’zgarishlarni amalga oshirish uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tashkil qilindi. Lekin akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun boshqa fanlar kabi “Informatika” fani bo’yicha ham maxsus yozilgan darsliklar yo’q. Qo’lingizdagi ushbu kitob akademik litseyga o’quv predmeti sifatida kiritilgan “Informatika” fani bo’yicha dastlabki namunaviy darslikdir. U O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “Informatika” kursi bo’yicha akademik litseylar uchun tasdiqlagan o’quv dasturi asosida yozildi.

Darslik jami 380 soat hajmidagi o’z ichiga olgan bo’lib, 10ta bobga bo’lingan. Har bir bob nihoyasida mavzular bo’yicha takrorlash uchun savollar va mashqlar keltirilgan.

Darslikning yuzga kelishida YUNESKO tomonidan ishlab chiqilib, rivojlangan davlatlar ishlab chiqilib, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida keng qo’llanilayotgan “Orta ta’lim uchun informatika” (Inforctics for Secondary Education A Curriculum for Schools . Copyright UNESKO, Paris, 1994) maktablar uchun o’quv rejasiga kiritilgan mavzular asos qilib olindi. Binobarin, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari IBM PC turidagi kimpyuterlar bilan ta’minlanganligi ham e’tiborda turdi.

Darslik akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilarini informatikaga doir bilimlar bilan qurollantirish, IBM PC turidagi kompyuterlar, ularning dasturiy ta’minoti va imkoniyatlari, algoritmik tilde dasturlar tuzishni o’rgatishga hamda amalda kompyuterlardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilishga qaratilgan. U akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo’ljallangan bo’lsa-da, undan oliy o’quv yurtlari talabalari hamda faoliyati zamonaviy kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan xodimlar, aspirantlar, o’qituvchular ham foydalanishi mumkin.

Dastlab darslik qo’lyozmasi mualliflar va ularnin kasbdoshlari tomonidan Samarqand Davlat Arxitektura qurilish institute qoshidagi 2-son texnik iqtisodiyot litseyi, Toshkent Davlat Aviatsiya institute qoshidagi “Avialitsey”, Samarqand tijorat-kooperativ va moliya-iqtisodiyot kollejlari sinovdan o’tdi, uning yaratilishida bevosita to’plangan tajribalar asos qilib olindi.

Albatta, darslik kamchiliklardan xoli emas. Shu bois darslik haqidagi tanqidiy fikr-mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

Mualliflar




    1. Download 24.02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling