Insonning piyoda o’rtacha yurish tezligi 4 km/soat bo’lib, bu tezlik unchalik katta emas, shunga qaramasdan inson tarixiy davrlardanoq Yerning barcha qit’alariga joylashishga ulgurdi


Download 15.39 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi15.39 Kb.
#382210
Bog'liq
5. Хулоса-Фахриддин
tarix darslarida milliy mafkura va dunyoqarashni shakllantirish., chiziqli-funksiya-va-uning-grafigi-8-sinf, chiziqli-funksiya-va-uning-grafigi-8-sinf, ruxsatnoma, ruxsatnoma, Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari. Reja, Kurs ishi 612-16 Turgunov Nurullo, boshqarishda axborot texnologiyalari, Anonim, TERAPIYA mustaqil ish, yalpi talab va taklif nisbatlari.makroiqtisodiy muvozanat, Mustaqil ish DBG'I50 Ne'matov Zikrullo, 1-maruza, Iqtisodiyot nazariyasi baholash mezonlari, 2 5409182838803138607

Insonning piyoda o’rtacha yurish tezligi 4 km/soat bo’lib, bu tezlik unchalik katta emas, shunga qaramasdan inson tarixiy davrlardanoq Yerning barcha qit’alariga joylashishga ulgurdi. Insonlar og’ir yuklarni ko’tarishda va tashishda ot, tuya va boshqa ko’plab hayvonlarning kuchlaridan keng foydalandi. Misol uchun otlarda va tuyalarda zarur bo’lgan joylarga qatnashda va yuklarni tashishda insonlarning yumushi nisbatan kamaydi.

XIX asrning oxiriga kelib, ichki yonuv dvigatelining ixtiro qilinishi, avtomobilsozlikni rivojlanishiga zamin yaratdi va inson o’z tezligidan 10 – 20 marta katta bo’lgan tezlikka erishdi. Avtomobillarga bo’lgan ehtiyoj esa vaqt o’tishi bilan ortib bordi va avtomobil ishlab chiqarish jadal suratlar bilan o’smoqda.

Bugungi kunda kishilarning talab va ehtiyojlari oshib borayotganligini e’tiborga olgan holda, O`zbekiston Respublikasi rahbariyati xalqimiz uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish yo’lida bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Mustaqilligimizning dastlab yillarida (1995 y.) Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodining ishga tushishi va mamlakatimiz hududida yildan yilga avtomobil sonining ortib borishi natijasida ko’p qavatli avtomobil saqlash joyi hozirgi kunda global muammolardan biridir. Shuning uchun men diplom loyiha ishimda “Marg’ilon shahar sobiq TRZ xududi o’rnida 1200 o’rinli ko’p qavatli yengil avtomobillar turar joyi binosi” mavzusini tanladim. Tanlagan loyihamdagi binoni zamonning barcha talablariga javob beradigan zamonaviy me’morchilikni aks ettirishiga harakat qildim.

Avtomobillar turar joyi muammosi hozirgi zamonaviy yirik shaharlarda ham yechilishi zarur bo’lgan masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Haqiqatan ham, avtomobil xonadonda saqlanmaydigan yagona individual foydalaniladigan buyumdir. Hattoki, avtomobilsozlik yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda ham xususiy avtomobillar vaqtning 95% da foydalanilmasdan turadi. Bunda har bir turuvchi avtomobil uchun ikkita turish joyi zarur: birinchisi – yashash joyidan uzoq bo’lmagan masofada (500 metrgacha) jamoat garaji, ikkinchisi esa ish joyi yoki xizmat ko’rsatish ob’yekti oldidagi ochiq yoki yopiq avto turar joylardir.

Yuqorida bildirilgan fikrlarga asoslanib menga Qurilish fakulteti “Arxitektura” kafedrasi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan “Marg’ilon shahar sobiq TRZ xududi o’rnida 1200 o’rinli ko’p qavatli yengil avtomobillar turar joyi binosi loyixa taklifi” mavzusidagi diplom loyiha ishini bajarish jarayonida, o’qish davrida olgan nazariy bilimlarimni yanada mustahkamladim. Olgan bilimlarimga tayangan holda konkret mavzudagi loyihani amalga oshirishni o’rgandim.

Mustaqil ravishda loyihani bajarish jarayonida yo’nalishimga oid ko’plab ilmiy-texnik adabiyotlar, mutaxassislarning fanga tegishli yangiliklari bilan tanishdim. Amaliy bilimlarimni ko’nikmalar olish bilan uyg’unlashtirib tajribamni oshirdim. Shu bilan bir qatorda, bakalavriatda olgan bilimlarim faqat boshlang’ich baza ekanligini, kelgusida esa yetuk mutaxassis bo’lib yetishish uchun nazariy bilimlarimni boyitishim va amaliy tajribaga ega bo’lishim kerakligini angladim.



Men kelgusi Arxitektorlik faoliyatida bakalavriat davrida olgan bilimlarimni amaliyotda qo’llashga va unga amaliy yondoshgan holda tinmay ishlanishga, xalqimiz extiyojlarini qondiradigan, qulay binolarni loyihalashga, o’z mexnatim bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishga vada beraman.
Download 15.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling