Intel Pentium protsessorlari. Celeron protsessorlari. Amd, Ultrasparc, Cyrix protsessorlari. Superkompyuter protsessorlari Intel firmasi protsessorlari


Download 57.83 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi57.83 Kb.
#202788
  1   2   3   4
Bog'liq
Pentium protsessorlari Celeron protsessorlari bb32a8560407c4fc4d6f5480c4fdf110


Intel Pentium protsessorlari. Celeron protsessorlari. AMD, UltraSPARC, Cyrix protsessorlari. Superkompyuter protsessorlari

Intel firmasi protsessorlari



Intel firmasining quyidagi Pentium protsessorlarini ko’ramiz.
• CPU Pentium ( Socket 370 protsessor yadrosi Tualatin), takt chastotasi 1133-1400 MHz, texnologiyasi 0,13 mkm, shina chastotasi 100-133 MHz, KESh L2-512 Kbayt, kengligi MMX, SSE. Bu protsessorlar 0,13 mkm – texnologiya bilan ishlab chiqilgan bo’lsa ham va ikki protsessorli (dual) shaklni ta`minlay olsa ham eskirib qolgan proessorlar hisoblanadilar yaqin orada ishlab chiqarilishi to’xtatiladi.
• CPU Celeron (Socket 370, protsessor yadrosi Tualatin), takt chastotasi 1200-1300 MHz, texnologiyasi 0,13 mkm, shina chastotasi 100 MHz, KESh L2-250 k.bayt, kengligi MMX, 0SSE. Shina chastotasi –100 MHz (133 MHz emas). Bu protsessorlar ham ishlab chiqarilishdan olinadi.
• CPU Pentium 4 (Socket 478, protsessor yadrosi Willamette), takt chastotasi – 1.5-2.0 GHz, shina chastotasi – 400 MHz, KESh L2-256 k.bayt, kengligi MMX, SSE, SSE2. Bu turdagi protsessorlar yangi ishlash unumdorligi yuqori protsessorlar orasida eng ko’p tarqalgani hisoblanadi. Uning kamchiliklari sifatida eski 0,18 mkm – texnologiyasini KESh L2 ning 256 Kbayt va ko’p protsessorlikni ta`minlashi mavjud emasligini ko’rsatish mumkin. Uning ustunligi deb narx/mahsuldorligi=maximum ligini ko’rsatish mumkin. 1,5-1,7 GHz etib ishlanganlari professional darajadagi eng ko’p xarid qilinadigan protsessorlar hisoblanadi.
• CPU Pentium 4 (Socket 478, protsessor yadrosi Northwood), takt chastotasi – 1.6-3.06 GHz, shina chastotasi – 400 MHz (chastotasi 3.06 GHz bo’lgan protsessorning shina chastotasi –533 MHz), KESh L2-512 Kbayt, kengligi MMX, SSE, SSE2. Bu protsessor hozircha Intel ning eng yuqori chastotali protsessorlaridir (AMD haqida ham shunday deyish mumkin), ular birinchi bo’lib 3 GHz chegarasidan o’tgan. Ikkinchidan CPU Pentium 4 – 3,06 GHz dan boshlab, Intel korporatsiyasi ish joyida foydalanilgan sistemalarga mo’ljallangan protsessorlar ham Hyper – Threading texnologiyalarini ishlatishga qaror qiladi. Bu texnologiya ilgari ham ishlashi mumkin bo’lgan, lekin Intel Pentium 4 protsessorlari ilgarigi modellarida bu vazifani sun`iy ravishda o’chirib qo’ygan.



• SPU Celeron (Socket 478) protsessor takt chastotali 1,5-1,8 GHz. Shina chastotasi 400 MHz, kesh 42-128 kbayt, kengayishi MMX, SSE, SSE2.



• CPU Celeron (Socket 478, protsessor yadrosi Northwood) takt chastotasi 2,1-2,2 GHz,shina chastotasi 400 MHz, kesh 42-128 kbayt, kengayishi MMX, SSE, SSE2. Bu ish joyi sistemalari uchun “kichik” klassdagi eng yuqori chastotali protsessorlardir. Intel uni 2002 yildan ishlab chiqara boshladi.
• Celeron (Socket 370, protsessor yadrosi Coppermine) chastotasi 500-1000 MHz,shina chastotasi 66(100) MHz, ket 42-128 kbayt, kengayishi MMX, SSE. Аlbatta ularga talabning kattaligi protsessorning arzonligi sabab.
Hozirgi kunda eng mahsuldor protsessorlar Pentium 4 3,06 GHz va undan keyin ishlab chiqarilganlari hisoblanadi.



Аmmo protsessorning narxi xatto birgina protsessor yadrosiga qarab katta farq qilishi mumkin. Bu shundan kelib chiqadiki, protsessorni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirilganda yuqori chastotalarda barqaror ishlay oladigan protsessorlar foizi unchalik katta emas, ana shu sababli yuqori chastotali SPU narxlarida katta farq kelib chiqadi.
Protsessorlarni tanlashda yuqori chastotaligi bo’lmasa ham, lekin zamonaviy protsessor yadrosiga ega protsessorni tanlash lozim. Unumdorlik farqini kompyuterning boshqa qismlariga qo’shimcha bilan o’rnini to’ldirish mumkin (xotirasi, NDD, MV va shu kabilar) bundan tashqari bugungi kunda kompyuterlarning mahsuldorligi umuman olganda faqatgina SPU ga unchalik kuchli bog’liq emas.


Download 57.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling