Intellektual mulk ijodiy aqliy faoliyat mahsuli


Download 198.3 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi198.3 Kb.
#1456433
Bog'liq
i, intellektual mulk

  • Intellektual mulk Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou- xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.
  • Inson tafakkuri va izlanishlari mahsuli boʻlmish intellektual mulk samarasini bugun barcha jabhada koʻrish mumkin. Binobarin, hozir foydalanayotgan zamonaviy texnologiyalar, umuman, kundalik ehtiyojimiz qanoati ana shu salohiyat bilan chambarchas bogʻliq.
  • Soha haqida tushuncha “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasida “Intellektual mulk agentligi sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi”; 5-moddada “Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli boʻladi va patent bilan tasdiqlanadi... Agentlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi”, deb yozilgan
  • Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari (6-modda) uchta boʻlib, agar ixtiro sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Bundan ham muhimi shuki, ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtganidan keyin rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Demak, ariza berilgach yigirma oylardan keyin masala ijobiy hal etilsa, ixtirochiga patent 20 yil muddatga beriladi. Statistikaga koʻra, Oʻzbekistonda har oʻnta arizadan faqat uchtasiga ixtiro patenti topshirilmoqda.
  • Bugungi kunga kelib, O ʻ zbekiston ham intellektual mulk qonunchilik bazasida katta bosqichni bosib o ʻ tdi. Mustaqillik yillarida intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida 10 ta davlatlararo, 12 ta hukumatlararo va 21 ta idoralararo shartnoma hamda bitimlar tuzilib, amal qilmoqda. Bulardan tashqari, to ʻ g ʻ ridan-to ʻ g ʻ ri ishlaydigan 5 ta qonun, Adliya vazirligida ro ʻ yxatdan o ʻ tkazilgan umummajburiy xarakterdagi 25 ta hujjat, hammasi bo ʻ lib idora faoliyatini tartibga soladigan 140 dan ziyod normativ hujjatlar ro ʻ yxatga olinganligini qayd etib o ʻ tmoqchimiz.
  • Ixtirolar, foydali modellar, tovar belgilari intellektual mulkning obyektlari sifatida dunyoda moddiy aktivlardan kam baholanmaydi, balki ayrim hollarda ulardan anchagina yuqori turadi. Umumjahon sanoat ishlab chiqarishining yillik oʻsish surʼatlari 2,5-3 foizdan oshmaydi, intellektual mulkka boʻlgan huquqlar bilan savdo qilish hajmi esa yiliga 12 — 14 foiz oʻsmoqda. Ushbu holat yangi gʻoyalar, kashfiyotlar va ixtirolar nafaqat ularning yaratuvchilariga, balki butun jamiyatga naf keltirishini isbotlaydi. Shu sababdan, davlat tomonidan beriladigan yagona monopol huquq, bu — intellektual mulk obyekti egasining undan foydalanish hamda tasarruf etishga boʻlgan mutlaq huquqidir. Mohiyati jihatidan patent — yangilik sirining toʻliq ochib berilishi va belgilangan miqdordagi patent bojining toʻlanishi evaziga davlat tomonidan uning muallifiga ixtiroga boʻlgan huquqlarini muhofaza qilish kafolati beriladigan shartnoma. Bunda jamiyat yangilik yaratuvchi huquqini qonuniy rasmiylashtirish evaziga ijod mahsulidan foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi. Jahon tajribasi guvohlik berishicha, patent faolligi koʻrsatkichi davlat iqtisodiy qudratining bilvosita koʻrsatkichi hisoblanadi.
  • Jahonda tizim qanday ishlaydi? Mutaxassislar fikricha, XIX asr oʻrtalaridayoq mualliflik huquqini xalqaro miqyosda himoya qilish ehtiyoji tugʻilgan. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hukumatlararo xalqaro tashkilot boʻlib, qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Ushbu tashkilot BMT tizimiga kiruvchi 16 ta ixtisoslashtirilgan muassasadan tarkib topgan, 160 ga yaqin davlatlar unga aʼzo.
  • BIMTning asosiy maqsadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi: — butun dunyoda davlatlararo, ayrim hollarda xalqaro tashkilotlarda intellektual mulk himoyasini rag ʻ batlantirish, intellektual mulk himoyasini ta ʼ minlash hamda rag ʻ batlantirish borasida yangi va har tomonlama zarur bo ʻ lgan xalqaro shartnomalarning yuzaga kelishida vositachilik qilish; — intellektual mulkka oid bo ʻ lgan va faoliyat ko ʻ rsatayotgan bitimlarning oliy organlari oralig ʻ ida ma ʼ muriy faoliyatni bajaradi. BIMTning kotibiyati sifatida Bitimlar ma ʼ muriy boshqaruvi hamda Xalqaro byuro harakatda bo ʻ ladi.
  • Shu kunga qadar BIMT mualliflik huquqi va turdosh huquqlar himoyasi bilan shug ʻ ullanuvchi quyidagi bitimlarning ma ʼ muriy vazifasini bajarib keladi: Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish haqidagi Bern konvensiyasi, ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilari va ko ʻ rsatuv organlari manfaatlarini himoya qilish haqidagi Rim konvensiyasi, Fonogramma ishlab chiqaruvchilarning fonogrammalaridan noqonuniy ravishda foydalanishdan himoya qilish haqidagi Jeneva konvensiyasi, Sun ʼ iy yo ʻ ldoshlar orqali uzatiladigan signallar dasturlarini tashuvchilarni tarqatish haqidagi Bryussel konvensiyasi, Filmlarni reyestr qilish va audiovizual asarlarni xalqaro ro ʻ yxatdan o ʻ tkazish haqidagi shartnoma.
  • D emak, aytish mumkinki, intellektual mulk — o ʻ n minglab ixtirochilarning jasorat maydoniga aylanib borayotir. Bu haq gap. Binobarin, intellektual mulk yuqori texnologiya va o ʻ ta iqtidorlilar biznesiga kiradigan o ʻ n minglab intellektuallarning fundamental instrumenti hamdir. AQSH, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va boshqa iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar intellektual mulk instrumentidan jahon pul oqimini qayta taqsimlash maqsadida foydalanadi.

Download 198.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling