Interfaol dasturiy vositalar – biologiya ta’limi jarayoni samaradorligini ta’minlash omili sifatida


Download 24.71 Kb.
Sana07.10.2020
Hajmi24.71 Kb.

Interfaol dasturiy vositalar – biologiya ta’limi jarayoni samaradorligini ta’minlash omili sifatida

17 Apr,2017 adminLeave a comment



Rezume. Maqolada ta’limda interfaol dasturiy vositalardan foydalanishning samaradorligi, interfaol texnologiyalarning asosiy konsepsiyasi, biologiyadan interfaol dasturiy vositalarni yaratishda qо‘llanilayotgan va qо‘llanilishi zarur bо‘lgan elektron resurslar haqida so‘z boradi.

Tayanch sо‘zlar: axborot texnologiyalari, interfaol dasturiy vosita, elektron majmua, elektron resurslar, tashkiliy–boshqaruv, tushuntirish–motivatsion, kognitiv, texnologik, kreativ, virtual laboratoriya, animatsiya, virtual tajriba tizimi.

Abstract. The article examines the effectiveness of interactive software in education, basic concepts of interactive technologies, electronic resources used in the creation of interactive software for biology.

Key words: information technology, interactive software tool, electronic complex, electronic resources, organizational and administrative, explanatory and motivational, cognitive, technological, creative, virtual laboratory, animation, virtual experiment system.

Резюме. В статье рассматриваются вопросы эффективности применения интерактивных программных средств в образовании, основной концепции интерактивных технологий, электронных ресурсов, используемых при создании интерактивных программных средств по биологии.

Ключевые слова: информационные технологии, интерактивное программное средство, электронный комплекс, электронные ресурсы, организационно-управленческий, объяснительно-мотивационный, когни-тивный, технологический, креативный, виртуальная лаборатория, анимация, система виртуального эксперимента.

O‘

 

zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2002-yil 30-mayda qabul qilgan (PF-3080-son) “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish tо‘g‘risida”gi Farmonida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish hamda joriy etishga doir ustuvor vazifalar aniq kо‘rsatilgan[1]. Shu munosabat bilan О‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I. A. Karimovning О‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda bо‘lib о‘tgan qо‘shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga bag‘ishlangan ma’ruzasida: “Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida kо‘p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lganligi”[2] ta’kidlanganligini qayd etish lozim.

Ta’lim tizimini ketma-ket va bosqichma-bosqich axborotlashtirishdan asosiy maqsad quyidagilar:


  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy qilish mexanizmini ishlab chiqish;

  • о‘qitish jarayonining axborotlashgan tizimini yaratish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarish tizimini tashkil etish.

Ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • yangi axborot texnologiyalarini о‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy-texnik bazasini yaratish;

  • о‘quv jarayoni uchun yangi axborotlashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va qо‘llash;

  • talabalarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va kо‘nikmalarini shakllantirish;

  • ta’lim-tarbiya va о‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish.

Ta’lim texnologiyalarini tasniflash borasida bir qancha qarashlar mavjud. Mualliflar M. G. Savelyeva, T. A. Novikova, N. M. Kostinalar barcha ta’lim texnologiyalarini talabalarning о‘quv faoliyatidagi faollik darajasiga qarab shartli ravishda an’anaviy klassik va zamonaviy turlarga bо‘ladi. An’anaviy klassik texnologiyalarni, о‘z navbatida, reproduktiv va faol, zamonaviy texnologiyalar guruhini muammoli qidiruv va interfaol guruhlarga bо‘ladi[3].  Talabalarning о‘quv faoliyatidagi faollik darajasiga muvofiq ta’lim texnologiyalarini quyidagicha tasnif qilish mumkin:

Ta’lim texnologiyalar

An’anaviy klassik

Zamonaviy

Reproduktiv

Faol

Muammoli-qidiruv

Interfaol

passiv

axborotli

ma’ruza,

so’rov,


nazorat ishi,

darslik bilan ishlash

 


O’quv-tadqiqotchilik:

– referat tayyorlash va himoya qilish;

– kurs ishi tayyorlash va himoya qilish;

– ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish;

– fan olimpiadalarida ishtirok etish;

– axborot resurslari bilan ishlash



 muammoli ma’ruza,

muammoli seminar,

amaliy mashg’ulot,

laboratoriya ishi,

maslahatlar,

mustaqil ta’lim



o’yinli,

munozarali,

treningli,

reytingli,

refleksiv

 

















Faol va interfaol ta’lim texnologiyalari reproduktivdan farqli ravishda о‘qitishni mahsuldor ijodiy faoliyat asosida tashkil etishni talab etadi. Ularning har biri mohiyat jihatdan bilish faoliyatini rivojlantirish jarayonini boshqarish vositasida yuzaga chiqadi. Faol texnologiyalar tizimida muammoli vaziyatlarni о‘qituvchi va talaba hamkorlikda tahlil qiladi va hal etadi. Interfaol texnologiyalarda muammoning yechimini topish vaziyat tahlili va о‘yinli loyihalash jarayonida о‘qituvchi va butun guruh a’zolarining faol ishtirokida jamoaviy hal etadi. Agar muammoli vaziyatni hal etishda butun auditoriya ishtiroki ta’minlansa, faol texnologiya interfaolga aylanadi.

Ma’lumki, interfaollik obyektlar о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir xarakteri va darajasini yorituvchi tushuncha bо‘lib, kо‘proq informatika nazariyasi, informatika va dasturlash sohalarida, shuningdek, telekommunikatsiya, sotsiologiya, sanoat dizayni va boshqa tizimlarda qо‘llanadi. Interfaollik tizimlarni tashkil etish prinsipi bо‘lib, bu tizim elementlari orasida axborot almashishga erishish maqsadini kо‘zlaydi.

Interfaol texnologiyalarning asosiy konsepsiyasi:


  1. muammoli vaziyatlardan foydalanib, axborotning faol almashinishi va о‘zlashtirilishiga erishiladi;

  2. interfaol muloqot aqliy rivojlanishga imkoniyat yaratadi;

  3. qaytar aloqaning ta’minlanishi orqali axborotni uzatuvchi va qabul qilib oluvchi о‘rtasida kommunikativ rol almashinadi;

  4. bilimlarni nazorat, qilish olingan bilimlarni amaliyot va aniq sharoitlarda qо‘llash kо‘nikma va malakalarini rivojlantiradi.

Interfaol texnologiyalar о‘quvchilar bilan о‘quv muhitining tо‘g‘ridan tо‘g‘ri ta’sirlashishiga asoslanadi. Ta’lim oluvchi tajribasi bilishning markaziy faollashtiruvchisi bо‘lib xizmat qiladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida qaytar aloqani amalga oshirishda nazorat dasturlaridan foydalanish muammosi borasida A. A. Abduqodirov va                        A. Pardayevlarning tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi[4].

Xalqaro trening markazining (AQSH, Merilend shtati) 80-yillarda о‘tkazgan tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, interfaollik materialni о‘zlashtirish darajasini tez kо‘tarar ekan. Bu tadqiqot natijalari jadvalda yoritilib, “о‘qitish piramidasi” nomini olgan. Unda eng past о‘zlashtirishni passiv metodikalar (ma’ruza 0,5%, о‘qish-10%) ko‘rsatgan bо‘lsa, interfaol (munozarali guruhlar – 50%, harakat orqali amaliyot – 75%, boshqalarni о‘qitish yoki tezkor qо‘llash – 90%) metodikalar yuqori kо‘rsatkichni tashkil etgan[5].

Zamonaviy ta’lim tizimining asosini yuqori sifatli va texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlantirilishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari interfaol dasturiy vositalarni yaratish, saqlash, yetkazish, qidirish kabi jarayonlarni optimallashtirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Hozirda ta’lim muassasalarida elektron shaklda turli pedagogik axborot-ta’lim resurslari yaratilgan, ammo ulardan foydalanishning tashkiliy asoslarini yaratish borasidagi tadqiqotlar yetarli deb bо‘lmaydi[6]. Ta’lim oluvchilarning zamonaviy talablarga mos bilim olishini ta’minlash maqsadida barcha о‘quv muassasalari ta’lim muhitida innovatsion texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, biologiyadan interfaol mashg‘ulotlar va laboratoriya mashg‘ulotlari yordamida har qanday murakkab hodisa yoki jarayonni kuzatish imkoni bо‘lmagan tajribalarni kо‘rsatish va о‘quvchilarga tushuntirish mumkin[7].

Interfaol testlar yoki qaytar aloqani ta’minlash orqali ta’lim jarayonida nafaqat ta’lim sifatini orttirish, balki moliyaviy resurslarni iqtisod qilish, xavfsiz va ekologik muhit yaratish imkoni mavjud. Shuningdek, turli fanlardan qiziqarli interaktiv mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlaridan uy sharoitida ham о‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini ma’ruza materiallariga qо‘shimcha material sifatida ham namoyish etish, kompyuter sinflarida talabalar о‘zlashtirishini nazorat qilish, turli tanlovlar о‘tkazish maqsadida ham foydalanish mumkin.

Ta’lim oluvchilarning fan-texnikaning sо‘nggi yutuqlaridan amaliy faoliyatlarida bevosita samarali foydalanishlarini nazarda tutgan holda interfaol dasturiy vositalar yordamida ta’lim jarayonini integratsiyalab о‘qitishning о‘ziga xos shart-sharoitlari va ahamiyatini tahlil qilish zarur.

Biologiya ta’limi jarayonini interfaol dasturiy vositalar yordamida tashkil etishning о‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Pedagog interfaol dasturiy vositalar yordamida о‘quv materialiga ishlov berishi natijasida о‘quv materiali bо‘yicha axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash va sinash yagona tizimga aylanadi. Ta’limda amal qiladigan qaytar aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi. Mavzularni tо‘liq о‘zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan zamin yaratiladi. Biologiya ta’limi jarayonini interfaol dasturiy vositalar yordamida asosli loyihalash ilm orqali ta’lim va ilmiy tayyorgarlikni muvofiqlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik imkoniyatlarini rivojlantirish darajasini orttirishga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Interfaol dasturiy vositalarni qо‘llash asosida:



  • ta’lim oluvchilarning axborotlarni qabul qilish va qо‘llash malakalari oshadi;

  • amaliy faoliyatida axborotlarni о‘ziga xos tushunish va qо‘llash imkoniyatlari kengayadi;

  • jahon ommaviy axborot vositalari bilan erkin muloqoti ta’minlanadi.

Biologiya ta’limida interfaol dasturiy vositalarni yaratishda qо‘llanilayotgan va qо‘llanilishi zarur bо‘lgan elektron resurs manbalariga: о‘quv materiallari (darslik, qо‘llanma, audiodarslar, videofilmlar, nazorat materiallari va boshqalar), audiodisklar, videokassetalar va videokliplar, telefon, radio va televideniye, elektron aloqa, kompyuterli ta’lim dasturlari, teleanjumanlar (audio va videoanjumanlar, audiografik anjumanlar va hokazolar) kiradi.

Talabalar dasturga kiruvchi obyektlardan о‘zlariga tegishli axborot manbaini yaratish, ularni tо‘ldirish, ta’lim olishning minimum doirasida uni о‘zlashtirish, ayrim mavzu va kursning ma’lum bо‘lagini chuqur darajada о‘rganish, interaktiv elementlardan foydalangan holda bilimini testlar orqali tekshirish, turli xil tajribalarni о‘tkazish imkoniyatiga ega bо‘ladi.

Ta’lim berishda foydalaniladigan kompyuter vositalari ular bajaradigan funksional vazifalar nuqtayi nazaridan turlicha bо‘lishi mumkin:


  • taqdimotlar, ya’ni animatsiya, audio va videolavhalar, interaktiv elementlarni о‘zida mujassamlashtirishi mumkin bо‘lgan elektron diafilmlar;

  • oddiy ma’lumot-axborot nashrlari, ya’ni ensiklopediya, lug‘at, ma’lumotnomalarning о‘xshashi bо‘lgan elektron ensiklopediyalar;

  • misol va masalalar, mashqlar tо‘plami, ya’ni didaktik materiallar;

  • ta’lim oluvchiga “virtual laboratoriya”da tajriba va sinovlar о‘tkazish imkoniyatini beradigan kompleks dasturlar, ya’ni virtual tajriba tizimi. Qayd etish kerakki, bunday dasturlarning afzalligi ularning о‘quvchiga xavfsizligi va о‘tkazilish vaqti nuqtayi nazaridan real holatda amalga oshirilishi mumkin bо‘lmagan tajribalarni о‘tkazish imkoniyatining mavjudligidir. Ayni paytda bunday turdagi dasturlarning kamchiligi ularga joylashgan modellarning tabiatan cheklanganligi bois о‘quvchi о‘z tajribasini о‘tkazish jarayonida ular chegarasidan tashqariga chiqa olmasligidir[8].

Elektron dasturlar va о‘quv kurslari yuqorida qayd etilganlarning barchasini yoki bir nechtasini bir majmuaga birlashtiradi. Masalan, talabaga dastlab о‘rganiluvchi kursni kо‘rish (taqdimot), sо‘ngra esa о‘rganuvchi о‘rganiluvchi kursni (virtual tajriba tizimi) kо‘rishi jarayonida olingan bilim asosida о‘quvchiga virtual tajriba о‘tkazish taklif etiladi.

Adabiyotlarda ularning ilgaridan ma’lum barcha vositalardan ajratib turuvchi tavsiflarining faqat pedagogik dasturiy vositalarga nisbatan imkoniyatlarini kо‘rsatib о‘tiladi:



  • foydalanuvchining individual ish sur’atini ta’minlash;

  • imitatsiyali-modellovchi faoliyatni bajarish;

  • ham real, ham ekranda о‘z aksini topgan obyektlar va jarayonlarni boshqarish;

  • interaktiv rejimda ishlash;

  • о‘rganilayotgan obyektlar, hodisalar va jarayonlarni turli vizuallashtirish vositalaridan foydalanish[9].

Interfaol ta’lim texnologiyalari biologiya о‘qitish jarayonini о‘qituvchi va о‘quvchi, darslik, matn, turli didaktik materiallar bilan dialog tarzida о‘quv materiallarini о‘zlashtirishni ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, interfaol ta’lim jarayonida о‘quvchiga suhbat asosida yoki dialog tarzida ta’sir kо‘rsatilib, о‘quvchi shaxsi, intellektual va ijodiy qobiliyati, kelajakda о‘z-о‘zini rivojlantirish va shakllantirishiga sharoit yaratiladi.

[1]http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=152470

[2]Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Олий Мажлиси Қонунчилик Палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. – Тошкент, 2010. − Б. 56.

[3]Савельева М.Г., Новикова Т. А., Костина Н. М. Использование активных и интерактивных образовательных технологий. – Ижевск: Удмуртский университет, 2013. – С. 5.

[4]Абдуқодиров А., Пардаев А. Масофали ўқитиш назарияси ва амалиёти. Монография. – Тошкент: Фан, 2009. – Б. 145.

[5]http://festival.1september.ru/articles/512797/

[6]Шарипов Ш. С., Арипов М., Бегимқулов У. Ш. ва бошқ. Билим олишнинг интелектуал тизимини ишлаб чиқиш назарияси ва амалиёти. – Тошкент: Фан, 2011. – Б. 72.

[7]Šorgo A., Kocijančič, S. Demonstration of biological processes in lakes and fishponds through computerised laboratory practice // The International Journal of Engineering Education, 2006. – № 22(6), – Р.1224-1230.

[8]Šorgo A., Kocijančič, S. (2006). Demonstration of biological processes in lakes and fishponds through computerised laboratory practice. The International Journal of Engineering Education 22(6), 1224-1230.



[9]Qarang: Роберт И.В., Панюкова С.В., Кузнецов А.А., Кравцова А.Ю. Информационные и коммуникационный технологии в образовании. – Москва: Дрофа, 2007, – С. 35.
Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling