Internet odoblari


Download 30.19 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi30.19 Kb.
#232800
Bog'liq
Internet odoblari


Internet odoblari

"Internet" so‘zi ajnabiy tildagi qisqartirilgan jumla bo‘lib, tilimizda "xalqaro ma’lumotlar to‘ri" degan ma’noni anglatadi. Ammo bu nom ixtiyor qilinganidan keyin internetning tinmay rivojlanishi oqibatida u faqat ma’lumotlar taqdim va qabul qilish bilan cheklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi ishlarni olib borishga xizmat qiladigan bo‘lib ketdi. Hayotning barcha sohalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik foydalari ko‘zlanadigan bo‘ldi.

Tassavur qilish uchun birgina misol keltirishning o‘zi kifoya qiladi, deb o‘ylayman. Havo yo‘li bilan safarga chiqmoqchi bo‘lgan inson oddiygina chipta olish uchun chiptaxonaga borishi, navbatda turib, chipta olishi, agar chipta u istagan kunga topilmasa, ortiga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu ish internet orqali amalga oshirilsa, juda ko‘p foyda ko‘riladi, ya’ni uyda o‘tirib, chipta sotib olinadi. Vaqti kelganda, aeroportda uchishdan oldin avtomatdan elektron chiptasini oladi. Bu ish avvalgisiga solishtirib ko‘rilsa, vaziyat ayon bo‘ladi. Chiptaxonaga borib, ovora bo‘linmaydi. Navbatga turilmaydi. Ustiga-ustak, arzonga tushadi. Chunki chiptaxona binosi, chiptachi, binoni isitish, sovutish, yoritish uchun ketadigan, yo‘lkira va shunga o‘xshash xarajatlar tejab qolinadi.

Bunga o‘xshash foydalar juda ko‘p bo‘lib, biz keltirganimiz oddiy bir misol edi. Shuning uchun hozirda hamma xalqlar internetni rivojlantirish borasida qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu ishga to‘g‘anoq bo‘luvchi omillardan xalos bo‘lish yo‘llarini axtarmoqda. Internetdan foydalanuvchilar kun sayin ko‘payib bormoqda. Hamma ushbu osonlik va qulaylikdan bahramand bo‘lishga oshiqmoqda.

Ammo shu bilan birga, internetga bog‘liq muammolar ham ko‘payib va jiddiylashib bormoqda. Barcha sohalardagi kabi, internetning foydalari muqobilida zararlari ham ko‘payib bormoqda.

Internetda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda zararli, buzuq ma’lumotlar ham tarqalmoqda. Aqiydaga putur yetkazuvchi, fohishabozlik va behayolikni targ‘ib qiluvchi, axloqsizlikni tarqatuvchi va shunga o‘xshash inson zotiga or keltiruvchi ishlarni targ‘ib qiladigan saytlar ko‘payib bormoqda. Ba’zi odamlar internet orqali bir-biriga tuhmat qilmoqda va hokazo. Aynan internet orqali nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa ko‘pgina sohalarda ham jinoyatlar sodir etilmoqda. Qo‘pol qilib aytganimizda, internet mazkur qabohatlarni amalga oshirishni osonlashtirmoqda.



Aytib o‘tilgan ushbu gaplardan ko‘rinib turibdiki, internet ham ikki taraflama - ham yaxshilikka, ham yomonlikka xizmat qilishi mumkin narsaga aylandi. Bizning vazifamiz uni yaxshilikka xizmat qildirib, yomonlikka boshlamasligi choralarini ko‘rish, uning zararlaridan chetlanishga harakat qilishdir. Buning uchun esa dinimizning umumiy ta’limotlari asosida internetdan foydalanish odoblarini yo‘lga ko‘yishimiz kerak bo‘ladi.
Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling