Internet tushunchasi


Download 0.77 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#186733
Bog'liq
rasulova


Internet tushunchasi. Internetning tòliq tushunchalari tahlili.

Rasulova Sarvinoz

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati. Xitoy- inglis guruhi

Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan tashkil topadi. Internet tarmoqg’i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog’ining har bir mijozi o’zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko’rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog’i mijozlari bilan shaxmat o’ynash mumkin

Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi.Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'Idilar.Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar bilan bog'hq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida saqlay olishidir.1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.



O’ZBEKISTONDA INTERNETNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI TAHLILI”

Jahon bozorining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalar joriy etilishi, shuningdek ulardan samarali foydalanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirishda, iqtisodiyotning turli sohalarida tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini yaratish hamda mavjudlarini kengaytirishda yordam bermoqda.Telekommunitsiya xizmatlari Internet tushunchasi bilan borgan sari uzviy bog’lanib bormoqda va undan foydalanish mumkinligi odamlar orasida axborot va bilimlarni yanada ko’proq almashish jarayoniga ko’maklashayapti. Bu esa, bilimlarga asoslangan jamiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Demak, telekommunikatsiya xizmatlari, xususan Internet tarmog’ining yanada rivojlanishi O’zbekiston jahon ijtimoiy-iqtisodiy hamjamiyatiga yanada muvaffaqiyatliroq kirib borishiga va aholining turmush darajasi yaxshilanishiga yordam beradi.
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling