Internet va tarbiya


Download 21.34 Kb.
Sana19.08.2020
Hajmi21.34 Kb.
#126925
Bog'liq
MTMda internet va tarbiya


Internet va tarbiya

O‘zbekiston Respublikasi o‘tgan yillar mobaynida jamiyatning transformatsiyalashuvi, ya’ni o‘tish davridan modernizatsiyalashuviga yoki texnik va axborot texnologik rivojlanish bosqichi sari qadam qo‘ydi.

XXI asrda kompyuter texnologiyalarining yuqori sur’atdagi taraqqiyoti tufayli insoniyat tafakkurida yanada sermazmun ahamiyat kasb eta boshladi. Mazkur makon raqamli telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida yanada takomillashtirildi. Uning iste’molchilar tomonidan o‘zlashtirilishi jamiyatga mobil telefoni, kabel televideniyasi, zamonaviy dizaynli komfort avtomobillardan tashqari yangi davrning o‘ziga xos yangiligi – Internet makoni bilan o‘z mazmunini tez va samarali kechishiga turtki berdi.

Texnoelektronik taraqqiyot XXI asrning birinchi o‘n yilligini o‘zidayoq jamiyat transformatsiyalashuvi yadrosini ijtimoiy taraqqiyot qobig‘ida bir necha karra tezligini oshirib yubordi. Misol uchun, XX asr tadqiqotchisining o‘z ilmiy ishi uchun zarur bo‘lgan ilmiy adabiyotlari yoki manbani qidirib topishi uchun kunlab, haftalab, oylab va hatto yillab vaqt sarflagani sir emas. Bugun esa hafsala qilinsa, Internet tarmog‘idagi saytlardan birida o‘zingizga kerakli istalgan axborotlarni ma’lum bir daqiqalar ichida qo‘lga kiritishingiz mumkin. Farqi shundaki, o‘tgan asr vaqt me’zoni bo‘yicha uzoq vaqt mobaynida to‘plangan, ammo bugungi kun bilan taqqoslaganda u qadar ko‘p bo‘lmagan ma’lumotlarni bir tizimga solib, qat’iy belgilangan vaqtda ishni yakuniga yetkazish mumkin edi. Ammo axborotlar jamiyati a’zosi me’yoridan ortiq manbalar bazasini qo‘lga kiritgach, noaniqliklarga duch kelmoqda. Kommunikatsiya texnologiyalarining so‘nggi yillarda tez-tez o‘zgarib turadigan eng so‘nggi avlodlariga har doim «tashna» bo‘lib yashaydigan ijtimoiy qatlam — Yoshlar ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, har bir kommunikatsiyalar avlodi o‘zgarishi ularning tafakkur va turmush tarzida yangidan-yangi noaniqliklarni keltirib chiqaraveradi.

O‘zbekistonning global dunyoga tizimli ravishda, transformatsiyalashib borishi, birinchi navbatda, mamlakat yoshlari va ularning ijtimoiylashuvi bilan ham ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy yoshlarning ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga ijtimoiylashuvidagi xususiyatlar transformatsiyalashgan jamiyat va uning oqibatida, vujudga kelgan subyektiv vaziyatlarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu jarayonda yoshlarning o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalar, shart-sharoitga moslashuv va istiqboldagi erishilishi ko‘zlangan maqsadlar ijtimoiy nuqtai nazardan, ilmiy tahlil va bashorat qilinishi lozim. Inkor etishning hojati yo‘q, yoshlar mavzusi bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida jiddiy tahlil qilingan. Shunday bo‘lsada, mavjud axborotlashgan jamiyat zamonaviy yoshlar oldida turli xil muammolarni keltirib chiqarmoqda, ayniqsa, internet tarmog‘i imkoniyatlaridan hamma vaqt ham unumli foydalana olmaslik, ba’zi holatlarda mavjud axborot oqimiga nisbatan mafkuraviy immunitet ko‘nikmasining yetishmasligi ularning texnologik transformatsiyalashgan jamiyatga ijtimoiylashuvi qiyin kechayotganidan dalolat beradi.

Internet — bu o‘ziga inson bilimlarini, va nafaqat bilimlarni, balki ushbu bilimlarga munosabatni ham qamrab olishga intiluvchi matn bo‘lganligi sababli internet-gipermatn dunyoning ontologik modeliga aylanib bormoqda. O‘z navbatida, internetdagi har qanday nashrlar shu kabi model vazifasini bajaradi. Internetda jurnalistik nashrlar — bu qandaydir hodisa yoki fakt haqidagi xabar emas, balki haqiqiy reallik modelidir. Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo‘lganidek, jamiyatni axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, axborotlashtirish va istiqbolli axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini hamda mehnat tejamkorligini oshirishni, ilmiy bilimlar va ilg‘or texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini, jamiyat intellektuallashuvi umumiy darajasini oshirishni ta’minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir qatorda, axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatishning avj olishi kabi alohida xavfni ham yuzaga keltiradi.

Taraqqiyotning axborotlashuv va globallashuv jarayonlari, taassufki, faqat moddiy manfaat va ehtiyojlarini qondirishga intiladigan, milliy qiyofasini qariyb yo‘qotgan, o‘z maqsadi yo‘lida har qanday g‘oyani qo‘llashga tayyor toifalarni ham vujudga keltirdi. Bunday salbiy holat mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ana shu tahdidni bartaraf etish uchun bor imkoniyatni ishga solgan holda, izchil kurashmoq zarur.

Davlatimiz rahbarining «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida: «Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin deya ta’kid-lanadi. Demak, hozirda har bir axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega ekan, ongi va dunyoqarashi endigina shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash ko‘pchilikni o‘ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo‘yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo‘lmaydi. Hayotni ham ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin bo‘lgan hozirgi sharoitda Internet yoshlar uchun asosiy axborot manbaiga aylanmoqda. Biroq G‘arb madaniyatiga taalluqli ba’zi ko‘rsatuv va saytlar borki, ular mutlaqo axloqqa ziddir. Bunday axborot yoshlarimiz xulqi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir qilishi aniq. Tajribaga ega bo‘lmagan bugungi kun yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlari asosan OAV hamda Internet ta’sirida shakllanmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo‘ymoqda. Axborotning katta oqimi sharoitida inson o‘zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga ega bo‘lishi kerak. Axborot madaniyati tushunchasi mazmunida — ta’lim, ilmiy bilish va faoliyatning boshqa turlari davomida yuzaga keladigan, axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalarning tizimlashtirilgan yig‘indisi anglanadi.

Yosh avlodning ma’naviy olamini buzg‘unchi ta’sirlardan asrash uchun ta’lim-tarbiya jarayonida qanday tamoyillarga asoslanish va qanday jihatlarga e’tibor qaratish kerak, degan masala faylasuflar, ijtimoiy fan olimlarining diqqat markazida turibdi. Fikrimizcha, yoshlarning tafakkur tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratish ular ma’naviy olamining daxlsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «…qayerda yuksak aql-idrok va tafakkur hukumron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi»

Yoshlarning axborot oqimiga munosabatini shakllantirish aql-idrok, tafakkur tarbiyasining bir yo‘nalishidir. Ota-onalar, ustoz va murabbiylar ta’lim-tarbiya berish jarayonida yoshlarga fikr va bilim o‘rtasidagi farqni tushuntirishi, fikrlarni o‘zaro taqqoslashga, turlarga ajratishga o‘rgatishi lozim.



Xulosa qilib aytganda, yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish masalasi jamiyat rivoji bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli u mamlakat miqyosida ijtimoiy ahamiyatga molik masaladir. Shu sababdan insonni, avvalo, yoshlarni nafaqat yangi texnologiyaga o‘qitish va ulardan foydalanish qobiliyatini shakllantirish, ayni chog‘da ana shunday texnologiyalarni yaratish va takomillashtirishda ularning keng ishtirokini ta’minlash ustuvor vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlar oldiga yanada chuqur bilim egallashni, katta ko‘lamdagi axborotni to‘la o‘zlashtirishni va undan samarali foydalanishni dolzarb vazifa qilib qo‘yadi.

Umuman olganda, yangi axborot texnologiyalari va ulardan inson hayotida foydalanishni takomillashtirish borasida bir-biriga mutlaqo zid bo‘lgan baho va prognozlarni uchratish mumkin. Bir tomondan, ijtimoiy fikrda kompyuterlarning yosh avlodning ongu tafakkuriga faqat salbiy ta’sir o‘tkazishi haqidagi tushuncha o‘rnashib qolgan. Biroq bu fikrga zid bo‘lgan yangi axborot texnologiyalarining jamiyatga va jumladan, ta’lim tizimiga faqat ijobiy, samarali ta’siri haqidagi o‘ta ko‘tarinki qarashlar ham keng tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar negizida mazkur ko‘tarilgan masala axborotlar jamiyati yoshlari xarakterini baholashda o‘zining ilmiy ahamiyatiga ega bo‘lib boraveradi.
Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling