Intizom yaxshi xulq manbai


Download 135.5 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi135.5 Kb.
#1173590
Bog'liq
dissertatsiya uchun


Intizom yaxshi xulq manbai. Bugungi kunda har bir oʻquvchining intizomli boʻlishi maktab ruhiy-maʼnaviy holatini yaxshilash bilan birga, taʼlim olayotgan har bir oʻquvchining oʻz hayotiga, burchi va vazifalariga masʼuliyat bilan qarashga yoʻnaltiradi. Shuning uchun har bir oʻquvchi, qaysi fanlardan dars oʻtishidan qatʼiy nazar, oʻz oʻquvchilariga ziyrak, xushyor, pok va halol, ertani koʻra biladigan, odamlarga yaxshi munosabatda boʻladigan fazilatlarni shakllantira bilishi kerak. Aks holda faqatgina oʻqituvchilar orasidagina emas, balki oʻquvchilar orasida ham oʻz obroʻsini yoʻqotadi. Intizomli kishi achchiq boʻlsa ham toʻgʻri soʻzlaydi. Rost gapirgan odamni hurmat qiladi. Yoʻlgʻonchi va xushomadgoʻylarga qarshi kurashadi.
Oʻquvchilarda intizomni tarbiyalashda maktab jamoasi va ular orasidagi oʻzaro yordam, oʻrtoqlik asosiy rol oʻynaydi. Oʻqituvchilar oʻz oʻquvchilarida ongli intizomni tarbiyalash jarayonida ularda xulq-atvorlarning trio boʻlishiga erishishlari lozim. Chunki ularning yurish-turishlari, oʻquvchilarning ichki eʼtiqodiga aylanishi va maʼnaviyatiga taʼsir etishi kerak. Natijada oʻquvchilar jamiyat va jamoa oldida iqtisodiy ahloq tamoyillariga muvofiq oʻz xulq-atvorlarini boshqara oladilar.
Oʻquvchilar bilan doimiy tarzda olib boriladigan ish jarayonida intizom shakllanadi. Intizomli boʻlish shu bilan harakterlanadiki, oʻquvchi har qanday vaziyatda, hamisha toʻgʻri xulq-atvorni tarbiyalay oladi. Intizom shaxs faoliyatidagi ahloqiy fazilatlar bilan mustahkam bogʻlangan boʻlib, unda bosiqlik, qatʼiyat, uyushqoqlik, qiyinchiliklarni yenga olish, tashabbus kabi sifatlarni koʻrish mumkin.
Intizom toʻgʻri yoʻlga qoʻyilsa oʻsha yerda oʻgʻrilik, yulgʻuchlik, harom ishlar chekinadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng taʼlim-tarbiya mazmunida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Taʼlim-tarbiya milliy qadriyatlarni rivojlantirishda asosiy oʻrinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarimizga eʼtibor kuchaydi. Haqiqatan ham, bugungi kunda Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish komil insonlarga bogʻliq. Chunki komil insonlar tufayli fan va madaniyat, sanoat va qishloq xoʻjaligi, iqtisodiy odob rivojlanadi. Shunga asosan, iqtisodiy tarbiya funksiyalaridan yana biri bu komil insonni voyaga yetkazish uchun, eng avvalo, uni tarbiyalashdan iborat.
Komil inson boʻlgan shaxs ichki dunyosi va xulq-atvori pok boʻladi. U faqat oʻzini emas, balki boshqa odamlarning xulq-atvorlarini tartibga soladi, mehnatda turmushda kundalik iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltirishda yordam beradi.
Komil inson Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlashdagi eʼtiqodi va hayotiy gʻayrat shijoati, madaniyati, iqtisodiy bilish va ularni hayotga tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. U jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar orasida iqtisodiy hamdoʻstlik, turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltiradi.
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga koʻtaradi. Jamiyatni tani-joni bilan, butun borligʻi bilan sevadi. Oʻz jamiyati bilan faxrlanadi. Oʻz

xalqining iqtisodiy obodligi uchun kerak bo'lsa, barcha taraqqiyotning rivojlanishi uchun tayyor turadi. Komil inson o'zi yashab turgan jamiyatini aziz va muqaddas bilib, o'z xalqining tili, tarixi, madaniyati, iqtisodiy rivojlanishi, urf-odatlari, qadriyatlariga sadoqatli bo'ladi.


Komil inson jamiyatdan faqat o'z haq-xuquqlarini talab qilish bilan chegaralanmasdan, xuddi shu jamiyatni rivojlantirish va takomillashtirish yo'lida faol va ijodiy ishtirok etadi.
Har bir inson ongida ana shunday fazilat o'rin olsa, uning e'tiqodiga aylansa, haqiqiy vatanparvar bo'ladi. Chunki Vatanga muhabbat, mamlakat taraqqiyoti haqida g'amxo'rlik, Vatan himoyasiga tayyor turish, Vatan boyliklarini asrash va uni tejash, yurt tarixi va an'analariga hurmat bilan qarash komil insonga xos odatdir.
Vatanparvarlikning barcha ifodalari uni ma'naviy tarbiyalarida aks topadi. Demak, komil insonda kishilar haqiga hiyonat qilmaslik, halol va pok, to'g'ri so'z hamda mehnatsevarlik kabi ijtimoiy axloqlar shakllangan bo'ladi. Shunday ekan maktab o'quvchilari ta'lim-tarbiya jarayonida komil insonni voyaga yetkazishda o'zaro yordam hamkorlik tuyg'ularini yuqori bosqichga ko'tarishga o'quvchilarda mustaqil bilim olish va o'z iqtisodiy faoliyatini o'zi tashkil etish, o'z-o'zini boshqarish, yangi g'oyalarni o'rgatishlari zarur. Maktab o'qituvchilari o'quvchilarga o'z ishlarini, xatti-harakatlari bilan hamkorlik qila olish, inson huquqlari, chuqur hurmat qilish haqidagi xususiyatlarini tushuntirishlari lozim.
Komil insonning iqtisodiy munosabatlari va jamiyatda tutgan o'rni mamlakatimizdagi barcha o'zgarishlar to'g'risida g'amxo'rligi o'quvchilarga na‘muna qilib ko'rsatishlari zarur. Shuni aytish kerakki, sinf o'quvchilari bilan o'tkaziladigan tarbiyaviy soatlar, "Ma'naviyatdarslari"da komil insonni shakllantirishga imkon beradi
Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada sog'lom, ma'naviy muhitga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog'lom muhit natijasidagina ahloqiy va iqtisodiy odob me'yorlarini adolatli egallaydi. Ma'naviy yetuk, komil kishilargina o'z iqtisodiy maqsad va manfaatlarini mustaqil O'zbekiston

manfaatlaridan, demokratik va ijtimoiy odat talablaridan ustun qo‘ymaydilar. Istiqlol yo'lidan jadal odimlab borayotgan O'zbekiston huquqiy davlatlarining ko'z-qulog‘i bo'lib hizmat qilayotgan qonunlarga hurmat bilan qaraydi. Unga so'zsiz bo'ysunadi. Davlatni davlat, millatni millat qiladigan jamiyatimizdagi qonun-qoidalarga asoslanib, intizom, halollik, insof-diyonat, o'zaro hurmat, adolat va inoqlik fazilatlarini o'zlarida mujassamlashtiradilar.


Ota-onalar o'z farzandlarini komil inson bo'lib, rivojlanishiga ta'sir ko'rsatish jarayonida vatanga muhabbat, mehnat va fidoiligi bilan o'zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi hislatlarning kamol topishiga xizmat qiladi. Farzandlarimizning komil inson bo'lib yetishishiga oilaning totuvligi, ota-onaning mehr-muhabbati samarali ta'sir etadi.
Ta'kidlash joizki, o'quvchining vatanga bo'lgan munosabatini, ong intizomini shakllantirish, uni salbiy illatlarga nafrat ruhida tarbiyalash komil insonni voyaga yetkazish iqtisodiy tarbiyaning asosiy funktsiyalari hisoblanadi.
II bob bo'yicha qisqacha xulosa
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga iqtisodiy tushunchalarning iqtisodiy nazariyasi, marketing va menejment asoslari bilan bog'liqligini tushuntirish.
2. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga mehnat ta'lim darslarida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda iqtisodiy tarbiya tushunchasi va uning mohiyatini tushuntirishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosidan foydalanish.
3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini mehnat ta'limi darslarida iqtisodiy tarbiya mazmuni va uning tuzilishi bilan tanishtirish.
4. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga mehnat ta'limi darslarida iqtisodiy tarbiya funktsiyalari haqida ma'lumot berish.
5. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mehnat ta'limi darslarida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda iqtisodiy tarbiyaning halollik, tejamkorlik, tadbirkorlik, to'g'ri so'zlik kabi fazilatlarni shakllantirish.
III BOB. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI IQTISODGA OID TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING SHAKL VA USLUBLARI
III.1.Mehnat darslari orqali o'quvchilarni tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirish
Yosh avlodni iqtisodiy faoliyatga va mehnatga tayyorlash, zamonaviy maktabda o'qitish va tarbiyalashning asosiy maqsadlaridan biri bo'lib u butun o‘quv tarbiya jarayonida hamda mehnat ta'limi darslarida amalga oshiriladi.
O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash eng avvalo, ularni ishlab chiqarish mehnatiga ega bo'lgan, umumiy o'rta ta'lim fanlari asosida mustahkam bilimga, mehnatga jalb qilish orqali ijobiy natijalarga erishiladi

O'qitishning har bir bosqichida o'quvchilarning iqtisodiy tayyorgarligi o'ziga hos xususiyatlarga ega.


I-IV sinflarda 5 ta bo'limni o'z ichiga oluvchi "Mehnatga o‘rgatish" fanlari o'qitiladi. Ular texnikaviy, maishiy mehnat, turli xil materiallar bilan badiiy ishlash, qishloq xo'jaligi mehnati, ijtimoiy foydali mehnat orqali darsdan tashqari vaqtlarda amalga oshiriladi.
Mehnatga o'rgatish dasturi o'qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:
-o‘quvchilarni mehnatsevarlikka o'rgatish, iqtisodiy fikrlash asosini berish, ishchilarga hurmat, xususiy mulkka, tabiatga ehtiyotkorlik, tejamkorlik bilan yondashishni shakllantirish;
-o‘quvchilarda mehnat madaniyatini amalga oshirish jarayonida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish;
- O'qitish jarayonida iqtisodiy, tarbiyani amalga oshirish;
- amaliy mashg'ulotlarda bolalarda iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
Tarixdan ma'lumki mehnatga o'rgatish va tarbiyalashda boshlang'ich sinf o'quvchilariga oddiy iqtisodiy bilimlarni berish va qishloq xo'jaligi mehnatiga doimo yetarli ahamiyat berilgan.
Masalan, "Umumiy o'rta ta'lim maktabining asosiy printsiplari"da - xalq ta'limi sohasida-iqtisodiy bilimlar bazasi bo'lib hizmat qiluvchi tajriba uchastkalarini tashkil etish kerakligi aytib o'tilgan.
Bugungi kunda o‘quvchilarni qishloq xo'jaligidagi mehnatga, o'simliklarni o'stirish va parvarish qilishga o'rgatishdan iborat. Bu ularda iqtisodiy bilim asoslari shakllanishiga yordam beradi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, olti yoshdagi bolalar 5-6 turdagi madaniy o'simliklar bilan tanish bo'lishi kerak. Ular bir yillik o'simliklarni ochiq tuproqda o'stirish ishlaridan aniq bilimga egalar. Urug‘ni yerga ekish hamda xonaki o'simliklarni o'stirish va bir qancha boshqa qoidalar o'rgatiladi. Gigiеna qoidalari asosida urug'ni sotish, baholash malakasi hosil qilinadi. Boshlang'ich sinflarda egallangan bilimlar asosida o'qituvchi va tarbiyachi tomonidan bir qancha qiyinroq masalalar qo'yiladi.
- o'quvchilarni o'z atrofidagi manzarali poliz mevali o'simliklarni tasavvur qilishlarini oshirish va mustahkamlash yil davomida o'simliklarni yetishtirish;
- o'quvchilarda bir qancha ishlarni ishlarni qo‘lda bajarish, ularni qishki va yozgi vaqtda ushbu ish samarasini aniqlashga o'rgatish;
-o'quvchilarning o'zlari yashaydigan joylardagi o'simlikshunoslik va hayvonotshunoslik to'g'risida boshlang'ich tasavvurlarini va tushunchalarni kengaytirish, aniqlash hamda mashina va mexanizmlarining iqtisodiy natijalarini ko'rsatish;
- o'quvchilar bilan belgilangan ishlarni bajarish: qishloq xo'jaligi rivojlangan yerlarda ish jarayoni hamda sharoitlar bilan tanishtirish, ularda qiziqish uyg'otish.
Xalq ta'limi vazirligining buyrug'iga binoan birinchi navbatda ishlab chiqarish mehnati bilan bog'liqlikni, uning politexnik yo'nalishini, umumiy iqtisodiy fikrlashni rivojlantirishni ta'minlashi kerak.
Mehnatning iqtisodiy natijasidan foydalanish va uni baholash yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish bir qancha turlarga bo'linadi. Xo'jalik buyurtmasidagi mehnat me'yorlanadi, haq to'lanadi hamda maktab ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlatiladi.
O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashga yuqorida keltirib o'tilganlarning oxirgisi maqsadga muvofiq. Yetishtirilgan hosil asosan o‘quv maqsadlarida ko'rgazma sifatida, o'simliklarni o'stirishdagi keyingi mehnatda material sifatida foydalanadi. Ko'p hollarda maktab oshxonalarida bolalar ovqati uchun ishlatiladi. Ular bolalarda iqtisodiy fikrlashni kengaytirishda katta ahamiyatga ega.
Shunday ekan, o'qituvchi I-IV sinf o'quvchilariga o'stirish uchun shunday o'simliklarni tanlashi kerakki, ushbu yo'nalishda amaliy qo'llashga mos kelishi kerak.
Bunday yondashuv o'quvchilar dasturda ko'rsatilgan barcha bilimlarni, mahorat va tajribalar shakllanishini ta'minlaydi. Shu bilan birga iqtisodiy bilimlar tizimiga va ular tarbiyasiga aniq bir misollar orqali erishiladi.

Iqtisodiy o'qitish va tarbiyalashda o'quvchilarda qishloq xo'jaligi mehnati ishlab chiqarish bilan bog'liqligi katta ahamiyatga ega. Bunda mehnat qoidalarini bilgan holda amalga oshirilishi lozim, ya'ni o'simlikshunoslik bilan bog'liq bo'lgan o'simliklar hayoti va tuzilishiga, yer, o‘g‘it va boshqa elementlarni bilishga suyanishi kerak, ularni bajarish jarayonida iqtisodiy fikrlashni o'stirish lozim.


O'quvchilarni o'z vaqtida texnologik jarayonlarda iqtisodiy fikrlashni rejalashtirishga o'rgatish kerak.
O'quvchilar iqtisodiy bilimlari, mahorat va tajribalarining ko'p qismini asosan matematika, tabiatshunoslik hamda o'qish darslarida egallaydilar. Bu iqtisodiy bilim, tajriba va mahoratlarni, turli xildagi agromoslamalarni nazariy jihatdan asoslab berish, qishloq xo'jaligi ishlarini bajarish rejasi va vaqti, o'simliklarni o'stirishda kerakli asboblarni tanlash kabi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashini ta'minlaydi.
Shunday qilib, I-IV sinf o'quvchilarida umumiy iqtisodiy bilimlarni shakllantirish, maqsadga yo'naltirilgan mahoratlarni ishlab chiqarishning asosiy sharti bu fanlar orasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rnatish.
Iqtisodiy ta'lim-tarbiya masalalarini yechishda har qanday ishlab chiqish mehnatida o'quvchilarning ijodiy potentsial va bilish qobiliyatini hisobga olish kerakligini yodda tutish kerak.
Mazkur talabni amalga oshirish uchun qishloq xo'jaligi mehnati dasturida o'quvchilarning iqtisodiy fikrlashini maqsadli rivojlantirish uchun foydalanish mumkin bo'lgan, o'simliklar bilan bo'lgan bir qancha tajribalar kiritilgan.
Ushbu tajribalarni o'tkazish davomida o‘quvchilar nafaqat ma'lum bir o'simliklarni o'stirishni, balki ularning maqsadga muvofiqligini o'rganadilar. Tajribaviy ishlarda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlari, ularning kuzatuvchanligi, o‘ylari, xotirasi va boshqa psixik jarayonlar rivojlanadi. Bu ushbu yoshdagi o‘quvchilarning boshlang'ich iqtisodiy fikrlashlariga ta'sir etadi.
Amaliyotda tasdiqlanganidek, sodda iqtisodiy bilimlar, mahorat va tajribalar bolalarda aniq bir iqtisodiy fikrlashni shakllantiradi, ular tabiatda mavjud bo'lgan u yoki bu qonunlarga ishontiriladi. Shundan so'ng I-IV sinflarda iqtisodiy madaniyat shakllanadi.
I-IV sinf o'quvchilarida iqtisodiy fikrlarni shakllantirish uchun qishloq xo'jaligi ishlarida quyidagi bilimlar ko'zda tutilmog‘i maqsadga muvofiq:

-o'z oldiga maqsad qo'yishni bilish, amaliy mehnat natijasida qanday umummehnat va iqtisodiy mahorat va tajribalarini egallash;


-oxirgi natijaga erishish uchun ish jarayonlari bajarilishini rejalashtirishni o‘rganish;
- o'z-o'zini boshqarishni amalga oshirgan holda ko'zda tutilgan rejani amalda bajarish faoliyat natijalarini tizimli baholash, iqtisodiy fikrlash tajribalarini shakllantirish.
O‘quvchilar, eng avvalo, bajarilishi zarur bo'lgan ishlarni o'ylaydilar, keyin ularni bajaradilar, o'simlik o'stirish jarayonini kuzatadilar hamda oxirgi natijalarini baholaydilar.
O‘quvchilarni qishloq xo'jaligi mehnatida mehnatga o‘rgatishning hamma variant dasturi asosan o'simliklarni o'stirishni o'z ichiga oladi, bu oson tushuntiriladi.

Ushbu turdagi mehnat o‘quvchilarga qulay va qiziqarli, bunga moddiy baza yaratish oson. Bu esa iqtisodiy tarbiyada muhim ahamiyatga ega.


O‘quvchilarga o'simlikshunoslikni o‘rgatishda; ularga o'z mehnatlaridan kelib chiqib, berilgan holda yer, suv, o‘g‘itlar, o'simliklarning o'zlari, mehnat qurollarining tuzilishi, mehnat mahsulotlarining o'ziga xosligi, ularni hisobga olish va keyingi ishni rejalashtirishda ular qiladigan ishlarning maqsadga muvofiqligini izohlab berish kerak.
O‘quvchilarning umumiy ishlarini, yerni o‘g‘itlash, uning miqdorini, ekish va o'tkazish vaqtini hisoblay olishlarini bilishlari quyidagi xulosaga kelishga imkon beradi:
1. O'simliklarni oʻstirish ishlarida yillik sikllar.
2. Vegetativ jarayon davomida oʻquvchilar mehnati.
3. Xohlagan turdagi oʻsimlikni oʻstirishda umumiy ishlarni sanash, ularning iqtisodiy samarasi va asoslanishini, texnika xavfsizligi va shaxsiy gigiena qoidalarini sanay bilishlari.
Oʻquvchilarni iqtisodiy oʻqitish va tarbiyalashning asosiy koʻrsatkichlari shuki, qishloq xoʻjaligi mehnatining natijasi boʻlib, holis xizmat qiladi.
Xosil qishloq xoʻjaligi mehnatining oxirgi mahsuloti sifatida natijalardan farqlanadi. Masalan, maishiy va texnikaviy mehnatdan shunisi bilan farq qiladiki, koʻp hollarda ularning bir qismi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini keyingi bir jarayon sifatida koʻrsatadi.
Aytish joizki, oʻquvchilarda iqtisodiy fikrlash ancha keyin shakllanadi, chunki qishloq xoʻjaligidagi bilimlar ishlab chiqarishdagi bilimlar miqdoridan ancha kam, lekin shunga qaramasdan mehnat jarayonida kattalarda oʻsimlikshunoslik va hayvonotshunoslik haqida iqtisodiy bilim, tajriba va mahorat yuksak.

Shuning uchun ham boshlangʻich sinflarda alohida iqtisodiy bilim, mahorat va tajribalarni qishloq xoʻjaligi mehnatiga bagʻishlash maqsadga muvofiq.


Misol tariqasida bunday taqsimlanishda " hosil" nomi iqtisodiy tushunchani koʻrib chiqamiz. Bu bilan oʻquvchilar oʻquv yili boshida tanishadilar.
Sinf oʻquvchilari oʻzlarining ish jarayonida xosillari boʻlmaganligi tufayli ishlay olmaydilar, ularni yetishtirmaydilar. Lekin sayohat vaqtida oʻquv-tajriba uchastkasida boshqa bolalar tomonidan oʻstirilgan oʻsimliklar ular uchun hosil sifatida belgilanadi va uning samarali oʻsishi haqida qilingan mehnatga urgʻu beriladi. II sinf oʻquvchilari yetishtirgan manzarali oʻsimliklar quruq mevasi va urugʻini yigʻishtirib oladilar hamda iqtisodiy atamalar bilan tanishadilar, qayta ishlash meyori, vaqt miqdori, mehnat samarasi va boshqa terminlar bilan tanishadilar.
III sinfda bu quruq meva hosili va dukkaklilarni yetishtirish, loviya va boshqalarni oʻrganish. IV sinfda ildizli meva hosili haqida tushuncha olish imkoniga ega boʻladi.
Shunday qilib, hosilning oddiy iqtisodiy tushunchasini uning iqtisodiy asosi I sinf oʻquvchilarida tegishli bir-ikki turdagi oʻsimliklar haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Lekin har bir sinfda bilimlarning yangi pogʻonasi oʻquvchilar hosil maʼnosining asosiy iqtisodiy belgilarini oʻrganib boradilar.
Qishloq xoʻjaligi mehnatiga oʻrgatishni tashkillashtirish kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda oʻsimliklarni oʻstirishda oddiy bilimlar, mahorat va tajribalarni iqtisodiy fikrlarni rivojlantirishga qaratish, barcha taʼsir etuvchi kuchlar rivojlantirishga qaratilgan. "Qishloq xoʻjaligi mehnati" darajasi boshlangʻich sinflarda oʻquv-tajriba uchastkalarida yoki xonadonlarda oʻtkaziladi. Baʼzi vaqtlarda oʻqituvchilar ikki marta koʻp dars oʻtishiga toʻgʻri keladi. Qachonki, oʻqituvchilar biri ikkinchisidan keyin uzluksiz ish bajarilishi kerak boʻladigan ishlarni qilishi kerak boʻlsa, hosil yigʻish, kuzda oʻgʻit kiritish va qazish yoʻli bilan yerga koʻchat oʻtkazish. Yerni ekishga tayyorlash, ekish va boshqalar. Bu holda bolalarni jismoniy toliqtirmasdan amaliy ishlarni qatʼiy belgilab olish kerak.
Qishloq xoʻjaligi darslari orasida boshqa fanlarda boʻladigani kabi yangi materialni oʻrganish, takrorlash darslari, nazorat darslarini belgilash kabisiz mumkin emas.

Ixtiyoriy qishloq xoʻjaligi mehnati darslarida ushbu elementlarning hammasi mavjud. Bunga sabab bir qancha. Chunki bir oʻsimlikni oʻstirishda u bilan ishni qaytarish mumkin emas.


Har bir darsda bilimlarni mustahkamlash shunga bogʻliqki, yangi turdagi oʻsimliklarni oʻstirish texnologiyasini oʻzlashtirish keyingi sinflarda bir xildagi bilimlar rivojlanishiga bogʻlab olib boriladi.
Ish rejasini tuzish: yerga ishlov berish: urugʻlarni tayyorlash, ularni ekish va parvarishlash, hosilni yigʻib olish; uning iqtisodiy samarasini aniqlashni oʻrganish.
Shunday qilib, qishloq xoʻjaligi mehnati darslari boshlangʻich sinflarda aralash, omuxtalashgan turdagi darslar boʻladi.
Oʻqituvchilarda umumiqtisodiy bilim, mahorat va tajriba shakllanadi, yangi oʻtilgan mavzuni oʻrganish va mustahkamlash ishlari olib boriladi.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar iqtisodiy bilim va tarbiyasining xarakterli tomoni shundaki, darsni rejalashtirish jarayonida ifodalanuvchi, qishloq xoʻjaligi mehnati darsining oʻziga xosligi.
Bu, ayniqsa, kuzgi paytda muhim ahamiyatga ega. Bu paytda ish hajmi katta emas, lekin iqtisodiy bilimlar shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, IV sinfda darslar quyidagi mavzularda oʻtkaziladi.
1. Kuzda oʻquv-tajriba uchastkasining ahvoli. Mevalarni tozalash.
2. Yer maydonini kuzgi qazish ishlariga tayyorlash. Maydonlarni tozalash, oʻgʻitlash, ularni iqtisodiy jihatlarini baholash zarurati.
3. Sinfga qarashli maydondagi yerni qazish va bu ishda I sinf oʻquvchilarining ishtiroki.
4. Xonaki gullar bilan tanishuv. Kuzda ularni parvarishlash.
Boshqa sinflarda ham mavzular tuzilishi boʻyicha xuddi shunday, I-II sinf oʻquvchilari yerni qazimaydilar.
Oʻquvchilarning iqtisodiy bilimlari va tarbiyasini shakllantirish maqsadida quyidagi misolni koʻramiz.
"Yerni kuzgi qazish ishlariga tayyorlash" mavzuidagi darsni koʻrib chiqamiz. Bu yerda oʻqituvchi oʻquvchilarda quyidagilarning shakllanishini maqsad qilib qoʻyadi:
I sinfda:
1. Maydondagi yer haqida tushuncha berish.
2. Qoldiq oʻsimliklarni, axlatlarni olib tashlash, ularni xaskash bilan toʻplash va bunday ish samarasini aniqlash.
II sinfda:
1. Maydondan olib tashlanadigan oʻsimliklarni va begona oʻtlarni ildizi bilan olib tashlash zarurligini va ushbu ishni baholashni bilishlari kerak.
2. Begona oʻtlarni qoʻlda yulib olish, ularni bir yerga toʻplash, ushbu ishning natijasini aniqlay olish;
III sinfda:
1. Begona oʻtlarning hosili va urugʼlari haqida bilishi, begona oʻtlarni vaqtida yulib olish zaruriyati haqida bilishlari va ushbu ishni baholay olishlari.
2. Asboblar yordamisiz hamda belkurak yordamida begona oʻsimliklarni yer maydonidan tozalash, ularni toʻdaga qoʻshish va bunday ish samarasini hisobga olish.
IV sinfda:
1. Maydondagi ildizli va manzarali oʻtsimon koʻp yillik begona oʻsimliklar haqida bilish. Begona oʻtlarni olib tashlayotganda koʻp yillik madaniy oʻsimliklarning yer ostidagi qismini shikastlamaslik haqida tushunchaga ega boʻlishlari.
2. Koʻp yillik oʻsimliklarni oʻtkazganda begona oʻtlarni olib tashlashni bilishi, manzarali oʻsimliklarning yer ustki qismini bogʻlab qoʻyishni.
3. Goʻng va oʻgʻitlarni oʻsimliklarga ozuqa manbai ekanligini tushunishi, ularni iqtisodiy baholashlari.
4. Goʻngni yerga kiritishni bilishlari kerak.
Shunday qilib, oʻquv -tarbiyaviy maqsadlar izchilligi mehnat qurollari, ularni oddiy iqtisodiy bilim va tarbiyada, u yordamida texnik va texnologik jarayonlar, oddiy iqtisodiy ishlar, masalan, oʻgʻit va urugʼ miqdorini maydonga sochish uchun hisoblash; vaqtga nisbatan mehnat jarayonlariga baho berish va boshqalar; miqdori va qiyinlik darajasining oʻsishi, uning iqtisodiy bilimlar va tarbiyada qiyinlashish haqidagi tushunchalarni kiritish va aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Keltirilgan misolda iqtisodiy bilimlar va tarbiya maqsadi bir muncha umumlashtirilgan holda ifodalanadi.

Har qaysi holatda bularga aniq iqtisodiy xarakterdagi oʻzgarishlar oʻstirilayotgan oʻsimlik turiga qarab kiritilishi kerak. Alohida darslarda, bu qayerda mumkin boʻlsa, oʻsimliklar bilan boʻlgan tajribalarda kuzatish, taqqoslash maqsadlari qoʻyiladi. Oddiy iqtisodiy mahorat va tajribalarni oʻrganishda ham aniq maqsadlar qoʻyiladi.


Tarbiyaviy rejada har bir darsda maqsad qoʻyiladi. Oʻsimliklarni oʻstirishda bolalarda mehnatga qiziqishni shakllantirish, ishdagi tozalik, tarbiyaviylik kabi umumiy iqtisodiy sifatlarni rivojlantirish, oʻsimliklarga, tabiatga, materiallarga va asboblarga ehtiyotkorlik bilan munosabatni shakllantiradi.
Shunday qilib, dars maqsadlari-biri oʻquvchi nimaga oʻrganishi kerakligi, darsning oʻquv vazifalari esa ushbu maqsadlarni amalga oshirishda xizmat qiluvchi amaliy mashgʻulotlar ekanligi oʻrgatiladi.
Boshlangʻich sinflarda qishloq xoʻjaligi mehnatining biri boʻlgan amaliy mashgʻulotlarni bajarishga tayyorgarlik 15 daqiqa vaqtni oladi.
Mazkur bosqich maqsadi- oʻqituvchilarga qilinishi kerak boʻlgan amaliy ishlarni toʻliq tushunib yetishlarini taʼminlash, ularning ketma-ketligini iqtisodiy samarasini nazariy asoslab berish, ish uchun asboblar tanlash, amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun umumiy va iqtisodiy topshiriqlarni aniqlash.
Oddiy iqtisodiy fikrlashni rivojlantirishni koʻrsatish maqsadida "Maydon yerini kuzgi qazish-tozalashga tayyorlash" mavzusidagi darsning bir boʻlagini koʻrib chiqamiz. Bu yerda mehnat quroli obyekti boʻlib, asosan madaniy oʻsimliklar qoldigʻi va begona oʻtlar hisoblanadi. Ular bilan ishlash hamma sinflarda bir xil: ularni ildizi bilan yulib olish, paykaldan olib chiqish. Har bir sinfda ularni bajarishga tayyorgarlik bosqichi qanday oʻzgarishini tavsiya qilamiz. Buning uchun darslarning koʻrinishlarini keltirib oʻtamiz. Birinchi sinfda kirish suhbatlari vaqtida "yer" "begona oʻtlar" "hosil" kabi umumiy terminlar aytiladi, tuproq turlari haqida boshlangʻich taassurotlar beriladi, begona oʻt turi va uning hosil miqdorida taʼsirini aytadi. Bu vaqtda maydondagi va bu bilan ularni yerdan olib tashlash kerakligini asoslab beradi. Oʻqituvchi oʻquvchilarni maydonga olib kelib, ularga tushuncha beradi.
Madaniy oʻsimliklar hosili bizning maydonimizda yigʻib olingan. Uning miqdori mehnatimiz samarasini belgilaydi. Lekin keyingi hosil yerga ishlov berishni talab etadi. Nima qolgan boʻlsa - bu begona oʻtlar, axlat. Ular hozir qanday? Yashil, bir qanchasi gullagan. Ularda urugʻ bor. Toʻgʻri aytganda, urugʻ hosili bilan, ushbu oʻsimliklarning qaysi qismi yerda joylashgan? Agar biz ushbu oʻsimliklarni olib tashlamasak, nima boʻlishi mumkin? Urugʻlar yerga tushadi va bulardan yangi begona oʻtlar unib chiqadi.
Ushbu rejada suhbatni davom ettirgan holda oʻqituvchi iqtisodiy tushunchaga urugʻ berishi mumkin.
Begona oʻtlar madaniy oʻsimliklarga kam suv, ovqatlari ham yetarli miqdorda beriladi. Ular zich oʻsishga toʻgʻri keladi.
Buning natijasida hosil miqdori va sifati tushib ketadi. Ular bilan qanday toʻgʻri yoʻl tutish kerak? Ularni yerdan olib tashlash kerak. Shunday qilib, I sinf oʻquvchilari bilan amaliy ishga tayyorgarlik koʻrishni, oʻqituvchi begona oʻtlarni qanday qilib yerdan olib tashlashni koʻrsatadi.
Amaliy mashgʻulotlarni oʻqitish oʻyin usulida tashkil etilgan. Bu olti yoshli bolalarni jismoniy va psixologik rivojlantirish, oʻsimliklarni oʻstirishda kam tajribaga ega ekanliklari bilan belgilanadi.
Oʻqitish va tarbiyalashning iqtisodiy aspekti har bir sinfda kuchaytirilib boriladi.
Oʻqituvchilar iqtisodiy fikrlarni rivojlantirishda amaliy mashgʻulotlarni tashkillashda samarali foydalanish kerak. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida qishloq xoʻjaligi amaliy ishlarni tashkillashtirishda frontal, guruhli, yakka shakllari belgilanadi. Ulardan koʻp qoʻllaniladigani frontal shaklidagi ish boʻlib barcha oʻquvchi bir vaqtning oʻzida bir turdagi mehnatni bajaradilar va bir vaqtning oʻzida uni tamomlaydilar.

Bu holda boshlangʻich sinf oʻquvchilari mehnatida umumiy maqsadlar, bir xil oʻquv ishlari, ishning umumiy rejimi va oxirgi natijaga ega. Oʻquvchilar mehnatini frontal tashkillashtirish doimiy oʻqish tizimiga asoslangan. U qachonki, qandaydir mahorat yoki uning bir elementi birinchi marta yoki yana kiritilsagina qoʻllaniladi. Oʻquvchilar ishlarni boshida sekin, shoshmasdan bajaradilar.


Bu kabi tashkiliy usullar I-II sinflarda qishloq xoʻjaligi mehnati darslarining koʻrina koʻrinishi boshqa darslariga xarakterlidir.
Kichik imkoniyatlarda, bolalarda umumiy mehnat tajribalarini va alohida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish maqsadida ularni jamoa mehnatiga oʻrgatish kerak.
Bunday holda har bir oʻquvchiga u qaysi guruhga kirsa, oʻsha guruhning umumiy natijasiga bogʻliq boʻladi.
Amaliy mashgʻulotni bunday tashkillashtirish I-IV sinflarda iqtisodiy samarasini oshiradi. Qachonki, oʻquvchilar boshlangʻich maktabda oʻsimlikshunoslikka oid bilimlar asosini egallab olgan boʻlsalar.
Tajriba koʻrsatadiki, oʻquvchilarni oʻsimlikshunoslik bilimlariga, masalan, koʻchat ekish kabi oʻrganishda jamoa usulida mehnatni tashkil etish qiyinchiliklari va imkoniyatlarini koʻrish mumkin. Koʻchat ekish umumiy mahorati oʻziga boʻysundirilgan bilimlarni oʻz ichiga oladi.
Har qaysi yulduzchada, zvenoda, brigadada mehnat vaqtinchalik boʻlishi mumkin. Masalan, ushbu ish davomida oʻsha yoʻlakchada yerni ekishga tayyorlaydi, boshqalar esa oʻsha vaqtning oʻzida koʻchat ekadilar, ularni chuqurchaga oladilar, qolganlari esa koʻchat oʻtkazadilar.
Iqtisodiy tarbiya nazoratdan chetda qolmaydi, bunday paytda jamoa mehnati tasdiqlanib, har bir oʻquvchi yuqorida keltirilgan koʻchat oʻtkazishdagi ishlarni bilib olgan taqdirda bolada yaxshi oʻqish va tarbiyaviy natija boʻladi.
Amaliy ishlarni tashkillashtirishda shuni esda tutish kerakki, qanday usul tanlab olingan boʻlmasin, iqtisodiy tarbiya rejasida har bir oʻquvchi mehnat ishlari majmuasini bilishi va ularning umumiy mehnat jarayonidagi samarasini baholashni bilishi kerak.
Qishloq xoʻjaligi mehnati darslarining amaliy qismini oʻtkazishda asosiy eʼtiborni shunday iqtisodiy toifaga qaratish kerakki, bunda oʻquvchilarda ularni bajarishdan ishlashi sifatini tekshirish va uning oʻz-oʻzini nazorat qilishga oʻrgatishi lozim.
Maktabda oʻquvchilar birinchi darsdanoq oddiy iqtisodiy qonuniyatni tushunishlari kerak. Amaliy vazifalarni bajarishdagi xatolar, agar ular darhol tuzatilmasa, oʻsimliklarni sekin -astalik bilan nobud boʻlishiga olib keladi, yaʼni oxirgi iqtisodiy natija oʻqituvchi oʻquvchilarni oʻz-oʻziga boshqarish mezonlarini aniqlashda oʻquvchilar qanday xatoliklarga yoʻl qoʻyishlari mumkinligini bilishi va ularni ogohlantirish kerak.
Iqtisodiy fikrlashni rivojlantirishda qoʻllash mumkin boʻlgan bir qancha ish sifati koʻrsatkichlarini keltiramiz:
1. Hosilni yigʻib olish boʻyicha yigʻishning toʻlaligi, urugʻ va mevalarning tozaligi.
2. Ekin maydonini oʻsimlik qoldiqlari va axlatlardan tozalash.
3. Yerni qazish boʻyicha chala qolgan yerlar boʻlmasligi.
4. Ekin maydonining tekisligi.
5. Ketmon bilan ishlashda, qatorlarda madaniy oʻsimliklarning saqlanganligi, karam va kartoshkani kavlash toʻgʻriligi boʻyicha.
6. Urugʻlar bilan ishda-ekishda qatorlarni toʻgʻri belgilash, egat chuqurligi, urugʻning qatorlarga trio taqsimlanganligi, ekishdan keyingi suv qoʻyish va uning sifati.
7. Ochiq yerda ekish va oʻtkazishni parvarishlash oʻsimlik turlari va boshqa talablarni hisobga olishni bir xil va oʻz vaqtida qoʻyish yoʻlaklarining tozaligi, oʻsimliklarning saqlanganligi va begona oʻtlarni olib tashlash. Oʻquvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda shuni yodda tutish kerakki, amaliy ish mehnat natijasini baholash va ish joyini tozalash bilan qishloq xoʻjaligi inventarini hamda asboblarni tozalash, ularni saqlash, joylashtirish bilan tugaydi.

Darsga xulosa yasash uning muhim qismi boʻlib, u belgilangan vaqtni talab qiladi.


III.2. DARSDAN TASHQARI MASHGʻULOTLARDA OʻQUVCHILARGA IQTISODIY TARBIYA BERISH.
Sinfdan va maktabdan tashqari paytda oʻquvchilarga iqtisodiy tarbiya berishni oʻquv jarayoni bilan bogʻlangan holda olib borish oldindan belgilangan rejaga asoslangan holda beriladi.
Soʻngi paytda sinfdan va maktabdan tashqari vaqtlarda oʻquvchilarga iqtisodiy bilimlar berish va tarbiyalash shakllari juda koʻp.
Jumladan, quyidagilarga alohida eʼtibor beramiz:
-suhbat, maʼruza, ogʻzaki, savol- javoblar, munozara iqtisodiyotga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar;
-ommaviy maʼruzalar, klublar, uyushtiruvchi tashkilotlar, toʻgaraklar, iqtisodiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish seminarlarni oʻtkazish;
-iqtisodiy bilimlar kuni, tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv, tadbirkor, fermer va oila pudratchilar hamda iqtisodchilar mehnat faxriylari va ilgʻorlari bilan uchrashuvlar;
-boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻz-oʻziga xizmat qilishi, xashar, temir-tersak, maklatura yigʻishi, hududlarni obodonlashtirishi.
Birinchi uchta uslubiy guruhda iqtisodiy bilimlarni va tarbiyani shakllantirishga, oʻquvchilar saviyasini koʻtarishga imkon beradigan boʻldi. Bular oʻquv jarayonining davomi hisoblanib, bu ishlar doimiy ravishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
Toʻrtinchi uslubiy guruh, bu ommaviy va ijtimoiy-foydali mehnat guruhi boʻlib, u koʻp jihatdan toʻgʻri tashkillashtirishga bogʻliq boʻlib, u iqtisodiy tarbiya shakllanishiga imkon beradi.
Masalan, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik uchun "Non qadri" haqida suhbat oʻtkazish va sheʼrlar oʻrgatish maqsadga muvofiq. Shuningdek, oʻquv qurollarini ehtiyot qilish, gaz va suvdan tejamkorlik bilan foydalanish oʻrgatiladi.
Kerakli asbob uskunalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ongli munosabatda boʻlishni oʻrgatish uchun zamin tayyorlanadi.
III-IV sinf oʻquvchilari bilan sinfdan tashqari tarbiyaviy soatlarda va kechalarda "Non qoldigʻini tashlash uvol", "Suv-hayot manbai" mavzularida suhbat tashkil etiladi. Oʻquvchilar bilan kutubxonalarga borib, eski, yirtilgan kitoblarni taʼminlashda yordam beradilar. Yuqori sinf oʻquvchilari esa maktab anjomlarini asrash va tamirlash, obodonlashtirish guruhlari tashkil etiladi. Atrof muhit va tarixiy joylarni muhofaza qilishda ishtirok etadilar. Iqtisodiy bilimlarni egallash oʻquvchida turli mehnat koʻnikma va malakalarni shakllantirish, maxsus, aniq mehnat jarayonida namoyish etish, bolani ishga jalb etish foydali.
Oʻquvchilarni tarbiyalashda eng muhim vazifalardan biri iqtisodiy bilimlar berish bilan birga, oshxonada nonni eʼzozlash yuzasidan amaliy ishlar olib boriladi. Bolalar ovqatlanib boʻlgach, isrofgarchilik non ushoqllarini oyoq osti koʻrsatiladi. Shuningdek, oshxonadagi nonga bagʻishlangan. "Non-xalq boyligi, uni tejash lozim" nomli rasmlar tanlovini oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash, stend va rasmlar koʻrsatiladi, ular haqida ochiq darslar, suhbat oʻtkaziladi. Boshlangʻich sinflarda "Non aziz, uni isrof qilmang" mavzusida oʻtkazilgan ochiq tarbiyaviy soatdan naʼmuna keltiramiz:
"Non haqida"gi ochiq tarbiyaviy soat oʻziga xos usul boʻlib pedagogik yoʻriqqa tayangan holda tashkil etiladi. Tarbiyaviy soatga moʻljallab jihozlangan xona tanlanib, koʻrgazmali ashyolar sifatida non haqida stend va nonning turlari bilan bezalgan stoldan foydalaniladi.
Kirish qismi
"Nonning kashf etilishi" mavzusida maʼruza.
Boshoqli donlardan non tayyorlash usuli qadimdan mavjud boʻlgan. Yevropa, Osiyo, Afrikada bugʻdoy, arpa, sholi, tariq, oq joʻxori kabi boshoqli donlarning avval, yovvoyisidan, keyinchalik xonakilashtirilgan navlaridan foydalanilgan deyish mumkin. Turli mamlakatlarda olib borilgan arxeologik qazilmalar uni toʻla tasdiqlaydi.

Bugʻdoyni un qilib, hamir qorib, tandirda yopib, pishirish darhol paydo boʻlgan emas, albatta. Avvaliga donlarni boshogʻi bilan qovurib yeganlar. Keyinchalik donlar boshoqdan ajratilib, tosh bilan yoki qoʻl bilan yoki qoʻl tegirmoniga tuyilgan.


Uni qayla tarzida qaynatib isteʼmol qilingan. Xitoy, Koreya, Yaponiya, Vetnam, Hindiston va Osiyoning boshqa mamlakatlarida yashovchi xalqlarning pazandaligida qaynatilgan guruchni non oʻrnida turli ovqatlarga qoʻshib yeyish odati hanuzgacha davom etib kelmoqda.
Biz isteʼmol qilayotgan bugʻdoy nonining tarkibida asosan kraxmal, oqsil, shakar, moy, mineral moddalar va turli vitaminlar bor, eng yaxshi non bugʻdoy noni hisoblanadi. Non xili milliy pazandachilikda oʻzgacha turga ega. Masalan, oʻzbek nonlari: patir, kulcha, obi non, jizzali non, gijda non, uy noni, shirmoy non, qoʻshaloq shirmoy patir, kunjutli non, qatlamali non va boshqalar.
Quyosh bilan nonning bir belgi orqali ifodalanishi har ikkisi ham hayotning asosiy omili ekanligida. Quyosh boʻlmasa, non yetishtirish mumkin emas. Non boʻlmasa, hayot kechirish qiyin.
Shu sababli qadimgi xalqlarda quyoshga sigʻinish bilan nonga ham sajda qilingan. Non inson salomatligi uchun foydali. Shuning uchun bu neʼmatning isrof boʻlishiga aslo yoʻl qoʻymaslik kerak.
Shu tariqa maʼruzani har kim oʻz imkoniyatiga qarab oʻzgartirishi va yana boshqa misollar bilan boyitishi mumkin.
Asosiy qism
Oʻquvchilar nonning tayyor holga kelishini qoʻllaridagi koʻrgazmali qurollar misolida ifodalaydilar. Bunda quyidagi jarayonlar toʻgʻrisida tushunchalar beriladi:
-non osonlik bilan tayyor boʻlmaydi;
- yerga bugʻdoy ekiladi;
- bugʻdoy unib chiqadi;
- bugʻdoy yigʻiladi va yanchib tozalanadi;
- bugʻdoydan un qilinadi;
- undan hamir tayyorlanadi;
- hamirdan non yasab, tandirga yopiladi;
- non pishadi.

Hamma oʻquvchilar birgalikda "Non aziz, uni isrof qilmang!" soʻzini xitob qilishadi. Non haqida oʻquvchilar yod olgan sheʼrlarini aytishadi.


Tarbiyaviy soatda nonning shifobaxshligi toʻgʻrisida ham maʼlumotlar beriladi. Toʻkilgan mana bu hikmatli soʻzlar ham oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilinadi:
Milklar boʻshab tishlar boʻshasha, boshlasa, qattiq non chaynash kerak.
Sariq kasallikka Chalingan odam anor sharbatiga botirilgan qattiq, nonni yeyishi kerak.
Oftobda quritilgan obi non yoki shirmoy ichburugʻi yuqumli kasalliklarga shifo boʻladi. Ar-Roziy hamda Ibn Sino nonni sutga toʻgʻrab yeb yurgan kishini hamma aʼzolarining faoliyati yaxshilanishi, rang-roʻyi tiniq va chiroyli boʻlishini taʼkidlaydi.
Nonni tuz bilan yanchib suvda xoʻplab, temiratkiga surtib tuzatish usuli xalq tabobatidan kelib chiqqan.
Goʻsht, qiyma yoki jizza qoʻshib tayyorlangan nondan bir toʻyib yegan kishining quvvati oshadi. Ozib ketgan bemorlar nondan shifo topadilar.
Qon bosimi ortganda, asablar charchaganda iliq suvda hamirturushni eritib ichish tavsiya etiladi.
Ibn Sino, Ar-Roziy va xalq tabobatlarida keltirilgan muolajadan ham maʼlum boʻladiki, non yolgʻiz semirishgagina emas balki shifo ham.
Ochiq tarbiyaviy soatga oʻquvchilarning ota-onalari, mehnat faxriylari taklif qilinadi. Keksa otaxon-onaxonlarimiz nonni eʼzozlash va uning qadr-qimmati toʻgʻrisida gapirib bersalar nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Bunday ochiq tarbiyaviy soatlar oʻquvchilarda tejamkorlik tushunchasini shakllantiradi.
Mavjud zahiralardan oqilona foydalanish koʻrsatiladi. Har bir oʻquvchiga xalq mulki, shaxsiy mulk tushunchalari yetarlicha tushuntirilishi bilan birga xalq mulkini hamma narsadan yuksak baholash, qadrlash lozim.
Maktab pedagogik jamoasi oldindan bir necha yilga moʻljallangan ish rejasini tuzib chiqqan, bu reja asosida maktabning moddiy bazasi mustahkamlanadi. Maktab hovlisi obodonlashtiriladi. Oʻz-oʻzini boshqarish tizimiga oʻtib , doimiy tejamkorlik va tadbirkorlik asosida ish tutadilar.
Tejamkorlik va tadbirkorlik ishlari aniq maktab shtabiga birlashtirib, doimiy nazoratda boʻladilar, uning vazifalari shtab tomonidan belgilanadi. Oʻquvchilarning bu nazorat harakatlari ikki usulda olib boriladi:
- shtabni oʻz-oʻzini boshqarish asosida tashkil etish;
- tejamkorlik sharoitga rioya etish;

-maʼlum topshiriqlarni talab darajasida bajarish;


-oldinga qoʻyilgan vazifalar shtab majlislarida muhokama etish "Oʻz uyingni oʻzing asra!" shioriga rioya etish.
Bunday harakatlarda ishtirok etish oʻquvchining dunyoqarashini kengaytiradi, iqtisodiy tejamkorlikka, xushyorlikka va tadbirkorlikni chuqur anglash imkonini beradi. Bu esa bola hayotida muhim ahamiyatga ega.
Boladagi iqtisodiy tejamkorlik samaradorligini aniqlash uchun quyidagi koʻrsatkichlar tahlil etiladi:
1. Turli xildagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻquvchilarning ishtirok etish bosqichlarini ishlab chiqish.
2. Oʻquvchilarda tadbirkorlikning sifat belgilarini shakllantirish, ularga tejamkorlik, asrab-avaylash, intizomni saqlash, vaqtdan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish.
3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini sinf va maktab ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishini taʼminlash.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining turli xil yoʻnalish boʻyicha qatnashish darajasiga erishish lozim. Baʼzan kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning vazifalarini bajarishning hamma yoʻnalishlaridan bir xil foydalanilmaydi. Masalan, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining jamoat ishlaridagi ishtiroki, maktab mulkini ehtiyot qilish boʻyicha bilimi aniqlanadi.
Maktab va sinfdan tashqari olib boriladigan iqtisodiy tarbiyalarning barcha shakllari ularning qay darajadagi sharoitlarda tashkil etilganligiga bogʻliq .
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining iqtisodiy tarbiyaga oid koʻnikma va malakalar asosan tarbiya maskanlarida shakllantiriladi.
Bir qator maktablarda, tarbiya maskanlarida iqtisodiy tarbiya beradigan toʻgaraklar mavjud boʻlib, ularda bolalar kerakli koʻnikma va malakalar hosil qiladi.
Ularning dasturida maktabdan tashqari fakultativ kurslar, toʻgaraklar yoki iqtisodiy bilimlarni berish toʻgaraklari maktab dasturi bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Mavjud iqtisodiy tarbiya toʻgaraklari texnik toʻgaraklar bilan uslubiy jihatdan hamkorlik qilishadi.
Oʻquvchilarda iqtisodiy tarbiya ishlarini yaxshilashda tayanch korxonalar, otaliq tashkilotlar bilan olib boriladigan hamkorlik yaxshi natija beradi. Bunday hamkorlik ishchilar va mutaxassislar bilan suhbatlar, korxonalarga ekskursiya tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Otaliq tashkilotlar oʻquvchilar uchun kerakli asbob anjomlarni hozirlashda, taʼmirlashda gʻamxoʻrlik etishi bolaning shu tashkilot ishlariga yordam berishi ham bu boradagi hamkorlik belgisi hisoblanadi. Maktabda iqtisodiy hamkorlikni yaxshi tashkil etishda ota-onalar va jamoatchilikning kelishib, ishlashiga hamkorligiga bogʻliq.
Agar maktabda berilgan iqtisodiy tarbiya ota-onalar tomonidan qoʻllanib, uning amalga oshishida yordam berishsa, boladagi bu hislatlarning shakllanishi yaxshi boʻladi. Mustaqillikka erishilgandan soʻng maktab bilan oila oʻrtasidagi hamkorlikning yaxshilanishi natijasida iqtisodiy tarbiya, tejamkorlik xislatlari bolada shakllana boshlandi.
Jamiyatdagi oʻzgarishlar oila muhitiga kam taʼsir etib, iqtisodiy bilimlarni oʻzlashtirishga bolani majbur etadi. Bola iqtisodiy bilimni oʻzlashtirishda oiladagi barcha iqtisodiy muammolarni hal etishda qancha ertaroq ishtirok etsa, shuncha chuqur bilimga ega boʻladi.
Bolalarda iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda darsdan tashqari ishlarda quyidagi vazifalarga eʼtibor berish lozim:
-bolalarda oqilona isteʼmoldan foydalanishni shakllantirish;
- iqtisodiy bilimlarni imkoniyat darajasida berish va qoniqtirish;
- mehnatning iqtisodiy taʼminot ekanligini oʻquvchiga yetkazish;
- oiladagi iqtisodiy tarbiya imkoniyatlarining oʻquvchiga yetkazish;
Bunday ishlarni yaxshi tashkil etishda ota-onalar va jamoatchilik orasida targʻibot-tashviqot ishlari oʻz oʻrnida boʻlishi kerak. Bunday xislatlarni amalga oshirish uchun kerakli muhit va sharoit yaratilgan boʻlishi kerak. Masalan, iqtisodiy tarbiyani shakllantirish maqsadida darsdan soʻng oilada ham, tarbiya masalalarida ham hamma narsadan tejab-tergab foydalanish kerak. Maklatura va temir -tersak yigʻish, ortiqcha sarf-xarajat ishlariga yoʻl qoʻymaslikni singdirish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, toza suvdan foydalanish, uni ortiqcha sarf qilmaslik gaz, elektr quvvatidan toʻgʻri foydalanish yoʻllarini koʻrsatish tarbiya koʻrinishlariga misol boʻla oladi. Demak, oʻquvchi ongiga iqtisodiy tarbiya koʻnikmalarini shakllantirish faqat dars jarayonida emas, balki maktabdan tashqari paytlarda jamoat joylarida ham iqtisodiy tarbiya yuksak darajada boʻlishi lozim.


Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida iqtisodiy tarbiyani shakllantirishning taxminiy ish rejasi quyida keltirilmoqda:
1. Maktab pedagogik jamoasining yangi oʻquv yili uchun tuzilgan ish rejasining maqsadi quyidagicha:
- oʻquvchilarda iqtisodiy ongni tizimli va izchil shakllantirish;
- bolada oqilona isteʼmolchilik ongini shakllanishi, uning moddiy imkoniyatlarini hisobga olish;
- iqtisodiy tahlil asoslarini oʻrganishda aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini tarbiyalash, befarqlikka, loqaydlikka qarshi masʼuliyatli boʻlishga oʻrgatish.
2. Maqsadni amalga oshirish uchun pedagogik jamoa quyidagilarni bilishi lozim:
- oʻquvchilarni iqtisodiy bilim, amaliy koʻnikma va malakalar bilan qurollantirish;
-oʻquvchilar jamoasi bilan mehnat qilish, yasash, ishlab chiqarish orqali neʼmatlar yaratish hamda uning sifatini yaxshilash uchun kurashish;
- ish unumini oshirish, vaqtdan oqilona foydalanishni yaxshilash;
- isteʼmolchilarning iqtisodiy imkoniyatlari bilan hisob-kitob qilish hamda ularni oʻz oʻrnida foydalanib, byudjet hisobini tejashga oʻrgatish.
3. Oldinga qoʻyilgan maqsad uchun kerakli material va faoliyat turlaridan foydalanish:
-oʻquvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda pedagogik jamoa imkoniyatlarini, dunyoqarashini tushunish;
Oʻquvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda ularni oʻquv-tarbiyaviy ishlar bilan bogʻlangan holda tashkil etish;
-xalq taʼlimi organlari tomonidan pedagogik jamoaga iqtisodiy tarbiya berishda holis baho berish.
4. Maqsadni amalga oshirish uchun kurashish:
-muntazam ravishda majlislarda, baxslarda va munozaralarda iqtisodiy tarbiyaga bagʻishlangan savollarni eshitish hamda bu masalalarni keng yoritish;
-oʻquvchilarning iqtisodiy tarbiyaga bagʻishlangan terminlar oʻzlashtirishni nazorat qilish;
- fakultativ mashgʻulotlarda iqtisodiy tarbiyaga bagʻishlangan ilgʻor tajribalarni ommalashtirish;
-mehnat taʼlimi va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining uslubiy birlashmasida ularning iqtisodiy bilimlarga bagʻishlangan maʼruzalarini tinglash;
-oʻquvchilardagi iqtisodiy tarbiyani tashkil etish haqidagi bilim va koʻnikmalarni tahlil qilish, mehnat desantlarni tashkil etish usullaridan foydalanish;
- iqtisodiy tarbiyaga bagʻishlangan maqolalarni va maʼruzalarni oʻquvchilar komiteti yigʻilishlarida muhokama etish;
-doimiy ravishda tarbiyaviy soatda iqtisodiy tarbiya, sinfning sanitariya holati, maktab hovlisini obodonlashtirish mavzusining muhokama etilishi;
- eng yaxshi oʻquvchilar guruhini har chorakda ijtimoiy foydali mehnat tufayli maktab jamoasiga oʻz guruhiga foyda keltirganlarga faxriy yorliq hamda rahmatnomalar berib, ularni ragʻbatlantirib borish;
- muntazam ravishda ota-onalar qoʻmitasi yigʻilishlarida iqtisodiy tarbiyaga bagʻishlangan maʼruzalarni tashkil etish, bu ishda maktab rahbarligini qoʻlga olish, ota-onalar faolligini oshirish.
Shubhasiz, bu reja izchillik bilan amalga oshirilsa, iqtisodiy tarbiya ishlari maktabda va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar shaxsning inson sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻladi. Boʻlajak fuqarolarda iqtisodiy tarbiyani shakllantirishlari mumkin. Bugungi kunda taʼlim va tarbiyani istiqlol gʻoyalari asosida yuqori darajaga koʻtarish davrning qatʼiy talabi, jamiyatning ijtimoiy topshirigʻi.
Qadimgi zamonlarda ham, hozir ham xalqimiz oʻz maʼnaviy hayotlarini azaldan turli xil kasb-hunar, halol mehnat va iqtisodiyot bilan bogʻlab kelganlar, oʻz kasblarini yoshlarga yetkazganlar.

Bola oʻsa borgan sari unga berilgan yoki oʻrgatilayotgan kasb-hunar odatlari murakkablashib boradi.


Bular asosan quyidagi 3 bosqichda olib boriladi:
1. Yoshlarga dastlabki koʻnikma va malakalar maktabda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida beriladi;
2. Maxsus mutaxassislik olish uchun iqtisodiyot oliygohida, akademiya va boshqa oliy taʼlim muassasalarida oʻrganiladi;
3. Olingan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalar mutaxassislik asosida ish tajriba joylarda, amaliy ishlarda, malaka oshirish jarayonida mustahkamlanadi;
Maktab litsey va kasb-hunar kollejlarining asosiy maqsadi yoshlarga dastlabki bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Masalan, maktablarda oʻtkaziladigan ishchanlik oʻyinlari "Maktab birja fondi"da turli iqtisodiy bozor sharoitiga oʻtish tushunchalari va ish xususiyatlari ochib beriladi. Maktab mayda davlat sifatida har bir sinf oʻz kompaniyalariga ega boʻlib, unda aksiyalar tashkil etiladi va aksiyanerlik jamiyati tuziladi. Kimning aksiyasi birja fondida koʻp sotilsa yoki sotib olinsa, uning mavqei oshadi, ular orasida turli savdo ishlarini tashkil etish mumkinligini bilib oladilar. Ular oʻz shaxsiy korxonalarini tashkil etish, savdo banki, straxovka kompaniyasi, broker firmasi tuzishi mumkinligini bilib oladilar.
Ota-ona pedagoglar yoshlarga kasb-hunar oʻrgatar ekan, undan keladigan daromad oʻz oʻrnida boʻlishi va tejamkorlik bilan sarflanishini tushuntirish lozim.
Bugungi kunda har bir yosh, kasb-hunar oʻrganib, halol mehnat qilar ekan, bu hunar orqali oʻz hayotiy ehtiyojlarini qondirishi, iqtisodiyotni mustahkamlash haqida oʻylashi kerak.
Bolalarni mehnat faoliyatidan toʻgʻri yechim topishga oʻrgatish maʼlum ketma-ketlikda harakatlanuvchi mehnat darslarida amalga oshiriladi. Oʻquvchilarga mehnat mohiyati tushuntiriladi, yaqqol misollar keltiriladi.
Inson nafaqat mehnat orqali hayotda oʻzining istagan maqsadiga erishishi mumkin.
Bizning davrimizda mehnat -iqtisodiy tarbiyada muhim boʻgʻin, u oila va maktabda faxriy joy egallagan, oʻquv-tarbiyaviy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Shuning uchun mehnat boshlangʻich sinf oʻquvchilarini iqtisodiy tarbiyalashda quyidagi qator vazifalarni bajaradi:
-jamiyatda, jamoa va hayotda shaxs mavqeini oshiradi;
- faol mehnat orqali koʻzlangan maqsadga erishishni tushunib yetishga yordam beradi;
- kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar faoliyatida oʻz-oʻzini anglashni rivojlantirishni faollashtiradi.
Mehnat jarayonida iqtisodiy tarbiyalashning maqbuli shaxsiy iroda sifati turli usullarda jadal rivojlanishi marosimida amalga oshiriladi.
Mehnatga oʻrgatishda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining iqtisodiy tarbiyasi quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:
1. Bolalarni oilada tarbiyalash sharoitini oʻrganish urf-odatlarga kiritilgan milliy oʻziga xosliklarini hisobga olish.
2. Turli usullarni qoʻllash orqali bolalar oʻzlarining ijodiy ishlari samaradorligini oshirish.
3. Bu yoki u buyumni tayyorlashga kiritilayotganda oʻquvchi uning vazifasi, material, sarf-xarajat meyorini bilishi lozim. Oʻquvchi tomonidan tayyorlangan buyum vazifasi boʻyicha ishlatilishi kerak.
4. Oʻquvchilarni qishloq xoʻjaligi mahsuloti bilan nafaqat oʻquvchini, balki tarbiyalovchini ham tanishtirish lozim.
5. Oʻqishning uchinchi yilida oʻquvchilarga shunday ishlarni taklif qilish kerakki, u yerda ular oldin egallagan iqtisodiy bilimi, amaliy koʻnikma va malakalar bilan birgalikda qoʻllay olishlari mumkin boʻlsin.
6. Maktabning vazifasi iqtisodiy tarbiyalash, ularni ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan tanishtirish, jamoa va shirkat xoʻjaligiga, zavod va fabrikalariga firma va korxonalarga doimo sayohatlar uyushtirish.
7. Oʻquvchilarni doimo qishloq xoʻjaligi fani yangiliklaridan xabardor qilib turish, ularda dunyoqarashini shakllantirish kerak.

Mehnat taʼlimi oʻqituvchilari, kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni tarbiyalashda koʻnikma va malakalarga ega.


Oʻqituvchilar mehnat darslarida turli xildagi narsalarni yasashga oʻrgatishdan oldin oʻquvchilarni ish rejasi bilan, uning samarasi bilan, sarf-xarajati va foydasi bilan tanishtiradilar.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar fikrlashining aniqligi hisobga olib, mazkur tanishtiruv koʻrgazmasi amalga oshiriladi. Maktabda oʻqitish jarayonida bunday turdagi bilimlarning shakllanishi mehnat tartibi, unga rioya qilish shartlari haqidagi tushunchalarni oʻzlashtirishga yordam beradi.
Maktab va oilaning asosiy vazifasi bola hayotidagi mehnat koʻnikma va malakalarini, mahoratini toʻgʻri yoʻlga boshlash hamda ishlab chiqarishdagi psixologik-pedagogik tomonlarni hisobga olgan holda bola bilan munosabatda boʻlishni talab etadi.
Faqatgina oila maktab bilan uzviy bogʻliq holda mehnatsevar, maʼnaviy sogʻlom bolalarni tarbiyalay oladi. Shuning uchun oʻqitish va tarbiyalash natijalari birinchi navbatda oila qay darajada maktab bilan hamkorlik qilishga va oʻquvchini uyda dars tayyorlashi uchun kerakli sharoitlar yaratilishiga bogʻliqdir. Ayniqsa, tarbiyaviy soatlarda oʻtkaziladigan tarbiyaviy suhbat katta ahamiyatga ega.
Ota-onalar shuni tushunishlari kerakki, bola tarbiyasi uning hali hayotga kelmasdanoq shakllanishi va uning uchun zamin yaratishi kerak. Shoir, dramaturg va oʻqituvchi H.H. Niyoziy ota-onalar diqqatini bolalarning kichik yoshligidayoq maʼnaviy sifatlarini tarbiyalashga jalb qilishni tavsiya qiladi. U oʻzining "Bola tarbiyasi uchun jazo" sheʼrida ota-ona aybi bilan bola hayotining mayib boʻlishini aytib oʻtgan. Bir yigit oʻgʻirlik qilgani uchun oʻlim jazosiga buyuriladi. Yigitni jallod oldiga olib kelib, oxirgi soʻzingni va niyatingni gapir deydilar. Bola onasini chaqirtirishini soʻraydi. Onasi kelganda "Onajon menga tilingni koʻrsat, men oʻlmim oldidan uni bir oʻpay"- deydi. Onasi uning iltimosini bajarganda bola jahl bilan onaning tilini qattiq tishlab uzib yuboradi. Ona xushsiz yiqiladi. Shoh bu ishning boisi nimada deb soʻraganida bola javob beribdi.
"Shohim, men kichkinaligimda oʻgʻirlikka oʻrgandim, har bir oʻgʻirligimdan soʻng onam mening epchil harakatlarimdan gʻururlanardilar hamda men oʻgʻirlagan hamma narsalarni uyga keltirardim va onam menga rahmat aytardi, hech qachon qaytarmasdi.
Endi boʻlsa, buning uchun hamma oldida u javob berishi kerak ",-deydi.
H.H. Niyoziy ota-onalarni bola tarbiyasiga chiqarar ekan: "ota-onalarga koʻp narsa bogʻliq boʻlib, bolamiz qanday boʻlishi, qanday oʻsishi bizga bogʻliq" deydi.
Bolaning topgan narsalari hamisha halol va sof mehnati tufayligina keltirilishi lozimligi, iqtisod haqiqiy, mustahkam boʻlishi mumkinligi tushuntiriladi.
Biz oʻquvchilarga mehnatga chin dildan yondashinglar deb gapirish bilan birga, oʻz misollarimiz bilan ota-onalar, naʼmunali mehnat vakillari bilan oʻzaro munosabatlarni tarbiyalashimiz kerak.
Agar bola oʻz ota-onasining yengil-yelpi pul topishini sezsa, halol mehnatni ikkinchi darajali deb bilsa bizning chin vijdon, halol mehnat haqida gapirgan barcha soʻzlarimiz befoyda boʻladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun katta yoshdagi odamlarning oʻzaro munosabati, qilayotgan ishlari muhim ahamiyatga ega.
Qadim zamonda bir meshkop boʻlgan ekan. U har kuni oʻz meshkobida suv olib kelib, bozorda sotar ekan. Shu asosda non uchun pul topib, kun kechirar ekan. Kunlarning birida bir bola meshkobchining meshini mix bilan teshib, qochib qolibdi. U bola orqasidan quvib, uyigacha boribdi va uni soʻka boshlabdi. Shovqindan bolaning ota-onasi chiqib, bu janjal sababini soʻrabdi. Meshkobchi boʻlgan voqeani aytib beribdi. Shunda bolaning otasi meshkobchiga yalinib, uning shovqin koʻtarmasligini iltimos qilib, meshkobning yangisini sotib olish uchun pul beribdi. Meshkobchi shunday yaxshi ota-onaning tarbiyasiz bolasidan ranjibdi, orqasiga qaytib ketibdi.

Suv tashuvchi ketganidan soʻng bolaning otasi xotini bilan maslahatlashib debdi: " Ey xotin, menga ayt, sen va men bola tarbiyasida qanday xatoga yoʻl qoʻydik? Nima uchun u bunday ish tutdi?" Shunda xotini bir voqeani aytib berdi. Men hali homilador paytimda bozorga borib koʻzim qip-qizil anorga tushdi. Anor suvini shunday ichgim keldiki, oʻzimni zoʻrgʻa tutib oldim. Qarasam, hamyonim uyda qolgan ekan, shunda toʻgʻnogʻichimni anorga qadab oldim va egasidan soʻramasdan undan chiqqan suvni ichdim. Menimcha, qilgan xatoyim shu boʻlsa kerak deydi.


Agar ota-ona bola oldida bir xato qilsa, bola undan oʻn marta ortiq qilib, bu xatoni tak
Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling