Invertorlar. Avtonom invertorlar (Manba bilan bog‘langan) invertorlar Tayanch so’zlar


Download 78.12 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi78.12 Kb.
#1262911
  1   2
Bog'liq
6 маъруза


Invertorlar. Avtonom invertorlar (Manba bilan bog‘langan) invertorlar
Tayanch so’zlar
Elektr apparatlari, kommutatsiya, elektr kontakti, rele, induksiya, elektromagnit induksiya, elektromdinamik kuch, salt, qisqa tutashuv ish rejimi, elektr yoyi, termoelektron emmissiya, pnevmatik mexanizmlar, kontaktor, yoy so`ndirish kamerasi, elektromagnit rele, himoya elementlari, Differentsial rele bloki, issiqlik va vaqt relesi

Ma’lumki, boshqaruvchi to’g’rilagichning asosiy afzalliklaridan biri – uni inverslovchi rejimga o’tkazish imkonining mavjudligidir. Invertorlar o’zgarmasdan energiyasini o’zgaruvchan tok energiyasiga o’zgartirib beradi. Agar bu o’zgartirish energiyani tarmoqqa berish bilan amalga oshirilsa, bunday invertorlar bog’liq yoki tarmoq manbaiga bog’langan deb ataladi. O’zgaruvchan tok elektr tortish qurilmalarida bir fazali bog’liq invertorlar qo’llaniladi. Sanoat elektr yuritmalarida ham bir fazali ham uch fazali bog’liq invertorlar ishlatiladi.


Inverslash elektrlashgan temir yo’l transportida, metropolitan va shahar transportida asosan rekuperativ tormozlash uchun qo’llanadi.
Temir yo’l elektr harakat tarkibida dvigatelning generator rejimiga, to’g’rilagichning invertar rejimiga o’tishi tufayli harakatlanuvchi poyezd vaznining mehnik energiyasi elektr energiya ko’rinishida tortuvchi tarmoqqa qaytariladi. Shunday qilib, poyezdning to’xtash jarayoni bilan bir vaqtda bu energiya shu zonada bo’lgan boshqa elektrovozni tortish uchun berilishi mumkin.Bir fazali invertorning kuch qismi va boshqarish sxemasi boshqariluvchi to’g’rilagichning ana shunday sxemasiga o’xshash, shuning uchun boshqariluvchi to’g’rilagichni inverslovchi rejimga o’tkazish qiyin emas.
Boshqariluvchi to’g’rilagich inverslovchi rejimga o’tishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
1) To’g’rilagich yuklamasi sifatida E.Yu.K. (akkumlyator yoki generator rejimida ishlovchi o’zgarmas tok dvigateli) mavjudligi;
2) Tok yo’nalishi elektr mashinaning E.Yu.K. qarama – qarshi yo’nalishiga mos kelishi kerak;
3) Tok yo’nlishi va transformatorning ventilli chulg’midagi E.Yu.K. yo’nalishlari qarama – qarshi bo’lishi kerak;
4)Transformatorlarning boshqarish burchagi 900 el. dan kata bo’lishi kerak;
5) Yuklamada uzluksiz tok bo’lishi rejimi yuklama zanjiriga katta qiymatli induktivlik ulangan holda ta’minlanadi.
Sxema inverslovchi rejimda ishlashi uchun teskari E.Yu.K. Ed kb dvigatel manba vazifasini, transformator – energiya iste’molchisi vazifasini bajarishi kerak. Ma’lumki, manbada E.Yu.K. vat ok yo’nalishlari mos tushadi, iste’molchida ular qarama – qarshi tomonga yo’nalgan. Bunday rejimni ta’minlash uchun transformatorlarni vaqtlarda ulash kerakki, bunda teskari E.Yu.K. Ed ning musbat yo’nalishida transformator ikkilamchi chulg’ami kuchlanishi manfiy bo’lishi kerak. Elektrvozda elektr mashina E.Yu.K. sining ventillarga nisbatan musbat yo’nalishi uyg’otish chulg’amini ta’minlash qutbini o’zgartirish orqali ta’minlanadi. Ikkilamchi chulg’am E.Yu.K. ning qarama-qarshi yo’nalishini tanlash boshqarish tizimi yordamida boshqaruv burchagi oralig’ida ta’minlanadi.
23.4-rasmda o’zgaruvchan tok elektr harakat tarkibida qo’llanuvchi manbaga bog’liq invertorning bir fazali ko’prik sxemasi ko’rsatilgan. Sxemaning ishlashini quyidagi shartlarda ko’rib chiqamiz: transformator va ventillar ideal (XT=0; Rd.to’g’=0) va elektr mashinaga ketma- ket ulangan reaktor induktiv qarshiligi zanjirning barcha aktiv qarshiligiga nisbatan yetarli darajada katta qiymatga ega (Xd →∞).
Tiristorlar VSI va VSU ning ochiq holatlari vaqtida tok generator (Ed E.Yu.K. li generator) ning musbat qutbidan quyidagi zanjir bo’yicha oqadi:+Ed,VSU, Transformator chulg’ami chiqishi X, chulg’ami boshi a, tiristor VSI, induktivlik Xd, manba Ed ning manfiy qutbi. Tok id yo’nlishi E.Yu.K. (bu manba) yo’nlishi bilan mos keladi, transformator chulg’amida tok va kuchlanish yo’nalishlari qarama-qarshi bo’ladi (energiya iste’molchi).
Vaqrning navbatdagi onida boshqaruv tizimi (BT) tiristorlar VS2 va VS3 larni ochadi va transformatorlar VS1 va VS4 yopiladi. Tok manba Ed bo’yicha ilgargi yo’nalishda, transformator chulg’ami bo’yicha teskari yo’nalishda oqadi. Transformator ikkilamchi chulg’ami E.Yu.K. yo’nalishi os xolda teskariga o’zgaradi.
23.4,b - rasmda bir fazali ko’prik sxemali invertorning tok va kuchlanishlari vaqt diagrammalari transformator ideal va yuklama zanjiridagi induktivlik cheksiz katta bo’lgan hol uchun tasvirlngan.
Induktivlik Ld orqali 0 dan T vaqt oralig’ida tok o’tganda E.Yu.K. Ed ning e2 ning oniy qiymatidan katta va induktivlikda energiya yig’ila boshlaydi.

a)

b)
23.4-rasm. Manba bilan bog‘langan invertorning
bir fazali ko’prik sxemasi (a) va uning ish rejimi (b)1

Transformator ikkilamchi chulg’ami E.Yu.K. si e2 amplitudasi bo’yicha Ed dan katta bo’lganda, transformator yopilmaydi, chunki bu holda Xd dagi zahira energiya sarf bo’ladi.


Vaqtning bu oralig’ida Xd da yuzaga keluvchi o’zinduksiya E.Yu.K. si yo’nalishi bo’yicha Ed bilan mos tushadi va ikkilamchi chulg’am E.Yu.K. si e2 dan ayriladi.
Boshqaruvchi impulslar tiristorlar VS2 va VS3 ni dan oldin invertorning zahira burchagi δ ga teng bo’lgan burchak – invertorning ilgarilash burchagi β ga teng bo’lgnda ochishi kerak. Zahira burchagi, ma’lumki, sxemada qo’llanilgan tristor turiga va invertar tokiga bog’liq. Bu vaqt davomida yopilayotgan tristorlar VS1 va VS4 o’zlarining berkitish xususiyatlarini tiklab ulgurishlari kerak. Agar tristorlar VS2 va VS3 ulanish onlarida VS1 va VS4 tristorlardagi asosiy zaryad tashuvchilarning rekombinatsiya jarayoni tugallanmasa, halokatli rejim yuzaga keladi.
Salt ishlash rejimida inverslanuvchi kuchlanishning o’rtacha qiymatini to’g’rilashning bir fazali ko’prik sxemasiga o’xshash holda quyidagicha yozish mumkin.
Invertor kuchlanishining o‘rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda Uno 0,9U2 0 bo‘lgandagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati.
 ni  orqali ifodalasak:

Download 78.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling