Investitsiya qarorlarini qabul qilishda kapital qiymatini baholash


Download 21.23 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi21.23 Kb.
#1026699
Bog'liq
Olimbekov O 18-mavzu savol javob


18-variant



  1. Investitsiya qarorlarini qabul qilishda kapital qiymatini baholash.

  2. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning parallel va ketma-ketlik usullari.

  3. Kredit ta’minoti turlari va ular orasidan eng maqbulini tanlash.

Javoblar:


1/ Har bir korxona o‘z taraqqiyoti uchun va joriy rejalarini amalga oshirish faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘ manbalariga ehtiyoj sezadi. Kapital, korxona ihtiyoridagi aktiv mablag‘lar manbasidir. Ularni qisqa va uzoq muddati aktivlarga bo‘lish mumkin. Moliyalashtirishning u yoki bu manbasini jalb qilish kapitalning ma’lum xarajatlari bilan bog‘liq: aksionerlar uchun dividendlar, banklardan olgan ssudalari uchun, investorlar qilingan investitsiyalari uchun foizlardir. Ma’lum hajmdagi moliyaviy resurslarni qo‘llaganligi uchun to‘lash kerak bo‘lgan mablag‘larni umumiy summasi foizda umumiy hajmga nisbatan yaratilgan boylikning kapital bahosi deyiladi. Qoida bo‘yicha joriy aktivlar qisqa muddatli, uzoq muddatda foydalanishi esa uzoq muddatli mablag‘lar manbasi hisobiga moliyalashtiriladi. Buning natijasida sarf qilinishiga ketadigan xarajatlar umumiy summasi shakllanadi.


Kapital bahosi konsepsiyasi kapital nazariyasida asosiy konsepsiyalardan biridir. U investitsiya qilingan kapitalning rentabellik darajasini xarakterlaydi. Rentabellik darajasi, korxonaning bozor qiymatining kamayib ketmasligi uchun ta’minlanib turishi kerak.
Kapital bahosi aniqlash, bu birinchidan, tijorat tashkilotining uzoq muddatli holatini xarakterlaydi, ya’ni kompaniyaning o‘z kapital bahosi uning potensial investorlar tomonidan mablag‘ jalb qilinishi darajasini ko‘rsatadi; ba’zi bir qarz mablag‘larining bahosi kapitalining uzoq muddatli kapital jalb qilish imkoniyatini ko‘rsatadi. (bu narsa tushunarli hol, masalan, “obligatsion qarz” manbasining summasi turli firmalar uchun turlichadir, chunki bu tabiiyki, daromadlilik va foydaga ta’sir ko‘rsatadi). Ikkinchidan, firma kapitalining o‘rtacha tortilgan bahosi kapital mablag‘lar byudjetini tuzishda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Keltirib o‘tilgan mablag‘lar manbasining bahosi turlichadir, shuning uchun tijorat tashkilotining kapital bahosi o‘rtacha arifmetik tortilgan formula asosida topiladi. Ko‘rsatkichlar yillik ma’lumotlar bo‘yicha foizlar ko‘rinishida hisoblanadi. Hisob-kitoblarda asosiy qiyinchilik konkret mablag‘lar manbaidan olingan kapital bahosi birligini hisoblashda yuzaga keladi.
2/ Loyihaviy moliyalashtirishni jahon amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan holda moliyalashtirish tartibiga (Arxitekturasi bo‘yicha) qarab ikki turga bo‘lish mumkin:
- parallel moliyalashtirish;
- ketma-ketlik moliyalashtirish.
Birinchi tur moliyalashtirish, odatda, hamkorlikdagi moliyalashtirish, deb ham ataladi, ya’ni bir nechta kredit muassasalari investitsiya loyihasining amaliyotga tatbiqi uchun qarz mablag‘larini ajratadi. Bu bir tomondan banklarga beradigan kredit summalarining me’yoriy chegarasiga rioya qilishiga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan o‘z kredit risklarini kamaytiradi. Amaliyotda hamkorlikdagi moliyalashtirishning ikki shakli qo‘llaniladi:
Mustaqil parallel moliyalashtirish, ya’ni har bir bank qarzdor bilan kredit shartnomasini tuzadi va investitsiya loyihasining o‘ziga tegishli qismini moliyalashtiradi.
Hamkorlikdagi moliyalashtirish, ya’ni kreditorlar yagona sindikat (konsorsium)ga birlashadi; yagona kredit shartnomasi tuziladi; sindikat (konsorsium)ni shakllantirishni, kredit shartnomasini imzolashni menedjer - bank amalga oshiradi; kelgusida kredit shartnomasining amalga oshirilishi ustidan nazorat va zarur hisob kitob operatsiyalarini sindikat (konsorsium) tarkibiga kiruvchi maxsus agent-bank amalga oshiradi va buning evaziga komission haq oladi.
Bugungi kunda loyihaviy moliyalashtirishning ikkinchi turi keng tarqalgandir. Loyihaviy moliyalashtirishning bosqichma-bosqich moliyalashtirish turi yirik nufuzli bankning ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday nufuzli birinchi toifali tijorat banklari investitsiiya loyihalarini ekspertizasi bo‘yicha tajribali mutaxasislarning mavjudligi, kreditlash imkoniyatining yuqoriligi sababli loyihalarni kreditlash uchun katta miqdorda arizalar olishadi. Lekin bu yirik tijorat banklari har doim ham barcha loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi yoki bu holat ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Shuning uchun ham ko‘p hollarda bunday banklar loyihalarni kreditlash jarayonining tashabbuskori vazifasini bajaradi. Korxonaga qarz berilgandan so‘ng tashabbuskor - bank konsessiya shartnomasi bo‘yicha qarzdorga nisbatan o‘z talablarini boshqa kreditorga uzatadi. Investitsiya loyihasini baholagani, kredit shartnomasini ishlab chiqqani va qarz bergani uchun tashabbuskor - bank kommission haq oladi. Bu qayd qilingan loyihaviy moliyalashtirish turlarida asosiy rol tashabbuskor - bank sifatida ishtirok etuvchi yirik tijorat banki va halqaro moliyaviy institutlar zimmasiga to‘g‘ri keladi.
3/ Olingan kreditni qaytaraolmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarini taqdim etish huquqiga ega:

  • mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;

  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;

  • uchinchi shaxsning kafilligi;

  • sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytaraolmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

Yirik investitsion loyihani moliyalashtirish maqsadida xorijiy bank yoki boshqa moliyaviy institutlar ishtirokida sinditsiyalashtirilayotgan kredit amalga oshirilayotgan bo‘lsa, kreditni qaytarish majburiyatini ta’minoti sifatida hukumat kafolati taqdim etilishi mumkin.
Ta’minot turlaridan biri kreditni qaytarish ta’minoti sifatida ishtirokchi banklar talab qilayotgan summani qoplash uchun etishmasa, qarz oluvchi etakchi bank roziligi bilan uning etishmayotgan qismini qoplash uchun qo‘shimcha ravishda yuqorida sanab o‘tilgan ta’minot turlarining biri yoki bir nechtasini bir-birini to‘ldirishi asosida taqdim etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatli qog‘ozlar (ishtirokchi banklar emitent bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardan tashqari) va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin. Bunda garov shartnomasi bir tomondan qarz oluvchi va ikkinchi tomondan ishtirokchi banklar tomonidan imzolanadigan shaklda tuziladi. Kafolat Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq kafolat beruvchining etakchi va ishtirokchi banklar oldidagi yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi. YOzma majburiyat etakchi bankda saqlanadi. Kafillik Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq, etakchi va ishtirokchi banklar-benifitsiarlar foydasiga kafil, etakchi, ishtirokchi banklar va qarz oluvchi tomonidan imzolanadigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Download 21.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling