Ipakchilik va tutchilik o'krkuston


Download 10.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana22.12.2019
Hajmi10.47 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

IPAKCHILIK VA 
TUTCHILIK

O'KRKUSTON 
r e s p u b l ik a s i
 
o l iy
 
v a
  o ‘RTA 
m a x s u s
TA’LIM  VAZIRLIGI 
0 ‘ZBEKISTON  DAVLAT AGRAR  UNIVERSITETI
IPAKCHILIK  УА 
TUTCHILIK
D arslik
ChoHpon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi 
Toshkent  — 2018

UDK  638.2+634.36(075) 
BBK  46.92ya7 
170
Mualiflar.
Ch.I. BEKKAMOV,  U.T. DANIYAROV,
N.K. ABDIKAYUMOVA,  N.O. RAJABOV
M as’ul  muharrir:
Сk.A.  Rahimova
Taqrizchilar:
O.R.Quchchiyev  —  ToshDAlJ « Vmumiy  zootexnika»  kafedrasi  dotsenti;
VK.Raxmonberdiyev  —  ToshDAU «lpakchilik  va  tutchilik»  kafedrasi  katta
о ‘qituvchisi,  q.x.f.n.
Bekkamov,  Ch.I.
1 70 
lpakchilik va tutchilik [Matn] darslik/Ch. Bekkamov [va boshq.] 
Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi.  —  Т.:  Cho‘lpon  nomidagi 
NMIU,  2018  -   252 b.
ISBN 978-9943-5380-2-3
Mazkur  darslikda  mam lakatim iz  qishloq  x o ‘jaligi  tarmog'ida 
ipakchilik  va  tutchilikning  tutgan  o ‘rni,  ahamiyati,  tarixi,  rivojlantmsh 
istiqbollari,  ipak  qurti  biologiyasi,  urug‘ni  jonlantirish,  ipak  qurti 
ekologiyasi,  ipak  qurtini  boqish  agrotexnikasi,  pillalami  tayyorlash  va 
ularga  dastlabki  ishlov  berish,  ipak  qurti  seleksiyasi  va  urug‘chiligi, 
ipak  qurti  kasalliklari  hamda  zararkunandalari  va  ularga  qarshi  kurash 
choralari,  tut  daraxti  tarixi  to‘g‘risida  umumiy  ma’lumot  va  madaniy- 
lashtirish  tartibi,  tut  daraxtining  sistematikasi  va  tuzilishi,  tut  daraxti 
urug‘chiligi  va  seleksiyasi,  uni  ko‘paytirish  usullari,  oziqa  beruvchi 
tutzorlar  tashkil  qilish,  tut  bargidan  foydalanish  va  hosilini  aniqlash, 
tut  kasalliklari  va  zararkunandalari  haqida  m a’lumotlar  beriJgan.
Darslik ipakchilik va tutchilik yo'nalishida va mutaxassisligida ta’lim 
olayotgan  bakalavrlar,  magistrlar,  tayanch  doktorantlar,  mustaqil  iliniy 
izlanuvchi  xodimlar  va  yetakchi  mutaxassislar  foydalanishiga  m o‘l- 
jallangan.
UDK  638.2+634.36(075)
BBK  46.92ya7
©  Ch.I.  Bekkamov  va  boshq.,  2018 
ISBN 978-9943-5380-2-3 
й .' ^ о Ч  Ц   @ j^ho‘lpon  nomidagi  N M IU ,  2018

KIRISH.  IPAKCHILIKNING  XALQ  XO‘JALIGIDAGI 
AHAMIYATI  VA  OZIQA  BAZASINI  RIVOJLANTIRISH
Tayanch  iboralar:  ipakchilik,  tabiiy  ipak,  pilla,  ipak  xomashyosi,  gazlama,
ipak qurtining turlari,  ingichka  tola,  tut daraxti,  tut bargi.
Pillachilik  qishloq xo'jaligining  yetakchi tarmoqlaridan  biri  — 
paxtachilik  bilan  juda  uyg‘unlashib  ketgan.  Tut  daraxtlari  ipak 
qurti  uchun  oziqa  manbayi  b o lish i  bilan  birga,  paxtazorlami, 
g ‘o ‘zalami  garmsel  va boshqa  ta’sirlardan  himoyalaydi,  sug‘orish 
kanallarining  qirg‘oqlarini  mustahkamlaydi.
Qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘ida  fermer  xo ‘jaliklarini  ko'paytirish 
ipakchilikni  yanada  rivojlantirish  imkoniyatini  tug‘diradi.
Keyingi  yillarda  respublikamizda  pillachilik  sohasi  bo‘yicha 
kadrlar  tayyorlash  masalasiga  ham  katta  e ’tibor  berilmoqda. 
Toshkent  Davlat  agrar  universitetida  ipakchilik  fakultetida  va 
Respublikamizning qishloq xo‘jalik institutlarining barcha agrono- 
miya,  iqtisod,  buxgalteriya  hisobi  va  fermerchilik  fakultetlarida 
ipakchilik asoslari  fani  o ‘qitilmoqda.
Kadrlar tayyorlash ishining muvaffaqiyati o ‘quv jarayonlarining 
toeg ‘ri tashkil etilishiga va ta’lim berish vaqtida ishlab chiqarishdagi 
ilg‘orlar  tajribalaridan  hamda  ish  usullaridan  keng  foydalanishiga 
ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
2017-yil  24-martda  «Respublika  ipakchilik tarmog'i  korxona- 
larini  yanada  qo‘ 11 ab- quvvatlash  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida» 
0 ‘zbekiston  RespubUkasi  Prezidentining  Farmoyishi  chiqdi.
Bu farmoyishda respublikada pillachilikni yanada rivojlantirish 
choralari  aniq ko‘rsatib  berilgan bo‘lib,  respubhkada pilla va  ipak 
tayyorlash yagona « 0 ‘zbekyengilsanoat» uyushmasiga birlashtirilib, 
uning raisi 0 ‘zbekiston  Respublikasi vaziriga, uning birinchi o‘rin- 
bosari  vazirning  birinchi  o ‘rinbosariga,  rais  o ‘rinbosarlari  vazir 
o £rinbosarlariga  tenglashtirildi.

R e s p u b lik a m iz d a   ip a k c h ilik   y a n a d a   riv o jla n ish ig a   k a tta  
im koniyatlar  yaratiJdi.
Ipakchilik ahamiyati.  P illachiiik  qishloq x o ‘jaligining  m u h im  
ta rm o q la rid a n   biri  b o 'lib ,  t o lq im a ch ilik   san o atin i  x o m ashyo 
b ilan   ta 'm in la y d i.  R esp u blik am iz  xalq  x o ‘jaligi  rivojlangan  va 
ah o lin in g   tu rm u sh   darajasi  y ax shilangan  sari  u n ing  tabiiy  ipak- 
d an   t o ‘q ilg a n   tu r li  k iy im la rg a   b o ‘Ig an   e h tiy o ji  h a m   o rtib  
b o rm o q d a.  T abiiy  ip a k d a n   q im m atli.  p ish iq  gazlam alar to 'q ilib . 
u n d an   aviatsiya,  k o sm o n a v tik a  s a n o a tid a ,  ta b o b a td a ,  ra d io - 
tex n ik a  va boshqa  so h alard a  kcng  foy dalaniladi.  S huning  u ch u n  
respublikam izda  ipakchilikni  yanada  rivojlantirishga k atta e ’tib o r 
b erilm oqda.
Ipakchilik tarixi,  H ozirgi zam on ipakchiligining vatani  Janubi- 
Sharqiy  Osiyodir.  Ipak qurtining bir necha  turlaridan  ipak  olinadi. 
Bu  tu rlard an   xonakilashtirilgani  —  tut  ipak  qurti  faqat  tu t  bargi 
bilan  oziqlanadi  va  uzunligi  1000-1 5 00   rn  dan  orliq  ingichka 
toladan  iborat  piila  o'raydi.  Yuqori  sifatli  va  rang-barang  shoyi 
m ato lar  dunyoda,  ayniqsa,  Sharqda  qadirn  zam onlardan  m ash- 
hurdir.  Buyuk  A m ir  T em u r  hokim lik  qilgan  davida  davlatning 
butun  hududida,  ayniqsa,  M arkaziy  O siyoda  «Buyuk  Ipak  yo'li» 
b o ‘ylab  joylashgan  S am arqand,  Shahrisabz,  Buxoro,  T urkiston 
shaharlari  va  F arg‘ona  vodiysida  pillakashlik,  ipakchilik  va  shoyi 
m atolar  to ‘qish  san’atining  rivojlanib,  kiyim -bosh  uchun  ipakka 
zar  va  kum ush  iplar  aralashtirib  to ‘qilgan  shoyi  gazlam alar  paydo 
b o ‘lgan.  Bunday kiyim lar «Buyuk Ipak yo‘li»  orqali  Yevropa m am - 
lakatlariga  tarqalgan.
X itoyda  eram izdan  qariyib  3000  yil  ilgariroq  tabiiy  ipak  tay­
yorlash  bilan  shug‘ullanilgan.  0 ‘rta  Osiyoga  ipakchilik  IV  asrda 
kirib  kelgan.  A m m o,  keyingi  yillardagi  tekshirishlarga  qaraganda, 
M o v aro u n n ah rd a  ipakchilik  ju d a   q ad im d an   (eram izdan  oldin) 
m avjud  b o ‘lganligi  tasdiqlanm oqda.
XX asm ing boshlarida Y aponiya xom  ipak tayyorlashda du n y o ­
da  birinchi  o ‘rin ni  egalladi  va  ikkinchi  ja h o n   urushi  boshlanishi 
o ld id an   360—375  m ing  to n n a   xom   pilla  tayyorlashga  erishdi. 
Ipakchilik deganda pilla yetishtirish  uchun zarur b o ‘lgan m urakkab 
ja ra y o n la r  m ajm uasi  tu sh u n ilib ,  tu tz o rla r  b arp o   q ilish ,  q u rt

u ru g 'in i  ochirish  (urug‘n i  jo n ian tirish ),  qurt  boqish;  naslchilik 
ishiari;  qurt  urug‘ini tayyorlash  (qurt  urug‘ini yetishtirish);  pillaga 
dastlabki  ishlov  berish  (g'um bakni  o'ldirisn  va  pillani  quritish); 
ipak  qurti  kasalliklari,  zararkunandalari  va  ularga  qarshi  kurash 
choralari  ishlab  chiqiladi.
Respublikada  pilla  tayyorlash
T ut  daraxtlari  ipak  qurti  uchun  oziqa  m anbayi  b o ‘lish  bilan 
birga,  paxtazorlarni,  g ‘o ‘zalarn i  garm sel  va  boshqa  ta ’sirlardan 
him oyalaydi,  sug‘orish kanallarining qirg‘oqlarini  m ustahkam laydi. 
Q ish lo q  xo‘jaligi  ta rm o g 'id a   fe rm e r  x o ‘ja lik larin i  k o ‘paytirish 
ipakchilikni  yanada  rivojlantirish im koniyatini  tug'diradi.  Keying! 
yillarda  respublikam izda  pillachilik  sohasi  b o ‘yicha  kadrlar  ta y ­
yorlash  masalasiga  ham   katta  e ’tibor  berilm oqda.
Toshkent  Davlat agrar universitetida va A ndijon qishloq xo‘jalik 
institutida ipakchilik fakultetlari, shuningdek,  bu  oliy dargohlam ing 
b a rc h a   a g ro n o m iy a   va  iq tis o d   h a m d a   b u x g a lte riy a   h iso b i 
fakultetlarida  ipakchilik  asoslari  fani  o ‘qitilm oqda.
K adrlar tayyorlash ishining muvaffaqiyati o ‘quv jarayonlarining 
to 'g ’ri taslikil etilishiga va ta ’lim  berish vaqtida ishlab chiqarishdagi 
ilg‘or  tajribalardan  h am d a  ish  usullaridan  kcng  foydalanilishiga 
k o ‘p jih atd an   bog‘liqdir.
Respublikada  ipakchilikni  rivojlantirish  chora-tadbirlari.
P illach ilik   ta rm o g ‘inin g  eng  dolzarb  m u a m m o si  y u q o ri  navli 
raqobatbardosh  pilla  h am da  ipak  tolasi  ishlab  chiqarishni  v o ‘lga 
q o ‘yishdir.
Sohadagi  ushbu  m u am m o n i b arta raf etish  m aqsadida  V azirlar 
IVlahkamasining  2 0 12-yil  3-yanvardagi  01-03-26-1  sonli  «F erm er 
xo jaliklarida  3 gektar va undan ortiq tu tzorlar tashkil etib,  ularning 
yo n id a  15  qutiga  m o ‘ljallangan  q u rtxo n alar  qurish  t o ‘g ‘risida» 
h a m d a   2012-yil  12-noyabrdagi  <<«0‘zp axtasano at»   uyushm asi 
tizim idagi  paxta  punktlarida  pilla  yetishtirish  va  aholiga  xizmat 
k o ‘r s a ti s h   s h a x o b c h a l a r in i  ta s h k il  e tis h   c h o r a - t a d b i r l a r i  
to ‘g ‘risida»gi  Q arorlar  qabul  qilindi.
6

U shbu  qaroriarga  asosan,  « 0 ‘zpaxtasanoat»  uyushm asi  tizi- 
midagi  paxia  zavodlari  va  u la rn in g   196  ta  paxta  qabul  qilish 
m askanlarida  50—70  q utidan  ipak  qurti  boqib  pilla  yetishtirishni 
yo‘lga  q o ‘yish  va  qurtxonalar  yonida  intensiv  texnologiyali  tu t- 
zorlar  taslikil  qilish  u c h u n   5  g ek tard an   yer  m ayd on i  ajratish 
b o ‘yicha  tegishli  idoralarga  topshiriqlar  beriladi.  Hozirgi  kunda 
yuqoridagi  topshiriqlar asosida  196 ta paxta qabul  qilish  maskanlari 
ichida yoki  yonida  72x12  sxeinada  70 quti  ipak  qurti  boqish  uchun 
qurtxonalar  qurilib,  tutzorlar  tashkil  qilish  u ch u n   Xitoydan  tut 
k o ‘chatiari  keltirilib  ekildi.

0 ‘ZBEKIST0N  PILLACHILIGIN1NG  TARIXI  VA 
UNING  ASQSCHILARI

Tayanch  iboralar:  ipakchilik,  tabiiy  ipak,  pilla,  ipak  xomashyosi,  gazlama

ipak  qurtining iurlari,  ingichka  tola,  tut  daraxti,  tut bargi.
Miloddan  awalgi  II  asrda  piliachilik  Koreyaga  va  u  yerdan 
esa  IV  asrda  Yaponiyaga,  Eronga  va  0 ‘rta  Osiyoga  ham  o ‘tdi. 
Qaysi  m am lakat  boMmasin,  bu  m avjudotni  o 'z   chegarasidan 
tashqariga olib chiqib ketishlariga qarshi qo‘yi!gan barcha choralarga 
qaramay, piliachilik turli yo'llar bilan sekin-asta boshqa davlatlarga 
ham  tarqala  boshladi.  VI  asrda  Vizantiya  imperatori  Yustinian 
bir  qancha  kishini  ipak  qurti  tuxumini  olib  kelish  uchun  josus 
sifatida Xitoyga jo ‘natadi.  Ikki  darvesh (rohib)  ipak qurti tuxumini 
maxsus  ishlangan  hassa  ichiga  yashirgan  holda  X o 'ta n d a n  
Yunonistonga olib boradi va tezda imperiyaga  ipakchilik larqaladi.
Piliachilik  Turkiyada  ham VI  asrda  rivojlana borganligi  haqida 
m a’lum otlar  bor.  A .M ironovning  (1931)  yozishicha,  VI  asrda 
Farg‘onaga  kelgan  ikki  kishi  o ‘zi  bilan  birga  u  yerdan  ipak  qurti 
urug'i  va  pilla  olib,  Konstantinopolga  ketadi.  U  yerdan  piliachilik 
Janubiy  Ovro‘pa  va  Kichik  Osiyo  mamlakatlariga  tarqaladi.
A.Tixomirov  Yevropada  «serikum»  (ya’ni  «ipak»)  atamasining 
kelib  chiqishini  ham  Xitoy  so ‘z  o ‘zagi  «sir»dan  olingan  deb 
hisoblaydi.  Darvoqe,  inglizcha «seriko» (serikalral) so'zi  «ipakchilik» 
demakdir.  0 ‘z-o'zidan  m a’lumki,  serisiri  (ipakning yelim  moddasi) 
so'zi  ham   o ‘sha  term inlar  bilan  bog'liq.  Ipak  qurti  shu  tariqa 
Yunonistondan  Misrga  va  u  yerdan  arablarga,  VI!  asrga  kelib  esa 
Afrikaning  shimoliy  qirg‘oqlariga  yetib  boradi.  Piliachilik  sekin- 
asta  Yevropa  qit’asiga  ham  o ‘tdi.  Bu  hunar  VII  asrda  Misrdan 
Ispaniyaga,  u  yerdan  X  asrda  Germaniyaga,  X III  asrda  Gretsiya- 
dan  Italiyaga,  XIV asrda  Fransiya,  Shvetsariya,  Belgiya,  XV asrda 
Avstriya,  Vengriya  mamlakatlariga  tarqaladi.  (Trudov,  1942).
XVI  asrga kelib, Amerika qit’asining AQSH,  Braziliya,  Meksika 
mamlakatlariga ham  yetib  borgan.  Lekin  Amerika qit’asida bu  kasb 
faqat  IX  asrlardagina  rivoj  topdi  (Sh.Abduqodirov,  1980).

«G ‘arbiy Yevropaga pillachilikning tarqalishida arablaming katta 
hissasi  bo’lgan»,  —  deb  yozadi  A.Tixomirov.  U!ar  o ‘sha  bosib 
olgan  joylarda  bu  kasbni  tarqatdi.  Yevropa  mamlakatlari  ichida 
pillachilik,  ayniqsa,  Italiyada  yaxshi  rivoj  topdi.  XVIII  asrning 
60-yiIlarida  Italiya  har  yili  40  ming  tonna  atrofida  tirik  pilla 
tayyorlab,  Xitoydan  (140  ming tonna)  keyin  ikkinchi  o'rinni  egal- 
lagan.  A.  Tixomirov:  «Italiyaning  boshqa  mamlakatlardan  olayot- 
gan  kumush  va  tilla  boyliklari  u  ishlab  chiqarayotgan  ipak  sharo- 
fatidandir»,  —  deb  yozadi.
Fransiyada  Genrix  IV davridan  boshlab  pillachilik  davlat  aha- 
miyatiga  molik  ish  deb  qaraldi.  XVIII  asrning  50-yillarida  har yili 
26  ming  tom iadan  pilla  tayyorlangan.
Kavkaz  respublikalari  pillachiligi  tarixi  ham  uzoq  o'tmishga 
ega,  lekin  bunga  oid  m a’lumotlar juda  kam.  Tarixiy  rnanbalardan 
m a'lum   bo‘lishicha,  u  yerga  pillachilik  V  asrda  kirib  keldi.  Faqat 
XIV  asrga  kelib  biroz  rivojlandi.
U  Shirvon,  Gruziya,  Qorabog*  va  Lezgistonda  keng  tarqaldi. 
Shemaxa,  Kavkaz  orti  mamlakatlari  pillachilikning  markazi  edi. 
Shuni  ham   ta ’kidlash  joizki,  pillachilik  Yevropa  va  Amerika 
mamlakatlariga  nisbatan  Osiyo  mamlakatlari  —  Xitoy,  Yaponiva, 
Koreya,  O 'rta  Osiyo,  Afg‘oniston  va  Eron  kabi  mamlakatlarda 
yaxshi  rivoj  topdi.  0 ‘rta  Osiyo pillachiligi to ‘g‘risida  qator afsona, 
rivoyat  va  tarixiy  manbalar  mavjud.  Bir  manbada  bu  yerda  pilla­
chilik  bilan  miloddan  awalgi  II—IV  asrlardayoq  shug'ullanilgan 
deyilsa,  boshqasida  bu  hunar  IV—VI  asrlarda  paydo  bo'lgan  deb 
ko‘rsatiladi.
O 'rta  Osiyoning pillachilik markazi  o ‘tmishda  Farg'ona vodiysi 
hisoblangan.  Buning  isboti  sifatida  u  joylarning  tabiiy  sharoiti 
ipak  qurti  uchun  qulayligi,  tutzorlar  Ь аф о  qilish  uchun  sug'ori- 
ladigan yerlarning  mavjudligi,  xalqning o ‘troq  holda yashashi kabi 
dalillarni  keltirish  kifoyadir.
Tarixiy  rnanbalardan  m a’lum  bo'lishicha,  Xorazm  vohasi  o ‘t- 
m ishda  pillachilik  m arkazlaridan  biri  bo ‘lgan.  G eo graf  olim 
Maqgidiy  (940—985)  u  yerda  X  asrlardayoq  rivojlangan  pillachilik 
hunarm andchiligining  mavjud  bo'lganligini  yozadi.  Geografiya 
lug‘atini tuzgan  m ashhur sayyoh Yoqut  Hamaviy Xorazmda ko‘p-
9

lab  tu t  daraxtlari  o ‘stirilganligi  va pillachilik-ipakchilik  ishlarining 
rivojlanganligi  h aq id a  yozadi.  D em ak,  M arg'ilon,  N am an g an , 
A ndijon,  Q o ‘qon,  X o‘jan d ,  Xiva,  Buxoro,  Sam arqand,  Toshkent, 
C him k en t  shaharlari  va  uning  atrofidagi  viloyatlar  ju d a   qadirn 
zam onlardayoq  piliachilik va  har xil ipakli  m atolar tayyorlash bilan 
m ashhur  b o ‘lgan.
B inobarin,  0 ‘rta  Osiyoda  piliachilik  hunarining  ham   boshqa 
sohalar kabi o ‘z q on un-qoidalari  risolasi  (kasb-hunar ustavi)  b o ‘lar 
edi.  R isolada  o ‘sha  kasbni  yuritish  y o ‘li,  kelib  chiqishi,  dinga 
m unosabati  kabi  m asalalar  yoritilgan.  U   yerda  ham   O 'rta   Osivo- 
ga  piliachilik  hunarining m arkazi  Farg‘o n a vodiysi  bo'lganligi  qayd 
etilgan.
IPAK  QURTIN1NG  ASOSIY  TURLARI  VA  UNI 
RIVOJLANTIRISH  OMILLARI
Tayanch  iboralar:  ipakchilik,  tabiiy  ipak,  pilla,  ipak  xomashyosi,  gazlama, 
ipak qurtining turlari,  yovvoyi ipak qurti,  ipak qurti,  ingichka tola,  tut daraxti, 
tut bargi.
Hozirgi  zam on  kishisining  uzoq  o ‘tm ishdagi  ajdodlari  tabiat 
sirlarini  o char  ekan,  b a ’zi  kapalak  qurtlarining  ingichka,  pishiq, 
yaltiroq  iplardan  pilla  o ‘rayotganligiga  b u n d an   qariyb  6000  yil 
ilgari  aham iyat  bergan  cdi.  Bunday  pilla,  qurt  uch u n   g o'yo  uycha 
b o ‘lib,  u  bu  uy  ichida  dastlab  g'um bakka,  so'ngra  esa  kapalakka 
aylanadi.  K o'pgina  hasharotlar  ham   xuddi  pillaga  o ‘xshash  uycha 
yasaydi,  Iekin  bu  uv chalar  ipdan  em as,  balki  loydan,  barg  va 
boshqa  m ateriallardan  yasaladi.  Ipak  qurtlari  pillani  o ‘zlari  ishlab 
chiqaradigan  ipak  tolasidan  o ‘rashi  bilan  boshqa  qu rtlardan  farq 
qiladi.
Dastlab qadimgi  tadqiqotchilar pillaning  ipakli qobig‘ini  teshib, 
un d an   paxta  olish,  uni  tirikchilik  ishlarida  ishlatish  m um kin,  deb 
o ‘y lag an  b o 'ls a la r  k crak.  Lekin  q u ru q   p ilian i  te sh ish   qiyin 
b o 'lg an id an   ular  pillani  oldin  ivitib,  so 'n g ra  suvda  qaynatgan, 
sh u n d an   keyingina  pilladan  an ch a  m iqdorda  ipak  paxta  olish. 
un d an   ipyigirish,  ipdan  gazlam a to ‘qish  m um kin  b o ig a n .  Bunday
10

gazlam a  ju d a   pishiq  ham da  chiroyli  bo'lgan.  H ozir  ham   b a ’zi 
yovvoyi  ipak  qurtlarning,  shuningdek,  tut  ipak  qurtining  pillalari 
qaynatilib,  ulardan avval xom   ipak,  so ‘ngra eshilib,  ip hosil  qilinadi. 
Bu  ipdan  esa  gazlarnalar  to ‘qiladi.
Hozirgi zarnon  ipakchiligining V atani Janubi-S harqiy Osiyodir, 
Piliadan  ipak  sug‘urish  usuli  topilm asdan  oldinroq,  X itovda  ipak 
qurtlarini  boqish  va  bu  qu rtlar  ozig'i  —  tu t  daraxtlari  o'stirish 
rasm bo'lgan edi.  Xitoy rivoyatlariga qaraganda,  bizning eram izdan, 
taxm inan  2700  yil  ilgari  piliadan  ipak  chuvish  usuli  kashf etilgan. 
Pilla  uzluksiz  bitta  uzun  ipak  toladan  iborat;  piilani  qaynoq  suvda 
ivilib,  u n d an   h a m   xuddi  g ‘alta k d a n   ipni  ch u valib  (su g 'u rib ) 
olganday ip olishim iz m um kin b o ‘ladi.  T o ‘g‘ri,  bunda bitta  piliadan 
chuviladigan  ip .juda  ingichka  b o 'lad i.  lekin  ipak to n ish  jarayonida 
bir  n echta  pillaning  ipi  qo'shib  chuvilsa,  gazlam a  to ‘qish  uchun 
yetarli darajada pishiq ip hosil  bo'ladi.  Bunday ipning ipak paxtadan 
yigirilgan  ipga  qaraganda  pishiq  va  ingichka  bo'lishi  aniqlandi. 
Bular  insonning  bundan  bir  necha  m ing  yil  oldinoq  ipak  gazlam a 
va  boshqa  xil  ipak  buyum lardan  foydalanishlariga  sabab  b o ‘lgan 
ju d a  m uhim   kashfivotlar  edi.  Bizning  ajdodlarim iz  ham   o ‘zining 
aham iyati  jih atid an   hozirgi  zam ondagi  ko'pgina  kashfiyotlardan 
qolishm aydigan  kashfivotlar  qilganlar.
Chuvilgan  ipak  tolalaridan  to'qilgan  gazlarnalar  ju d a   yengil, 
pishiq va chiroyli b o ‘lgan;  ularni turli tabiiy bo  yoqlar bilan  b o ‘yash 
m um kin  b o ‘Jgan;  bu gazlam aiardan tikilgan kiyim lar juda chidam li 
b o ‘lgan,  hatto  otadan  o 'g ‘ilga,  b a'z an   esa  nabiraga  ham   qolgan.
Tut  ipak  qurtining  daraxtlarda  yovvoyi  holda  yashaganligi,  u 
yerda pilla o'raganligi  pilla  ipagidan  kcng ko'lam da foydalanishdagi 
dastlabki  qiyinchiliklar  edi.  D araxtlardan  piilani  terib  olish  iqlim 
sharoitlariga  qarab  ju da  qivin  b o ig a n .  Bu  esa  ipak  qurtini  uyda 
boqish,  shu  bilan  birga,  piilani  bir  yerdan  yig‘ib  olish  uchun 
urinib  ko‘rishga  m ajbur  etgan.  Bunday  urinishlar  muvaffaqiyatli 
ch iq q an   va  tu t  ipak  qurti  xonakilashib  qolgan.  S h u n d an   beri 
ipakchilik  qishloq  xo ‘jaligining  to 'q im ach ilik   uchun  xom ashyo  — 
qim m atbaho pilla beradigan tarm o g 'i  bo'lib qoldi.  Q urt  boqib pilla 
olgan  xo‘jaliklar  piilani  avval  o'zlari  chuvib,  undan  to 'qim ach ilik  
ipi  olganlar  h am d a  gazlam a  to'qiganlar.  S o'ngra,  piliadan  ipak
11

chuvish  va  gazlamalar  to ‘qish  ishi  ajralib  ketdi,  bu  ishlar  dastlab 
yakka  xo'jalik  tarzida  ayrim  ustaxonalar,  so‘ngra  esa  texnikaning 
o'sishi  bilan  fabrikada  bajariladigan  b o id i.  Tut  ipak  qurtini  uy 
sharoitida  urchitish,  uning  seleksiyasi  bilan  shug‘ullanish  imko- 
niyatini berdi,  ya’ni  ipak qurtining pillasining rangi,  shakli,  texno- 
logik  xususiyatlari  va  boshqa  belgilari  bilan  farq  qiladigan  zotlari 
yetishtirildi.  Tut  ipak  qurtining  bir  yilda  bitta,  ikkita  va  nihoyat, 
bir  necha  avlod  beradigan  zotlari  bor.
Ipakchilik Xitoydan  iqlim va  tuproq  sharoiti boshqacha  mam- 
lakatlaiga ham  tarqala boshladi;  tut ipak qurtining bunday sharoitga 
tushib  qolgan  zotlari  bu  sharoitga  moslasha  boshladilar.  Bu  zotlar 
Xitoy  zotlaridan  farq  qiluvchi  xususiyat  hosil  qila  boshladilar. 
Xitoy,  Kichik  Osiyo,  Yevropa  va  boshqa  zotlarning  geografik 
guruhi  shunday  hosil  bo'lgan.
Ipak  olish  uchun  faqatgina  tut  ipak  qurti  oilasiga  kiruvchi  tut 
ipak  qurti  pillasidan  foydalanilmasdan,  balki  tut  ipak  qurti  ham 
kiradigan  glazchatka  (Attacidae)  oilasining tanga qanotlilar turku- 
miga  kimvchi  20  zotga  yaqin  yovvoyi  ipak  qurtining  pillasidan 
ham  foydaianiladi.  Bulaming  pillasi  ham  ipak  massadan  tayyor- 
langan,  bu  esa  undan  ipak  mahsulotlari  olish  imkoniyatini  beradi. 
Yovvoyi ipak qurti xonakilashtirilgan ipak  qurtidan sun’iy sharoit- 
da,  bino  ichida  urchitilmasdan,  balki  tabiiy  sharoitda  —  butada, 
daraxtda  yoki  to ‘shama  ostida  urchishi  bilan  farq  qiladi.  0 ‘m i 
kelganda  shuni  aytish  kerakki,  tut  ipak  qurtini  to ‘g‘ridan -to‘g‘ri 
butada yoki tut daraxtida boqishga, ya’ni  uni yovvoyi holda yasha- 
gan  hayotiga  qaytarish  uchun  b o ‘lgan  ham ma  urinishlar  muvaffa- 
qiyatsiz chiqdi:  besh.  balki undan ham ortiq rning yillar mobaynida 
uy  sharoitida  yashagan  ipak  qurti  «yovvoyi»  sharoitga  moslashish 
qobiliyatini  yo'qotib  yuborgan.
Ko'pchilik yovvoyi tut ipak qurtlarining pillasi xonakilashtirilgan 
ipak  qurtining  pillasiga  nisbatan  yomon  chuviladi,  qolganlarida 
mutloq  chuvilmaydi.  Bulardan  esa  kalava  ipak  qilishga  to ‘g‘ri 
keladi.  Ulaming  ipak tolasi  yo‘g‘on,  tekis emas,  yomon  bo‘yaladi, 
shunga  qaramay,  u  tut  ipak  qurti  pillasining  tolasiga  qaraganda 
pishiq,  n am d an ,  kim yoviy  m o d d a la rd an   va  boshqa  zararli 
ta ’sirlardan  uncha  buzilmaydi.  Yovvoyi  ipak  qurtining  ipagidan,
12

asosan,  k o stu m ,  p a h m o q   va  te x n ik   gazlarnalar  tay yo rlan adi. 
Yovvoyi  ipak  qurtlari  orasida  xitoy  em an  ipak  qurti  (Antherela 
pernyi),
 
hind  em an  ipak  qurti  (Antherela  m ylitta)
 
yoki  g‘ussor 
ko'proq  m iqdorda  ipak  m ahsulotlari  beradi.  Tut  ipak  qurtlari  har 
xil  tu r  dub  daraxtlarinm g  barglari  bilan  oziqlanadi,  lekin  ularni 
boshqa daraxtlarning barglari bilan  ham  boqish  m um kin.  U larning 
pillalari  tu t  ipak  qurtinikiga  qaraganda  anchagina  yirikroq,  lekin 
ipak  chiqishi  b irm u n c h a   kam ,  tax m inan ,  12—13%.  Ikkala  tu r 
ham  yiliga  ikki-uch  avlod  beradi;  g ‘umbaklik  davrida  qishlaydi. 
Em an  ipak  qurtlarining  kapalaklari  qanotini  yozganda  15  sen  ga 
yetadi,  uehadi,  qanotlarining  chiroyli  b o ‘lishi,  h ar  birida  «xollar» 
borligi  bilan  ajralib  turadi.
Y apon  em an  ipak  qurti  yoki  yam am ay  (Antherela ja m am a i) 
em an   ipak  q u rti  oilasin in g  u ch in ch i  vakili  hisoblanadi.  Q urt 
Y ap o n iy ad a  k o ‘p a y tirilg a n ;  S h im o li-S h a rq iy   X ito y d a n   kelib 
chiqqan;  bu  qurt  O 'zbekislonda.  Ussuriya o ‘lkasida yovvoyi  holda 
uchraydi.  Bu  ipak  qurti  bir  yilda  bitta  avlod  beradi;  tuxum lik 
stadiyasida qishlaydi,  bu n d a em brionning qurtlik davridagi rivojla- 
nishi  qishlashga  kirguncha tugallanadi.  Pillalari  yirik,  lekin  undagi 
ipak m iqdori  tut  ipak qurtnikiga nisbatan 2,5—3  m arta kam bo'ladi. 
Ipagi  piliadan  yaxshi  chuviladi,  ingichka,  pishiq  va  yaltiroqdir.
Aylant  (Philosam ia  cyktlhia),
 
kanakunjut  yoki  eri  (Philosamia 
recini)
 
ipak  q urtlari  sanoatda  katta  aham iyatga  ega.  Bir-biriga 
yaqin  b o ‘lgan  bu  ikki  tu r  bir  yilda  yetti  avlod  beradi.  Birinchi  tur 
q u rtlar  aylant  barglari  bilan,  ikkinchi  tu r  qurtlar  esa  kanakunjut 
barglari  bilan  oziqlanadi,  lekin  h ar  ikki  tu r  q urtn i  ham   siren, 
o h n a  va  boshqa  o ‘sim liklarning  barglari  bilan  boqish  m um kin. 
Bu  ipak  qurtlari  X itoyda,  V etnam   va  H indistonda  ko‘paytiriladi. 
K anakunjut  ipak  qurtlari  ju d a   q im m atb ah o   ipak  berad i,  lekin 
qishlovchi  stadiyaga  ega  b o ‘lm aganligidan  uni  k o ‘paytirish  qiyin. 
K oreya  X alq  D em okratik  R espublikasining  olim lari  aylant  va 
k anakunjut  ipak  qurtining  duragaylarini  olish  im koniyatlaridan 
toydalanib,  hozirgi  vaqtda  kanakunjut  ipak  qurtining  qishlovchi 
stadiyaga  ega  b o ‘lgan  turini  yaratish  ustida  ishlam oqdalar.
Hindistonda  k o ‘paytiriladigan   assam  eman  ipak  qurti  ham 
boshqa  yovvoyi  ipak  qurtlari  singari  sanoat  uchun  katta  aha-
13

miyatga  ega  emas.  Yaqinda  Kashmirda  eman  ipak qurtining ipagi 
texnologik  jih atdan   yaxshi  xususiyatga  ega  b o ‘lgan  yangi  ik k i 
turi  topildi
U m u m a n ,  yovvoyi  ipak  q urtlari  b u tu n   du nyoda  yelishtiri- 
ladigan  ipakning  taxm inan  20%  ini  beradi.
Ipakchilik ko‘pgina m am lakatlarda tarqalgan va uning  mahsuloti 
ortib  borishi  natijasida  ipak  narxi  birm u n ch a  arzonlashgan  b o ‘lsa 
ham ,  biroq  u  k o 'p ch ilik   m am lakatlarning  oddiy  m ehnatkashlari 
uch u n   topib  b o im av d ig an   qim m atbaho  to ‘qim achilik  m ateriali 
sifatida  qoldi.  Bizning  m am lakatim izda  ipak  zeb-ziynat  buyum i 
hisoblanmay,  balki aholining yaxslii,  chiroyli va pishiq gaziamalarga 
b o ‘lgan  talabini  qondirish  vositasi  b o 'la  boshladi.  Bizda  m eh n at- 
k.ashlarning  farovonligi  va  ipak  m ahsulotlariga  bo'lgan  talabi  kun 
sayin  oshib  borm oqda.
S huning  u ch u n ,  xalq  x o ‘jalig in i  rivojlantirish  rejasida  pilla 
y e tis h tirish n i  b irm u n c h a   o sh irish   m o 'lja lla n g a n .  20 1 6 -y ild a 
26  m ing  to n n a d an   ortiq  tut  ipak  qurti  pillasi  yetishtirildi.  Ipak 
ishlab  chiq arish   k o 'p ay tirish ,  faqatgina  k o 'p   pilla  yetish tirish  
hisobiga  am alga  oshirilm ay,  har  bir  pilladan  ko 'p   m iqdorda  ipak 
olishga erishishi  bilan borishi  kerak.  Bu  sohada  k o'p   ishlar qilindi. 
llgari  pilladagi  ipak  m iqdori  15—17%  dan  oshm agan  ipak  qurti 
z o tla ri  k o 'p a y tir ila r   ed i,  h o z ir  esa  p illasid a g i  ipak  m iq d o ri 
23—24%  ga  yetadigan  yangi  zot  va  ularning  duragaylari  boqil- 
m oqda.  Ipak  qurtin ing   yangi  zotlarida  ipakning  k o 'p g in a  sifat 
ko'rsatkichlari  yaxshilandi:  ularning pillalari  kul  rang tovlanadigan 
tekis  oq  rangdadir.  Bu  esa  ipak  buyum iarni  yuqori  sifatli  qilib 
bo'yash  im koniyatini  beradi;  bunday  pillalarning  tolasi  ingichka, 
pishiq  va  y o ‘g ‘onligi  bir  xil  bo'ladi,  bu  esa,  birinchidan,  pilladan 
to la   o lish n i  av to m atlash tirish d a ,  ik k in c h id a n   esa  ipak  g azla- 
m alarining  sifatini  yaxshilashda  ju d a  m uhim dir.
Biroq hali  tu t  ipak  qurtini  oziqlantirishda va  ayniqsa,  pillalam i 
yig‘ishtirib  olishda  k o'p   m iqdor pillaning  nuqsonli b o'lib  qolishiga 
sabab  b o 'la d ig a n   k am c h ilik lar  (pilla  o 'ra s h   v aq tid a  q u rtlarn i
1
 Dr. Bharat В Bindroo  Dr.  Satish.  Verma Sericulture Technologies Developed 
by CSRTI  MAYSORE.  2008.
14

lo'ydirib oziqiantirm aslik,  pilla o ‘rash  uchun  q o ‘yiladigan  dastalar- 
ning  yetarh  m iqdorda  b o ‘lmasligi  va  sifati  yornoniigi,  pilla  o ‘rash 
vaqlida nazorat qilmaslik va pillalarni  dastalardan m uddatidan oldin 
olish  va boshqalar) bor.  M asalan,  2001-yilda yetishlirilgan ham m a 
piilaning  15,2%  i  brakka  chiqarildi.  Boshqacha  aytganda,  ham m a 
liosilning  oltidan  bir qism i  ipak olish  uchun  yaroqsiz b o'lib  qolgan 
yoki  juda  yaxshi  holda  bu  pillalarning  ayrim  qism idan  past  sifatli 
ipak  olish  m um k in   b o ig a n .
B u nday  k o ‘p  m iq d o rd a g i  b ra k k a   y o ‘l  q o ‘y m aslik   u ch u n  
o ziqlantirishda,  ayniqsa,  pilla  o ‘rash  davrida  ipak  qurti  hayot 
faoliyatining  n o rm a l  borishini  t a ’m in laydigan  sh aro it  yaratish 
zarur.  Buning  uchu n  tu t  ipak  qurtining  biologiyasini  bilish  kerak.
T ut  ipak  qurtini  ko'paytirishning  am aliy  vazifalari,  qurt  pilla 
va  kapalakning  tashqi  —  m orfologik  va  ichki  —  an atom ik  tuzilish 
xususiyatlarini  bilishni  talab  etadi;  m orfologik  belgilari  b ir  zot 
qurtni  ikkinchi  zot  qurtdan   farq  qilishga,  qurt  yoshini  aniqlashga, 
pillalarning am aliy sifatini baholashga va boshqalarga im kon beradi, 
Ipak  qurtining  ichki  tuzilishini  bilish  b iro r  organ  organizm ning 
hayot  faoliyatida  qanday  rol  o ‘ynashini,  bu  organlarning  holati 
va  rivojlanishi  ipak qurtining m ahsuldorligida,  pillalarning vaznida, 
xom   ipakning  texnologik  xususiyatlarida,  m etam orfoz  va  p o ‘st 
tash lash   ja ra y o n la rin in g   o ‘tishida  va  b o sh q alard a  q an d ay   aks 
etishini  tushu n ishg a  im koniyat  beradi.  Biologiya  fani  tu t  ipak 
qurtining  tuzilish  va  h ayotini  o ‘rganishda  k o ‘p  ishlar  qildi.
Malpigi, Versop,  Lom bardi,  Payo va boshqa chet el olimlarining 
ipakchilik  borasida  olib  borgan  ishlari ju d a   m ashhurdir.

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Tuproqshunoslik

Download 10.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling