Ipoteka-bank xalqdan turli xildagi to’lovlarni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni amalga oshiradi
Download 127.4 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- “CLICK” – asosiy qulayliklar va ustunliklar
- Ro’yxatdan o’tish: 1-Qadam.
Ipoteka-bank xalqdan turli xildagi to’lovlarni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni amalga oshiradi. Siz kompaniya xizmatlari uchun naqd pulsiz to’lovlarni Ipoteka-bankida ochilgan hisobingizdan ko’chirishingiz yoki Respublikaning barcha hududlarida faoliyat ko’rsatadigan, bankning ixtisoslashtirilgan kassalaridan naqd pul bilan yoki Ipoteka-bankining plastik kartochkalari orqali bevosita to’lovni amalga oshirishingiz mumkin. To’lovni amalga oshirishingiz uchun kassirga Internet xizmatlaridagi loginingizni bildirishingiz kerak. Ixtisoslashtirilgan kassalarning uyingizga yaqin joylashganligi, bankning o’ziga kelmasdan to’lovni amalga oshirishingizga, shuningdek transport boshqa xarajatlarni tejashingizga yordam beradi. Ipoteka-bankining ixtisoslashtirilgan kassalaridan to’lovni amalga oshirish orqali qimmatli vaqtingizni tejaysiz.. To’lovni amalga oshirish uchun bankning kassalariga tashrif buyurish kifoya. To’lovni qabul qilish jarayonida bank tomonidan qo’shimcha ustama olinmaydi. Kompaniya xizmatlari uchun to’lovlarni Ipoteka-bankining barcha filial va mini-banklaridan amalga oshirishingiz mumkin. Ushbu tizim - me’yoriy-huquqiy hujjatlar, texnik-dasturiy ta’minot va tashkiliy-texnik infrastruktura majmuiga asoslangan tizim hisoblanib, elektron formatdaki naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishga xizmat qiladi hamda mikroprotsessorli plastik kartochkalarni tarqatuvchi banklarni, tovarlar va xizmat ko’rsatish subyektlarini, tijoriy banklarni, shuningdek bir qancha sohadaki tashkilotlarni yagona tizimga birlashtiradi.Ushbu milliy to’lov tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24 sentabr 2004 yil 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03 avgust 2006 yildagi 433-sonli “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, plastik kartochkalar orqali savdo-sotiq uchun qulay shart-sharoit yaratish va aholidan plastik kartochkalar orqali to’lovlarni qabul qilish uchun terminal tarmoqlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ushbu Markaz atrofida 26 ta tijorat banklarining to’lov tizimlari birlashgan bo’lib, so’m plastik kartochkalarining banklararo naqd pulsiz to’lov tizimi tashkil etilgan.Ushbu tizim «UZCARD» BTTga a’zo bo’lgan abanklar o’rtasida plastik kartochkalardan foydalanishning o’zaro hamjihatligi uchun xizmat qilmoqda. "CLICK" – bu mobil internet-banking tizimi hisoblanib, u orqali mobil aloqa xizmatlari, internet-provayderlar, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarni, shuningdek internet-do’konlaridan xaridlarni bevosita shaxsiy bank hisobidan yoki plastik kartochkasidan ustama haqisiz amalga oshirish imkonini beradi. “CLICK” – asosiy qulayliklar va ustunliklar: Masofadan turib ustama haqisiz, tun-u kun (24/7 rejimida) to’lovni amalga oshirish imkoniyati; Mobil qurilmangizga maxsus dastur va ilovalarni o’rnatish ehtiyoji yo’qligi; Salbiy balans paytida ham USSD-so’rov orqali to’lov qilish imkoniyatining mavjudligi; Onlayn imkoniyatlar – bankdagi hisob qoldig’ini tekshirish va bank rekvizitlari haqidagi ma’lumotni qabul qilish; Bank kartochkasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar haqida SMS-xabarning kelishi; Hisobdan hisobga pul mablag’larini ko’chirish, “CLICK”ning boshqa foydalanuvchilariga pul ko’chirish va boshqa ko’plab imkoniyatlar. Barcha UZCARD-onlayn foydalanuvchilari uchun mobil ilova! TPS abonentlari ushbu ilova orqali istalgan vaqtda o’z hisoblarini to’ldirib olishlari mumkin. Muhimi tezkor, qulay va havfsiz! Ro’yxatdan o’tish: 1-Qadam. Yaqin atrofdagi to’lov terminali yoki infokioskdan SMS-xabardor qilish xizmatini yoqtirib oling. 2-Qadam O’z mobil telefoningizga GooglePlay Store (Android platformasidagi smartfonlar uchun), App Store (iOS platformasidagi smartfonlar uchun) Java yoki www.mbank.uz saytidan “MBANK-UZCARD” ilovasini o’rnating. 3-Qadam. Ilovani yuklang va UZCARD-Online kartochkasiga ulangan telefon raqamini va kartochkaning amal qilish muddatini tering. Download 127.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling