Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori mavzusi bo’yicha amaliyot darsi uchun Bajardi: Karimova Laziza Guruh: bha-73 1-topshiriq


Download 11.29 Kb.
Sana06.05.2020
Hajmi11.29 Kb.
#103720
Bog'liq
Zaripova Dinora ipoteka qimmatli qogozlar


Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori mavzusi bo’yicha amaliyot darsi uchun

Bajardi: Karimova Laziza

Guruh: BHA-73

1-topshiriq

  1. Ipoteka amaliyotining yuzaga kelishi Qadimgi Gretsiyada yerga egalik qilish va quldorlik bilan oʻzaro bogʻlanadi. Bunda qarzga yer olgan shaxs oʻz vaqtida qarzini qaytara olmagan holatda qullikka olingani manbalarda qayd etiladi. Qadimgi Rim, umuman Yevropada esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan boshlab qoʻllanilganligi taʼkidlanadi.
    Ipoteka kreditlari boʻyicha qayta moliyalashtirish tizimi Amerika qoʻshma shtatlarida 1930-yillardan boshlab keng qoʻllanila boshlangan. Aynan shu davrdan boshlab mamlakatda ipoteka kreditlash amaliyotini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar, shu jumladan ipoteka agentliklari tashkil etiladi. AQSHda ipoteka kreditlari bozori rivojlangan ipoteka obligatsiyalari bozori asosida faoliyat yuritadi. Chunki ipoteka obligatsiyalari ipoteka kreditlashini amalga oshirishda banklarning qayta moliyalashtirishini taʼminlaydi.



  1. Garov qog’ozi- Egasi yozilgan va orderli qimmatli qogʻozlar belgilarini oʻzida jamlagan, uzatuv yozuvlari orqali cheksiz muomalada boʻlish xususiyatiga egaligi unga vekselning
    ayrim hossalarini beradigan emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir

Uy-joy sertifikatlari- Uy-joy sertifikati uning birinchi egasi tomonidan muayyan uy-joy maydoni va joyda qurilayotgan yoki qayta qurilayotgan uyda qurish uchun mablagʻ ajratilganligini tasdiqlovchi emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir.

Ipoteka obligatsiyalari- majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti bilan taʼminlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozdir.

Ishtirok etish ipoteka sertifikati- ipoteka taʼminoti umumiy mulkida oʻz egasining ulush huquqini tasdiqlovchi egasi yozilgan emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir.

  1. Fransiyada uy-joy jamgʻarma hisobraqamlarining bir necha turlaridan foydalaniladi.
    Bunda 150 ming yevro miqdorida ipoteka kreditlari olishga daʼvogarlik qilish uchun 100 ming yevrogacha mablagʻ jamgʻarish mumkin boʻlgan jamgʻarma omonatlari – jamgʻarma daftarchalari amal qiladi. Bunda asosiy shart sifatida jamgʻarma omonatlari miqdori belgilangan koʻrsatkichga yetishiga eʼtibor qaratiladi. Ipoteka krediti olishning yana bir usuli uy-joy jamgʻarmasi rejasini roʻyxatga olish va jamgʻarma 400 ming yevroga yetgach, 600 ming yevro miqdoridagi ipoteka krediti olishga ariza taqdim etish mumkinligi bilan izohlanadi.



  1. Aqshda ipoteka agentlarining keng tarmogʻi mavjud boʻlib, ulardan eng yiriklari Uy-joy ipoteka krediti federal korporatsiyasi (Federal Home Loan Mortgage Corporation, Freddie Mac), Federal milliy ipoteka assotsiatsiyasi (Federal National Mortgage Association, Fannie Mae), Davlat milliy ipoteka assotsiatsiyasi (Government National Mortgage Association, Ginnie Mae) kabilar tilga olinadi.

  2. Mamlakatimizda ipoteka kreditlash amaliyoti toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash amaliyotiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4 oktyabrdagi “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni
    tasdiqlash haqida” gi 2-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.

2-topshiriq

TЕSTLAR

1. c

2. a

3. b

3. a

4. c

5. a

6. a

7. a

8. a

9. a

10. a
Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling