Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori reja


Download 1.26 Mb.
bet1/4
Sana20.04.2022
Hajmi1.26 Mb.
#644979
  1   2   3   4
Bog'liq
6-мавзу
ruza. MULOHAZA, Fuqarolik jamiyati barpo etish, shaxa kursavoy, diplom ish qo;yozma, o-zbek-tilining-sohada-qo-llanilishi, o-zbek-tilining-sohada-qo-llanilishi, 2 5325924167625738651, 1. Nazariy mexanika fanidan loyiha hisoblash ishilari.Statika., 1-seminar mashg'uloti, savollar, 10-maʼruza vazifa, El desa Navoiyni. Alisher Navoiy tavalludiga bag`ishlangan adabi, Gaz xromatograf- 14 topshiriq, MUSTAQIL TALIM DVITU Rasulov Sobit, 2-biletni javobi

IPOTEKA QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI

REJA:


1. Ipoteka bozori faoliyatining nazariy jihatlari.
2. Ipoteka bozori modellari va qoʻllanish xususiyatlari.
3. Mamlakatimizda ipoteka bozori amaldagi holati
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha ham qator islohotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda aholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida barcha hududlarda keng miqyosli ishlar davom ettirilayotganligini ham qayd etib oʻtish zarur. Mazkur amaliyotda tijorat banklari faol ishtirok etayotganligi, ipoteka kreditlari taqdim etilayotganligi barchamizga maʼlum. Jahon amaliyotida ipoteka kreditlash amaliyoti bilan bir vaqtda ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi ham keng doirada qoʻllaniladi.
IPOTEKA
Bu real aktiv bilan taʼminlangan uzoq muddatli kreditdir.
Kengroq taʼkidlaydigan boʻlsak, “Ipoteka – majburiyatlarni koʻchmas mulk bilan taʼminlashning bir usuli boʻlib, bunda agar garovga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarmasa, garovga oluvchi oʻz talablarini garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk hisobidan qondirish huquqiga ega boʻladi”

Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilishi mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi.

  • Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida bir nechta muammolarga duch kelingan.

Birinchidan, dastlabki vaqtdarda ipoteka miqdori juda past boʻlgan.
Natijada koʻplab institutsional investorlar bunday kichik moliyaviy instrument ishlashni lozim topmagan.
Ikkinchi muammo ikkilamchi bozorda ipoteka savdolari bilan bogʻliq boʻlib, bunda savdolarning standartlashtirilmaganligi salbiy taʼsir koʻrsatgan. Unda qoplash davrining, foiz stavkalarining, bitim shartlarining turlichaligi amal qilishi ipoteka bozori kengayishiga toʻsqinlik qilgan.
Uchinchidan, ipoteka kreditlari xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan qimmatligi bilan ajralib turgan.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling