Iqlim oʻzgarishi va uning inson faoliyatiga ta’siri


Download 0.53 Mb.
Sana22.09.2022
Hajmi0.53 Mb.
#817158
Bog'liq
2 5280665090750683939
Muhammad Yoqub Chingiyning Kelurnoma asari, Is’hoqxon Ibrat Asarlari haqida-fayllar.org, S, Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar-hozir.org, 15-МАЪРУЗА, 11-Маъруза, Arab va oʻzbek tillardagi metaforalarda ijobiy tushunchalarning ifodalanishi, Mikroiqtisodiyot Shoxjahon (2), 2 5188452482207977657, 2 5224461865974762381, 2 5249215175545853422, Navoiy tavalludi uchun tadbir ssenariysi, aniq va, 2 5188306603643768921, 2 5188274507353166778

Iqlim oʻzgarishi va uning inson faoliyatiga ta’siri

Bajardi:Boltaboyeva Oydin

Tekshirdi:Yaxshimuratova sevara

Iqlim o‘zgarishi va insoniyat. Global isish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar

Iqlim o‘zgarishi - keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G‘arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat chekka hududlarga ta'sir qiladigan muammo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan hodisalarni o‘z tanalarida his qilishmoqda.

Hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma'lum qilishmoqda. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.

O‘rmon yong‘inlari

  • Fransiya janubi, Ispaniya va Italiyaning Sardiniya orolida keng miqyosdagi o‘rmon yong‘inlari natijasida minglab gektar maydonlardagi o‘rmon va qishloq xo‘jalik yerlariga ziyon yetdi.
  • 13 iyul kuni Kaliforniya shimolida boshlangan va Diksi nomini olgan keng ko‘lamli yong‘inlar natijasida 200 ming gektardan ziyod maydonlar zararlandi.
  • Shimoliy Makedoniya hukumati yirik o‘rmon yong‘inlari sababli bir oyga inqirozli vaziyat rejimini joriy etdi.
  • Anomal issiq tufayli Turkiya g‘arbi va janubida ham dahshatli yong‘inlar yuz berishi natijasida sayyohlik tadbirlari, ekskursiyalar butunlay to‘xtatildi. Qishloq xo‘jalik maydonlari, fermalar yong‘in ichida qolib, chorva mollari nobud bo‘ldi

Suv toshqinlari

  • Tabiiy ofatlarning yana bir dahshatlisi suv toshqinlaridir. Afg‘oniston sharqida joylashgan Nuriston viloyatida yuz bergan toshqinlarda kamida 150 kishi halok bo‘ldi.
  • Xitoyning Jyengjou shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari sodir bo‘ldi va bir qancha insonlarning hayotiga nuqta qo‘yildi.
  • Hindistonning Goa va Maharashtra shtatlarida ro‘y bergan keng ko‘lamli suv toshqinlaridan keyin minglab binolar vayron bo‘ldi.
  • Belgiyada 14–16 iyul kunlari yuz bergan toshqinlar 10 mlrd yevrodan ko‘proq zarar yetkazgan.
  • G‘arbiy Germaniyada minglab odamlar suv toshqinlari sabab uylarini tark etdi, 100 mingdan ortiq kishi elektr ta'minotisiz qoldi.

Anomal issiq

  • 3–7 iyun kunlari Toshkentda uch asrning maksimum harorati kuzatilgani qayd etilgandi. Poytaxtda 5, 7 va 8 iyul kunlari yana rekord darajadagi issiq harorat takrorlandi.
  • Fransiyaning ijtimoiy masalalar va sog‘liqni saqlash vaziri Anes Byuzen yozda kuzatilgan anomal issiqlik 1,5 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lganini ma'lum qildi.
  • Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq havo sababli deyarli 500 kishi vafot etgan. Provinsiyada havo harorati rekord ko‘rsatkich — 49,6 darajaga yetgan. Bungacha Kanadada harorat 45 darajadan oshmagan.
  • Yaponiyada sakkiz mingdan ortiq odam kasalxonalarga yotqizilgan. Bunga jazirama tufayli issiqlik urishi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Iqlim o‘zgarishining asosiy sababi nimada?

  • Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta'kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me'yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta'sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi.
  • Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq bo‘ladi. Ya'ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta'sirida qoladi. Bunday sutkalik issiqlik esa keskin isish hodisasini keltirib chiqaradi.

Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda ham qator salbiy oqibatlarga olib kelyapti:

  • Harorat ko‘tarilishi natijasida suvning bug‘lanish koeffitsiyenti oshishi hududlarda suv resurslari kamayishiga, tanqisligiga ta'sir etmoqda;
  • Ekologik tanglik oqibatida yil davomida umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan kunlar soni ko‘paymoqda;
  • Tuproqning namligi kamayishi hisobiga takroriy qurg‘oqchilik xavfi ortmoqda va hosildorlik ko‘rsatkichlari tushib ketmoqda;
  • Orol dengiziga quyiladigan suv hajmining kamayishi daryo deltasining cho‘lga aylanishi va qurigan dengiz tubida yangi cho‘l maydonlari paydo bo‘lishini tezlashtiryapti;

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun bir qancha tavsiyalar berishgan:

  • qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish;
  • energiya samaradorligini oshirish va sohalarni energiya tejovchi texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish;
  • tabiatda yashillikni ko‘paytirish, o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, daraxtzorlarni ko‘paytirish;
  • ekologik toza qishloq xo‘jaligiga o‘tish;

Xulosa

  • Iqlim ko‘rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini insoniyat Yerdan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka qarshi eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta'minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki berishi kerak. Yo‘qsa keyinchalik juda kech bo‘lishi mumkin.

Etiboringiz uchun raxmat


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling