Iqlimshunoslik


  Iqlimshunoslikning amaliy ahamiyati


Download 7.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana15.12.2019
Hajmi7.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

1.4.  Iqlimshunoslikning amaliy ahamiyati
Iqlim  inson  faoliyatining deyarli barcha sohalariga katta ta ’sir o'tkazadi. 
H a r  b ir  davlatning barqaror  ijtimoiy-iqtisodiy va  siyosiy  rivojlanishi  maz- 
kur  m am lakat  joylashgan  h ududning  iqlimiy-resurs  potensialini  hisobga 
olishi  bilan  bog'liq.  Amaliy talablardan  kelib chiqib um um iy iqlim shunos- 
likdan  b ir q ato r  mustaqil  fan  tarm oqlari  ajralib  chiqdi.
Agroiqlimshunoslik  turli  qishloq  xo'jalik  m ahsulotlari,  shu  jum ladan 
ch o rv ach ilik   m ahsulotlarini  ishlab  chiqarishning  iqlim iy  sharoitlarini 
o 'rg an ad i.  U ning doirasida  hud u d n in g   qishloq xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini 
oqilona va samarali joylashtirish  maqsadida agroiqlimiy baholash, hududlash-

tirish,  agrotexnik  tadbirlarni  tad b iq   qilish,  mahalliy  iqlim ga  m os  yuqori 
hosildor  ekin  turlarini  tanlash,  chorvachilik  m ahsuldorligini  oshirish  kabi 
m uam m olar  hal  qilinadi.
Aviasion  iqlimshunoslik.  A erodrom larni  loyihalashtirish  va  ekspluata- 
siya  qilishda  shamolning  ustuvor  yo'nalishi,  tum anlar  hosil  bo'lishining 
takrorlanuvchanligi  va  boshqa  atm osfera  hodisalari  to ‘g ‘risidagi  iqlimiy 
m a’lum otlar  hisobga  olinadi.  U ch ish  xavfsizligi  va  ularn in g  iqtisodiy  sa- 
m aradorligini  ta ’minlash  nuqtai  nazaridan  havo  kem alarining  parvoziga 
erkin atmosferadagi  iqlimiy sh aroitlam ing ta ’sirini  o'rg an ish   zarur.  Parvoz 
yo'nalishi  va  esheloni  iqlimiy  sharoitlarni  hisobga oigan  holda  tanlanadi.
Tibbiy  (bio)  iqlimshunoslik  iqlim ning  inson  organizm iga  ta ’siri  bilan 
bog'liq  m uam m olarni  o'rganish bilan  shug'ullanadi.  U   inson  salom atligini 
tiklash  uchun  foydalaniladigan  kurortlardagi  davolash  xususiyatlarining 
iqlimiy sharoitlarini  o'rganadi.
O'rmon  iqlimshunosligi  iqlim iy  om illar  va  o 'rm o n   o 'rtasidagi  o ‘zaro 
ta ’simi o ‘rganadi. Uning doirasida  iqlimiy sharoitlam ing o 'rm o n n in g  o'sishi 
va  rivojlanishiga,  o'rm o n   h u d u d la rin in g   m ikroiqlim ig a,  shun ing dek , 
o ’rm onning yon-atrofdagi  h ududlar  iqlimiga  ta ’siri  tadq iq   etiladi.
Transport iqlimshunosliigi iqlim iy sharoitlam ing ternir y o ‘l,  suv va avto- 
mobil transportlarining  ishlashiga  ta ’sirini  o'rganadi.
Texnik  iqlimshunoslikning  asosiy  maqsadi  iqlimiy  sharo itlam ing   turli 
x  texnik mahsulotlar (soatlar, elektr va tekstil sanoati mahsulotlari va boshq.)ga 
ta ’sirini  o'rganishdan  iborat.
Texnikaviy  rivojlanishning  yangi  yutuqlarga  erishishiga  bog‘liq  holda 
insonning  ob-havo  va  iqlim  sharoitlari  oldidagi  ojizligi  o rtib   boradi.  Shu 
sababli,  iqlimshunoslik oldiga kelajakda inson ehtiyojlarini qondirish uchun 
yangi  talablarning q o ‘yilishi  kutilm oqda.
NAZORAT SAVOLLARI
1.  Iqlim shunoslikning p redm eti  nim a?  Iqlim shunoslikning asosiy vazifalari 
nim alardan  iborat?
2.  G lobal  va  lokal,  m ezo-  va  m ikro  iqlim   nim a?
3.  Iqlim shunoslikning  aosiy  u sullarini  yoritib  bering?
4.  Iqlim shunoslikda  xaritalashtirish  usuli  nim adan  iborat?
5.  Iqlim shunoslikda  eksperim ent  va  m odellashtirish  u su llarin in g   m ohiyati 
nim ada?
6.  Iqlim shunoslikda  kuzatish  va  m a ’lum ot  yig‘ish  usuli  d eg a n d a  nim ani 
tushinasiz?
7.  Statistik  tahlil  usuli  y o rd am id a  qanday  m asalalar  hal  q ilinadi?
8.  Iqlim shunoslik  qaysi  asosiy  fa n la r  bilan  bogMiq?
9.  Iqlim shunoslik  qanday  ilm iy  F an   sohalariga  boMinadi?
10.  Iqlim shunoslikning A m aliy  aham iyati  nim ada?
11

I I   BOB.  I Q L IM N I SH A K L L A N T IR U V C H I 
A S O S IY  O M IL L A R  VA JARAYONLAR
2 .1 .  Iqlimiy tizim .  U n in g   umumiy x u su siy atlari
M ahalliy  yo k i  lokal  iqlim  —  bu  global  iqlimning  xususiy  ko‘rinishi. 
G eografiyada  global  iqlim  Y er  shari  iqlimlari  tizimi  sifatida  ko‘riladi. 
O .A.  D rozdov va boshqalar global iqlim ning quyidagi ta ’rifmi tavsiya etishadi: 
„G lobal  iqlim   atmosfera  —  okean  —  quruqlik  —  kriosfera  tizimi  m eteor- 
ologik tashkil  etuvchilarining uzoq  (bir  necha o ‘n yildan  kam  b o ‘lmagan) 
vaqt  davom ida  o'tuvchi  holatlari  ansam bli  (yoki  rejim i)dir“ .  Iqlim iy  tiz- 
im ning  tarkibiy  qismlari  deganda  atmosfera,  gidrosfera,  litosfera,  kriosfera 
va  biosfera  tushuniladi  (1-rasm ).
Iqlim iy tizim  tarkibiy qism larining fizik xossalarida m uhim  farqlar bor. 
Y a’ni  atm o sferan in g   m assasi  (5 ,3   •  1018  kg)  gidrosferaning  m assasi 
(1,45  •  1021  kg)  dan  275  m arta  kichik.  Suvning solishtirma  issiqlik sig‘imi 
havonikidan  4  m arta  katta.  Suvning  issiqlik o'tkazuvchanlígi  havoning is­
siqlik o'tkazuvchanligidan 20 m artadan ko‘proq katta.  Bundan dunyo okeani
Iq lim iy   tizim   >,
O kcan  biokimyosi 
va  sirkuiyasiyasidagl o ‘zgarishlar
1-rasm.  Iqlimga  ta’sir etuvchi omillar. 
12

suvlari  Quyosh energiyasining yaxshi  akkum ulyatori ekanligi  kelib chiqadi. 
Yig‘ilgan  bu  energiyaning  k atta  qismi  keyinchalik  atm osferaga  oshkor va 
yashirin  issiqlik oqimi  ko'rinishida  uzatiladi.
Atmosfera  gidrosferaga  q araganda  harakatchanroq  m u h it  hisoblanadi. 
Yer  yuzasi  yaqinidagi  havo  oqim larining  xarakterli  tezliklari  odatda  bir 
necha  m /s  ni  va  erkin  atm osferada  bir  necha  o 'n la b   m /s   ni  tashkil  etadi. 
Bu vaqtda  okean  oqim larining  o 'rta ch a  tezligi  3,5  sm /s  ga  teng.  Shunga 
qaram ay  gidrosferani  iqlimiy  tizim ning  boshqa  tarkibiy  qism lariga  qara­
ganda yetarlicha harakatchan m uhit deb hisoblash m um kin.  Gidrosfera harn 
atm osfera  kabi  m urakkab  sirkulyasion  xususiyatlar  b ilan   xarakterlanadi. 
Okeanlarda  suv  yuzasidagi  okean  oqim laridan  tashqari  uyurmaviy  (siklon 
va  antisiklonlarga  o'xshash)  strukturalar  kuzatiladi.  U larn in g   diametrlari 
100  km   gacha  yetadi.  O kean  suvlarining  katta  chuqurliklardagi  harakati 
ham   murakkab.
Kriosfera iqlimiy tizim ning tarkibiy qismi  b o ‘lib,  dengiz  muzlari,  muz- 
liklar,  Y er  osti  m uzlari  va  q o r  q o plam idan   tash k il  to p g an .  So'nggi 
m a’lumotlarga  qaraganda  m uzliklar,  dengiz  m uzlari  va  q o r  qoplam i  Yer 
yuzasinining  taxm inan  10%,  y a’ni  59  -  106  km 2  ni  egallaydi.  Jum ladan 
muzliklar  16  •  106  km 2  atrofida,  dengiz  muzlari  26  •  106  km 2  maydonni 
egallaydi.  Yer  shari  bo'yicha  m uzliklar  tekis  taqsim lanm agan.  M uzliklar 
um um iy m aydonining 90%  A ntarktidaga,  8% A rktikaga va 2%  quruqlikn- 
ing  tog'li  hududlariga  to ‘g‘ri  keladi.  Dengizlardagi  m uzlash  maydonlari 
oMchamlari  turli  fasllarda  turlicha  bo'ladi.  Shim oliy  m u z  okeanidagi  den­
giz  muzlari  yozda  o‘rtacha  8 - 1 0 6   km 2  atrofida,  q ishda  esa  18  •  106  km2 
gacha maydonni egallaydi. A ntarktida atrofida dengiz m uzlari yozda 2  •  106 
km2  maydonni  egallaydi,  qishda  esa  ularning  m aydoni  deyarli  10  marta 
ortadi.  Ba’zi yillarda dengiz m uzlari qishda janubiy y arim sh am ing  55—60° 
kengliklarida  kuzatilishi  m um kin.
Yer osti  muzlari  abadiy m uzlik ko'rinishida  21  •  106  km 2 ga teng  may­
donni  egallaydi.  Abadiy  m uzliklarning  asosiy  hududlari  Yevrosiyo  va  Shi­
moliy Amerikada  kuzatiladi.
Q or qoplami  katta m aydonlarni egallaydi.  U lar m aydonining katta qis­
mi  Shimoliy  yarim sharda  fevralda  kuzatiladi.  Y ilning  bu  vaqtida  u  Shi­
moliy Amerika va Yevrosiyoning katta qismini egallaydi.  Q o r qoplam ining 
chegarasi  sovuq  yarimyillik  m obaynida  o ‘zining  joylashishini  katta  doi- 
ralarda  o ‘zgartirishi  m um kin.  Bu  ayniqsa  m ol,tadil  n a m   iqlim li  hududlar- 
ga  xos.
Litosfera iqlimiy tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda birmuncha 
konservativ  kom ponent  hisoblanadi.  Litosfera  qatlam i  yuzasining  asosiy 
fizikaviy xususiyatlari  nisbatan  sekin  o‘zgaradi.  Bunga tup ro q  hosil bo'lishi, 
shamol  va  suv  eroziyasi,  cho‘llanish,  o'rm on  m aydonining  o ‘zgarishi  va
13

boshqajarayonlar taalluqli. Tuproq namlanishining o'zgarishi, tuproqqa qishloq 
xo'jaligi  ishlab  chiqarishi  va  boshqa  ta ’sirlar  natijasida  uning  issiqlik 
o ‘tkazuvchanligi,  albedosi  va shular kabi  ba’zi  xossalari  sezilarli  o'zgaradi.
Biosfera  iqlim iy tizim ning tarkibiy qismi  sifatida  iqlimga o ‘simlik  qop- 
lam ining  t a ’siri  orqali  ishtirok  etadi.  Quyosh  radiasiyasining  yutilishi,  a t­
mosfera bilan  issiqlik va nam  alm ashinishi, daryo oqim ining yuzaga kelishi 
sharoitlari  m a ’lum miqdorda o ‘simlik bilan qoplangan maydonlar o'lcham i, 
o ‘sim liklar vegitasiya davri va hokazolarga bog‘liq.  Landshaft qobig'i  iqlim 
ta ’siri ostida shakllanadi va uning o ‘zi iqlimning o ‘zgarishiga ta’sir ko'rsatadi. 
Bu jih atd an  Y er yuzasi  katta  m aydonlari  choMlanishining  aham iyati  katta. 
Aynan  shu  narsa  Afrika va  Osiyoning  b a’zi  hududlarida  kuzatilm oqda.
Iqlim iy  tizim   tarkibiy  qismlari  ju d a   murakkab  o ‘zaro  bogMiqlikda  va 
bir-birining hosil bo'lishiga ta ’sir ko‘rsatadi.  Bunday katta masshtabli o ‘zaro 
ta ’sirlarga  m isollar  keltiramiz.  A tm osfera okean  oqim larining  shakllanish- 
ida  m a’lum   rol  o ‘ynaydi,  buning  natijasida okeanlarda  kengliklararo  issiq­
lik  alm ashinishi  sodir  bo‘ladi.  O kean  turbulent almashinish  yo‘li  bilan  at- 
mosferaga  katta  m iqdorda ichki energiyani uzatadi va atm osferada  m a’lum 
darajada  h aro rat  m aydonlarining  o ‘ziga  xos xususiyatlari  shakllanadi.  0 ‘z 
navbatida  atm osferadagi  sirkulyasion jarayonlarning  xususiyatlari  shaklla­
nadi.  Q uruqlik yuzasining fizik holati,  atmosfera sirkulyasiyasi  intensivligi, 
havo  m assalari  xossalariga  Bog‘liq  holda  atmosfera  va  quruqlik  orasida 
issiqlik,  nam lik  va  impuls  alm ashinishi  sodir bo ‘ladi.
Okean  va atmosfera,  okean va quruqlik,  atmosfera va quruqlik orasidagi 
o‘zaro  ta ’sir jarayonlarida bulutlilik  alohida  ahamiyatga ega.  Atmosferadagi 
bulut  m aydonlari  makro va  mikromasshtabli  (siklonlar,  atmosfera  frontlari, 
konveksiya va boshqalar)  m a’lum sirkulyasion jarayonlar ta’siridagi suv bug‘i 
kondensasiyasi  natijasida  hosil  b o ia d i.  Bu  vaqtda  katta  m iqdorda  yashirin 
issiqlik ajralib chiqadi.  Bu esa atm osferaning harorat  rejimiga sezilarli dara­
jada ta ’sir  ko‘rsatad¡.  0 ‘z  navbatida  bu  atmosferadagi  sirkulyasion jarayon- 
larga  ta ’sir etadi.  Bulutlilik  Quyosh  radiasiyasining  m a’lum  qismini  va  Yer 
yuzasi nurlaydigan uzun to'lqinli radiasiyaning katta qismini yutadi va shun- 
day  qilib,  atm osfera  issiqlik  balansiga  o ‘zining  sezilarli  hissasini  qo'shadi. 
Bundan tashqari  bulutlilik Quyosh  radiasiyasining m a’lum qismini qaytarib, 
sayyoramiz global albedosimng shakllanishida  sezilarli rol o‘ynaydi.
A tm osfera,  okean  va  kriosfera  orasida  m urakkab  o ‘zaro  ta ’sirlar  sodir 
bo‘lib  turadi.  A rktik  havzadagi  dengiz  muzlari  va  antarktik  m uz  qoplami 
atm osferani katta balandliklaigacha sezilarli darajada sovitadi.  Buning n ati­
jasida  havo  haroratining  m eridional  farqlari  ortadi  va  arktik  kengliklarda- 
gina em as balki  o ‘rta kengliklarda h am  siklonik faoliyat  faollashadi.  Ikkala 
yarim shar  hududlaridagi  m uzlash  m aydonining  o'zgarishi  global  iqlim 
o ‘zgarishining  o ‘ziga  xos  regulyatori  hisoblanadi.
14

Biosfera ekologik tizimlarining holati Quyosh energiyasi, issiqlik va nam lik 
resurslari bilan belgilanadi.  Bu resurslar Q uyosh energiyasining boshqa turga 
o'tishi natijasida va namlik aylanishi xususiyatlarining iqlimiy tizim  tarkibiy 
qismlari  orasidagi  murakkab  o 'z aro   t a ’sir jarayoni  natijasida  shakllanadi. 
Boshqa tarafdan  qaraganda, biosferaning o ‘zi  iqlimiy tizim holatiga  m u him  
ta’sir ko'rsatadi. 0 ‘simlik qoplami  m a’lum  darajada sayyora albedosinibelgi- 
laydi.  U  nam lik  aylanishi  jarayonida  ishtirok  etadi,  kislorodning  asosiy 
manbai  hisoblanadi,  okean fitoplanktoni  bilan  bir  qatorda  atm osferadagi 
uglerod ikki oksidi miqdorini belgilaydi.
Iqlim  tizim i  holatining va  alohida  tarkibiy  qismlari  o'zgarishida  in so n  
xo'jalik  faoliyatining  ta ’siri  alohida  aham iyatga  ega.  Iqlimiy  tizim   ichki 
aloqalarining  m urakkab va turli-tum anligi,  uning  kom ponentalari  d o im iy  
evolyusiyasi jadalligining har xilligi sayyoradagi  iqlimiy o'zgarishlarga sabab 
bo'ladi.  Shunday qilib,  iqlimiy tizim  holati  nafaqat tashqi o'zaro ta ’sirlarga, 
balki  uning  tarkibiy  qismlari  orasidagi  o ‘zaro  munosabatga  ham   b og 'liq. 
Bu om illarning  ham masi  iqlimning  xilm a-xilligini  belgilaydi.  Y a’ni  b ir  xil 
tashqi sharoitlarda Yerda bir nechta  iqlim  tiplari  mavjud bo‘lishi  m um k in.
2 .2 .  Iqlimni sh a k lla n tiru v c h i om illar
Tqlimni  shakllantiruvchi  omillar  deb  iqlim iy  tizimga  tashqi  t a ’sirn i 
belgilovchi va iqlimiy tizim tarkibiy qismlari orasidagi asosiy o‘zaro ta ’sim ing  
fizikaviy  m exanizmlariga aytiladi.
Iqlim o ‘zgarishini belgilovchi b arch a om illar tabiiyvantropogen (y a ’ni 
inson  xo‘jalik  faoliyati  bilan  bog‘liq)  om illarga  bo'linadi.Iqlim ning  tab iiy  
o ‘zgarishi  ikki  guruh  omillar bilan  belgilanadi:
—  ilimni shakllantiruvchi tashqi omillar.  B ular iqlimiy tizim ga ta sh q a ri- 
dan  energetik  ta ’sirlar bilan  belgilanadi.
—  iqlimni  shakllantiruvchi  ichki  omillar.  Bular  iqlimiy  tizim ning  o ‘z 
xususiyatini  xarakterlaydi.
0 ‘z navbatida tashqi  omillar1 ikki  guruhga b o ‘linadi:  astronomik om illar 
va  tashqi geofizik  omillar.
Astronomik  omillarga  quyidagilar  kiradi.  Quyoshning  yorug‘lik  b erish i, 
Quyosh tizim ida Yer orbitasining holati va Y er orbital harakatining xususi- 
yatlari,  Yer o ‘qining órbita tekisligiga n isbatan  qiyaligi va o ‘z o ‘qi  atro fid a 
aylanish tezligi. Atmosferaning yuqori chegarasiga keladigan  Quyosh e n e r ­
giyasining  taqsim oti  (solyar  iqlim)  h am d a  Quyosh,  Oy  va  Quyosh  tiz im i 
sayyoralari  gravitasion  ta ’sirlari  yuqorida  aytib  o'tilgan  om illarga  b o g ‘liq. 
Bu ta ’sirlar  natijasida,  xususan,  gidrosfera va  atm osferada quyilish-qaytish 
harakatlari  yuzaga  keladi.  Orbital  h arak at  xususiyatlarining  teb ranish lari 
ham shularga  bog'liq.  Buning  natijasida  atm osferaning yuqori  chegarasiga

Quyoshdan kelayotgan energiyaning tebranishi sodir b o ‘ladi. Tashqi  magnit 
m aydoni ham bu jarayonlarda m a ’lum ahamiyatga ega.
Quyosh doimiysi  kattaligi deb xarakterlanadigan, atm osferaning yuqori 
chegarasidagi Quyosh radiasiyasining oqimi Yer iqlimiga hal qiluvchi ta’sir 
ko'rsatish  xususiyatiga  ega.  Y er  orbitasi  ekssentrisiteti  e  ning  o'zgarishi 
Quyosh  doimiysi  kattaligiga  ta ’sir  ko'rsatadi.  Yer  orbitasi  uchun  e  para- 
m etr  0,0007  dan  0,0658  gacha  oraliqda  o'zgarib  turadi  (hozir u  0,016751 
ni  tashkil  etadi).
Ekssentrisitetning  bu  diapozondagi  o'zgarishlarida  afeliy  va  perigeliy 
vaqtlari  o'rtasida  Quyosh  radiasiyasi  oqimining  o 'z aro   farqlari  7%  dan 
26%  gacha  o ‘zgarishi  hisoblangan.  Ekssentrisitet  kichik  b o ‘lganida  orbit- 
aning  perigeliyi  yoki  afeliyida  joylashgan  Yerga  yetib  kelayotgan  Quyosh 
energiyasining m iqdori o ‘rtasidagi farq sezilarsiz bo'ladi.  Eng katta ekssen- 
trisitetda  perigeliyda  energiya  afeliydagiga  nisbatan  Quyosh  doimiysining 
to ‘rtdan bir qismi  m iqdorida k o 'p ro q  vetib keladi.  Ekssentrisitet  taqm inan
0,1;  0,425  va  1,2  m in.  yil  davriylik  bilan o ‘zgaradi.
Quyosh tizimi sayyoralarining g ‘alayonlantiruvchi ta ’sirlaridan yana biri 
yil  fasllarining o ‘zgarishini  t a ’minlovchi Yer aylanish  o 'qining  ekliptikaga 
nisbatan  og'ish  burchagining  o ‘zgarishidir  s.  Hozirgi  vaqtda  ekvator  va 
ekliptika  tekisliklari  orasidagi  burchak  23°26'30"  ni  tashkil  etadi. 
 
ning 
qiym atlari  41  ming yil  davriylik  bilan  22° dan  24,5°  gacha  o 'z g arad i.'
Orbitaning  ekssentisiteti  bilan  bir qatorda  ekliptikaga  perpendikulyarga 
nisbatan  Yer o ‘qining presessiyasi ham   gravitasion  g‘alayonlarning  ta ’sirini 
sezilarli ifodalaydi. Yer o ‘qining presessiyasi órbita perigeliyiga nisbatan qishki 
va yozgi Quyosh turishi  nuqtalarining o ‘zaro joylashishi holatining o ‘zgarishiga 
olib  keladi.  Orbita  perigeliyi  va  qishki  Quyosh  turishi  nuqtasining  o ‘zaro 
ustm a-ust joylashish holati  21  ming yil davriylik bilan takrorlanadi.  So‘nggi 
m arta bunday holat  1250 yilda kuzatilgan. Hozirgi vaqtda Yer perigeliydan 4 
yanvarda o ‘tadi,  qishki  Quyosh  turishi  esa 22  dekabrda  kuzatiladi.  Perigeli- 
yning  qishki  Quyosh  turishi  nuqtasi  bilan  navbatdagi  ustm a-ust joylashishi 
20  ming  yildan  keyin  yuz  beradi.  Biroq,  bu  vaqtgacha  perigeliyning  yozgi 
Quyosh  turishi  nuqtasi  bilan  ustm a-ust joylashishi  kuzatiladi.
Ekssentrisitet  kichik  b o ‘lganida  Quyosh  turishi  nuqtalarining  órbita 
perigeliyiga nisbatan joylashish holati yozgi va qishki mavsum lar davomida 
Yerga etib  kelayotgan  issiqlik m iqdorining sezilarli  o ‘zgarishlariga olib kel- 
maydi.  Orbita  ekssentrisiteti  k atta b o ‘lganda um um an boshqa  holat kuza­
tiladi.  Bu  holda Yer  orbitan ing  Quyosh  energiyasining  m iqdori  eng  katta 
b o ‘lgan  perigeliyga yaqin qism ini tezroq, orbitaning qolgan cho‘zinchoqroq 
qism ini  esa  Quyoshdan  kattaroq  uzoqlikda  ko'proq  qolib,  sekinroq  bosib 
o ‘tadi.  Agar bu vaqtda  perigeliy va qishki Quyosh  turishi  nuqtalari  ustm a- 
ust joylashsa,  u  holda  shim oliy yarimsharda  qisqa  iliq qish  va  uzoq  salqin
16

yoz, janubiy yarim sharda  esa  qisqa  iliq  yoz va uzoq  sovuq  qish  kuzatiladi. 
Agar órbita perigeliyi  yozgi  Quyosh  turishi  nuqtasi  bilan ustm a-ust tu sh sa, 
u  holda  shim oliy  yarimsharda  issiq  yoz  va  u zoq  sovuq  qish  ku zatilad i, 
janubiy yarim sharda  esa  buning  aksi  b o 'lad i.  U zoq  davom  etuvchi  salq in  
va nam  yoz m uzliklar maydonining ortishiga olib kelishi m um kin.  D e m a k , 
ko'rib  chiqilgan  astronom ik  om illarning  kichik  gravitasion  g‘alay on lari 
ta’sirida  Yerga  etib  kelayotgan  Quyosh  energiyasi  m iqdorining  o ‘zgarishi 
iqlim lam ing  shakllanishiga  sezilarli t a ’sir  k o ‘rsatishi  mumkin.
Tashqi  geofizik  omillarga  q u y id a g ila r  k irad i.  Y erning  m assasi  va 
o'lcham lari,  uning  o ‘z  o ‘qi  atrofida  aylanish  tezligi,  Yerning  gravitasion 
maydoni  va  uning  anomaliyalari,  m agnit  m aydoni,  Yer  qaridagi  v u lq o n - 
lam i  keltirib  chiqaradigan  jarayonlar,  issiqlikning  geotermal  oqim lari  va 
boshqalar.
Sanab  o 'tilgan  omillar  ichida  v u lq o n lar  iqlimga  eng  sezilarli  t a ’sir 
ko'rsatadi.  V ulqonlar otilishi  vaqtida atm osferaga  katta m iqdorda  aerozol- 
lar chiqariladi. Bu aerozollar kelayotgan qisqa to'lqinli ham da uzun to 'lq in li 
radiasiyaning  ko‘chishiga ta’sir  ko‘rsatadi.
Iqlim  o'zgarishiga  sezilarli  ta ’sir  k o'rsatuv chi  boshqa  om il  bu  Y e rn in g  
aylanish  burchak  tezligining  tebranishidir.  H ozirgi  vaqtda  bu  tezlik nin g 
o ‘zgarish  sababi  bo'yicha  yagona  nuqtai  n a z a r  mavjud  emas.  A tm osfera 
sirkulyasiyasi  intensivligining  o'zgarishi  b u n g a  asosiy  sabab  deb  ta h m in  
qilinm oqda.
Global  iqlim ning o ‘zgarishida geoterm al  issiqlik m anbalarining a h a m i- 
yati  juda  sezilarsiz.  Biroq  bu  m anbalarni  iqlim ning  lokal  o'zgarishlarini 
baholashda  hisobga  olish  zarur.
Yer shaklining  n o to ‘g‘riligi, Y erning  gravitasion  m aydoni,  Y er  m a n ti- 
yasidagi jarayonlar va  boshqalarning  iqlim ga  ta ’siri  yetarlicha  o 'rg an ilg an  
emas.
Tchki geofizik  omillar iqlimiy  tizim ning  alohida  kom ponentlari  va  u la r 
orasidagi  o ‘zaro  ta ’sir  qonuniyatlari  u c h u n   xarakterli.  Bu  guruhga  atm os­
fera  tarkibi,  okeanlar va  materiklar taqsimoti,  quruqlik yuzasi va  okean  tubi 
relefi,  okeanning massasi va xususiyati,  o ‘sim lik,  qor va  m uz qoplami,  okean 
va atmosferadagi sirkulyasion jarayonlar,  atmosfera tiniqligi va bulutlilik kiradi.
Atmosferaning kimyoviy tarkibi Yerga keladigan Quyosh radiasiyasining 
va ketadigan uzun to ‘lqinli nurlanishning transformasiyasini belgilaydi.  Iqlim - 
ni shakllantiruvchi  asosiy gazlar orasida b irin ch i o ‘rinda suv bug'i va  ugler- 
od dioksidini  ajratish  mumkin.  U lar  „ p a rn ik “  effektining  hosil  b o ‘lishida 
asosiy  rol  o ‘ynaydi.  Suv  bug‘i  boMmaganda  Yerdagi  harorat  25°C  ga  past 
bo'lar edi.  Uglerod  dioksidi  gazi  b o 'lm ag an d a  esa Yerdagi  haro rat  6°C  ga 
past bo‘lar edi.  O zon ham  katta aham iyatga ega.  U  ultrabinafsha radiasiy- 
ani  to'liq yutib,  stratosferada  iqlim  rejim ini  shakllantiradi.

Iqlim shakUanishida va quruqlik ustidagi jarayonlarda dunyo okeanining 
roli benihoya katta.  Geologik o'tm ishda quruqlik va okeanning qayta taqsim- 
lanishi 50 million yil o ldin t o ‘xtagan.  Biroq bu qayta taqsim lanish jarayon- 
ida q it’alar joylashishi o ‘zgardi.  Shu bilan birga quruqlik va okean maydoni 
orasidagi  nisbat ham  o ‘zgardi.  Bu esa o‘z navbatida  atmosfera sirkulyasiyasi 
o'zgarishiga olib keldi.  B uning natijasida sezilarli iqlim tebranishlari kuzatil- 
di.
Atm osfera  u m u m iy   sirkulyasiyasi  iqlim  shakU anishida  m uhim   rol 
o'ynaydi.  Iqlimni shakllantiruvchi omillaming butun kompleksi o‘zaro ta ’siri 
ostida  havo  m assalarining  qayta  taqsimlanishi  sodir  bo'ladi  (bu  yerda  at- 
mosferaning okean  bilan va  m uz bilan  o ‘zaro ta ’sirini  ham  ta ’kidlab o'tish 
lozim ).  Buning  natijasida  global va  regional  iqlim lar  shakllanadi.  Iqlimiy 
tizim ni  to‘liq  tasvirlash  u c h u n   unga yagona  fizik  tizim   sifatida  qarash  lo­
zim .  Biroq zamonaviy bilim lar darajasi  iqlimiy tizim ni bunday to ‘liq tasvir­
lash  imkonini  bermaydi.
Iqlimning zam onaviy  nazariyasi ichki  iqlimiy tizim  sifatida yoki atmos­
fera va  okean tizim larini  birgalikda, yoki  faqat atmosferani  alohida ko'radi. 
Ikkinchi  holatda  iqlim ni  shakllantiruvchi  tashqi  om illar  deb  atmosfera  va 
iqlim iy  tizim ning  bosh q a  tarkibiy  qismlari  orasidagi  energetik  o ‘zaro 
ta ’sirlaming xususiyatlarini belgilovchi xarakteristikalami aytish mumkin.  Bu 
xarakteristikalar yig‘indisini  iqlimning  radiasion' omillari  deb  ataymiz.  Qu- 
yosh radiasiyasining m iqdori,  Quyoshning og'ishi, soat burchagi astronomik 
om illar jumlasidandir.  M eteorologik  omillarga  atm osferaning  (suv bug‘i  va 
aerozolni  hisobga olingan)  tarkibi,  atmosfera tiniqligi,  bulutlilik  miqdori va 
turi,  to'shalgan  sirt  albedosi  ham da uning harorati va  namligi  kiradi.  Sanab 
o'tilgan  barcha  om illar  Y er  yuzasi,  atmosfera  va  butun  sayyora  radiasiya 
balansining  sutkalik va  yillik o'zgarishini  belgilaydi.
T o ‘shalgan sirt bilan bog‘liq bo‘lgan xarakteristikalar yig‘indisining bar- 
chasi  iqlimni  shakllantiruvchi  tashqi  omillarga  kiradi.  Bular  iqlimning ge- 
ografik omillari b o ‘lib,  ularga geografik kenglik,  dengiz sathidan balandlik, 
Y er  shari  yuzasi  bo 'y ich a  quruqlik  va  suv taqsim oti,  quruqlik  yuzasi  oro- 
grafiyasi,  okean  oqim lari,  o ‘simlik,  qor va  muz  qoplam i  kiradi.
Joyning geografik kengligi iqlim ning muhim  om illaridan biri  hisoblana- 
di.  Iqlim   elem entlari  taqsim otidagi zonallik  aynan  shunga  bog'liq.
Joyning dengiz sathidan balandligi ham iqlimning geografik omili  hisobla- 
nadi.  Baladlik ortishi bilan  atm osfera bosimi  kam ayadi,  Quyosh radiasiyasi 
va  effektiv  nurlanish  o rtad i,  harorat va uning  sutkalik  o'zgarishi  am plitu- 
dasi  va  havo  namligi  o d atd a  kamayadi,  shamol  esa  tezligi  va  yo‘nalishi 
bo'yicha  ancha  m urakkab  o'zgaradi.  Tog‘larda  bulutlilik  va  yog'inlam ing 
xarakterli o'zgarishi kuzatiladi.  Natijada tog‘larda balandlik bo‘yicha iqlimiy 
zonallik yuzaga  keladi.
18

Shuni alohida takidlash lozimki, balandlik bo'yicha iqlimiy sh aro itlam - 
ing o'zgarishi  kenglik bo'yicha gorizontal yo'nalishda ularning o ‘zgarishiga 
nisbatan ancha tezroq sodir bo‘ladi.
Quruqlik va dengiz taqsimoti iqlim ning ju d a  effektiv omiü.  Iqüm  tu rla r- 
ining dengiz iqlimi va kontinental iqlimga b o ‘linishi aynan shu bilan bog‘iiq..
Quruqlik yuzasi (relef shakllari)  orografiyasi.  T og'larda  iqüm  sh aro itlar- 
iga nafaqat joyning dengiz sathidan balandligi,  balki relef shakli, tog‘  qo y a- 
larining balandligi va yo‘nalish bo‘yicha joylashishi, yonbag‘irlam ing d u n y o  
tomonlariga nisbatan ekspozisiyasi va ustuvor sham ollar, vodiylaming ken g - 
ligi va yonbag‘irlarning  tikligi va boshqalar  k atta  ta ’sir ko‘rsatadi.
Okean oqimlari, ayniqsa, dengiz yuzasida harorat rejimidagi keskin  farq - 
lam i yuzaga  keltiradi va shu bilan  birga  h aro rat  va  havo  namligi  ta q sim o - 
tiga  ham da  atm osfera sirkulyasiyasiga  sezilarli  ta ’sir ko ‘rsatadi.
O'simlik,  qor va  muz  qoplami.  Y etarlicha  zieh  o ‘tli  qoplam   tu pro q  h a - 
roratining sutkalik amplitudasini  kam aytiradi va uning o ‘rtacha h a ro ra tin i 
pasaytiradi.  Buning  natijasida havo  h aro ratin in g   sutkalik am plitudasi h a m  
kamayadi.  0 ‘rm on  iqlimga  ancha  sezilarli,  o'zig a  xos  va  m urakkab  t a ’sir 
ko'rsatish xususiyatiga ega.  Shuni ta ’kidlash lozim ki, o'sim lik qoplam inin g 
ta ’siri  asosan  mikroiqlimiy aham iyatga  ega.  Q o r va  m uz qoplam i  tu p ro q - 
ning issiqlik yo‘qotishini va uning harorati tebranishi amplitudasini kam ay ti­
radi.  Biroq  qor  va  muz  qoplam ining  o ‘zi  kunduzi  Quyosh  radiasiyasini 
kuchli  qaytaradi va  tunda nurlanish  hisobiga  kuchli  soviydi.
Bunday yondashuv bo'yicha atmosferaning um um iy sirkulyasiyasi iqlim ni 
shakllantiruvchi  ichki  omil  hisoblanadi.
Sirkulyasion omillar.  Ular o ‘rta va yuqori troposferada katta m asshtabli 
oqim lar  tizim ining  shakllanishini  belgilaydi  va  ularni  atmosferaning  u m u ­
miy  sirkulyasiyasi  (AUS)  deb  atash  qabul  qilingan.  Bu  sirkulyasiyaning 
asosiy tashkil etuvchilari planetar yuqori fro n ta l zonalar (PYuFZ) va  iqlim iy 
frontlardir.  Iqlim iy  frontlar asosiy  havo  m assalarini  ajratib  turadi.
Qutbiy  va  ekvatorial  kengliklarda  Yer  yuzasining  va  havoning  b ir  x il 
isimasligi,  materiklar va  okeanlaming taqsimoti,  okean  oqimlari,  Yerning o ‘z  
o ‘qi atrofida aylanishi sababli yuzaga keluvchi chetlantiruvchi kuch  (Koriolis 
kuchi),  katta  tog‘  massivlari  ko ‘rinishidagi  orografiya  atm osfera  u m u m iy  
sirkulyasiyasini  hosil  qiluvchi  asosiy  sabablar  hisoblanadi.
Sanab o ‘tilgan sabablar ta ’sirida troposferada atmosferaning ta ’sir m a rka z- 
lari  (ATM)  yuzaga  keladi.
Iqlimiy n uqtai nazardan atm osferaning ta ’sir m arkazi m azkur h u d u d d a  
bir  ishorali  barik  tizim lam ing  (siklon  yoki  antisiklonlar)  boshqa  ish o rali 
barik tizim lardan ustunligini ko'rsatadigan statistik natijadir.  K o'rilay o tg an  
sathda atmosfera umumiy sirkulyasiyasining o ‘rtacha taqsimoti ta ’sir m ark a z- 
larining  taqsim oti  bilan  belgilanadi.
19

O 'rta Osiyo  ob-havosi va  iqlimiga yilning  iliq  qism ida Azor antisikloni 
va Osiyo term ik depresiyasi,  yilning sovuq qismida  esa  Sibir sovuq antisik­
loni eng katta ta ’sir ko'rsatadi. Atmosfera ta’sir markazlarining o'zaro ta ’siri 
yirik  kvazizonal iqlim iy  m in taq a yoki  zonalarni  hosil  qiladi.
Iqlim  mintaqalari  —   bu  Y er  sharining  kenglik  yo'nalishi  b o ‘yicha 
cho'zilgan va m a’lum   iqlim iy ko'rsatkichlar bilan xarakterlanadigan  soha- 
laridir.
Atmosferaning um um iy sirkulyasiyasi sharoitlariga mos ravishda quyid- 
agi  iqlim  mintaqalari  ajratiladi.
1.  Yil  davom ida  term ik  ekvatorning  siljishi  ortidan  ko'chib  yuruvchi 
past  bosimli  ekvatorial  m intaqa  (ekvatorial  botiqlik).  Bu  m intaqa  kuchli 
yog‘inlar bilan ajralib turadi.  U nda yaqqol nam oyon bo'lgan quruq davrlar 
kuzatilmaydi.
2.  Shimoliy va jan u b iy  yarim sharlarda joylashgan  ikkita yuqori bosimli 
subtropik  mintaqalar.  Bu  yerda  yuqori  bosim  tizim lari  passatlar  ekvatori 
tom onga yo‘nalgan.  Bu m in taq a qurg‘oqchilikning ustuvorligi bilan xarak- 
terlanadi.
3.  Shimoliy  va jan u b iy   yarimsharlarda  joylashgan  past  bosimli  ikkita 
past  bosimli  o'rta  kengliklar  mintaqalari.  Bu  m intaqalarda  siklonlarning 
takrorlanuvchanligi  yuqori,  troposferaning  o ‘rta  va  yuqori  qatlam larida 
g ‘arbiy  ko'chish  ustuvor  ham da  materiklar  va  okeanlarning  atmosferaga 
ta ’siri  mavsumlar b o ‘yicha o ‘zgaradi.  Bu iqlim m intaqalari yaqqol nam oy­
o n  bo'ladigan iqlim  m avsum larining keskin alm ashishi,  iqlimlar kontinen- 
talik  darajasining turli-tum anligi va yog‘inlar m iqdorining  nisbatan  yuqo- 
riligi  bilan  xarakterlanadi.
4.  Yer yuzasida  yuqori  bosimli,  o ‘rta  va  yuqori  troposferada  siklonlar 
mavjud  b o ‘lgan  ikkita  qutbiy  mintaqalar.  Ular  iqlim ning  o ‘ta  qattiqligi  va 
yog‘inlar m iqdorining  m inim alligi  bilan  xarakterlanadi.
Bu asosiy m intaqalardan tashqari yana ikkita oraliq mintaqalar ajratiladi.
1.  Ikkita  subekvatorial  mintaqalar  yoki  ekvatorial  mussonlar  mintaqa­
lari,  ular goh  past  bosim li  ekvatorial  mintaqa,  goh  passatlar  ta ’siri  ostida 
boMadi.  Ular  bir  yoki  ikki  juft  juda  nam   va  ju d a  quruq  mavsumlarning 
mavjudligi  bilan  xarakterlanadi.
2.  Ikkita subtropik iqlim mintaqalari, ular yozda subtropik antisiklonlar, 
qishda  o ‘rta  kengliklar siklonlari  ta ’siri  ostida  boMadi.
2 .3 .  Iqlim ni shakllantiruvchi ja ra y o n la r
Iqlimni  shakllantiruvchi  alohida  omillarning  o ‘zaro  ta ’siri  butun  Yer 
shari va uning alohida qism larida  iqlimiy sharoitlarni yaratadi.  Bu sharoit- 
lar iqlimni shakllantiruvchi jarayonlar deb ataladi.  Issiqlik aylanishi,  namlik
20

aylanishi,  atm osferaning um um iy va mahalliy sirkulyasiyasi shunday jaray- 
onlar hisoblanadi.
Issiqlik aylanishi — bu Yer yuzasi-atm osfera tizim id a  issiqlikning olini- 
shi,  uzatilishi,  ko‘chishi  va yo'qotilishi jarayonlaridir.  Issiqlikning  kelishi 
va  sarflanishi  radiasiyaning yutilishi,  atm osfera  va  t o ‘shalgan  sirtning  xu- 
susiy  nurlanishi  yo‘li  bilan,  shuningdek,  boshqa  noradiasion  yo‘llar  bilan 
amalga  oshadi.  U larga  molekulyar  va  turubulent  issiqlik  o ‘tkazuvchanlik 
ham da atm osferada  suvning  faza  o'tishlarida  issiqlikning  uzatilishi  kiradi. 
K atta miqdordagi issiqlik  adveksiya yo‘li bilan u zatiladi, ya’ni bu issiq yoki 
sovuqning  havo  oqim lari  bilan  gorizontal  ko ‘chishida  sodir  bo‘ladi.
Namlik aylanishi  —  bu  iqlimni  shakllatiruvchi jara y o n   bugManish,  suv 
bug'ining  atm osferaga  uzatilishi,  uning  kondensasiyalanib,  bulutlar va tu - 
m anlar hosil qilishi, yog‘inlam ing yog‘ishi va n ih o y at suvning oqishi jaray- 
onlarining  m ajm uidan  iboratdir.  Shunday qilib,  suvning yer yuzasidan  a t­
mosferaga  va  atm osferadan  yana  yer  yuzasiga  uzluksiz  uzatilish  jarayoni 
sodir b o ‘lib  turadi.
Nisbatan  kichik  yuzada sodir  bo‘lib  turadigan  atm osfera  sirkulyasiyasi 
mahalliy sirkulyasiya deb ataladi.  U quruqlik-suv chegarasidagi term ik far- 
qlar hisobiga  (brizlar)  yoki  yer yuzasining  m exanik  birjinsli emasligi hiso- 
biga  (tog‘-vodiy  sham ollari,  fyonlar va  boshqalar)  so dir bo ‘lib  turadi.
Yuqorida  sanab  o'tilgan  iqlim ni  shakllan'tiruvchi  u ch   jarayon  o ‘zaro 
cham barchas bog‘liq.  M asalan, to ‘shalgan sirtning  va  atm osferaning issiq­
lik  rejimiga  to ‘g‘ri ¿jQuyosh  radiasiyasi  oqim ini  t o ‘sib  qoluvchi  bulutlilik 
ta ’sir ko'rsatadi.  Bulutlarning  hosil bo‘lishi  o ‘z  navb atid a  nam lik aylanishi 
elem entlaridan  biri  hisoblanadi  va  hokazo.  H a r  b ir  iqlim   elem entining 
rejimi  iqlimni  shakllantiruvchi  barcha  uch jara y o n n in g   o ‘zaro  ta ’siri  nati- 
jasi  hisoblanadi.  Bunga yog'inlarning Y er shari  b o ‘yicha  taqsim oti  yorqin 
misol bo‘la  oladi,  chunki bu yerda nam lik aylanishi  h am ,  issiqlik aylanishi 
ham ,  atmosfera  um um iy sirkulyasiyasi  ham   ishtirok  etadi.
2 .4 .  A ntropogen o m illa r
Inson xo‘jalik faoliyati  minglab yillar m obaynida atrof-m uhitning  iqlim 
sharoitiga  moslashib  kelmoqda.  Biroq  bu  faoliyatning  iqlimga  ijobiy yoki 
salbiy ta ’sir ko‘rsatishi  hisobga olinm agan. Yerdagi ah oli soni va insonning 
energetik  qurollanganligi  nisbatan  kam  b o ‘lgan  davrda  tabiatga  an tro p o ­
gen ta ’sir iqlimning turg‘unliligiga o ‘z kuchini k o ‘rsata olm agan.  Biroq XX 
asrning o ‘rtalaridan  boshlab inson faoliyati sh un day  koMamlarga erishdiki, 
buning natijasida inson xo‘jalik faoliyatining iqlim ga beixtiyor ta ’siri  m ua- 
mmosi  yuzaga  keldi.
Iqlimga  ta ’sir etuvchi  antropogen  om illarga  quyidagilar  kiradi:
21

Sadfauya
1.  Inson  xo'jalik  faoliyatining  atmosfera  kimyoviy tarkibiga ta ’siri.  B u­
lar:  organik  yoqilg‘ilarni  yoqish  hisobiga  uglerod  ikki  oksidi  va  boshqa 
„issiqxona“  gazlarining  ham da  turli  sanoat  aerozollarining  atmosferaga 
chiqarilishi  (2-rasm );
2.  Inson xo‘jalik faoliyatining to ‘shalgan sirtga ta ’siri. Bular: erning katta 
m aydonlarini haydash  (shudgorlash),  o'rm onlarni kesish, chorva m ollarini 
yaylovda  qayta-qayta  (tiklanishga  im kon  bermay)  boqish  va  boshqalar. 
Bularning  barchasi  yer yuzasi  albedosining  o'zgarishiga  ham da  issiqlik va 
namlik aylanishi jarayonlarining buzilishiga  olib  keladi;
3.  Iqlimiy  tizim lam ing  alohida  tashkil  etuvchilariga  lokal  ta ’sir.  Bular: 
issiqlik  bilan  ifloslanish  (issiqlik  orollarining  yuzaga  kelishi),  yangi  suv 
omborlarini  barp o   qilish  va  mavjudlarining  degradasiyasi  (Orol  dengizi 
kabi),  arid  h ududlarida  o ‘simliklarni  tepkilanishi va boshqalar;
4.  Atmosfera-okean-quruqlik yuzasi tizimidagi  namlik aylanishiga  ta ’sir. 
Bular:  bulutlilikka  ta ’sir  etish,  sug‘oriladigan  erlarda  bug'lanishning  orti-
shi,  okean  suvlarining  ifloslanishi  va 
boshqalar;
5. 
Inson xo‘jalik faoliyatining turli 
sohalarida energiyadan foydalanish at- 
mosferaning  q o ‘shim cha  isishiga  olib 
keladi.  Inson foydalanayotgan energi- 
yaning ham m asi issiqlikka aylanadi va 
bu issiqlikning asosiy qismi atmosfera 
h a r o r a tin in g   k o 'ta r ilis h ig a   h issa 
qo'shuvchi  energiya  m anbai  hisobla- 
nadi.
K o'm ir,  neft,  tabiiy gaz, atom  en- 
ergiyasi  hozirgi  za m o nd a  y utilgan 
Quyosh  energiyasiga  qo‘shim cha  is­
siqlik  m anbai  hisoblanadi.
Gidroenergiya, yog‘ochlarda h am ­
da  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishi 
mahsulotlarida jamlangan  energiya — 
bu har yili  yerda yutilayotgan  Quyosh 
radiasiyasi  energiyasining  o ‘zgargan 
ko'rinishidir.  Bu  turdagi  energiyaning 
sarfi yer issiqlik balansini o'zgartirmaydi 
va  qo‘shimcha  isishga  olib  kelmaydi. 
Boshqa tom ondan, ular inson iste’mol 
qilayotgan ham m a energiyaning kichik 
bir qismini  tashkil  etadi.
C*rbon W«à3S* 
ivs
l- 

 °-0
Methane
Nifcroys Oxide
Rwlutvu  lui'ultixlfWm*)
f  O.K.
2-rasm .  Asosiy  „issiq x o n a“  gazlari 
konsentrasiyalarining o ‘zgarishi
22

Energiyadan  foydalanishning  b u n d an   keyingi  ortib  borishida  x o'jalik 
faoliyati  davom ida ajralib chiqadigan  issiqlik yer yuzasi  Quyosh  raiasiyasi- 
dan olayotgan  energiyaning sezilarli qism iga tenglashishi  m um kin.  Bu g lo ­
bal  iqlim ning  isishiga  olib  keladi.
Atmosferadagi aerozol iqlimiy sharoitga birm uncha m urakkabroq t a ’sir 
ko‘rsatadi,  chunki aerozol zarrachalari  ikki xil ta ’sir etish xususiyatiga ega. 
U lar ham  qisqa to'lqinli,  ham uzu n  to 'lq in li  radiasiyani sochishi yoki y u t- 
ishi  m um kin.  Inson  xo‘jalik  faoliyati  t a ’sirida  atmosferadagi  aerozo llar 
m iqdorining  ortishi  atmosfera  radiasion  rejim ining  o'zgarishiga olib  k e la ­
di.  Bu o ‘z  navbatida  iqlimning  isishiga  h am ,  uning  sovishiga  h am   im k o n  
yaratishi  m um kin.
NAZORAT SAVOLLARI
1.  Iqlim iy  tizim   deb  nimaga  aytiladi?  Iqlim iy  tizim ning  alohida  b o ‘g ‘in lari 
o 'za ro   qanday  munosabatda  b o ‘ladi?
2.  Iqlim ni  shakllantiruvchi  barcha  asosiy  om illarni  sanab bering.
3.  Iqlim ning  shakllanishida  astronom ik  om ilning  rolini  tushintirib  bering.
4.  Iqlim   genezisida  tashqi  geofizik  o m illar  qanday  rol  o'ynaydi?
5.  Iqlim ning  shakllanishida  ichki  geofizik  om illarning  roli  qanday?
6.  G eofizik  om illar  qaysilar?  Iq lim n in g   shakllanishida  u la r  q a n d a y   rol 
o'ynaydi?
7.  A tm osfera  sirkulyasiyasi  iqlim ning  shakllanishida  qanday  rol  o 'y n a y d i?  
A tm osferaning  ta ’sir  markazlari  nim a?
8.  Y er sharining  iqlim  m intaqalarini  aytib  bering?
9.  Iqlim ni  shakllantiruvchi jaray o n larn i  aytib  bering?
10.  Inson  faoliyatining  iqlimga  ta ’sirining  asosiy  turlarini  aytib  bering?
23

I l l  BO B.  Y E R  S H A R IN IN G  E N E R G IY A  
BALANSI
Iqlim ning shakllanishida Y er sharining energiya balansi katta ahamiyat 
kasb  etadi.  Yer sharining energiya  balansi deganda  Quyosh  energiyasining 
yer sirti,  okeanlar va  atm osferada  yuz  beradigan  o ‘zgarishlari  tushuniladi.
3 .1 .  A tm osferaning y u q o ri chegarasida ra d ia siy a  taqsim oti.
S o ly a r iqlim
Atm osferaning yuqori  chegarasiga etib kelgan quyosh  radiasiyasi  quy­
osh  doimiysi  deb  ataladi.  Q uyosh  doimiysi  (  I0)  —  bu  Quyoshdan  Yer- 
gacha  masofa o 'rtacha boMganida, atmosferaning yuqori chegrasidagi quy­
o sh  nurlariga  perpendikulyar  b o'lg an   birlik  yuzaga  (1  m 2)  birlik  vaqt 
davom ida  (1  s)  yetib  kelgan  Q uyosh  radiasiyasi  oqim idir.  Y er  orbitasi 
ellips  shaklida  bo ‘lganligi  u c h u n ,  Quyoshdan  Y ergacha  joriy  masofada 
bu   oqim   quyidagicha  an iq lan ad i:
bu  yerda  I0 =  1,367  k V t/m 2  —  quyosh  doimiysi,  r v a r 0  —  mos  ravishda 
Q uyoshdan  Yergacha  b o ‘lgan joriy va  o'rtacha  masofa.
G orizontal  yuzaga  quyosh  radiasiyasi  oqimi    (insolyasiya)  Quyosh 
burchak  balandligining  ( !% )  sinusiga proporsional:
Quyoshning  burchak  balandligi  Quyoshning  og'ishi  (5),  joyning  ge- 
ografik kengligi (
ing  funksiyasidir.  Bu  bogManishlami  hisobga  olib,  insolyasiyani  quyidag­
icha  ifodalash  mum kin:
(3.1)
(3.2)
(3.3)
b u  yerda  R 2  = 
.
24

Quyoshning ogïshi (5)  — bu Quyoshga y o ‘nalg an  chiziq va ekvator tek - 
isligi  orasidagi  burchakdir.  Yil  m obaynida  u   yozgi  quyosh  turishi  k unida 
+23,4°  dan  (shimoliy  yarimsharda)  -23,4°  g ach a  (qishki  quyosh  turishi 
kunida)  o ‘zgaradi.  Tengkunlikda  5 =  0.
$oat burchagi (y )  —  bu meridian tekisligidan  Quyoshdan va olam   tek - 
isligidan  o'tadigan  tekislikkacha  g‘arbiy  y o ‘nalishda  hisoblanadigan  b u r­
chakdir.  Bu burchak orqali sutkaning vaqti  aniqlanadi.
(3.3) 
tenglam ani  Quyosh  chiqishidan  (—/0)  un ing  botishigacha  (/0)  in - 
tegrallasak,  quyosh  radiasiyasi  sutkalik yig'indisini  topam iz:

I J t 
. 
.  _ 
П 
с 
•  2n  t
Q = —f   4   • sin 8  + —  cosœ • eos <5  - s in ----- L
/ ? Ч  
к  
Y 
n  
0
(3.4)
bu yerda  П  —  Yerning  aylanish  davri.
Shunday qilib,  sutkalik  insolyasiya faqat yilning vaqtiga va joyning ge- 
ografik  kengligiga bog'liq  (3-rasm).  T engkunlik vaqtida  sutkalik insolyasi­
ya quyidagicha  aniqlanadi:
Q  =
L n
■eos (p
(3.5)
Bu kunlarda insolyasiyaning 
eng  katta  qiymatlari  ekvatorda 
kuzatiladi va 37,7 m J/m 2 ga teng 
bo‘ladi.  Qutblarda  qish  mavsu- 
mi  mobaynida,  ya’ni  kuzgi  va 
bahorgi tengkunliklar orasida in­
solyasiya  nolga  ten g   b o ‘ladi. 
Yozgi Quyosh turishi davrlarida 
mos yarimsharlar qutblarida in­
solyasiya ekvatordagiga nisbatan 
kattaroq  bo'ladi.  Shimoliy  va 
janubiy qutblarda u mos ravish- 
da 46 m J/m 2 va 49 m J/m 2 gacha 
yetadi. Bunday holat yilning shu 
davrlarida qutblarda Quyosh nur 
soehishining  davomiyligi  ekva­
tordagiga nisbatan  ikki  barobar 
katta  bo'lganligi  bilan  bog'liq. 
Um um an,  yil  davomida  insol­
yasiya Yer shari  bo'yicha zonal 
taqsimotga ega.
m w m i i m m i i m m m m w i
ж 1 Ш
А ъ т м т //ш ж \т
т т ш т ш т т ш м т т


111
 
tv  

VI 
VII  И » 
К  

X I 
хв
3 -ra s m .  / 0=  1,37  k V t/m 2  b o 'lg an d a  
atm o sfe ra   y u q o ri  chegarasidagi  sutkalik 
inso ly asiy a  (ken g lik   va yil  faslining 
funksiyasi  sifatid a),  M J /m 2

Yer  va  Quyosh  orasidagi  masofaning  mavsumiy  tebranishlari  janubiy 
yarimsharda  shim oliy yarimshardagiga  nisbatan yozda  sutkalik  insolyasiy- 
aning katta,  qishda  esa  kichik bo'lishiga olib keladi. Yozgi va qishki yarim 
yilliklardagi insolyasiyani  alohida  aniqlash u chun  (3.5)  tenglam ani   ning 
o ‘zgarishini hisobga  oigan  holda 5 bo'yicha  integrallash lozim.  Integrallash 
natijasida  yozgi  ( Qs )  va  qishki  {QN )  insolyasiyalar  uchun  quyidagi  ifo- 
dalarga  kelamiz:
Q
s
  = Y
+ 2  J
i
* 
2
  s i n £ ' sin,P 
(3.6)
Q n = % - ------- S = = s i n e - s i n  tp 
Katalog: storage -> web -> source
source -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi t. S. Xudoyberdiyev, B. P. Shaymardanov
source -> O’zbekiston respubikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi barayev f. A
source -> O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
source -> S. gazinazarova. I. Aхmedov. B. Muхamedgaliyev. A. Хojiyev
source -> Referat mavzulari «Irrigatsiya va melioratsiya»
source -> O'zbekiston respubukasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
source -> В. tojiboyev, D. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va saqlash jarayonlarini
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti

Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling