Iqlimshunoslik


Download 7.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana15.12.2019
Hajmi7.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

11-rasm.  Y e r-atm o sfe ra   tizim i  issiqlik balansining  kengliklar bo'yicha  o 'rta c h a   yillik 
taqsim oti  (Sellers  bo'yicha)
48

issiqlik oqim ining atmosfera sirkulyasiyasi ta ’sirida yuqori kengliklarga olib 
chiqilishi kerakligini bildiradi.
Shunday qilib,  Y er-atm osfera  tizimining  issiqlik  m uvozanati  okean  va 
atmosferadagi gorizontal  harakatlar bilan  ta ’m inlanadi.  B uning  natijasida 
turli  harorat  xarakteristikalariga  ega  bo'lgan  havo  m assalari  va  suvning 
kengliklararo  almashinuvi  sodir bo'ladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.  Atmosferaning yuqori chegarasidagi Quyosh  radiasiyasining taqsimoti qaysi 
omillarga  bog'liq?
2.  A tm osferaning  yuqori  chegarasida  Q uyosh  radiasiyasining  kengliklar 
bo'yicha  taqsim oti  qanday  xususiyatga  ega?  S olyar  iqlim   nim a?
3.  Atmosferada Quyosh radiasiyasining transformasiyasi qanday sodir bo'ladi? 
Tabiiy yuza,  b u lu tlarv a  um u m an  Yer shari  albedosining  qiym atlari  qan­
day?
4.  Quyosh  radiasiyasining  geografik  taqism oti  xususiyatlarini  aytib  bering?
5.  U zun  to ‘lqinli  nurlanish  tashkil  etuvchilarining  geografik  taqsim oti  xu- 
susiyatlari  qanday?
6.  Quruqlik va  okean  ustida  radiasiya  balansining  geografik  taqsim oti  q an ­
day xususiyatlarga  ega?
7.  To'shalgan  sirt  issiqlik  balansining  tashkil  etuvchilarini  xarakterlab  ber­
ing?
8.  Quruqlik,  okean  va  u m u m an   Yer  shari  issiqlik  balansining  tashkil  etu- 
vchilari yillik yig'indisining  kengliklar b o ‘yicha  taqsim oti  qanday xususi­
yatlarga  ega?
9.  Quruqlik  ustidagi  to'shalgan  sirt  issiqlik  balansi  tashkil  etuvchilarining 
yillik  o'zgarishi  qanday  xususiyatlarga  ega?
10.  Okean  ustidagi to'shalgan  sirt  issiqlik balansi  tashkil  etuvchilarining yillik 
o'zgarishi  qanday  xususiyatlarga  ega?
11.  Atm osferaning  issiqlik  m iqdorini  qaysi  om illar  belgilaydi?
12.  Atmosferaning  issiqlik  balansida  noradiasion  issiqlik  alm ashinishi  q an ­
day  rol  o'ynaydi?
49

I V  BO B.  IQ L IM   S H A K L L A N IS H IN IN G  
S IR K U L Y A S IO N  O M IL L A R I
4 .1 .  A tm osfera sirkulyasiyasi  t o ‘g ‘risida 
um um iy m a ’lum o tlar
Q it’a va  okeanlarning  katta qismlari  oMchamlariga teng  keluvchi  plan- 
etar m asshtabdagi yirik  oMchamli  havo oqimlari  tizimi  atmosferaning um u­
miy  sirkulyasiyasi  deb  ataladi.  Havo  massalarining  Yerdagi  sirkulyasiyasi 
quyidagi  omillar  ta ’sirida yuzaga  keladi:
—  Quyosh  radiasiyasining  kengliklar bo'yicha  notekis  uzatilishi;
—  Quyosh  radiasiyasining  atmosfera va Yer sirtida yutilishi  xususiyatlari;
—  Koriolis  kuchi;
—  okean  va q it’alam ing taqsim oti;
—  to 'shalgan  sirt-atm osfera  chegarasidagi  ishqalanish  kuchlanishi.
R adiasion,  turbulent  va  fazaviy  o'tishlar  natijasida  issiqlikning  kelishi
oqibatida  atm osferada  havo  harorati  va  bosim ning  notekis  taqsim langan 
m aydonlari yuzaga keladi. Atmosferada' bu jarayonlar havo sirkulyasiyasini 
shakllantiradi.  Atm osfera  sirkulyasiyasi  katta  sutkalik,  mavsumiy va  yillik 
o ‘zgaruvchanligi  bilan  xarakterlanadi.  Shunga  qaramasdan  atm osferaning 
o ‘rtacha xarakteristikalari  deyarli  o'zgarm as.
A tm osferaning  um um iy  sirkulyasiyasi  bir  qator  yirik  masshtabli  havo 
harakatlarini  o ‘z ichiga oladi.  B ulam ing ichida,  qishda butun atm osferani, 
yozda esa troposferani va tropik  kengliklardan tashqaridagi  stratosferaning 
bir  qism ini  qam rab  oigan,  eng  yirik  masshtabga  ega  boMgan  g ‘arbiy  havo 
ko ‘chishidir.  B unday  havo  ko‘chishi  ekvator va  qutb  orasidagi  havo  haro- 
ratlari  farqining  mavjudligi  (buning  natijasida  gorizontal  b a n k  gradiyent 
tropiklardan  qutblar  tom on  yo‘nalgan  boMadi)  va  Yer  sharining  o ‘z  o ‘qi 
atrofida  aylanishi  tufayli  paydo  b o ‘ladigan  chetlantiruvchi  kuch  (Koriolis 
kuchi)  bilan  belgilanadi.  G ‘arbiy ko ‘chish  shimoliy va janubiy yarim shar- 
larning tropikdan  tashqari  kengliklarining  katta qismlari uchun  xarakterli. 
Yer sirtiga yaqin  quyi bir kilometrli  qatlam da ishqalanish kuchlari  hisobiga 
ekvatorial  zo n ad a  Koriolis  kuchi  kichik  b o ‘lganligi,  ham da  sham olning 
zonal va  m eridional tashkil qiluvchilari bir xil bo‘lganligi tufayli  havo oqim - 
larining  kvazigeostrofikligi buziladi.
Sham ol  tezligi  odatda  balandlik  bo ‘yicha  (tropopauzagacha)  ortadi. 
N atijada  tropopauza  ostida  haroratning  eng  katta  gradiyentlari  zonasida 
g ‘arbiy  sham ol  katta  tezliklarga  ega  b o lad ig an   tor  zonalar  hosil  boMadi.
50

G ‘arbiy shamoUaming tezliklari b ir n echa yuz k m /so at ga yetishi mum kin. 
B unday zonalar  tez havo  oqimlari  deb  ataladi.  Qishki  yarim sharda  12  km 
balandlikda  tez  havo  oqimlari  zonasida  g‘arbiy  sham oln in g  maksimal  te- 
zligi  o 'rta ch a  200—300  km /soat  ga  yetadi.  Yozgi  yarim sharlarda  o ‘rtacha 
maksimal  tezlik  kichikroq  bo‘ladi.
Tropopauzadan  yuqorida,  stratosferada  h arorat  gorizontal  gradiyenti- 
ning  qaram a-qarshi  yo'nalishga  o'zgarishi  zonal  sham ol  tezligining  bal- 
andlik bo'yicha  kamayishiga olib  keladi va yozda tax m in an   20  km baland­
likda u nolga teng bo'ladi.  Bu balandlikdan yuqorida yozda g'arbiy shamol 
sharqiyga almashadi.
Qishda  sovuq  q it’a  va  nisbatan  iliq  okean  orasida,  yozda  iliq  q it’a  va 
nisbatan  sovuq  okean  orasidagi  haroratlarning  farqlarini  ikkinchi  turdagi 
issiqlik  mashinasi  deb  atash  m um kin.  Bu  issiqlik  m ashinasining  ishlashi 
natijasida q it’a va  okeanlaroM cham lari bilan teng  m asshtabli bo'lgan mus- 
son  sirkulyasiyasi  ta ’m inlanadi.  T ropik  zonasida  subtropik  antisiklonlar 
mavjudligi bilan  bogiiq  bo‘lgan  passai sirkulyasiyasi  kuzatiladi.
Uzluksiz  paydo  boMayotgan  va  yo‘qolayotgan  n o tro p ik   siklon  va  an ­
tisiklonlar tizimidagi havo sirkulyasiyasi atmosfera um um iy sirkulyasiyasining 
m uhim  tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.  Bu sirkulyasiya havo  massalarin- 
ing  kengliklararo almashinuvi  xarakteriga katta ta ’sir k o 'rsatib ,  issiqlikning 
quyi  kengliklardan yuqori  kengliklarga,  soviiqlikning  yuqori  kengliklardan 
quyi  kengliklarga  uzatilishini  t a ’m inlab  turadi.  K engliklararo  almashinuv 
havo haroratining m a’lum taqsim otini ta ’minlaydi, u nurli m uvozanat orqali 
hosil  bo‘ladigan  havo  haroratining taqsim otidan  keskin  farqlanadi.
Janubiy  yarimsharda  atm osfera  um um iy  sirkulyasiyasi  o'ziga  xos  xu- 
susiyatlarga  ega.  Birinchi  navbatda  bu  xususiyatlar jan u b iy   yarim sham ing 
katta  qismini  okeanlar  egallagani  bilan  bog'liq.  B u n d an   tashqari  Yerda 
kuchli  „m uzlatkich“  — A ntarktida mavjud.  N atijada shim oliy yarimsharga 
qaraganda janubiy yarim sharda zonallikning intensivligi a n c h a  katta.  Ikka- 
la  yarim sharlar  orasidagi  impuls  m om entining  ayniqsa  k atta  farqlari  sni- 
moliy yarim sharda  yozda  kuzatiladi.  Bu  paytda  shim oliy  yarim sharda  at- 
m osferaning  kinetik  energiyasi  minimal, janubiy y arim shard a  —  maksimal 
b o ‘ladi  va  shimoliy  yarim sham ing  energiyasidan  ta h m in a n   3,5  barobar 
k atta  bo'ladi.  Qishda m os ekstrem um lar o ‘z joylari  b ilan   alm ashadi,  lekin 
shim oliy yarim sham ing  m aksim um i janubiy yarim sham ing   m inim um i  bi­
lan  taqqoslanadigan  darajada.
Atmosfera  harakatlari  uyurm a  xarakteriga  ega  va  nostasionarligi  bilan 
ajralib  turadi.  Bu  atmosfera  sirkulyasiyasi  va  uning   tashkil  etuvchi  ele- 
m entlarining  uzluksiz o'zgarishiga  olib  keladi.
Atm osferada  uyurm a  harakatlardan  tashqari  to 'lq in li  harakatlar  ham  
kuzatiladi.  Ularga  zonal  oqim da  to ‘lqin  uzunligi  tax m in an   5000  km  teng
51

bo‘lgan  to ‘lq in lar (Rossbi to ‘Iqinlari) ,  siklon va antisiklonlarga mos kichik- 
roq^n asshtabdagi  to ‘lqinlar,  ham da  gravitasion  siljish  to'lqinlari  kiradi. 
To'lqinli  h arak atlar atmosferada  paydo  bo'ladigan  turli  xil  ajratish  sirtlar- 
iga  ham   xarakterli.
K eltirilgan  qonuniyatlar atm osfera umumiy sirkulyasiyaning asosiy xu- 
susiyatlari  haqida  tasaw ur  hosil  qilishga im kon  beradi.
U m um iy zonal ko'chishdan chetlanishlar atmosferaning ta ’sir markazlari
—  bosim  past  yoki  yuqori  bo'lgan  sohalar  bilan  bog‘liq.  Atmosfera  ta ’sir 
markazlarining mavjudligi troposferada yacheykali sirkulyasiya,  kengliklararo 
havo alm ashishi va bosh yoki  iqlimiy frontlarning hosil bo‘lishiga  olib  keladi.
A tm osfera  iqlimiy ta ’sir markazi m azkur hududda  bir ishorali barik  tiz- 
im larning  (siklon  yoki  antisiklonlar)  boshqa ishorali  barik tizim lardan  us- 
tunligini  k o ‘rsatadigan  statistik  natijadir.  K o'rilayotgan  sathda  atm osfera 
um um iy  sirkulyasiyasining  o ‘rtacha  taqsim oti  ta ’sir  m arkazlarining  taqsi- 
moti  bilan  belgilanadi.  Atmosfera  ta ’sir  markazlari permanent (doim iy)  va 
mavsumiylarga bo'linadi. Atmosfera t a ’sir markazlari dengiz sathidagi havo 
bosim ining  o ‘rtacha  oylik  yoki  yillik  qiymatlari  kartalaridan  yoki  barik 
topografiya  kartalaridan  aniqlanadi.
Iqlimiy frontlar deb  atmosfera  iqlim iy ta ’sir markazlari bilan  cham bar- 
chas  bog'liq  bo'lg an   m a’lum  hududd a  m a ’lum  geografik  tipdagi  bosh 
frontlarning  o rrtacha joylashishi  tushuniladi.  Bu  alom at  bo‘yicha  iqlimiy 
frontlarning  quyidagi turlari ajratiladi:  arktik (janubiy yarim sharda  antark- 
tik) front,  o ‘rta kengliklar (ba’zida u qutbiy deb ataladi) fronti,  tropik (ba’zida 
u  ekvatorial  botiqlik  o ‘qi  bilan  bir  xil  deb  hisoblanadi)  front.  Yanvar  va 
iyulda  iqlim iy frontlarning joylashishi  12-rasmda  keltirilgan.
Shim oliy  yarim sharda  yanvarda  arktik  va  o ‘rta  kengliklar  havolarini 
ajratuvchi arktik  frontning ikkita tarm o g ‘i ajraladi.  Ulardan bittasi A tlanti- 
ka  okeanining  va  Yevrosiyo  q it’asining  shimolida  joylashadi,  ikkinchisi 
Alyaska va  K anadaning shim olidan  o ‘tadi. Yanvarda bu frontlar iyuldagiga 
nisbatan  shim olroqda joylashgan.
Arktik  front  A ntarktida  q it’asini  qam rab  oladi  va janubiy yarim sharda 
arktik  havoni  o ‘rta  kengliklar  havosidan  ajratadi.
Arktik  fron td an  janubroqda  o ‘rta  kengliklar  frontlar tizimi joylashgan. 
Bu frontlar tizim i o ‘rta kengliklardagi  havoni tropik havodan ajratadi.  0 ‘rta 
kengliklar  frontlari  shimoliy  yarim sharda  30°  va  50°  shimoliy  kengliklar 
orasida joylashadi.
Y anvarda o ‘rta kengliklar frontining tarmoqlaridan biri  Floridadan  La- 
M anshgacha  o ‘tadi,  ikkinchisi  0 ‘rta  Yer dengizida  kuzatiladi,  uchinchisi 
Osiyoda Y eron, Afg'oniston tog‘  tizm alari va Tibetning shimoliy chegarasi 
bo‘ylab  o ‘tadi.  Y ana  bitta tarm oqni  T inch  okeanida  kuzatish  m um kin,  u 
Filippin  orollaridan  Alyaskaning  janubiy  chekkasigacha  o'tgan.  Janubiy
52

3  —  passat  (qutbiy fro n tn in g   tropik  zonadagi  d a v o m i),  4  —  ekvatorial  botiqlik o ‘qi.
yarim sharda  o ‘rta  kengliklar  frontlari  nisbatan  torro q  zonani  egallaydi  va 
40°-50° janubiy  kengliklar orasida joylashgan  bo'ladi.
Iyulda o ‘rta  kengliklar frontining A tlantika  va  T inch okeanlardagi  ta r- 
moqlari yanvardagiga qaraganda shimolroqda joylashadi. Osiyodagi frontning 
tarm og'i  faqat  U zoq  Sharqda  ko'zga  k o 'rin a d i,  Amerikadagi  qismi  esa, 
yanvarda  AQSh  janubida  zo‘rg‘a  ko‘rinsa,  iyulda  Shimoliy  A m erikaning 
markaziy  qism ini  kesib  o'tadi.  Janubiy  yarim sharda  o ‘rta  kengliklardagi 
iqlimiy frontning tarm oqlari  40° j.k.  paralleli  yaqinida joylashadi.
Shimoliy  va  janubiy  yarimsharlardagi  subtropik  antisiklonlar  m in ta - 
qalari  orasida  past  bosimli  polosa  —  ekvatorial  botiqlik joylashadi.  U n in g  
o ‘qi  ba’zida  ichki  tropik  iqlimiy  front  deb  ataladi.  Bu  holatda  „ fro n t“ 
tushunchasi  unchalik  to ‘g‘ri  bo'lm aydi,  ch u n k i  ekvatorial  botiqlik  o ‘qi 
bo'yicha janubiy va  shimoliy yarim sharlam ing  xususiyatlari bir xil  b o 'lg a n  
ekvatorial  havoning  yaqinlashuvi  kuzatiladi.
53

Shunga e’tibor berish kerakki, arktik va o ‘rta kengliklar frontlarida uzil- 
ishlar  kuzatiladi,  ayniqsa  Yevrosiyo  ustida  bu  uzilishlar  katta.  Bu  uzilish 
joylari, sovuq havo m assalari janubga,  iliq havo massalari — shimolga chu- 
qu r  kirib  boradigan  hududlarga  mos  keladi.  Aytib  o ‘tish  lozimki,  o ‘rta 
kengliklar  frontlarining  uchlari  materik  ichiga  ancha  kirib  boradi  va  ular 
bu  yerda  tropik  va  o ‘rta  kengliklar  havosini  em as,  balki  turli  subtropik 
antisiklonlarda shakllangan turli tropik havo m assalarini ajratadi.  Shuning 
uchun  ham   ular passat  frontlari  deb  ataladi.
Iqlimiy frontlar,  yil  m obaynida yer sharining  qaysi  hududlarida  u yoki 
bu havo massalari ustuvor bo'lishini  ko'rsatadi,  qishdan yozga turli xususi- 
yatlarga  ega  bo'lgan  havo  massalarining  alm ashush  hududlarini  xarakter- 
laydi.  Bu m ezonlar asosida B.P.Alisov tom onidan  iqlim larning genetik tas- 
nifi ishlab  chiqilgan.
4.2.  Tropik zonasida atmosfera  sirkulyasiyasi
Atmosfera o ‘rtac h a bosim ining taqsimoti  kartalarida  ikkala yarim shar- 
larda subtropik kengliklarda yuqori bosimli mintaqalar doimo mavjud bo'ladi. 
U lar alohida joylashgan yopiq o'choqlarga — subtropik antisiklonlarga ajrala- 
di.  Um um qabul  qilingan  havoning  sirkulyasion  modeli  bo'yicha  havo  ek- 
vatorial zonadabalandliklarda tropiklartom on harakatlanadi. Koriolis kuchi 
ta ’sirida havo oqim lari shim oliy yarimsharda o ‘ng tom onga, janubiy yarim - 
sharda  —  chap  to m onga  chetlanadi.  30°  kengliklarda  yuqorida  havo  har- 
akati  g ‘arbiy  yo‘nalishga  ega.  Subtropik  kengliklarda  havo  massalarining 
to'planishi  kuzatiladi  va Y er  ustida yuqori  bosimli  m intaqalar yuzaga  kel­
adi.  Antisiklonlar  m arkazlarining  joylashuvi  mavsumga  bog‘liq  ravishda 
o ‘zgaradi. Antisiklonal sirkulyasiyasiga mos antisiklonlaming markaziy qism- 
larida  kuchsiz  sham ollar  bilan  ochiq  yoki  kam bulutli  ob-havo  kuzatiladi. 
Bu  kengliklarda,  ayniqsa  yoz  oylarida yog‘inlar  kam  kuzatiladi.  Aynan  bu 
kengliklarda  ikkala  yarim sharda  sahrolar  m intaqasi  joylashgan:  shimoliy 
yarimsharda  —  Sahroi  Kabir,  Arabiston sahrosi,  G obi,  Janubiy  Kaliforni- 
yadagi  0 ‘lim  vodiysi,  Janubiy  yarimsharda  —  Kalaxari,  K atta  Avstraliya 
sahrosi  va  boshqalar.
Subtropik antisiklonlaming ekvator tomondagi qismlarida turg‘un sharqiy 
yo‘nalishdagi  sham ollar  —  passatlar  yuzaga  keladi.  Ishqalanish  kuchlari 
ta ’sir ko‘rsatadigan  Y er  sirti  yaqinida  shamol  izobaralardan  past  bosimlar 
tom oniga  m a’lum  burchakka  og'adi  (13-rasm).  Bu  shimoliy yarim sharda 
yer sirti yaqinida subtropik antisiklonning janubiy chetida sharqiy sham ol­
lar o'rniga shim oli-sharqiy yo‘nalishdagi sham ollar esishini bildiradi.  Mos 
holda, janubiy yarim sharda  subtropik  antisiklonning  shimoliy  chetida  yer 
sirti  yaqinida  —  janubi-sharqiy  shamollar  yuzaga  keladi.  Shuning  uchun
54

13-rasm .  Passatlar  zonasidagi  havo  oq im lari  sxem asi.
1  —  subtropik  antisiklonlar  izobalari,  2  —  yer  sirti  y a q in id a g i  sham ollar, 
3  —  ishqalanish  sathi  ustidagi  sh am o llar.
ham   passatlar shimoliy yarim sharda  shim oli-sharqiy, jan u b iy  yarim sharda 
janubi-sharqiy passatlar deb ataladi.
Shimoliy yarimsharda  qishda  passat zonasi  ekvatordan  28°  sh.k.  gacha 
c h o ‘ziladi. Yozda bu zona  18°  sh.k.  va  31° sh.k.  oralig 'id a joylashadi,  ya’ni 
qishdan yozga passat sirkulyasiyasi egallangan maydon 2 barobarga kamayadi. 
Qishda  passatning  o 'rta ch a tezligi  4,2  m/sek.
Janubiy yarim sharda  passat  zonasining joylan ishi  tu rg ‘unroq bo'ladi, 
un in g   tuzulishi  ham   o'zgarm aydi.  Janubiy  y arim sh ard a  janubi-sharqiy 
passatlarning o 'rta ch a  tezligi  yozda  —  3,2  m /sek,  qishd a  —  5,2  m /sek ga 
teng  bo'ladi.
Havoning katta balandliklardan yirik masshtabli c h o ‘kishi ta ’sirida sub­
tropik antisiklonlarda passat inversiyasi yuzaga  keladi.  C h o ‘kayotgan  havo 
m a’lum   balandlikda  ekvator  tom onga  yo'nalgan  dengiz  havo  oqimi  bilan 
to ‘qnashadi.
Shunday  qilib,  bu  havo  m assalarining  orasidagi  ajratish  sirti  passat 
inversiyasining  quyi  chegarasi  b o 'lib   q oladi,  in v ersiy an in g   o ‘zi  esa 
k o ‘tarilg a n   inversiyasiga  ay lan a d i.  N is b a ta n   iliq r o q   d en g iz  sirtiga 
ko ‘chgandan  so‘ng,  passat oqim ining  quyi  q atlam larid a  no tu rg 'u n   strat- 
iflkasiya yuzaga keladi, shu sababli ko‘tariluvchi  o q im larn in g  tezligi  2,5— 
4  m /sek ga teng bo'lgan  kuchli  konveksiya  rivojlanadi,  to ‘p -to ‘p bulutlar 
hosil  b o ‘ladi  (14-rasm ).
55

14 -rasm .  P assatlar  zonasida  balandlik 
b o ‘y ich a  h a ro ra tn in g   tipik taqsim oti.
Lekin,  quyi  chegarasi  dengiz 
sirtidan  1,0— 1,2  km  balandlikda 
joylashgan inversiya kuchli konvek- 
siyaning rivojlanishiga yo‘l bermay- 
di va bulutlar vertikal bo‘yicha yax- 
shi rivojlanmaydi. Asosan, qatlamli 
to‘p -to ‘p bulutlar (Sc)  kuzatiladi. 
Bu bulutlardan yog'inlar yog'maydi 
yoki  kuchsiz  qisqa  m uddatli  va 
mayda  tom chili  yomg‘irlar  kuza- 
tilishi  mumkin.
Ekvatorga  yaqinlashgan  sari 
passatlam ing vertikal qalinligi  or- 
tadi,  20°  sh.k.  parallelida  u  2—4 
km  ga  yetadi.  Ekvator  yaqinida, 
ayniqsajanubiyyarimsharda, shar- 
qiy sham ollar b u tu n   troposferani  va quyi stratosferani  egallab  oladi.  Pass­
atlar,  butun  troposferani  egallamagan  joylarda,  ularning  ustida  g ‘arbiy 
sham ollar ustunlik  qiladi  (antipassatlar).
K o'tariluvchi  havo  harakatlarida  havoning  oqib  ketishi  hisobiga  ekva- 
torial zonada  past bosimli  soha  —  ekvatorial botiqlik hosil b o ‘ladi.  Ekvato- 
rial  botiqlikdan  shim ol va janub  tom on  bosim  ko'tarilganligi  uchun uning 
o ‘qida  ikkala  yarim sharlarda  havoning  konvergensiyasi  (yaqinlashuvi)  ku- 
zatilishi  kerak.  H aqiqatda  esa,  ekvatorial  botiqlik  zonasining  barcha joy- 
larida  konvergensiya  aniq  ko'rinm aydi.  Bu  botiqlikning  oqim lar  konver­
gensiyasi  yaqqol  k o ‘rinadigan  qismlari  tropik  ichi  konvergensiya  zonasi 
deb  ataladi  (15-rasm ).
Havo oqim larining yaqinlashuvi  natijasida bu zonada konvektiv harakat 
keskin kuchayadi va u passat zonalardagiga nisbatan  katta balandliklargacha
15-rasm .  T ropik  ichi  konvergensiya  zonasidagi 
havo  oqim larin in g   asosiy  tiplari.  I  —  ekvator 
yaqinidagi  tro p ik  fro n t  oldidagi  yaqinlashuv,
II  —  ekvatordan  kattaroq  uzoqlikdagi  passat 
h u d u d id ag i yaqinlaushv  (yozgi  ekvatorial  m u sson), 
III  —  g ‘arbiy  sham ollarning  ekvatorial  zonasi.
56

rivojlanadi.  Bulutlar kuchli to‘p -to ‘p va yom g‘irli to ‘p -to ‘p bulutlarga ayla- 
nadi, ulardan kuchli jala yog‘inlari yog‘adi. Tropik ichi konvergensiya zona- 
si  ayrim  qism larining  joylanishi  k u n d an   kunga  o ‘zgaradi,  b a ’zida  ancha 
kuchli o ‘zgaradi.
K o‘p  hollarda tropik ichi konvergensiya zonasi  tor tro pik frontga ayla- 
nadi,  bu  frontda  ko‘rilayotgan  yarim sharning  passati  boshqa  y arim sham - 
ing passati bilan bevosita alm ashadi.  B unday holatda tropik front  ekvatori- 
al botiqlik  (depressiya)  o ‘qi  b o ‘ylab joylashgan  bo‘ladi.
Havo  oqim larining yaqqol  ifodalangan  yaqinlashuvida h aro rat  m aydo- 
nida tropik frontlar yaxshi ifodalanm agan, chunki ikkala passatlardagi havo 
haroratlari bir biriga yaqin. K attaroq  farqlar nam lik m aydonida  kuzatilishi 
m um kin.
Okeanlarning  ba’zi qismlarida  (m asalan,  H ind  okeanining  sharqida va 
T inch okeanining g'arbida) tropik ichi konvergensiya zonasida passatlardan 
ikkita  bir-biriga  parallel  tropik  fro n tlar bilan  ajralib  turgan  kuchli  (5— 10 
m /sek)  g'arbiy shamollar esadi.  Bu ekvatorial g'arbiy sham ollar yer sirtid- 
an  bir necha  kilometrgacha c h o ‘zilgan  atm osfera  qatlam ini  egallaydi.
0 ‘tish  m avsum larida  H ind  o k e a n i  ustidagi  eni  b ir  n e c h a   kenglik 
graduslariga teng bo‘lgan g'arbiy sham ollarning ekvatorial zo nasi ekvator- 
ga  nisbatan  simmetrik joylashgan  b o ‘ladi.
K o'rilayotgan  yarimsharning  yozida  g'arbiy  sham ollarning  ekvatorial 
zonasi  kengayadi,  yuqoriroq  kengliklarni  o ‘z  ichiga  olib,  u   yerda  kvazige- 
ostroflk yozgi  mussonni  hosil qiladi.  B unda tropik frontlardan  bittasi  ekva- 
tor yaqinida qoladi,  boshqasi esa m usson  bilan birga shim olga yoki jan u b - 
ga  siljiydi.
Mussonlar— qishki va yozgi  mavsum larda shamolning ustuvor yo‘nalishi 
va yetarlicha turg‘un rejimi bilan xarakterlanuvchi shamollardir.  Bir mavsum- 
dan  ikkinchi  mavsumga  o ‘tishda  sham olning  ustuvor  yo 'n alish i  qaram a- 
qarshi  yoki  unga  yaqin yo'nalishga  o ‘zgaradi.
M ussonlam ing hosil bo‘lish  m exanizm i  atm osfera um um iy  sirkulyasi- 
yasi  elem e n tlari-sik lo n   va  a n tis ik lo n la r  bilan   c h a m b a rc h a s  b o g ‘liq.
S.P.X rom ov tuzgan kartada m ussonli va „m usson  moyillik“ ka ega b o ‘lgan, 
ya’ni  qishda va  yozda  qaram a-qarshi  y o ‘nalishdagi  sham ollarning  tak ro r- 
lanuvcha.iligi 40%  dan k a m b o ‘lm agan  m intaqalar ko'rsatilgan  (16-rasm ).
Shunga e ’tibor berish kerakki,  m usson  m intaqalari  bir n ech a kengliklar 
zonalariga  birlashgan  bo‘ladi.  Bu  zo n a la r  Yevrosiyo  q it’asining  chekka 
hududlarini  shim oldan,  sharqdan  va jan u b d an   qam rab  oladi.  U la r Afrika 
va Am erika  q it’alarining  ayrim joylashgan  hududlarida  ham   kuzatiladi.
U ch ta musson zonalarini ajratish m um kin:  20° sh.k.  va 20° j.k.  orasida- 
gi  tropik  zona;  ikkala  yarim sharlarda  30°  va  40°  kengliklar  orasida  jo y ­
lashgan  ikkita  subtropik  zonalar;  o ‘rta  kengliklar  zonasi  va  qutbiy  zona.
Katalog: storage -> web -> source
source -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi t. S. Xudoyberdiyev, B. P. Shaymardanov
source -> O’zbekiston respubikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi barayev f. A
source -> O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
source -> S. gazinazarova. I. Aхmedov. B. Muхamedgaliyev. A. Хojiyev
source -> Referat mavzulari «Irrigatsiya va melioratsiya»
source -> O'zbekiston respubukasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
source -> В. tojiboyev, D. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va saqlash jarayonlarini
source -> Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti

Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling