Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi


Download 93 Kb.
bet6/9
Sana10.11.2021
Hajmi93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Leonard Simon de Sismondi ham muhim o’rin tutadi. Uning bosh asari «Siyosiy iqtisodning

yangicha boshlanishi» (1819) bo’lib, unda kapitalistik jamiyatning iqtisodiy mexanizmi tanqid

qilinadi. U o’zining iqtisodiy ta’limotida asosiy diqqat-e’tiborni taqsimotga qaratadi. Uning

fikricha, taqsimotga qarab iste’mol va ishlab chiqarish tarkib topadi. U insonlarning baxt-saodati

uchun siyosiy iqtisod sotsial mexanizmni takomillashtirish to’g’risidagi fan bo’lishi kerak deb

ko’rsatadi.

Kelajakda qanday jamiyat qurish kerakligi haqida har bir iqtisodchi o’z tushunchasiga

muvofiq ravishda fikrlarini bildirgan. A. Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouenlar tarixda sotsialutopistlar

nomi bilan qolishdi. Ular kapitalizmni tanqid qilib, uni o’tkinchi tizim hisoblaganlar.

Sotsial-utopistlar (utopiya — xayoliy) xususiy mulkchilikni yo’q qilish, aqliy mehnat bilan

jismoniy mehnat o’rtasida qarama-qarshiliklarni tugatish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni

qayta tashkil etish, adolatli tuzum o’rnatish talabi bilan chiqishgan. Kelajakda quriladigan yangi

jamiyatni Sen-Simon — industrial jamiyat, Fure — garmonik jamiyat, Ouen — kommunizm deb

atashgan.

Klassik iqtisodiy maktabning mashhur namoyondalaridan biri Q. S. Mill hisoblanadi.

Asosiy asari besh kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod printsiplari» (1848 yil) bo’lib, unda shu

paytga qadar ilgari surilgan juda ko’p kontseptsiyalarni o’rganib, umumlashtirdi va rivojlantirdi.

Baho o’zgarishining talab miqdori ta’siri(talab elastikligi), bozor muvozanatini o’rnatish

mexanizmi, bozor iqtisodiyotida davlatning roli va boshqa qator fikrlari uning ilmiy

xizmatlaridan hisoblanadi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy ta’limotda yangi oqim vujudga keldi.

Bu oqim marjinalizm nazariyasi sifatida shakllandi. Bu nazariyaning klassiklari — Karl Minger,

Fridrix fon Vizer, Eygen fon Bem-Baverk hamda Uilyam Stenli Qevons hisoblanadi.

Marjinalizm (


Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling