Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi


Download 93 Kb.
bet8/9
Sana10.11.2021
Hajmi93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo’lgan Marshall avval

klassik maktab tarafdori bo’lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab

turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of ecohomics) nomli kitobi

nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni

nazarda tutgan.

Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy

iqtisod kursini «Ekonomiks» egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX

asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga

davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko’rsatdi. Erkin raqobatli bozorni

ulug’lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g’oyasini

ilgari surdi. U yangi atama — «ekonomiks» da ifodasini topdi.

Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo’yicha ko’plab darsliklar aynan ana shu nom bilan

nashrdan chiqmoqda.

Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog’lanishda

emas, balki funktsional bog’lanishda bo’ladi. Narxning sabab-oqibatli bog’lanishda qanday qilib

shakllanishi to’g’risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida

emas, balki uning qanday o’zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy

nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo’llarini o’rganish bo’lmay, real amal

qilayotgan bozor xo’jaligi mexanizmini o’rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan

iborat bo’lishi kerak.

A. Marshall bozor mexanizmining buzilishi faqat davlat aralashuvi bilan emas, balki

sotuvchining hukmron mavqega ega bo’lib, xaridorning aralashuvisiz narx belgilaganda, ya’ni

monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko’rsatadi.

XX asr boshlarida monopoliyalar sonining o’sish tendentsiyasi kuzatildi. Bu

tendentsiyani hisobga olgan holda neoklassik nazariya doirasida narxning shakllanishini tadqiq

qilib, iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga Q. Robinson va E. Chemberlinlar katta hissa

qo’shdilar. Ayniqsa, Qoan Robinson o’zining nomukammal raqobat sharoitida foydani

maksimallashtirish asosida narxning tashkil topishi haqidagi fikrlari bilan eng mashhur

iqtisodchi ayolga aylandi.

XX asrning 30- yillarida yuz bergan inqiroz va Buyuk depressiya erkin raqobat

jamiyatning barcha sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qila olmasligini ko’rsatdi.

Iqtisodiyotni tanglikdan olib chiqish uchun yangi g’oya zarur edi. Ana shunday g’oya

bilan iqtisodiy nazariyaga


Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling