Iqtisodiy о‘sish tushunchasi va о‘lchanishi 13 Iqtisodiy о‘sish omillari va tiplari 13 Iqtisodiy о‘sishning E. Domar modeli


Download 76 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi76 Kb.

13-Mavzu. Iqtisodiy о‘sishning umumiy tavsifi va neokeynscha modellari

Reja:

13.1. Iqtisodiy о‘sish tushunchasi va о‘lchanishi

13.2. Iqtisodiy о‘sish omillari va tiplari

13.3. Iqtisodiy о‘sishning E.Domar modeli

13.4. Iqtisodiy о‘sishning R.Xarrod modeli
Tayanch iboralar: iqtisodiy o’sish, iqtisodiy o’sishning omillari, iqtisodiy o’sish tiplari, iqtisodiy o’sish nazariyalari, iqtisodiy o’sish modellari, talab tenglamasi, taklif tenglamasi
13.1. Iqtisodiy о‘sish tushunchasi va о‘lchanishi

Iqtisodiy о‘sish tо‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish plaridarajasini uzoq muddatli kо‘payishi tendensiyasini anglatadi.

Iqtisodiy о‘sish jami taklifning о‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YAIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy о‘sish muammosini о‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi. Demak, iqtisodiy о‘sish omillari va ular samaradorligini о‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.

Iqtisodiy о‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining о‘sishi, shuningdek, jon boshiga tо‘g‘ri keladigan real daromadlarning о‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy о‘sish ikki xil usul bilan о‘lchanadi.



  • Birinchi usulda iqtisodiy о‘sish real YAIMni о‘tgan davrga nisbatan о‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.

Bunda, joriy yildagi real YAIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz kо‘rinishidagi о‘sishi aniqlanadi, ya’ni:

Yt

DY= ------------ x 100

Yt-1



  • Ikkinchi usulda iqtisodiy о‘sish aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan real YAIMning о‘tgan davrga nisbatan о‘zgarishi sifatida aniqlanadi.

Iqtisodiy о‘sish nazariyasi va modellarida YAIM о‘rniga SIM, YAMD, SMD kо‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy о‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bо‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning pirovard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining о‘zgarishi resurs imkoniyatlarining о‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini aks ettiradi. Iste’mol va investitsiya о‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.

Iqtisodiy о‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda о‘lchanadi.

Har bir mamlakat iqtisodiy о‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy о‘sish:



  • birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning kо‘payishiga;

  • ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga;

  • uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bо‘lishiga;

  • tо‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obrо‘sining oshishiga olib keladi.


13.2. Iqtisodiy о‘sishga omillari va tiplari

Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli о‘sishi sur’atlarini, kо‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy о‘sish omillari deyiladi. Iqtisodiy о‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi:

Birinchi guruh omillari iqtisodiy о‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruh ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiritiladi:



  • tabiiy resurslar soni va sifati;

  • mehnat resurslari soni va sifati;

  • asosiy kapital hajmi;

  • texnologiyalar va ishlab chiqarishning tashkil etilganlik darajasi;

  • jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi.

Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati kо‘proq yalpi talab bilan belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi kо‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy о‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi.

Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy о‘sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari (bilvosita omillari) kiritiladi:



  • bozorning monopollashuvi darajasining pasayishi;

  • iqtisodiyotdagi soliq muhiti;

  • kredit-bank tizimi samaradorligi;

  • iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining о‘sishi;

  • eksport hajmining о‘sishi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;

  • daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.

Agar о‘sish qо‘shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan о‘rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy о‘sish deb ataladi. Ekstensiv iqtisodiy о‘sish yangi korxonalar, yо‘llar, elektrostansiyalar qurish, yangi yerlarni о‘zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qо‘shimcha jalb etish kabilar hisobiga ta’minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma’lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qо‘yadi.

YAIMning о‘sishi iqtisodiyotda band bо‘lganlar sonidan yuqori sur’atga ega bо‘lsa intensiv iqtisodiy о‘sish rо‘y beradi. “Iqtisodiy о‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga tо‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni kо‘zda tutadi. Bunday jarayonlar quyidagilarda namoyon bо‘ladi:



  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;

  • xodimlar malakasini oshirishda;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”*

Iqtisodiy о‘sishning bu ikki tipi sof holda rо‘y bermaydi. Iqtisodiy о‘sish uni ta’minlashdagi ekstensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab kо‘proq ekstensiv, yoki kо‘proq intensiv bо‘lishi mumkin.
13.3. Iqtisodiy о‘sishning E.Domar modeli

Iqtisodiy о‘sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli kо‘payishini taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy о‘sish modellari ham real jarayonlarni mavhum va soddalashgan kо‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.

Iqtisodiy о‘sishning keynscha va neoklassik modellari mavjud.

Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha asoslanadi:


      1. ularning barchasi Keynsning yalpi talab tо‘g‘risidagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi shart – yalpi talabni oshirish deb qaraladi;

      2. iqtisodiy о‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi.

Keynscha iqtisodiy о‘sish modelidan farqli va soddaroq model 40-yillarda E.Domar tomonidan taklif etilgan. Keyns о‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini о‘rgangani holda, yalpi taklifga ta’sirini kо‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarni barqaror holatda ushlab turadi, investitsion lag (Lag kapitalnix vlojeniy – razriv vo vremeni mejdu kapitalnimi vlojeniyami v proizvodstvo i polucheniyem ekonomicheskogo effekta. Ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyadan olinadigan samaradorlikning namoyon bо‘lishi uchun ketgan vaqt) «0» ga teng, kapital quyilmalarning chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.

E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni, investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir kо‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi – degan fikrni olg‘a suradi. Shunday ekan, yalpi talabning о‘sishi yalpi taklifning о‘sishiga teng bо‘lishi uchun investitsiyalar qanday о‘sishi kerak degan savol paydo bо‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani о‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzadi, bu:



  1. taklif tenglamasi;

  2. talab tenglamasi;

  3. talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.

1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qо‘shimcha о‘sishini kо‘rsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I о‘ssa, yalpi ishlab chiqarish DKα miqdorga о‘sadi, ya’ni: DYs= DKα

DK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tenglikni: DYs= Iα deb yozish mumkin. Bunda, α – kapital quyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. sо‘mga oshirish uchun 4 mlrd sо‘m investitsiya talab etilsa α=0,25 bо‘ladi. α=DYs / I bir sо‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini kо‘rsatadi.



2. Talab tenglamasi quyidagi kо‘rinishga ega: DYd= DI (1/μ)

bu yerda, 1/μ – xarajatlar multiplikatori, μ – jamg‘arishga chegaralangan moyillik.

Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qо‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ kо‘payishiga teng miqdorda о‘sishini kо‘rsatadi.

Ishlab chiqarishning tо‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qо‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida kо‘payishi sababli, taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qо‘shimcha investitsiyalargina kо‘rib chiqiladi.



3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qо‘shimcha о‘sish sur’atlari tengligi tenglamasi: DI (1/μ) = Iα

Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz: D I / I = μ α



(D I / I ) – investitsiyalarning yillik о‘sish sur’ati bо‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida tо‘liq bandlilikni ta’minlab turish uchun (μ α) miqdorga teng bо‘lishi kerak. Bundan xulosa shuki, investitsiyalarning mutanosib о‘sish sur’ati jamg‘arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi (kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.

Agar μ=0,2 α=0,4 bо‘lsa DI/I = 0,2* 0,4=0,08 yoki 8 %

Demak, investitsiyalarning о‘sish sur’ati 8% bо‘lishi talab etiladi.

E.Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki, iqtisodiy о‘sishni ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, buning uchun esa jamg‘arish meyori hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.


13.4. Iqtisodiy о‘sishning R.Xarrod modeli

Agar E.Domar о‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan bо‘lsa, R.F.Xarrodning 1939 yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy о‘sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga kо‘ra, nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning о‘sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning о‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. R.Xarrod о‘z modeliga uch tenglamani kiritadi:

1) haqiqiy о‘sish sur’ati tenglamasi;

2) kafolatlangan о‘sish sur’ati tenglamasi;

3) tabiiy о‘sish sur’ati tenglamasi.

Xarrod modelida haqiqiy о‘sish sur’ati ishchi kuchining о‘sish sur’ati va kapital unumdorligining о‘sish sur’ati bilan belgilanadi va bu quyidagicha ifodalanadi:



G c = s

bu yerda, G - YAIMning haqiqiy qо‘shimcha о‘sish sur’ati, ya’ni: ΔY/ Y;

c - ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, ya’ni: I / ΔY

s - milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi, yoki jamg‘arishga о‘rtacha moyillik, ya’ni: S / Y;

Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan о‘sish sur’ati bо‘lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) о‘sish sur’atiga asoslanib, о‘z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan о‘sish sur’ati jamg‘arishga о‘rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi va buni quyidagicha ifodalash mumkin: Gw = s / cr

bu yerda: Gw - kafolatlangan о‘sish sur’ati;

cr - talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti (о‘tgan yillardagi shakllangan darajasi).

Bu kо‘rsatkichlar doimiy bо‘lganligi sababli kafolatlangan о‘sish sur’atlari ham doimiy bо‘ladi.

Agar haqiqiy о‘sish sur’ati kafolatlangan о‘sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz о‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bо‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar rо‘y beradi. Xarrod modelida resurslardan tо‘liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bо‘lgan maksimal о‘sish sur’ati tabiiy о‘sish sur’ati deb nomlandi. Uni quyidagicha ifoda etiladi: Gn cr = yoki ≠ s

Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati tо‘liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy о‘sish sur’atlari о‘zaro teng bо‘lganda ta’minlanadi. Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.




* Макроэкономика. Теория и российская практика: учебник / под ред. А.Г.Грязневой и Н.Н. Думной.-5-е изд., перераб. И доп.-М.: КНОРУС, 2008, 187-188 с.с.


Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling