Iqtisodiy o’sish va milliy boylik topshiriqlar 1-topshiriq. Test


Download 40 Kb.
bet1/4
Sana18.10.2023
Hajmi40 Kb.
#1707441
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy o’sish va milliy boylik topshiriqlar 1-topshiriq. Test


IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK
TOPSHIRIQLAR
1-TOPSHIRIQ. TEST
1. Agar diqqat markazida mamlakatning iqtisodiy, harbiy-siyosiy potensiali tursa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali o‘lchanadi:
a) o‘rtacha mehnat unumdorligining o‘sishi;
b) YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
c) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
d) kapital qaytimining o‘sishi;
e) ishlab chiqarish omillarining o‘sish sur’ati.
2. Agar aholining turmush darajasini taqqoslash zarurati bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:
a) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
b) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
c) kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
d) aholi daromadlarining o‘sish sur’ati;
e) ishlab chiqarish omillarining o‘sish sur’ati.
3. Iqtisodiy o‘sish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch ko‘rsatkich:
a) aholining va YAIMning o‘sish sur’ati;
b) YAIM va kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
c) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM va mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati;
d) YAIM hajmining va aholi jon boshiga va resurs birligiga nisbiy miqdorining o‘sish sur’ati;
e) YAIM va mehnat unumdorligi o‘sish sur’ati bilan tavsiflanadi.
4. Iqtisodiy o‘sish intensiv bo‘ladi, agar:
a) qo‘shimcha mehnat omilini jalb qilish natijasida milliy daromad hajmi o‘ssa;
b) mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati band bo‘lganlar o‘sish sur’atiga qaraganda yuqori bo‘lsa;
c) kapital bilan qurollanish darajasi o‘ssa;
d) mahsulot birligiga sarflangan resurslar hajmi o‘ssa;
e) ishlab chiqarish hajmi va resurslar miqdori mutanosib o‘ssa.
5. Agar mehnatning kapital bilan qurollanishi mehnat unumdorligiga nisbatan tezroq o‘ssa, u holda:
a) kapital qaytimi pasayadi;
b) kapital qaytimi o‘sadi;
c) aholi jon boshiga milliy daromad o‘sadi;
d) mamlakatning milliy boyligi ortadi;
e) kapital samaradorligi ortadi.

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling