Iqtisodiy o’sish va milliy boylik


Download 0.83 Mb.
Sana27.11.2020
Hajmi0.83 Mb.
#153887
Bog'liq
20-MAVZU

IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK

  • Iqtisodiy o’sishning mazmuni, mezonlari va ko’rstkichlari.
  • Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo’lib, u o’z ichiga iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shar-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarini, ijobiy va salbiy tomonlarini olib notekis boradi.
  • Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli , uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo’lib, o’z ifodasini real YAIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko’payishida topadi.

  • Iqtisodiy o’sish bevosita YaIM miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
  • Shuningdek, iqtisodiy o’sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi.
  • Iqtisodiy o’sish murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko’rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko’rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlar tizimida naflilik ( moddiy-ashyoviy ) va qiymat ifodasidagi ko’rsatkichlar farqlanadi.
  • Iqtisodiy o’sishning naflilik ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi,(chunki ular inflatsiya ta’siriga berilmaydi) biroq ularni universal holda qo’llab bo’lmaydi (iqtisodiy o’sish suratlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin).

Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy lo’satkichlari quyidagilardan iborat:

  • Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy lo’satkichlari quyidagilardan iborat:
  • 1. YaIM va milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;
  • 2.YaIM va milliy daromadning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
  • 3.YaIM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati.
  • Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o’sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
  • Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:shlab chiqa
  • A)ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
  • B) xodimning malakasi va tayyorlanganlik darajasi;
  • C)ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omilio’rtasidagi nisbat;
  • D)mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.

Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;
  • YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
  • YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;

IQTISODIY O’SISHNING TURLARI.

  • Ijtimoiy mahsulotning o’sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi nisbat iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv turlarini belgilab beradi.
  • Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlsb chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va maalaka tarkibi amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi massasini oshirish, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning , pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishi o’z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga xojat yo’q.

  • Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi massasini oshirish, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning , pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishi o’z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga xojat yo’q.

IQTISODIY O’SISHNING MAQSADI, OMILLARI VA YO’NALISHLARI.

  • Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh omillari taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:
  • 1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati
  • 2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati
  • 3) asosiy kapital (asosiy fondlar )ning hajmi
  • 4)texnologiya va fan - texnika taraqqiyoti.
  • Ma’lumki, yalpi (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:

3. kapital samaradorligi - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;

  • 3. kapital samaradorligi - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
  • 4.kapital sig’imi – kapital xarajatlarining mahsulot ishlsb chiqarish hajmiga nisbati;
  • 5. tabiiy resurslar samaradorligi – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;
  • 6. mahsulotning resurslar sig’imi – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
  • 7. ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi.
  • Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir etadi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
  • Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi taklif va taqsimlash omillari o’zaro bir-birini taqozo qiladi.

MILLIY BOYLIK TUSHUNCHASI VA UNIG TARKIBIY TIZILISHI.

  • Milliy boylik insoniyat jamiyati taqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan boyliklarga milliy boylik deb eytish mumkin.
  • Milliy boylik shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin:
  • Moddiy – buyumlashgan boylik;
  • Nomoddiy boylik;
  • Tabiiy boylik.

Iqtisodiy o’sish modellari:

  • Iqtisodiy o’sish modellari:
  • E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud bo’lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va maµsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog’liq bo’lishini ko’rsatadi. Unga ko’ra investitsiyalarning o’sish sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko’payishining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.
  • R.F.Xarrod modeli - Bu modelga «tabiiy» o’sish sur’ati tushunchasi kiritiladi. Bu faol aµoli soni ko’payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib chiqadigan o’sish sur’ati bo’lib, u mehnat va kapital omillarining to’liі bandligini ta’minlaydi.
  • R.Solou modeli - Ishlab chiqarish omillarining o’zaro o’rnini bosish mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart-sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi, ishlab chiqarish miqiyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi, investitsion lagning mavjud emasligi hisoblanadi.

Taklif Omillari

  • Taklif Omillari
  • Iqtisodiy o’sishning 4 omili iqtisodning jismoniy kengayish obiliyatiga bog’liq. Ular:
  • • Tabiy manbalarning miqdori vasifatining ko’tarilishi.
  • • Ishchi kuchidagi miqdoriy va sifat o’sishi.
  • • Kapital resurslar ta’minotidagi o’sish.
  • • Texnologiyalarning yaxshilanishi.
  • Bu taklif omillari – ishlab chiqarishning jismoniy va texnik omillardagi o’zgarishlar–iqtisodning potensial YIMni kengaytirish imkoniyatini beradi.

Talab Omili

  • Talab Omili
  • Iqtisodiy o’sishning beshinchi elementi bu talab omilidir:
  • • Taklif omillari, xo’jaliklar, tadbirkorlar tomonidan yaratilgan yuqori ishlab chiqarish potensialiga yetish va hukumat iqtisodning kengayib borayotgan maxsulotlari va xizmatlarini sotib olishi kerak.
  • Bu yuzaga kelganda material zaxiralar va manbalarda rejalashtirilmagan o’sish bo’lmaydi va to’liq bandlik saqlanib qoladi. Iqtisodiy o’sish kengaygan ishlab chiqarish imkoniyatlari tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish foydalarini amalga oshirishda umumiy chiqimlar o’sishini talab etadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling