Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari


Download 232.02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2021
Hajmi232.02 Kb.
#169879
Bog'liq
5519-Текст статьи-12096-1-10-20201027
6 Amaliy Baxritdinov, 9-10-11-sinf-olimpiada, 9-10-11-sinf-olimpiada, 9-10-11-sinf-olimpiada, 1-MAVZU O‘ZB-WPS Office, 10-мавзу, 10-мавзу, dasturlash, MA’LUMOTLARNING SOZLANGAN TURLARINI, MUSTAQIL ISH-1 (2), Kompyuter Arxitekturasi mustaqil ish-2020-2021 (1), IAKTdan 12 ga, Baholash ishi 6, bolalar musiqa adabiyoti


 

IQTISODIY TARAQQIYOT VA UNING ASOSIY OMILLARI 



f.f.d. Baxti Ochilova  

Jizzax davlat pedagogika instituti 

ORCID 0000-0002-6834-6898

 

Sanjar Mamatqulov, katta o‘qituvchi 

 

 Ishlab  chiqarish  jarayoni  eng  avvalo  mehnat  jarayonidir.  Mehnat  –  bu,  insonlarning 

foydali  faoliyati  bo‘lib,  insonlarning  o‘z  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida  tabiat  ne’matlariga 

ta’sir  ko‘rsatib  o‘z  ehtiyojiga  muvofiqlashtirish  jarayonidir.  SHuningdek  mehnat  iqtisodiy 

taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi 

Mehnatning quyidagi jihatlariga e’tibor berish zarur: 

Inson ongli mehnat qiladi, o‘zi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalarini ishlab chiqaradi 

va  takror  ishlab  chiqaradi.  Uning  hayvonlardan  farqi  ham  ana  shunda.  U  o‘zi  bilan  tabiat 

o‘rtasidagi moddiy almashuv vositasini tartibga solib, nazorat qilib turadi; 

Mehnat  jarayonida  inson  faqatgina  tabiatning  o‘zgarishiga  ta’sir  qilibgina  qolmasdan, 

o‘zining  bilim  doirasini  kengaytiradi.  Tajribasini,  malakasini  oshiradi  va  o‘zi  ham  o‘zgarib 

boradi, u inson ongining o‘sishi va taraqqiy qilishining asosiy omili bo‘lib maydonga chiqadi. 

“Mehnat  -  umumiy  ehtiyojlarni  qondirish  yo‘lida  tabiat  ne’matlarini  o‘zlashtirishga 

qaratilgan,  individ  va  jamiyat  hayoti  uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy  va  ma’naviy  farovonlikni 

yaratishga  yo‘naltirilgan   insonning  maqsadga  muvofiq  faoliyati  bo‘lib, u  inson  mavjudligining 

bosh mezonidir”1. 

Mehnat jarayonida o‘z ta’sirini o‘tkazadigan tabiat ashyolari mehnat omillari hisoblanadi. 

Inson mehnatining umumiy ashyosi tabiat va yer hisoblanadi. Kishilar o‘zlariga kerak bo‘ladigan 

hamma  narsalarni  ana  shular  ichidan  tanlab  oladi  va  ularni  ham  hom  ashyo,  yarim  fabrikat 

sifatida qayta ishlab foydalanadilar. 

Fan-texnika  inqilobining  taraqqiy  etishi  bilan  yangi  mehnat  ashyolarini  hosil  qilish 

imkoniyati  yaratildi.  Lekin  shunda  ham  er,  tabiat  kishilik  jamiyatining  birinchi  asosi  bo‘lib 

qolaveradi. Demak, buyuk iqtisodchi U.Pettining “Mehnat boylikning otasi va u faol prinsipidir, 

er esa uning onasi”2 degan iborasi o‘z isbotini to‘la saqlab qoladi.  

D.Bell  fikricha,  postindustrial  jamiyatning  asosiy  xususiyatlariga  “nazariy  bilimlarning 

markaziy  roli”  kiradi.  U  o‘z  qarashlarini  shunday  ifodalaydi:  “Har  bir  jamiyat  doim  tajriba  va 

bilimga  tayangan.  ...Bizning  davrimizda,  nazariy  izlanishlar  va  moddiyatshunoslikning 

natijalarini  tizimlashtirish  texnologik  innovatsiyalarning  asosi  bo‘lib  qolmoqda.  Bu  ayniqsa, 

oxirgi  yuz  yillikning  nimchoragida  -  sanoatning  bilim  talab  qiladigan  yangi  sohalari  – 

kompyuterlar,  elektron,  optik  texnikalar,  polimerlar  ishlab  chiqarishda    yanada  yaqqolroq 

namoyon bo‘ldi”3. Demak ilmiy bilimlar va texnologiyalar ham iqtisodiy taraqqiyotning omillari 

hisoblanadi.  Shuningdek  “XX  asrning  ikkinchi  yarmida  yuzaga  kelgan  ilmiy-texnika 

inqilobining  asosiy  texnologik  yutuqlari  ilm-fanni,  bevosita  jamiyat  ishlab  chiqaruvchi 

kuchlariga  aylantirdi.  Ilmiy  bilimlar  tizimi  sekin-asta  jamiyat  farovonligining  ortishini 

belgilovchi  omillar  bo‘lgan  tabiiy  resurslar,  homashyo,  mehnat  va  kapital  kabi  an’anaviy 

manbalariga  qaraganda,  ustuvor  omilga  aylandi.  Moddiy  va  ma’naviy  ishlab  chiqarish,  tobora 

zamonaviy  ilm-fanning  asosiy  sohasiga  aylanmoqda  va  bunda  ilm-fan  ishlab  chiqaruvchi  kuch 

sifatida  jadal  rivojlanayotgan  texnika  va  ishchilarning  yuksalib  boruvchi  kasbiy  bilimlariga 

aylanmoqda”4. 

                                                             

1 Вазюлин В.А. Труд // Философский словарь. М., 2001. С. 581-582. 

2 Петти У. Экономические статические работы. М., 1990. С.55.  

3 Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. М., 1999. С. CLIV-CLV, CLIX. 

4 Философский словарь. М., 2001. С. 357. 




 

Inson  nimaniki  yordamida  mehnat  ashyosiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazsa,  shu  narsalar  mehnat 



vositalari  hisoblanadi.  Unga  birinchi  navbatda  mehnat  qurollari  kiradi:  har-xil  mashina  va 

mexanizmlar, asbob-uskunalar, qurilmalar. 

Mehnat  qurollarining  takomillashib  borishi  tabiatga  insonning  hokimlik  darajasining 

o‘lchovi  ishlab  chiqarish  taraqqiyotining  ko‘rsatkichi  bo‘lib  hisoblanadi.  Ancha  keng  ma’noda 

mehnat  taraqqiyotida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ishtirok  etmasada,  lekin  ishlab  chiqarish  uchun  zarur 

bo‘lgan  ishlab  chiqarish  inshootlari,  turli  axborot  vositalari,  aloqa  kanallari  ham  mehnat 

vositalari hisoblanadi. 

Mehnat vositalari va mehnat ashyosi birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi. 

Demak  ishlab  chiqarish  jarayonining  ro‘y  berishi  uchun  ish  kuchi  va  ishlab  chiqarish 

vositalari bo‘lishi shart. Shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning omillari deganda: ish 

kuchi va ishlab chiqarish vositalari tushuniladi. 

Ishlab  chiqarish  jarayoni  amalga  oshishi  uchun  ish  kuchi  bilan  ishlab  chiqarish  vositalari 

birlashishi, iste’mol qilinishi zarur. 

Ish kuchi ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib jamiyatning asosiy ishlab chiqarish 

kuchi  va  uning  asosiy  birdan-bir  yaratuvchi  elementidir.  Ishlab  chiqarish  vositalari  ishlab 

chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi. 

Ishlab  chiqarishning  ikkala  omili  fan-texnika  inqilobi  ta’siri  natijasida  takomillashib 

boradi.  Ishlab  chiqarish  vositalari  va  inson  mehnati  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq  va  bir-birini 

taqozo etadi. 

Ish  kuchi  ishlab  chiqarish  vositalarini  harakatga  keltiradi,  buning  natijasida  mehnat 

jarayoni ro‘y beradi. Faqat insongina ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va ulardan foydalanish 

usullarini  aniqlaydi,  huddi  ana  shu  jamiyat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  tizimida  shaxsiy  va 

moddiy omillarning o‘zaro bog‘liqlikda umumiy yo‘nalishini tashkil etadi. 

Har  qanday  bir  butun  tizim  esa  uning  elementlarining  oddiy  yig‘indisidan  sifat  jihatdan 

farq  qiladi.  Ishlab  chiqarishning  samarali  bo‘lishiga  texnologiya  va  ishlab  chiqarishni  tashkil 

qilish va boshqarish ta’sir qiladi. 

Texnologiya  ishlab  chiqarish  omillari  o‘rtasidagi  o‘zaro  ta’sirni  ifoda  etgan  holda  fan 

yutuqlariga  asoslanib  mehnat  ashyolariga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazadi.  Insonlar  ashyolarning  ilgari 

ma’lum  bo‘lmagan  xususiyatlarini o‘zlashtirib, progressivroq bo‘lgan texnologiyani  joriy qilish 

natijasida  yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  sirlarini  bilib  oladilar,  bu  esa  ish  kuchiga, 

ishchining  malakasini  oshirishga  yangidan-yangi  talablar  qo‘yadi.  Ushbu  jarayon  esa  ishlab 

chiqarishni  tashkil  etish  va  boshqarishni  doimo  takomillashtirib  borishni  taqozo  etadi.  Ishlab 

chiqarishning  rivojlanishi  bilan  uning  omillari  qiyofasi,  fe’li  va  o‘zaro  ta’siri  ham  o‘zgarib 

boradi. 


Hozirgi  ishlab  chiqarish  jarayonida  energiya  va  axborotning  ahamiyati  oshib  boradi. 

SHubhasizki, qudratli energiya manbaalarini o‘zlashtirmasdan turib ish kuchi, mehnat buyumlari 

va  vositalarining  o‘zaro  ta’sirini  samarali  bo‘lishiga  erishish  mumkin  emas.  Hozirgi  ishlab 

chiqarishni energiya bilan ta’minlash birinchi darajali masaladir. 

Fan-texnika inqilobi ishlab chiqarish jarayonining zaruriy omili sifatida axborotni oldinga 

surmoqda.  Uning  mahsulot  sifatini  yaxshilash  hamda  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishda  roli 

beqiyosdir.  

Ishlab  chiqarish  munosabatlarida  mulkchilik  alohida  o‘rin  egallaydi  (uni  “mulkchilik 

munosabatlari”  sifatida  ifodalaydilar).  Mulkchilikning  ikki  turi  mavjud:  iqtisodiy  va  ma’naviy 

mulkchilik.  Iqtisodiy  mulkchilik  munosabatlari  huquqiy  maqomga  ega  bo‘lib,  u  huquqiy  aktlar 

bilan  mustahkamlanadi.  Mulkchilikning  alohida  shakli  ma’naviy  intellektual  mulkchilikdir: 

san’at  asarlari,  ilmiy  kashfiyotlar  va  h.k.5  Gegelning  ta’kidlashicha:  “Shaxsiy  farovonlikka 

egalik  qilishim  uchun  mening  ichki  qarashim  va  hoxishimning  o‘zi  yetarli  emas  va  bunday 

farovonlikka erishishim uchun, bunday qo‘lga kiritilgan farovonlik boshqalar tomonidan ham tan 

                                                             

5 Qarang: Новая философская энциклопедия. М., 2001. Т. 3. С. 582. 




 

olinishi  kerak”6.  Bu  erda  gap  davlatning  mulk  egalarini,  aniqroq  qilib  aytganda,  xususiy 



mulkchilikni  himoya  qiladigan  xukuqiy  tuzilmalari  haqida  ketmoqda.  Mulkchilikning  turli 

shakllari  va  uni  himoya  qiluvchi  huquqiy  mexanizmlar  iqtisodiy  taraqqiyotning  asosiy  omili 

sifatida maydonga chiqadi. 

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning tarkibiy qismi o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: 

Ishlab chiqarishdagi ishchi kuchi; 

Ilmiy bilimlar; 

Mehnat vositalari; 

Ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi; 

Iqtisodiy ishlab chiqarish infrastrukturasi.  

SHuni ham ta’kidlash zarurki iqtisodiy muammolarni hal etishning hamma tarafdan e’tirof 

etilgan  yo‘li  mavjud  emas.  SHuning  uchun  har  bir  davlat  o‘zining  rivojlanish  darajasi 

hususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  resurslarni  samarali  ishlatish  usullarini  ta’minlashga  harakat 

qiladi.  

SHunday qilib, jamiyat moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkonini beruvchi iqtisodiy 

taraqqiyot ro‘y berishi uchun kerakli omillar va shart-sharoitlarning mavjudligiga zarurat yuzaga 

keladi.  Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqib  iqtisodiy  taraqqiyotning  muhim  omillariga 

quyidagilarni kiritish mumkin: 

Mehnat:  mehnat  samaradorligining  yuqoriligi,  mehnatni  to‘g‘ri  tashkil  etish,  mehnatni 

rag‘batlantirish (inson omili); 

Ish  kuchi:  malakali  va  yuqori  salohiyatga  ega  ishchilar,  ularning  malakasini  muntazam 

oshirib borishga e’tibor qaratish (inson omili); 

Mehnat qurollari va texnologiyalar: ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyalash, 

texnologik innovatsiyalarni ishlb chiqarish jarayoniga keng tadbiq etish (texnologik omil);  

Ilm-fan:  ishlab  chiqarishni  samarali  tashkil  etish  va  boshqarish,  yangi  resurslarni  qidirib 

topish,  moddiy  ashyolarning  noma’lum  xususiyatlarini  kashf  etish  borasidagi  ilmiy  nazariyalar 

(ilm-fan omili); 

Mulkchilikning  barcha  shakllarini  himoya  qilishning  huquqiy  mexanizmlarini  ishlab 

chiqish (siyosiy-huquqiy omil); 

Iqtisodiy  erkinlikni  ta’minlash,  ishlab  chiqarishni  rag‘batlantirish  siyosatini  izchil  olib 

borish (siyosiy omil). 

Bozor iqtisodi tamoyillari, talab va qoidalari. Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozor asosiy 

ijtimoiy-iqtisodiy  institut  hisoblanadi.  Bozor  iqtisodiyotning  o‘ziga  hos  generatori  vazifasini 

bajaradi. Iqtisodiy hayotni bozorsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ishlab chiqarish iste’molsiz 

mavjud bo‘lmaydi, ishlab chiqarishsiz esa iste’mol bo‘lmaydi. Har ikki jarayonning birligi bozor 

bilan taqozolangandir.  

Bozorning  jamiyat  uchun  zarurligi  borasidagi  qarashlar  qadimdanoq  mavjud  bo‘lgan. 

Hususan, Aflotun bozorning jamiyat hayotidagi o‘rnini yuqori baholagan. Har qanday sharoitda 

ham  inson  bozorga  ehtiyoj  sezishini  ta’kidlab,  hattoki,  “agar  muayyan  ishlab  chiqaruvchi  o‘z 

mahsuloti  bilan  bozorga  kelib,  unga  xaridor  topmasa,  vaqtini  behuda  sovurgan  bo‘ladimi?”, 

degan savolga “Yo‘q, - deydi Aflotun, - ushbu ahvolni ko‘rib, unga o‘z xizmatini taklif qiladigan 

odamlar  topiladi...  Ular  bozorda  pulga  nimanidir  xarid  qilishni  ...  va  uni  yana  pulga 

ayirboshlashni kutib o‘tiradilar”7.   

Jamiyatning  iqtisodiy  hayotida  bozorning  asosiy  institut  sifatida  ko‘rsatgan  maktablardan 

biri – klassik siyosiy iqtisoddir. Ushbu maktabning bosh yutug‘i – mehnat qiymati nazariyasiga 

asos  solinishida  bo‘lgan.  A.Smit  (1723-1790),  D.Rikardo  (1772-1823)  tovarning  qiymati  uni 

ishlab  chiqarishga  sarf  etilgan  mehnat  sarflari  bilan  o‘lchanishini  va  buni  muvofiqlashtirishda 

iqtisodiy hayotning murakkab tizimi sifatida bozorning rolini ochib berdi. 

                                                             

6 Гегель Г. В. Работы разных лет. М., 1971. Т. I. С. 230. 

7Qarang: Мыслители Греции. От мифа к логике. – Москва-Харьков. 1999. C.145.  




 

A.Smit bozorga obrazli qilib “barcha iqtisodiy agentlar harakatini “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” 



boshqarib turadi” deb ta’kidlaydi. Uning fikricha “bozor munosabatlarini har bir agent mustaqil 

ish  tutib,  o‘z  manfaatini  ro‘yobga  chiqara  borib,  pirovard  natijada  “ko‘zga  ko‘rinmas  qo‘l” 

vositasida,  o‘zi  ko‘zlamagan  holda  maqsad  sari  yo‘naltiradi.  U  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlab, 

ko‘pincha  o‘zi  ongli  tarzda  intilganiga  nisbatan  jamiyat  manfaatlariga  ancha  ko‘proq  samarali 

tarzda xizmat qiladi”8.  

Shunday  qilib,  A.Smitning  fikricha,  iqtisodiy  taraqqiyotni  harakatlantiruvchi  kuchi,  bu  – 

bozordir,  millat  boyligi  ortishining  asosiy  sharti  –  insonga  uning  iqtisodiy  faoliyatida  erkinlik 

berishdan iboratdir. 

Neoliberalizm  oqimining  taniqli  namoyondasi  amerikalik  iqtisodchi  M.Fridman  iqtisodiy 

erkinlik  himoyachisi  bo‘lib  maydonga  chiqdi.  Uning  fikricha,  bozor  tizimidan  iqtisodiy 

erkinlikni  ajratib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  u  buyruqbozlik  tizimiga  nisbatan  bozor  tizimi 

hayotga ko‘proq darajada moslashuvchan, deb hisoblaydi. 

Bozor mexanizmida talab va taklif muhim o‘rinni egallaydi va  ko‘zga  ko‘rinmas  kuchga  

ega.    Talab    –    bu    shunchaki    ehtiyoj    emas,  balki  to‘lovga  qobil  pul  bilan  ta’minlangan 

ehtiyojdir.   

Bozorda  xaridor  o‘ziga  zarur  bo‘lgan  narsalarni  sotib  olib, ehtiyojlarini  qondirishga  

intiladilar.  Ammo  kishi  ehtiyojlarining  qay  darajada  qondirilishi  uning  muayyan  tovarga 

bo‘lgan  talabi,  aholining  pul  daromadlari  va  uning  o‘zgarishiga,  bozor    hajmiga,    bozordagi  

mollarning    narxlariga,    iste’molchilarga    beriladigan    imtiyozlar    kabi    omillarga    bog‘liq  

bo‘ladi.  

Ishlab  chiqarishda  yaratilgan  turli-tuman  mahsulotlar  va  ko‘rsatiladigan    xizmatlar  

iste’molchilarga    to‘g‘ridan-to‘g‘ri    emas,    balki    bozor  orqali  etib  boradi.  Bozor  ishlab 

chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydi, chunki  hech  bir  narsa  tekinga  berilmaydi,  uni  bozorda  

pulga  sotib olish talab qilinadi.  

Bozor  –  bu  xaridorlar  bilan  sotuvchilar  o‘rtasidagi  iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga 

bog‘laydigan  mexanizmdir.  Bozorga  tovar  egasi  uni  sotish  uchun,  xaridor  esa  uni  olish  uchun 

chiqadi9.    Sotuvchilar    –    bu    tovar    ishlab    chiqaruvchi    firmalar,    fermer  xo‘jaliklari,  yakka 

tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridorlar esa   jamiki   iste’molchilar,   ya’ni    xonadonlar,  

resurslarni  olib ishlatuvchi  firmalar,  davlat  idoralari  va  yakka  tartibda  ishlab chiqaruvchilar  

bo‘ladi.  Agar  aholi  bozordan  iste’mol  buyumlari  va xizmatlarni sotib olsa, firmalar va yakka 

tartibda ishlovchilar asbob-uskuna,  mashinalar,  yoqilg‘i,  elektr  energiya,  xom  ashyo  va  ish  

kuchini  sotib  oladilar.  Bozorda  tovarlarni  pul  vositasida  ayirboshlash,  ya’ni  oldi-sotdi 

munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu  pulga  qaytadan  boshqa  tovar  

sotib  olinadi.   

Demak,  bozor  munosabatlarida  ham  tovarlar,  ham  pul  ishlatiladi.  SHuning  uchun  buni 

tovar-pul munosabati deb aytiladi. 

Tovar yaratuvchining mehnati ixtisoslashgan bo‘ladi,  ya’ni  ishlab  chiqaruvchilar  faqat  u  

yoki  bu  tovarni   ishlab chiqarish  bilan  mashg‘ul bo‘ladilar, natijada kasblarning turi ko‘payib 

boradi.  Masalan,  XXI  asrga  kelib  er   yuzida   20  mingdan  ziyod  kasblar paydo  bo‘ldiki,  

ular    bilan    mashg‘ul    kishilar    60   trillion    dollardan  ziyod  (2010  y.)  mahsulot  va  xizmatlarni 

yaratdilar,  bular  g‘oyat  xilma-xil  tovarlar  bo‘lib,  ularni  ishlab  chiqaruvchilar  bozor  orqali  bir-

biriga etkazib beradilar.  

Bozor  iqtisodiyoti  g‘oyat  ko‘p  qirrali  va murakkab  iqtisodiyotdir.  Uning  mohiyatini  

anglash  uchun  unga  xos tub  belgilarni  yaxlitlikda  olib  qarash  kerak.  Bu  belgilar shakllanib 

ulgurgan,  aralash  iqtisodiyotga  aylangan  bozor  iqtisodi  sharoitida  vujudga  keladi,  hozirgi  eng 

rivojlangan mamlakatlarda aniq ko‘rinadi.  

Bozor  iqtisodiyotining  eng   muhim   belgisi  –  iqtisodiy plyuralizm  hisoblanadi,   ya’ni  

mulk  shakllari  va  xo‘jalik  yuritish usullarining turli-tuman bo‘lishidir.  

                                                             

8Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. М., 1962. С.332. 

9Qobilov SH. R. Iqtisodiyot  nazariyasi:  Darslik.  –  T.:  O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. –B.133. 



 

Bozor    iqtisodiyoti    erkin    iqtisodiyotdir.    Iqtisodiy    faoliyat  erkinligining  asosi  ishlab 



chiqarish  omillari  yoki  yaratilgan  tovarlarning  mulk  ob’ekti  bo‘lishi,  mulkdorlarning  esa 

mustaqillikka ega bo‘lishidir.  

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o‘zaro  munosabatlar  manfaatlarni  ko‘zlagan    holda  

o‘rnatiladi.    Ish    yuzasidan    bo‘lgan    munosabatlar  (sheriklik)  erkin  shakllanadi.  Turli  ishlab 

chiqaruvchilar bir-biri bilan  manfaatli  aloqa  o‘rnatadilar.   

Bozor    iqtisodiyotining    yana    bir    belgisi    –    narxlarning  liberallashuvi,    ya’ni  narx-

navoning    erkin    tashkil    topishidir.  Tovarlar    narxini  davlat  yuqoridan    belgilamaydi,    narx  

ayrim ishlab  chiqaruvchi  yoki  iste’molchi  tazyiqi  ostida  shakllanmaydi. Narx bozordagi talab 

va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga  binoan  yuzaga  keladi. 

Bozor    iqtisodiyotida,    uning    iqtisodiy    mexanizmida    raqobat  asosiy    o‘rin    tutadi.  

Raqobat  iqtisodiy  munosabatlar  ishtirokchilarining  xususiy,  o‘zgalarnikidan  alohidalashgan  

manfaatini bildiradi, lekin bu manfaat yo‘lida kurash qoidalariga rioya qilish shart  hisoblanadi.  

Manfaatlarni    yuzaga    chiqarishning    birdan-bir  yo‘li    talabgir,    ya’ni    jamiyat    uchun    zarur  

tovarlarni  ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflaganholda ularni 

samarali ishlatish ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga  undaydi.  SHu  jihatdan  raqobat  

bozor  iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir.    

Bozor    iqtisodiyoti    o‘zining  regulyatorlariga  ega.  Bozor  regulyatorlari  –  bozordagi 

o‘zgarishni  ishlab  chiqarishga  etkazib,  uning  bozorga  moslashuvini  ta’minlovchi  vositalardir.  

Albatta,  ular  ma’muriy  emas,  balki  iqtisodiydir. Ulardan  eng  muhimi  bozor  narxidir.  Narx  

oshib,  tovarlar  jadal sotilsa,  foyda  ko‘payadi,  ular  ko‘proq  ishlab chiqariladi.  Tovarlar narxi 

pasayib,  ular  yaxshi  o‘tmasa,  ishlab  chiqarishni    qisqartirish  yoki  undan  tamomila  voz  kechish 

kerak bo‘ladi. 

Bozor    iqtisodiyotining    ham,    har    qanday    iqtisodiyot    kabi    o‘z  rivojlanish  qonunlari 

mavjud. Unga xos qonunlar tizimini ikki guruhga bo‘lish mumkin: 

a)    umumiqtisodiy,    lekin    bozor    iqtisodiyotida    ham    amal    qilishda  davom  etgan 

qonunlar;  

b) faqat bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar. 

Bozor  shuning  uchun  ham  zarurki,  u  bir  qator  foydali  funksiyalarni bajaradi.  

1.  Bozor    ishlab    chiqarish    bilan    iste’molni    bog‘lash    funksiyasini  bajaradi.  Tovar 

harakati uni  ishlab chiqarishdan  boshlanib,  iste’mol  bilan tugallanadi. SHu  harakatning qanday 

yuz  berishi  bozorga  bog‘liq.  Ma’lumki,    har    qanday    ishlab    chiqarishdan    pirovard    maqsad  

iste’mol  uchun    tovar    yaratishdir.    Bozor    tizimida    ehtiyojlar    tovarlarni    pulga  ayirboshlash  

orqali  qondiriladi,  chunki  tovar  ishlab  chiqarish  bor joyda mahsulotlar va xizmatlar bozordan 

o‘tmay  turib,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  iste’molga  kelib  tushmaydi.  Tovarlarni  albatta  bozordan  sotib 

olish zarur.  

2.  Bozor  ishlabchiqarishning  qaytadan  yangilanib  turishiga,  ya’ni  uzluksiz  yuz  berishiga 

sharoit  hozirlaydi.  Bozorda  tovarlar  sotilgach,  ularning  egasi  qilgan  xarajatlarining  pulini 

chiqarib  olish  bilan  birgalikda    foyda    ham    ko‘radi.    Tovarni    sotishdan    tushgan    pulga 

bozorning    o‘zidan    resurslar    olinib,    ularning    o‘rni    qoplanadi,    ular  miqdoran    ko‘payadi,  

ya’ni  ishlab  chiqarish  omillari  yangidan  hosil bo‘ladi. Natijada iqtisodiy faoliyat takrorlanadi.  

3.  Bozor  iqtisodiy  regulyator,  ya’ni  iqtisodiyotni  tartiblovchi  vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi. 

Bunga  bozor  narxlari  orqali  erishiladi.  Narx  pasaygan  joydan  resurslar  chiqib  ketadi,  ular  narx 

oshgan erga oqib o‘tadi. Bozor talabning o‘zgarishiga qarab nimani  va qancha  ishlab  chiqarish 

kerakligi  haqidagi  signalni  (axborotni)  ishlab  chiqarishga  etkazadi.    Shunga    binoan    resurslar  

taqsimlanib,    kerakli    sohalarga  yuboriladi  va  talabgir  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  erishiladi. 

Mana  shu    jarayonlar    bozor    iqtisodiyotini    tartiblashda    qatnashib    turishiga  dalolat    beradi.  

Shuningdek,    pulni    resurslar    bilan    ta’minlab    pul  muomalasini  barqarorlashtirish  vazifasini 

o‘taydi.  

4.  Bozor  turli  mamlakatlar,  millatlar  va  elatlar  o‘rtasida  o‘zaro  manfaatli  iqtisodiy 

aloqalarni  o‘rnatishga  xizmat  qiladi.  Bozor    munosabatlari  xalqaro  iqtisodiy  hamkorlikning 

yetakchi sohasi  hisoblanadi.  Xitoy,  Hindiston,  O‘rta  Osiyo,  YAqin  SHarq,Yevropa davlatlari 



 

bilan bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport 



qilinganligi  sababli  “Ipak   yo‘li”   nomi   bilan  shuhrat  qozongan.  Xalqaro  savdo-sotiq orqali 

turli mamlakatlar o‘rtasida muntazam aloqalar o‘rnatiladi, davlatlar iqtisodiy jihatidan bir-biriga 

bog‘lanadi.  Bozor  ishlab  chiqarishning  davlatlararo  miqyosda  aniq  ixtisoslashuvini,  xalqaro 

miqyosdagi  talab-ehtiyojni  mo‘ljalga  olib  yuritilishini  taqozo etadi.  Xullas,  bozor  xalqaro  

aloqalarni  o‘rnatish  va  ularni kengaytirish vositasi ham bo‘ladi.  

Bozorning  taraqqiy  etishida  davlat  tomonidan  olib  boriladigan  islohotlarning  ahamiyati 

katta.  Bozor  islohotlari  –  xalq  ishtirokida,  lekin  davlat  tomonidan  ishlab    chiqilgan    bozor  

munosabatlarini  shakllantirish  chora-tadbirlarining davlat nazorati ostida amalga oshirilishidir.  

Islohotlarning quyidagi turlari mavjud: 

- mulkiy munosabatlar islohoti;  

- agrar islohot;  

- moliya-kredit tizimi islohoti;  

- ijtimoiy islohotlar;  

- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;  

- huquqiy islohotlar. 

O‘zbekiston  jahon  tajribasini  rad  etmagan  holda,  ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos va 

mos yo‘lini ishlab chiqdi va shu yo‘ldan dadil bormoqda.  

Bu borada O‘zbekiston oldiga quyidagi vazifalarni belgiladi: 

- barcha mulk shakllarining tengligini ta’minlash;  

- iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish;  

- ishbilarmonlikni  rivojlantirish,  tadbirkorlikka  keng yo‘l ochib berish; 

- erkin narx-navoga o‘tish;  

- iqtisodiy monopolizmga yo‘l bermagan holda raqobatga keng yo‘l ochish; 

- ishlab  chiqarishning  zamonaviy  milliy  manfaatga  mos bo‘lgan strukturasini yaratish;  

- qudratli  iqtisodiy  salohiyatga  tayangan  holda  mamlakat  

- milliy  boyligini  oshirib,  xalqning  hamma  qatlamlariga  farovonlik, kelajakka ishonch 

berish;  

- xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  faol  ishtirok  etish, mamlakat  iqtisodiyotining  jahon  

xo‘jaligi  bilan  integratsiyalashuviga erishish.   

Mustaqillikka    erishgandan    buyon  o‘tgan  davr  ichida  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z 

taraqqiyot  yo‘lining salmoqli qismini  bosib o‘tdi. Iqtisodiy    va   siyosiy  tizimni    yanada   isloh  

qilish,    ijtimoiy  yo‘naltirilgan    bozor    iqtisodiyotini    barpo    etish,    ichki    va    tashqi  siyosatni 



shakllantirishning puxta bazasi yaratildi. 

 

Download 232.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling