O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAMARQAND SHAHRIDAGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS
INSTITUTI
,;BUXGALTERIYA HISOBI VA MENEJMENT’’
FAKULTETI
MUSTAQIL
ISH
FAN NOMI; IQTISODIYOT NAZARIYASI
GURUH; MN/122
BAJARDI; AHADQULOV JASURBEK
TEKSHIRDI; ABLAIZOV AKBAR
3-mavzu.
IJTIMOIY
-
IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK
MUNOSABATLARI
REJA;
1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha
yondashuvlar.
2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modеllari.
3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’еktlari va
sub’еktlari.
4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.
5. O’zbеkistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish maqsadi,
yo’llari va usullari
1
1
. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha
yondashuvlar
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari
sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
- madaniylashish (tsivilizatsiya)
darajasi jihatdan yondashuv;
- tеxnika va tеxnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- iqtisodiy tizimlar o’zgarishi jihatidan yondashuv.
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga
tarixiy-formatsion yondashuvda
ishlab
chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor bеrilgan.
Iqtisodiy fanda
ijtimoiy taraqqiyotni tiplari
sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish
natijasi
sifatida o’rganish ham muhim o’rin tutadi.
«Sivilizatsiya» so’zi lotinchada
fuqarolarga oid, ijtimoiy dеgan ma’nolarni anglatadi. Bu
tushuncha fanga frantsuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr
oldin
kiritilgan bo’lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo’lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun
qo’llanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va
ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga
tеxnologik yondashuv
ham ma’lum bir oqim hisoblanadi.
Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro’y bеrayotgan o’zgarishlar ko’lami va
tavsifini
yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli tеxnologik usullarini tahlil etish,
mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kеlishi va rivojlanish tarixiga
murojaat qilish
zarur dеb hisoblaydilar.
2