Iqtisodiyot fakulteti


Download 0.65 Mb.
bet1/3
Sana11.08.2020
Hajmi0.65 Mb.
#125985
  1   2   3
Bog'liq
2 5298666879236180697


O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ OLİY VA O’RTA MAXSUS TALİM VAZİRLİGİ

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

IQTISODIYOT FAKULTETI



İqtisodiyot kafedrasi

MALAKAVIY AMALIYOT

Amaliyot joyi _Nukus shahri

Amaliyot vaqti 2020y. «1- » iyuldan dan «____» iyulgacha gacha

Bajaruvchi: 1-b turizm guruhi talabasi

Ro`zmetov Jo`shqinbek

(f.i.sh.)



Amaliyot rahbari

Kafedra tomonidan ___________________________ (lavozimi, F.İ.Sh.)

Korxona (tashkilot yoki obekt) tomonidan _________________ (lavozimi, F.İ.Sh.)

Talaba __________________ hisobotni himoya qildi va _____ ball to’plaganligi haqida komissiya qarori «___ »___________ 20 y.

Komissiya raisi _______________________________________________

(lavozimi, imzosi, F.İ.Sh.)

Komissiya azolari ______________________________________________

_______________________________________________

(lavozimi, imzosi, F.İ.Sh.)

Nukus 2020 y.



Reja :

Kirish

Asosiy qism:

1.Amaliyotning maqsadi va vazifalari

2.Amaliyotning nazariya va amaliyotni aloqadorligini taminlashdagi roli

3.O’zbekiston turizmining tirgaklari



Yakuniy qism

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Insoniyat paydo b’lgandan beriuning vakillari yoki guruhlari sayyoramizning u yoki bu qit’asiga qit’alardgi o’lkalarga ,ellarga , mamlakatlarga sayohat qilishgan . bizning davrga kelibgina turizm o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy sohaga aylndiki , bu soha albatta o’ziga xos bo’lgan boshqaruvni talab qiladi . Haqiqatda ham turizmni rivojlantirishdagi muammolar o’zining majmuali ekanligini , iqtisodiyotda hamijtimoiy sohalarda ham, tabiiy , madaniy , tarixiy resurslardan foydalanishda ham yetuk mutaxasislar tayyorlashni , turistik obektlarni turist (ayniqsa xalqaro turist) qiziqishiga moslashtirish , turistlarga ularning hohish talablariga mos keladigan xizmatlar tiplarini ishlab chiqish va hokazo ni talab etadi . qayd etilgan muammolar barchasi to’planib turizmni rivojlanishiga asos bo’ladi.

Turizm – iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri . Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur . Buni davrni o’zi taqozo etadi. © Sh .M. Mirziyoyev

Turizm O’zbekiston iqtisodiyotini ajralmas bir qismiga aylanib bormoqda . Turizm sohasida bugungi kunda yangi dasturlar amalga oshirilmoqda , infratuzilma yaxshilanmoqda va investorlar faol jalb etilmoqda , rivojlanishdagi to’siqlarga barham berilmoqda .

O’zbekiston turizm bozorini shakllantirishda jahon turizm industriyasi faoliyatini ilg’or jihatlarini , mexmonhonalar majmuasi , istemolchilar xoxishining marketing tadqiqotini batafsil o`rganishi lozim bo`lmoqda.

Turizm bozoridagi Tovar va xizmatlarning xaridorlari , istemolchilari o’zgarib turganligi sababli bu bozor maxsulotlarining raqobatbardoshligini saqlash , sotish va boshqa ko’plab muammolarni yechish hamda turizmda o’ziga xos bo’lgantuzilmani ishlab chiqishni taqozo etadi .



Asosiy qism

1.Amaliyotning maqsadi va vazifalari

Universtitet talabalarining malakaviy amaliyoti o`quv jarayonining asosiy qismi hisoblanib, talim yo`nalishlariga mos muassasalarda o`tkaziladi. Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalar olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va o`quv tarbiyaviy ishlarga tadbiq etish , talabalarni o`z kasbiga amaliy tayyorlash kasbiy mahorat malakalarini tarkib toptirish , tarkib topgan malakalarni rivojlantirish Malakaviy amaliyotni maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat



  1. Egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda tekshirish , mustahkamlash va booyitish ;

  2. Yangi fanlarni o`zlashtirishga tayyorlanish;

  3. Ish joyida shtatli ishchi yoki stajor sifatida real vazifalarni bajarish;

  4. Alohida topshirmalarni bajarish

Talabalar amaliyoti bakalavrni tayyorlash bo`yicha Davlat talim standartiga ko`ra , xususan o`quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u talim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hisoblanadi .

Amaliyotning asosiy maqsadi – Turizm(faoliyat yo`nalishlari bo`yicha )1- kurs talabalarining mutaxasislik fanlardan olgan nazariy bilimlarini takomillashtirish , chuqurlashtirish va mustahkamlash , turizm sohasida faoliyat ko`rsatyotgan tashkilotlarning ish yuritish uslublari , o`zaro aloqalari va faoliyatlarini talabalarga o`rgatish , mustaqil ishlashga o`rgatish, o`zlashtirilgan nazariy bilimlarni jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borishga tayyorlash, korxonaning tashkiliy bo`linmalari tuzilishini va funksionol masalalarni o`rgatish , iqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlil etish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni egallash, ishlab chiqarish , ilm-fan va talim o`rtasida integratsiyani chuqurlashtirish , kelajakda talabalarning bandligini o`lari amaliyot o`tagan tashkilotlarda taminlash bo`lib hisoblanadi .

Korxona va tashkilotlar uchun yuqori malakaviy mutaxasislar tayyorlash ishida amaliyot kata ahamiyatga ega , chunki ushbu turdagi amaliyot davrida korxona va tashkilotlarning amaliy faoliyatini o`rganish talabalarni nazariy bilimlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi.

Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari :



  1. Talabalarning amaliyotga zaruriy tayyorgarlikini tashkil etish ;

  2. Kafedralar tomonidan talabalarga berilgan topshiriqlar va ko`zda tutilgan ilmiy tadqiqot ishlariga raxbarlik qiladi ularning mehnat va maishiy xizmat sharoitlarini meyor darajasida taminlanganini nazorat qiladi;

  3. Talabalarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;

  4. Amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishlarida ishtirok etadi;

  5. Talabalarni amaliyot bo`yicha hisobotini ko`rib chiqadi va ularni ishi bo`yicha taqriz beradi

Amaliyot o`tash obektlari shartnomaga asosan

  1. Talabalarni ish joyi bilan taminlaydi ;

  2. Bo`sh ish joylarni hisobga olgan holda talabalarga ish taklif qiladi ;

  3. Institut bilan kelishgsn holda , oylik va kunlik ish jadvaliga rioya qilladi

  4. Amliyot davrida ro`y bergan baxtsiz hodisalar uchun javobgarlikni to`liq o`z zimmasiga oladi

Amaliyot davrida talaba :

  • Amaliyotlar bo`yicha ko`zda tutilgan topshiriqlarni to`liq bajarish ;

  • Amaliyotni o`tash obekti ichki tartib qoidalariga bo`ysunishi ;

  • Mehnat muhofazasi , texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya gigiyenik qoidalarni o`rganishi va ularga qat’iy rioya qilishi

  • Zamonaviy texnik vositalardan foydalanishni bilishi ;

  • To`plangan ma`lumotlarni umumlashtirib , tahlil qilishi , yozma hisobot berishi;

Malakaviy tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning Universtitet o`quv jarayonidagi mutaxasisligi bo`yicha olgan bilimlarini va mustaqil ish ko`nikmalarini , malakaviy tanishuv amaliyoti bo`yicha analitik va tadqiqot ishlarini mustahkamlashdan va talabani yo`nalish bo`yicha tayyorlashni yakunlashdan iborat.

Malakaviy tanishuuv amaliyoti maqsadi xizmat ko`rsatish faoliyatidan xisob va tahlilning nazariy, amaliy jihatlarini o`rganish hamda uni takomillashtirish masalalarini tadbiq etishdan iborat .

Malakaviy tanishuv amaliyotining asosiy vazifalari


  • Amliyot bo`yicha bilim , tashkiliy ko`nikmalarni xosil qilish ;

  • Talabalarning ish sifatini takomillashtirish;

  • Kommunikativ ko`nikmalarni rivojlantirish ;

  • Turizm va mexmonxona xo`jaligi mutaxasisligi kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va ilmiy takliflar berish ;

  • Amaliyot natjalarini tahlil etib ,amaliy va ilmiy takliflar berish ;

  • Amaliyot davomida ilingan bilimlarni nazariy bilimlar bilan solishtirib , amaliyot obekti iqtisodiyotni takomillashtirish bo`yicha mustaqil ravishda taklif berish;

  • Foydalanilgan va qo`llanilgan adabiyotlar ro`yhatini tuzish

  • Tanishuv amalyotini o`tagan obekt va ilmiy raxbardan taqriz va tavfsifnoma olish ;

  • Amaliyot hisobotini belgilangan muddatda kafedraga to`liq topshirish

  • Amaliyot hisobotini belgilangan muddatda kafedra qoshida tashkil etilgan komissiya huzurida himoya qilish;

O`zbekiston o`zining ko`plab tarixiy-memoriy yodgorliklari , turfa xil iqlimi va tez syratlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o`ziga tortmoqda . Asrlaar davomida O`zbekiston Buyuk ipak yo`lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar , jo`g`rofiyashunoslar va missionerlar , istilochilar va zabt etuvchilar yo`lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O`zbekiston tashabbuskor , madaniyat , tarix, an`an a va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo`nalishlaridan biriga aylanmoqda .

O`zbekiston ajdodlardan bugungi kunga qadar saqlamnib qolgan memoriy yodgorliklari bilan faxrlanibgina qolmay ularni asrab avaylab kelmoqda . Xivadagi ichan qal`a majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar , shaxrisabz va Samarqand shaharlari UNESCOning “butun dunyo merosi” ning maxsus ro`yxatiga kiritilgan

Ko`p asrlik tarix guvohki ,insonga savdoni rivojlantirish , yangi yerlarni ochish va o`zlashtirish , resurslar va yangi transport yo`llarini izlab toppish maqsadida jahon bo`ylab sayoxat qilishi xos bo`lgan . Sivilizatsiyaning rivojlanish davri unchalik katta bo’lmay, besh ming yilga yaqin hisoblanadi, biroq faqat yaqin o’tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va tasvirlargina saqlanib qolingan. Tarixdan yangi qit’a va erlarni, xalqlar va tabiiy hodisalarni ochgan, o’ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari bizga ma’lum Buyuk sayohatchi va kashfiyotchi olimlarga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451 — 1506) ko’rsatish mumkin bo’lib, ulardan oxirgisi 1492—1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o’tgan va Amerika qit’asini ochgan. Turizm insonning tabiatni o’rganish maqsadida qilgan sayohatidan boshlangan bo’lib, bu jarayon industriyaga aylandi va ko’pchilik davlatlarning asosiy daromadi bo’lib qoldi.

Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan SHotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirdi. endi bunday sayohat Dasturlarini ishlab chiqib, pul topish Tomas Kuk va uning o’g’li uchun biznes faoliyati bo’lib qoldi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Sook travel nomini oldi. Hozirgi kunda ham bu turfirma o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib, SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirishni boshlab ancha tajribalar orttirdi. Kuk SHimoliy

Amerikaga olib borgan turistlar guruhini Nyu York, Vashington, Rich­mond, Mammouth Cave, Cincinati, Niagara sharsharasi va Monreal bo’ylab sayohat qildirdi. Kuk tomonidan dunyoning barcha hududlariga sayohat marshrutlarini uyushtirishi natijasida bir shior paydo bo’ldi13. Bu shior quyidagicha: «Sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, Kukka murojaat qiling».

Jahon bo’ylab sayohatlar 75 ming mill va undan ko’proqni tashkil qilgan. Ularda ilmiy yo’nalishlar va bilimlar tizimiga asos solgan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olingan. Qit’alarning geografik chegaralarini aniq ko’rsatuvchi qadim dunyo xaritalari saqlanib qolgan bo’lib, ularni yaratish usullari o’z izohini topmagan. Bizga ekstremal sharoitlarda eng baland tog’ cho’qqilarini, cho’l va g’orlarni, SHimoliy va Janubiy qutbni zabt etish uchun safar uyushtiruvchi sayohatchilar, suv osti dunyosi tadqiqotchilarining nomlari ham ma’lum. Mamlakatimizda YUriy Senkevich, Artur CHilingarov, Dmitriy SHparo va boshqalarning nomi tanish.

Qadimgi Rim tarixi va urf-odatlariga murojaat qiladigan bo’lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan, Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.

2. Amaliyotning nazariya va amaliyotni aloqadorligini taminlashdagi roli

Turizm - bu sayohatning bir turi bo'lib, ular dam olish, ishbilarmonlik va boshqa maqsadlar uchun odatiy muhitdan tashqarida bo'lgan joylarda sayohat qiladigan va yashaydigan odamlarni qamrab oladi. Bir qarashda, “turizm” tushunchasiga har birimiz kirishimiz mumkin, chunki barchamiz bir joyga sayohat qildik, gazetalardagi sayyohlik haqidagi maqolalarni o'qib chiqdik, sayohatlar haqidagi teleko'rsatuvlarni tomosha qildik va ta'tilni rejalashtirayotganda sayyohlik agentliklarining maslahatlari va xizmatlaridan foydalandik. Biroq, ilmiy va ma'rifiy maqsadlarda milliy iqtisodiyotning bir tarmog'i sifatida turizmning tarkibiy qismlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aniqlash juda muhimdir.

"Turizm" tushunchasi nimani o'z ichiga oladi degan savolga aniq javob berish mumkinmi? Ba'zilar uchun turizm befoyda yo'llar, chodir, olov qo'shiqlari bilan sayohat qilish bilan bog'liq bo'lsa, boshqalari uchun bu tarixiy joylarga sayohat, boshqalar uchun bu chet ellarga sayohat. Va ularning hammasi yaxshi, chunki turizm juda xilma-xildir.

Turizm hamma uchun ma'lum bo'lgan hodisadir. Har doim sayyoramizni ko'plab sayohatchilar va kashshoflar kesib o'tishgan. Yaqinda turizm inson faoliyatining o'ziga xos shakli sifatida paydo bo'ldi. Har birimiz turizmni ozmi-ko'pmi ma'lum bir sanoat sifatida tasavvur qilamiz, chunki barchamiz biron joyga borib, ta'tilni uydan uzoqda o'tkazganmiz. Turizm nisbatan yosh hodisadir, ammo qadimgi davrlarga borib taqaladi.

Hozirgi kunda turizm O`zbekiston va jahon iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi, shuningdek, turizm - bu asosan turizm tashkilotchilari va vositachilarining faoliyati. Bugungi kunda sayyohlik kompaniyalari soni keskin o'sdi va shafqatsiz raqobat ularni bozorda o'zlarining bo'sh joylarini egallashga majbur qilmoqda. Ayrim davlatlar yoki yo'nalishlar bo'yicha ish olib boradigan firmalar mavjud, ularda faqat sayyohlarni qabul qilish uchun ishlaydigan firmalar mavjud. Guruhlar bilan ishlaydiganlar va alohida buyurtma bo'yicha safarlarni tashkil qiladiganlar ham bor. Safarlarni to'liq tashkillashtiradigan va tayyor yo'nalishlarni boshqa sayyohlik agentliklariga chegirma asosida taklif qiladigan turoperatorlar mavjud va turoperator va mijoz o'rtasida vositachi sifatida ishlaydigan sayohat agentliklari mavjud. Turistik agentliklarga mijozlar uchun eng maqbul va eng maqbul narxni tanlaydigan turli xil turlar haqida.

Amaliyotni o‘tuvchi talaba ish joyi va vaqt fondini taqsimlash

5610300 – “Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi I kurs talabalarining amaliyotdagi ish faoliyati quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

Haftalar Amaliyot davrida bajariladigan ishlarning mazmuni

1-hafta

- amaliyot joyiga yetib boradi;

- tanishuv ishlarini bajaradi (korxona (tashkilot) rahbari va amaliyot rahbari bilan tanishuv);

- turistik korxonaning tuzilishi, tarkibi, aloqalari, boshqaruvini o’rganadi;

- turistik paketlar ishlab chiqish, ularni sotish kanallari bilan tanishadi;

- turistik industriya ob’yektlarini bron qilish tizimini va tartibini o’rganadi.

2-hafta

- turistik firmada taklif etiladigan asosiy va qo’shimcha xizmatlarni o’rganadi;



- asosiy va qo’shimcha xizmatlarning narxlari, uning shakllanishi bo’yicha bilimlarni oladi;

- turistlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni o’rganadi;

- turistik marshrutlarni ishlab chiqishni o’rganadi;

- turistik mahsulotlarni reklama qilish faoliyati bilan tanishadi.

3-hafta

- xizmat yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va shartnomalar tuzishni ko’rib chiqadi.

- turoperator katalogi va turli ko‘rgazmalarga qatnashishni o’rganadi.

- turfirmaning rivojlanishi, marketing tizimini o‘rganadi;

- turistik firmaning mijozlari segmentini tahlil qiladi (mehmonlar yoshi, jinsi, millati, qaysi davlatdan kelganligi va h.z.).

4-hafta


- turlarni shakllantirish va tashkil etishni ko’rib chiqadi;

- turoperatorlik xizmatlarida turistlar xavfsizligini ta’minlashni o’rganadi;

- turoperatorlik xizmatlarini tashkil etishda axborot texnologiyalarini o’rganadi;

- turistik mahsulotlarni sotishning asosiy shakllarini ko’rib chiqadi

- ishlar rejasini tuzadi va tasdiqlatadi;

5-hafta


- turistik firmaning moliyaviy faoliyatini tahlil qiladi, korxonaning turizmdagi o’rnini (firma joylashgan shahar, tuman, viloyat) belgilaydi, o’zaro aloqalardagi manfiy va musbat jihatlarni aniqlaydi, eng so’nggida korxonaning umumiy reyting holatini belgilaydi; - ishlab chiqarishdan biriktirilgan amaliyot rahbaridan tavsiyanoma oladi;

- talaba amaliyot davrida o’rgangan, to’plagan barcha ma’lumotlarni tahlil qiladi va amaliyot o’tkazgani haqida hisobot yozadi.

3.O`zbekiston turizmining tirgaklari

O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda.

Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda.

O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanibgina qolmasdan ularni asrab avaylash ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro’yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o’ynaydi.



Toshkent

Toshkent – O’zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o’tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o’zimizning O’zbekiston Havo Yo’llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo’nalishlarining chorrahasidir.

Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o’zining 2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o’zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan traktorgacha, televizordan to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. Toshkent tez sur`atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg`unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda.

Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.






Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling