Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati. Reja


Download 273.06 Kb.
bet1/31
Sana11.11.2021
Hajmi273.06 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MA’RUZA MATNLARI
5-Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati.

Reja:



5.1.Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni

5.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni

5.3.Talab miqdori va taklif miqdori о‘rtasidagi nisbatning о‘zgarishi. Bozor muvozanati.

5.4 Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi.



TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR

MUVOZANATI

Oldingi boblarda iqtisodiy subyektlarning о‘zaro manfaatlarini eng samarali tarzda muvofiqlashtiruvchi bozor mexanizmi tо‘g‘risida sо‘z yuritgan edik. Unda mazkur mexanizmning amal qilishini ta’minlovchi asosiy unsuri sifatida talab va taklif kо‘rsatilgan edi.

Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim о‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif о‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifning har qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning о‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular о‘rtasidagi mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.

Shuningdek, bobning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni о‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yо‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.



Download 273.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling