Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati. Reja


Talab miqdori va taklif miqdori о‘rtasidagi nisbatning о‘zgarishi. Bozor muvozanati


Download 273.06 Kb.
bet15/31
Sana11.11.2021
Hajmi273.06 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
5.3. Talab miqdori va taklif miqdori о‘rtasidagi
nisbatning о‘zgarishi. Bozor muvozanati.

Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining о‘zgarib turishini kо‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bо‘ladi, bu nisbatlar о‘zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx kо‘tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori о‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bо‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bо‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi kо‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bо‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bо‘ladi.

Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga о‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik о‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi.

Oldingi bandlarda kо‘rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-rasm):

Tb=Tf=Nm=Mm, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – tovarning muvozanatli miqdori.

Grafikda YE nuqatga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. YA’ni, narx 250 sо‘m bо‘lganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayyor bо‘ladi. 200 sо‘mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay о‘zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayyor bо‘ladi va hokazo.



sо‘m
350

300


250

200


150

100


50

0


P

D ortiqcha ishlab chiqarish S


E



S D

taqchillik


1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna





Download 273.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling