Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati. Reja


Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni


Download 273.06 Kb.
bet2/31
Sana11.11.2021
Hajmi273.06 Kb.
#442414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu Talab v
O, 2 5208524917376550378, 2 5208524917376550378, Klaster, Education in Uzbekistan, Education in Uzbekistan, 2 5271866017021166888, Sharofov Omonning Axborot texnologiyalari, 3-amaliyot mavzusi a170385a2fde5bd86b9e4dadbcf23a3b, Лекция 9 Булева алгебра Основы логики и их реализация, Biologiya 519-g-WPS Office, Biologiya 519-g-WPS Office, yozuvchilar, yozuvchilar, 7-seminar Mamatvaliyev Ramazon
5.1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir
qiluvchi omillar. Talab qonuni

Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bо‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy kо‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.

Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bо‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bо‘ladi, chunki narx о‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham о‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bо‘lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.

Talablar turlicha bо‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bо‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bо‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (kо‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bо‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.

Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli kо‘rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.

Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bо‘luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yо‘qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bо‘lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, tо‘plangan talab.



Tovarga bо‘lgan talab kо‘plab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal kо‘rish, atrof-muhit, tovarlarni qо‘lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, о‘zaro о‘rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning о‘zgarishi va boshqalarning ta’sirida о‘zgarishi mumkin. Shunga kо‘ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida о‘zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bо‘lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib topgan talab.1 Talabning bunday turkumlanishini quyidagi maxsus tizim kо‘rinishida tasvirlash mumkin (1-rasm).


Талабнинг туркумланиши

Таъсир қилиш омилларига кўра

Қондирилиш даражасига кўра

Объектига кўра

Ишлаб чиқа-риш омил-ларига талаб

Истеъ-мол буюм-ларига талаб

Ҳақи-қий талаб

Қон-дирилган талаб

Қон-дирил-маган талаб

Экзоген

(ташқи


омиллар таъси-

ридаги)

талаб

Эндоген

(ички


омиллар таъси-

ридаги)

талаб

Яширин талаб

Жорий талаб

Ҳаракат-чан талаб

Тўпланган талаб



Download 273.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling