Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati. Reja


Download 273.06 Kb.
bet22/31
Sana11.11.2021
Hajmi273.06 Kb.
#442414
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu Talab v
O, 2 5208524917376550378, 2 5208524917376550378, Klaster, Education in Uzbekistan, Education in Uzbekistan, 2 5271866017021166888, Sharofov Omonning Axborot texnologiyalari, 3-amaliyot mavzusi a170385a2fde5bd86b9e4dadbcf23a3b, Лекция 9 Булева алгебра Основы логики и их реализация, Biologiya 519-g-WPS Office, Biologiya 519-g-WPS Office, yozuvchilar, yozuvchilar, 7-seminar Mamatvaliyev Ramazon
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq kо‘rsatkichlarda о‘lchashning ahamiyati bо‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir tо‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini kо‘rsatib berish mumkin emas.

Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:



.

Sо‘nggi qо‘shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qо‘shimcha naflilikdir. Sо‘nggi qо‘shilgan naflilik umumiy naflilikning о‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bо‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «sо‘nggi nusxasi» mavjud bо‘ladi.

Sо‘nggi qо‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bо‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining kо‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qо‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.

Kishi qanchalik kо‘p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik kо‘p yalpi naflilikka ega bо‘ladi. Yalpi (umumiy) naflilik sо‘nggi qо‘shilgan naflilik kо‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy sо‘nggi qо‘shilgan naflilikka ega bо‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.

Sо‘nggi qо‘shilgan naflilikning pasayib borish qonunini iste’mol qilingan muzqaymoq misolida 11-jadval orqali ifodalash mumkin.


11-jadval. Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan sо‘nggi qо‘shilgan va yalpi naflilik


Download 273.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling