Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati. Reja


Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar


Download 273.06 Kb.
bet6/31
Sana11.11.2021
Hajmi273.06 Kb.
#442414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma’ruza matnlari 5-Mavzu Talab v
O, 2 5208524917376550378, 2 5208524917376550378, Klaster, Education in Uzbekistan, Education in Uzbekistan, 2 5271866017021166888, Sharofov Omonning Axborot texnologiyalari, 3-amaliyot mavzusi a170385a2fde5bd86b9e4dadbcf23a3b, Лекция 9 Булева алгебра Основы логики и их реализация, Biologiya 519-g-WPS Office, Biologiya 519-g-WPS Office, yozuvchilar, yozuvchilar, 7-seminar Mamatvaliyev Ramazon
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining о‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bо‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.

Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir kо‘rsatadi: 1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni; 3) iste’molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog‘liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning о‘zgarishi ehtimoli.

Bu omillarning о‘zgarishi talab hajmining о‘zgarishiga qanday ta’sir kо‘rsatishini qarab chiqamiz.


  1. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy о‘zgarish rо‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bо‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir kо‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.

  2. О‘z-о‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni kо‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bо‘lgan talabning о‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bо‘lgan talabni kamaytiradi.

  3. Pul daromadi о‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda kо‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning о‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bо‘lsada, kо‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bо‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, gо‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning о‘zgarishi bilan talab miqdori tо‘g‘ri bog‘liqlikda о‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.

Daromadlar о‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda о‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.

Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori о‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga kо‘ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bо‘lgan tovarlar miqdori о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.

Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (4-rasm). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i о‘suvchan kо‘rinishida bо‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari о‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar kо‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan kо‘rinishda bо‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad darajasiga bog‘liq bо‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bо‘ladi.

Rasmdan kо‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming sо‘mdan 20 ming sо‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming sо‘mdan 30 ming sо‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi о‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining о‘sishi sekinlamoqda: 30 ming sо‘mdan 40 ming sо‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming sо‘mdan 50 ming sо‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining о‘sishi butunlay tо‘xtagan (daromadning 60 ming sо‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda).



Daromad, ming sо‘m

100
90

80

70

60


50


40

30

20

10


0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona




Download 273.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling