Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan testlar


Download 346 Kb.
bet1/3
Sana27.10.2020
Hajmi346 Kb.
#137297
  1   2   3
Bog'liq
200 Иқтисодиёт назарияси тест саволлари


Iqtisodiyot nazariyasi fanidan testlar

Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini ifodalaydi

iqtisodiy jarayon va hodisalarning ob’ektiv xususiyatlariga va tadqiqot maqsadi va xarakteriga ko‘ra abstrakt tarzda umumlashtirib ifodalangan reallikning konstruksiyasi, maketi, andozasi;



Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil:

mikroiqtisodiy;




Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?

merkantilizm;




Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?

monetarizm;




Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?

iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganish;




Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?

ehtiyojlarning yuksalish qonuni;




Iqtisodiy jarayonlarini ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi?

induksiya;




Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?

kapital, er, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;



Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?

nisbatan cheklangan yoki kamyob;




Iqtisodiyot nazariyasi fanlarning qanday guruhiga kiradi?

ijtimoiy fanlar;




Iqtisodiyot nazariyasi fani nimani o‘rgatadi?

kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;



Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?

ob’ektiv;



“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:

cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkinligi muammosi;



“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?

matematik;



“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarishlarni alohida ajratib, ayni vaqtda o‘zaro bir – biriga ta’sirida o‘rganadi?

analiz va sintez;



Iqtisodiy modelning ta’rifini toping?

iqtisodiyot, iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarish va bog‘liqliklarning soddalashtirilgan manzarasi;



Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasini aniqlang:

ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi;



Insonlarning iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol qilishga qaratilgan, bir – biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyat qanday nomlanadi?

iqtisodiy faoliyat;

.

Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi nimani anglatadi?

takror ishlab chiqarish;



Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqichlariga kirmaydi?

iqtisodiy faoliyat;



Ishlab chiqarish va ayirboshlash bir me’yorda borishi hamda kishilar yashash va turmush kechirishning umumiy shart-sharoitni tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi:

infratuzilma;



Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy hodisa hisoblanadi?

inqiroz;



Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takrorlanib turadigan, doimo mavjud bo‘ladigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki teskari ichki sabab – oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar qanday qonunning mohiyatini anglatadi:

iqtisodiy qonun;



Qaysi iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi?

umumiy iqtisodiy qonunlar;



Mantiqiy tahlil orqali hodisa va jarayonlarning uncha muhim bo‘lmagan belgilarini e’tibordan chetda qoldirib, eng asosiy belgilarini ajratib olish yo‘li bilan ularning mohiyatini ochib berish qaysi usul orqali amalga oshiriladi?

ilmiy abstraksiya.



Resurslar cheklanganligi muammosini to‘liq echish mumkin:

muammoni echib bo‘lmaydi;




Quyidagi keltirilgan qaysi iqtisodiy tushunchalar ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ini ifodalaydi.

ishlab chiqarish resurslari cheklanganligi, murosali tanlov, muqobil qiymat;



Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqlanadi?

aholining haqiqiy iste’moli darajasi va ehtiyojlari taqqoslanadi;



Alohida kishilar, korxonalar va davlat ehtiyojlarining umumiy xususiyatlari nimadan iborat?

cheksiz va chegarasiz;



Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni nimani anglatadi?

jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy ehtiyoji miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishin;



Ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir qiluvchi quyidagi omillardan qaysi biri iqtisodiy inqirozlarni ham keltirib chiqaradi?

iqtisodiy faollikning siklik ro‘y berishi;



Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:

bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;



Kishilar hayot kechirishining birlamchi sharti – hayotiy zarur vositalar (oziq–ovqat, kiyim–kechak, turar–joy) va zebu–ziynat buyumlariga (mebel, avtomobil, xolodilnik, televizor, dala hovli) bo‘lgan ehtiyoj qanday nomlanadi:

moddiy ehtiyoj;



Haqiqiy iste’mol (Ih)ning, umumiy ehtiyoj (Eu)ga bo‘lgan nisbati qanday ko‘rsatkichni ifodalaydi?

ehtiyojning qondirilish darajasi;



Ishlab chiqarish omillari egasi: er, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi?

er rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;



Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...

ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati;



Iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar chiqadi?

ishlab chiqarishda;



Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi(bosqichi)da yaratilgan iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi?

ayirboshlash;



Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard foydalanuvchilarini topadi?

iste’mol.



Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi?

ishlab chiqarish;


Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishi qanday nomlanadi?

barter (maxsulot) ayirboshlash;



Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi?

tovar ayirboshlash;



Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi?

shaxsiy iste’mol;



Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni uning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?

ishchi kuchi;



Yalpi ichki maxsulot, sof milliy maxsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning qaysi darajadagi natijasini ifodalaydi?

makro darajadagi;



Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichini toping.

foyda normasi;



Vaqt birligida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki maxsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt qanday ko‘rsatgichni ifodalaydi?

mehnat unumdorligini;



Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan echilar ekan, bunday iqtisodiyot:

aralash iqtisodiyot;




Sivilizatsion yondoshuv bo‘yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo‘linib, u quyidagilardan iborat:

an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga



Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’minlanadi?

sof kapitalizm;



Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?

faqat bozor iqtisodiyotiga;



Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishga qaratilgan chora–tadbirlari qanday siyosatni anglatadi?

iqtisodiy siyosat



Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang:

poliiqtisodiyot.




Quyidagi iqtisodiy tizim yoki jamiyatdan qaysisi monoiqtisodiyotni nisbatan to‘liq ifodalamaydi?

aralash iqtisodiyot.



Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?.

bozor iqtisodiyoti;



Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...

davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish shakllariga aylantirish;




Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi?

mulkni tasarruf qilish;



Shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan fuqarolar mulki qanday nom bilan ataladi?

shaxsiy mulk;




Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati nima bilan o‘lchanadi.

muomaladagi pul miqdori;



Pul agregatlari, bu...

likvidlik darajasi turlicha bo‘lgan barcha pul turlarining muayyan nisbatlardagi yaxlit massasi;



Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?

qiymat o‘lchovi;



Natural xo‘jalik nima?

bozorda sotish uchun emas, balki xo‘jalikning o‘z xodimlari va ishlab chiqaruvchilarning iste’moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalik;



Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarilishi ijtimoiy xo‘jalikning qanday shaklini tashkil qiladi?

tovar xo‘jaligi;



Bozor uchun ishlab chiqarilgan, qiymatga va ma’lum bir naflilikka ega bo‘lgan iqtisodiy faoliyat mahsuli–bu:

tovar;



Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch, bu - ...

raqobat, iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulk ustunligi.



Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida:

iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;



Bozor iqtisodiyotining qaysi sub’ekti iqtisodiy resurslarni etkazib beruvchisi va pirovard mahsulotlarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi?

uy xo‘jaliklari;



Quyidagilardan qaysi biri bozor mexanizmining tarkibiy qismini xarakterlaydi?

narx, raqobat, talab va taklif;



Bozor iqtisodiyotida bozor, ishlab chiqarish kimning izmiga bo‘ysunadi?

iste’molchilarning;

Download 346 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling