Iqtisodiyot nazariyasi’’ kafedrasi


Download 61.91 Kb.
bet1/2
Sana21.03.2020
Hajmi61.91 Kb.
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT NAZARIYASI’’ KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI’’ FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VAZIFALARI VA ASOSIY YO`NALISHLARI

Bajardi: Ibaydullayev Sardor Sur’at o’g’li

Moliya, Sirtqi, 2-kurs, MMC-60

Ilmiy Rahbar: D.Bobobekova

TOSHKENT 2020

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VAZIFALARI VA ASOSIY YO`NALISHLARI

MUNDARIJA:

KIRISH

I-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMINING SHAKLLANISH VA UNI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI

1.1. O`zbekiston Respublikasi bank tizimi shakllanishining nazariy asoslari va evolyusiyasi

1.2. Bank tizimi faoliyatini tartibga solish usullari

1.3. Milliy iqtisodiyot rivojida bank tizimining ahamiyati



II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK TIZIMINI RIVOJLASHTIRISHNING USTUVOR YO`NALISHLARI

2.1 O’zbekiston Respublikasi bank tizimida olib borilayotgan islohotlarning soha rivojlanishidagi ahamiyati

2.2 Mamlakatimiz tijorat banklarining real sektorni moliyalashtirish tendentsiyalari

2.3. O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari



XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlanganlaridek, “Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo’ldi”.

Sohani yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar hamda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida barqaror rivojlanishi ta’minlanmoqda. Natijada, bank tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko’payib, 7 trillion 800 milliard so’mga yetdi. Bu ko’rsatkich keyingi 5 yilda 2,4 barobar oshdi. Mazkur yutuqlarimiz natijasida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir.Banklar iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar ajratish va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish orqali eng muhim muammolardan biri bo’lgan bandlik muammosini yechishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.Bundan ko’rinadiki, mamlakatimiz tijorat banklari kredit operatsiyalarini tahlil qilish, mazkur sohani yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Shu bilan birga iqtisodiyotni real sektoriga kredit ajratish tizmini yanada takomillashtirish, aholi bandligini hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iport o’rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yida muhim hisoblanadi.Yuqoridagilarga asoslangan holda O’zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilgan holda uni yanada rivojlantirish va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi\\ Xalq so'zi, 2015 yil 17 yanvar, b.12 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi\\ Xalq so'zi, 2016 yil 16 yanvar, b.2takomillashtirish yo’nalishlarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri deb ta’kidlab o’tishimiz mumkin.

Muammoning o’rganililganlik darajasi. Banklar faoliyati hamda kredit operatsiyalari tahlili masalalari bir qator xorijiy olimlar, V.M. Usoskin, R.S.Porter, D.Polfremon, J.Dolon kabilarning ilmiy izlanishlarida ko’rib o’tilgan.Shuningdek, tijorat banklarini kredit operatsiyalari va kreditlash bo’yicha muammolari MDH davlatlari ko’pchilik olimlarida ham aks ettirilgan. Bank ishi va xususan kedit operatsiyalari nazariyasining shakllanishiga Rossiyaning M.T.Balabanov, I.A.Kiselyova, O.I.Lavrushin, V.M.Usoskin, V.E.Cherkasov va boshqa shu kabi olimlari o’zining katta hissasini qo’shgan. Rossiya Moliya Akadekiyasi professori O.I.Lavrushinning fikriga ko’ra “Banklar-iqtisodiyotning o’ziga xos “qon tomiri” bo’lib ularsiz zamonaviy xo’jalik mexanizmini tasavvur qilish mumkin emas. Bu tizimni turli xo’jalik sub’ektlari, davlat korxonalari chet el investorlari, aholining pul resurslari o’zaro muomalada bo’ladi qolmoqda” Mamlakatimizda ham mazkur sohani rivojlantirish bo’yicha ko’pchilik iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Mamlakatimiz bank tizimini takomillashtirish masalalari Mullajonov F., Abdullaeva SH.Z., Mamanova I.D., Chjen V., Abdullaeva Sh., Berjanov S., Norqobilov S. Kabilar tomonidan o’rganilgan. Sohani rivojlantirish borasida ko’plab imliy izlanishlar olib borilayotgan bo’lishiga qaramasdan yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo’lib, mamlakatimiz tizimini shakllanishini tahliliy o’rganish asosida sohani yanada barqaror rivojlatirish istiqbollarini ta’minlashga xizmat qiladigan, imliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishi vazifalari. Bitiruv malakaviy ishini yozishda qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

 O`zbekiston Respublikasi bank tizimi shakllanishining nazariy asoslari va evolyusiyasi

3 Лаврушин О.И. Банковское дело. М: Финансов 1 и статистика. 2003 г. 7 с.

 Bank tizimi faoliyatini tartibga solish usullari

 Milliy iqtisodiyot rivojida bank tizimining ahamiyati

 O’zbekiston Respublikasi bank tizimida olib borilayotgan islohotlarning soha rivojlanishidagi ahamiyati

 Mamlakatimiz tijorat banklarining real sektorni moliyalashtirish tendentsiyalari

 O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va banklari hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib mamlakatimiz bank tizimini yanada rivojlantirish, barqarorlashtirish muammolari hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asosi bo’lib xorij va mamlakatimiz olimlarnining banklarning kreditlash tizimizni, kredit portfelini takomillashtirish, kreditlari operatsiyalarini takomillashtirish muammolariga bag’ishlangan ishlari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi tayyorlash jarayonida kredit va bank faoliyatiga oid O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari shuningdek Markaziy bank va ayrim tijorat banklarining me’yoriy, hisobot va boshqa matriallaridan vaqtli matbuot matriallaridan foydalanildi.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Ish 6 ta rejani o’z ichiga qamrab olgan ikkita bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA KREDITLASHNING NAZARIY USLUBIY ASOSLARI 1.1. O`zbekiston Respublikasi bank tizimi shakllanishining nazariy asoslari va evolyusiyasi O`zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo`lini bosib o`tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to`g`ri keldi. 1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o`zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o`zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo`la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e’tiboran milliy valyuta — so`mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O`zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o`z faoliyatida to`liq mustaqil bo`lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil eti-lishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to`lov tizimini yaratish bo`yicha faoliyati to`laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash-ga qaratildi. 1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo`lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. SHu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg`armalari miqdorini cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo`ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg`armalarining 98,5 foizi Jamg`arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, o`sha yil oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko`payib, bu boradagi ko`rsatkich 12,8 foizga yetdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko`rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda. 1996 yil. Ushbu yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi. Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta’kidlash joiz. Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va aksiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta’sir etgan ikki omilni ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to`la huquqli organi bo`ldi. Ikkinchisi, O`zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikasiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish prinsiplari mustahkamlangan.Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga xizmat ko`rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday ixtisoslashuv qishloq xo`jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq xo`jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati bilan bog`liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o`z operasiyalari va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti ri-vojlanishining yangi darajasi va biznes-muhit talablariga ko`ra kengaytira boradi. Mazkur davrda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi. 1997 yil. Ushbu yilda islohotlarning strategik yo`nalishlaridan biri bank sektorida xususiy kapital oqimini rag`batlantirishdan iborat bo`ldi. Mazkur jarayon 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni e’lon qilinganidan so`ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam bo`lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko`zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma’lumki, o`sha vaqtgacha respublika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo`yi olib borilar edi. 1997 yilning mart oyidan yangi dasturiy ta’minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to`lovlarni respublika tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi. Aynan o`sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va banklararo elektron to`lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o`sha vaqtdagi noyob imkoniyat — kompyuter va telekommunikasiya uskunalarini xarid qilish va departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag`larni o`z faoliyati uchun zarur uskuna-anjomlarni modernizasiya qilishga yo`naltirishi hisobga olinib, qator soliq to`lovlaridan ozod qilindi. SHu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotning sifat jihatidan yangi iste’molchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo`ldi. 1998 yil. Ushbu yilda respublika banklari Bazel tavsiyalariga muvofiq holda faoliyat ko`rsatish uchun zarur tadbirlar amalga oshirildi. Bank nazorati va xalqaro amaliyoti bo`yicha Bazel qo`mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tartibga soluvchi kompleks me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida ular balansida mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi pasayishi va kapital tugashi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv choralarini ko`rish tamoyillaridan foydalanildi. 1999–2000 yillar. Ushbu yillarda valyuta siyosati yanada liberallashtirilgan holda, birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutalar savdosi mexanizmi amalga kiritildi. Mazkur mexanizm vakolatli banklarning xorijiy valyutada talab va taklifdan kelib chiqib, o`z mijozlaridan shartnoma asosida erkin kurs bo`yicha valyutalarni sotib olishini ko`zda tutadi. 2000-2010 yillar. Mazkur davr O`zbekiston bank tizimini mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Aynan shu yillarda zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank tizimini tashkil etish bilan bog`liq ishlar amalga oshirildi. Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazifalar qo`yildi. Vazifalarning birinchisi banklar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat bo`lsa, ikkinchisi — O`zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolligini ta’minlashdir. Mazkur davrda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga yanada ko`proq e’tibor qaratdi. SHu munosabat bilan qator yetakchi banklar (“O`zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshirish bo`yicha muhim qarorlar qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” ustav fondini ko`paytirish to`g`risida”gi Farmoni mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo`yicha asosiy kredit markazlaridan biriga aylantirgan holda uning faoliyatini sifat jihatidan yanada yaxshiladi. Ushbu davrdagi har bir yil mamlakat bank-moliya tizimining izchil rivojlanishida yangi bosqich sifatida qayd etiladi. 2001 yil. Ushbu yilning 1 iyulidan e’tiboran kichik biznes korxonalari o`zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o`z hisobiga o`tkazish yo`li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Respublikamiz hukumati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirishni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish borasida muhim qadam qo`ydi. Aynan shu yili erkin ayirboshlovchi valyutadagi Birlashgan barqarorlashgan jamg`arma tashkil etildi. Bu o`z navbatida, O`zbekistonda birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirishning muhim vositasi bo`lib xizmat qildi. Bu vaqtda bank tizimi bilan xususiy sektor o`rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomonidan xizmat ko`rsatish sifatining tobora yaxshilanishi, banklarda raqobatchilik muhitining yuzaga kelishi, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash bilan bog`liq jarayonlarni ko`rsatish mumkin. Aynan shu davrda banklar kreditlash siyosati kuchayganini, mijozlar so`rovlarini sinchkovlik bilan o`rgana boshlaganini va bank xodimlarida mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati shakllanganini yaqqol kuzatish mumkin. 2002 yil aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi. O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida”gi Qonuni doirasida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o`z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a’zo bo`ldi. Ishonchlilik, xizmat ko`rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o`zaro sheriklik munosabatlari O`zbekiston banklari faoliyatida asosiy prinsiplarga aylana bordi. Bank tizimi faoliyatining institusional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko`zda tutib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank faoliyatini liberallashtirish jarayonining tizimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yotadi. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir. 2003–2004 yillar. Mamlakatimizda liberallashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri. Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res-publikamizdagi yangilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo`yildi. Uning muvaffaqiyati banklarning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aksiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o`zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqib, o`z rivojlanish konsep-siyasiga rioya etgan holda strategiyasini takomillashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshirish o`z faoliyatini diversifikasiyalash, yangi aksiyadorlarning mablag`larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi. Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operasiyalar bo`yicha so`m konvertasiyasini ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog`liq bo`lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta’sir ko`rsatdi. CHunonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O`zbekiston Respublikasi Xalqaro Valyuta jamg`armasi Bitimining VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operasiyalar bo`yicha konvertasiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu masala yuzasidan O`zbekistonning tashqi mablag`larni jalb etmay, amalda o`z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e’tirofga sazovor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertasiyasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi. Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyatning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyasiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebranishining oldini olish barobarida eksportni rag`batlantirish hamda valyuta resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O`zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nisbatan dunyo bozorlarida qulay narx kon’yunkturasi, shuningdek, eksportga yo`naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi. Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ishlar davom ettirildi. Uning asosiy yo`nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aksiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga ku-chaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko`rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat banklarining investision jarayonlardagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo`yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz. 2005–2006 yillar. Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ularning investisiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o`zgarishlarda ishtiroki yanada faollashgan davri. O`sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig`idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti-jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog`liq xarajatlari ham soliq undirish bazasidan chiqarildi. SHu tariqa, asosiy e’tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag`bat uyg`otib, ularning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog`liq ijobiy holatlar ko`paydi. Banklarning depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana boshladi. E’tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi. SHu o`rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo`shma banklarning tashkil etilishiga ta’sir ko`rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga kelishi natijasida tubdan o`zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchaytirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo`ldi. Mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko`mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag`batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi. Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini izchil rag`batlantirish raqobatni kuchaytirishga, ko`rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o`z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. 2006–2007 yillar. Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomonidan darhol ijobiy baholandi. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko`zda tutuvchi ushbu manba O`zbekiston Respublikasi “Iste’mol krediti to`g`risida”gi va “Ipoteka to`g`risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi. O`zbekiston Respublikasining“Iste’mol krediti to`g`risida”gi Qonuni iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste’mol kreditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. 2006 yilning oktyabr oyida esa O`zbekiston Respublikasi “Ipoteka to`g`risida”gi qonuni kuchga kirdi. Ko`chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o`zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipotekaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko`zlangan asosiy maqsad ko`chmas mulkka garov qo`yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi. Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiyalari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllantirishga va o`z faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratildi. “2005–2007 yillarga mo`ljallangan bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko`rsatkichlarining barqaror o`sishini ta’minlagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo`ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omonatlarini ko`paytirishni rag`batlantirishga ustuvor yo`nalishlar sifatida e’tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati tomonidan o`z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o`z yangi instrumentlarini ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi. 2008–2009 yillar. Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyatining muhim yo`nalishiga aylandi. Mazkur yo`nalishda banklar o`z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” prinsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar. YA’ni, aholiga ko`rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste’mol krediti to`g`risida”gi va “Ipoteka to`g`risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi. O`zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o`zlari taklif etayotgan xizmatlari to`plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi. 2010 yil. O`zbekiston tijorat banklari, avvalo, ixtisoslashgan kredit institutlari sifatida ko`zga ko`rina boshladi. Bu, bir tomondan xo`jaliklarning vaqtincha bo`sh mablag`larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag`lar hisobidan korxonalar, xususiy tadbirkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi. Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so`nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank operasiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi. 1.2. Bank tizimi faoliyatini tartibga solish usullari:

Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o`tishi munosabati bilan yangi banklarni shakllantirish, ularni nazoratini rivojlantirish masalasi keskin darajada ko`ndalang qo`yildi. Bugungi kunda Respublika hududdida 36 ta turli xil mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko`rsatmoqda.

O`zbekiston bank tizimini qayta qurish mustaqil davlat iqtisodiy tizimini muhim yo`nalishlaridan biri bo`ldi. Xo`jalik mexanizmining bir maromda faoliyat yuritishi barqaror ishlaydigan banklar milliy tizimini taqozo etadi va iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida sifat jihatidan butunlay yangi bank tizimi hamda bank nazoratini tub asosini yaratish va qurish uzluksiz davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizning rivojlangan bank tizimini shakllantirish, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan moliyaviy siyosatining mahsuli bo`lishi kerak.

Banklar ustidan nazorat qilish, ular faoliyatida muayyan cheklashlarni o`rnatish iqtisodiy erkinlikka zid bo`lgan holat sifatida qaralishi mumkin. Lekin jahonning ko`pgina rivojlangan davlatlarida banklar, shuningdek boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari ko`p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha aytganda, hatto rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy sektor jiddiy ravishda tartibga solinar ekan, o`tish davrida buni to`la oqlash mumkin.

Biroq bozor sharoitida moliyaviy sektorni tartibga solish tovarlar va xizmatlar narxiga ta’sir ko`rsatish uchun bozor mexanizmlariga yetarli darajada harakat erkinligini berish, shuningdek mayda-chuyda narsalarga aralashishdan voz kechish bilan qo`shib olib borilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

To`g`ri, bank faoliyatini tartibga solish, raqobatning rivojlanishiga xalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson emas. SHuning uchun jahonda umumiy qabul qilingan prinsiplar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo`llaniladi.

U yoki bu bankning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga majbur qilish uchun nazorat organi ixtiyorida ta’sir ko`rsatish choralarining muayyan to`plami bo`lishi kerak. Bizning yangi bank qonunlarimizga ko`ra, turli vaziyatlarda foydalanish mumkin bo`lgan darajalangan choralar majmui ko`zda tutilgan. Jumladan, iqtisodiy me’yorlarni o`zgartirish, majburiy rezerv fondini oshirish, ayrim bank operasiyalarini amalga oshirishni ta’qiqlab qo`yish, hissadorlarga dividentlar to`lashni to`xtatib qo`yish, bank ustidan vasiylik o`rnatish kabilardir. Eng so`nggi chora esa ularga berilgan ruxsatnomalarni (lisenziyalarni) qaytarib olishdan iboratdir.

Tijorat banklarini nazorat qilish deganda banklarning barqarorligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi.

Davlatning pul-kredit siyosati, xususan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish siyosati qonun hujjatlari, hukumat qarorlari, Markaziy bankning yo`riqnomalari asosida amalga oshiriladi. Huquqiy me’yorlar banklar uchun majburiy bo`lgan cheklovlar va faoliyatining qat’iy chegaralarini belgilab beradi. Bu esa, bank yomon, sifatsiz boshqarilgan taqdirda jiddiy zararlar yuzaga kelishining oldini oladi. Bank faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarining mustahkam emasligi banklarning bankrot bo`lishiga va umumiy nobarqarorlikni yuzaga kelishiga olib keladi.

Bank tizimini ishonchli tarzda himoya qilishni ta’minlaydigan huquqiy tartibga solish me’yorlarini yaratish lozim. Masalan, iqtisodiy normativlar barcha tijorat banklariga nisbatan bir xil tarzda qo`llanilishi lozim. Aks holda, ayrim banklar erkin raqobat muhitidan chetga chiqib qoladi.

Respublikamizda bank nazoratining rivojlanish tarixi milliy bank tizimimizning rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir. Milliy bank tizimining rivojlanishi bilan bank nazorati ham takomillashib bordi. SHu jarayonni bank nazoratining asosi bo`lgan iqtisodiy me’yorlarning rivojlanishi misolida ko`rib chiqamiz.

Mustaqil respublikamizda dastlabki iqtisodiy me’yorlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi Qonun talablaridan kelib chiqib yaratilgan bo`lib, keyinchalik ular takomillashtirildi.

Respublika Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining balans likvidliligini doimo ta’minlab borish yoki ularning o`z oldilaridagi majburiyatlarini o`z muddatida amalga oshirishlariga erishish, omonatchilarni manfaatlarini himoya qilish hamda qisqacha ta’riflaganda Respublikada barqaror bank tizimini yaratish maqsadida 1992 yil 2 avgustdagi Markaziy bankning 10-sonli qoidasiga asosan tijorat banklari faoliyatini tartibga solib turish uchun iqtisodiy normativlar o`rnatildi. Mazkur qoidaga binoan tijorat banklari uchun dastlabki 8 ta iqtisodiy normativlar belgilandi. Bular tarkibiga quyidagilar kiritildi:

N1 – bank sarmoyasining riskni hisobga olib chamalangan aktivlarning jami miqdoriga nisbati ko`rsatkichi (eng kami 0,05);

N2 – bank sarmoyasini yuqori riskli aktivlar miqdoriga nisbati ko`rsatkichi (eng kami 0,15);

N3 – bank sarmoyasi uning majburiyatlariga nisbati ko`rsatkichi (eng kami 0,2);

N4 – banklar jalb etgan fuqarolar omonatlarini bank sarmoyasiga nisbati (eng yuqorisi 1,00);

N5 – joriy likvidlilik ko`rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30);

N6 – o`rta muddatli likvidlilik ko`rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun eng yuqorisi 1,50, boshqa banklar uchun 1,00);

N7 – uzoq muddatli likvidlililk ko`rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30);

N8 – bir qarz oluvchiga to`g`ri keladigan kreditning eng yuqori miqdori ko`rsatkichi (eng yuqorisi 0,50).

Bundan tashqari, tijorat banklarining aktivlari, ularning risk darajasiga qarab 6 guruhga ajratiladi:

1 guruh– riskdan holi bo`lgan aktivlar;

2 guruh – risk darajasi kam bo`lgan aktivlar;

3-6 guruhlar – risk darajasi yuqori bo`lgan aktivlar.

Tijorat banklari uchun iqtisodiy normativlarning o`rnatilishi – bu avvalo Markaziy bank tomonidan samarali bank nazoratini olib borishga erishish, tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan muammolarni oldindan aniqlash va qolaversa barqaror bank tizimini yaratishda eng muqim instrumentlardan biri bo`ldi. Ushbu qoidani oldingisidan farqli tomoni shundan iborat ediki, avvalam bor, tijorat banklari uchun qo`yiladigan talablar bir muncha kuchaytirildi. Bular: birinchidan, yangidan tashkil etilayotgan banklar uchun o`rnatilgan ustav sarmoyasining eng kam miqdori minimal darajada oshirildi. Ikkinchidan, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezerv fondi ajratmasining miqdori ham ko`paytirildi. Bank sarmoyasiga bo`lgan talablar yuqori riskli bank aktivlarini chegaralashi bank majburiyatlarining o`z - o`zidan chegaralanishiga olib kelishini nazarda tutib, bank sarmoyasining bank majburiyatlariga nisbati ko`rsatkichi bekor qilindi. Barchamizga ma’lumki, keyingi davrga kelib bank tizimida, xususan banklarni nazorat qilish borasida yangi huquqiy asoslar yaratildi, ya’ni bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida» hamda «Banklar va bank faoliyati to`g`risida» yangi tahrirdagi, jahon andozalari talablariga to`liq javob beradigan qonunlari qabul qilindi. 1997 yilning mart oyidan boshlab esa dunyoga mashhur bo`lgan «Artur Andersen» firmasi ko`magida ishlab chiqilgan va banklar hisobotining xalqaro andozalariga mos bo`lgan buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasi joriy etildi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublika Markaziy banki tomonidan 1997 yilning fevral oyidan boshlab banklar faoliyatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat bo`lgan «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish» qoidasi Bazel qo`mitasi tomonidan o`rnatilgan standart va talablarni inobatga olgan holda qaytadan mukammal tarzda ishlab chiqildi. Mazkur yangi qoidaga asosan bank sarmoyasiga nisbatan qattiqroq bo`lgan talablar o`rnatildi. Banklarning qimmatli qog`ozlar bozoridagi bajaradigan operasiyalarining tobora rivojlanib borishi hamda ularni investision jarayonlarini kengayib borishidan kelib chiqqan holda qo`shimcha ravishda «Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlari uchun qo`yilmalar» va «Banklarning o`z mablag`laridan invsitsiyalarda foydalanish me’yori» ko`rsatkichi kabi yangi me’yorlar kiritildi. Yangidan o`rnatilgan iqtisodiy normativlar quyidagilardan iborat:

Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat ko`rsatayotgan banklarning eng kam nizom fondi miqdorini o`rnatish;

Sarmoyaning yetarlilik koeffisienti;

Bank sarmoyasi bilan uning majburiyatlari o`rtasidagi nisbat ko`rsatkichlari;

Bank balansi likvidliligi ko`rsatkichi;

Bir qarz oluvchiga to`g`ri keladigan riskning eng katta hajmi;

Barcha «katta» kreditlarga to`g`ri keladigan riskning eng yuqori hajmi;

Bir omonatchiga to`g`ri keladigan riskning eng katta miqdori;

Qimmatbaho qog`ozlar bo`yicha operasiyalarda o`z mablag`laridan foydalanish ko`rsatkichi;

Daxldor shaxslar bilan ish olib borish.

Tijorat banklarida kapitalning yetarli bo`lishi, aktivlarning sifati, foydaligi va likvidligiga qarab ularning moliyaviy ahvoli baholanib, nochor banklar aniqlanadi. Ana shu ko`rsatkichlarning har biri bo`yicha chekli qiymatni aniqlash Markaziy bank va uning hududiy Bosh Boshqarmalariga bank muassasasini sog`lomlashtirish yoki uning beozor tarzda tugatish imkonini beradi. Shulardan kelib chiqqan holda, tijorat banklarining asosiy vazifasi – iqtisodiy me’yorlarga rioya etishdan, kapital va likvid mablag`larni yetarli darajada saqlashdan, shubhali va amal qilayotgan aktivlarga nisbatan rezervlarni vujudga keltirishdan, shuningdek mahrum bo`lish xavfini kamaytirish maqsadida aktivlarni diversifikasiyalashdan iboratdir. Harakatdagi bank nazoratiga tegishli me’yoriy hujjatlar Jahon bankining O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish loyihasi bo`yicha ishlagan chet ellik maslahatchilar ko`magida yaratilgan bo`lib, xalqaro andozalarga moslashtirilgandir.

Jumladan, bank sarmoyasiga bo`lgan talablar yuqori riskli bank aktivlarini chegaralashi bank majburiyatlarining o`z o`zidan chegaralanishiga olib kelishini nazarda tutib, bank sarmoyasining bank majburiyatlariga nisbati ko`rsatkichi bekor qilindi. Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo`yiladigan talablar bo`yicha iqtisodiy me’yorlarni ko`rib chiqishdan oldin ayrim tushunchalarga izoh berib o`tish maqsadga muvofiqdir.

“Bank talablari” - bank tomonidan joylashtirilgan barcha qo`yilmalari, masalan, bank tomonidan berilgan kreditlar va boshqalar.

“Kapital zahiralar” – soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langanidan so`ng sof foyda hisobiga shakllangan zahiralar. Ushbu zahiralarga ajratiladigan chegirmalar miqdori ochib e’lon qilinadigan hisobotda ko`rsatilishi lozim. Zahiralardan bank faoliyatida vujudga keladigan turli zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi. Bunda mazkur zahiralar hisobiga qoplanadigan barcha zararlar foyda va zararlar hisobotida aks ettirilishi kerak.

“Umumiy zahiralar” - bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi (kreditlash, investisiyalash) natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash uchun, lekin ayrim muayyan operasiyalar bo`yicha zararlarni qoplashga zahiralar yaratish mo`ljallanmagan. Masalan, “yaxshi” kreditlarga doir zararlarni qoplash yoki milliy valyutani devalvasiyalash uchun mo`ljallangan zahiralar.

“Maxsus zahiralar” - “standart”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan kredit va lizing operasiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash uchun yaratiladagan zahiralar.

“Nomoddiy aktivlar” - moddiy va jismoniy shaklga ega bo`lmagan nomonetar, identifikasiyalanadigan aktivlar. Nomoddiy aktivlarning juda ko`p turlari mavjud, jumladan, dasturiy ta’minot, foydalanish huquqi, marketing va texnik ma’lumotlar. Biroq, bank faoliyatida eng ko`p tarqalgan nomoddiy aktiv gudvilldir.

“Gudvill” - xaridor tomonidan bank sotib olinayotganda uning sof aktivlari qiymatidan yuqori to`lanadigan summa sifatida ta’riflanadi (barcha aktivlarning bozor narxi va barcha majburiyatlarning bozor narxi o`rtasidagi farq). Bu xaridorning bankni sotib olishda bankni xarid qilish uchun o`z ichiga bank ham qarzdor, ham depozitor bo`lgan mijozlar bilan ko`p yillardan beri o`rnatgan munosabatlari ham kirishini tushunib yetishini anglatadi.

Leverej – bu bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko`rsatkich. U birinchi darajali kapitalning nomoddiy aktivlar qiymati, jumladan, gudvillni chiqarib tashlagan holda umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Likvidlik – bu bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o`sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag`lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni bildiradi.

Doimiy bo`lmagan majburiyatlar istalgan vaqtda bankdan chiqib ketishi ehtimoli yuqori bo`lgan yirik depozitlar qarzlardir. Bunday majburiyatlarga odatda quyidagilar xosdir:

- nisbatan katta miqdorda bo`lishi;

- so`ndirish muddatining qisqaligi;

- majburiyatlar egalari bank bilan mazkur majburiyatlardan boshqa hech qanday bitimlar bilan bog`lanmagan bo`ladi.

Zahiralarning ortiqcha qismi - majburiy zahiralar fondiga ajratmalar miqdoridan oshadigan bank mablag`lari - bankning Markaziy bankdagi vakillik hisob varag`idagi mablag`lar qoldig`i.

Likvid aktivlar - ularning yaxshi ma’lum bo`lgan bozor narxini shakllanishini ta’minlaydigan doimiy ravishda sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlarning alohida turi bo`lib, banklar ularni qisqa muddat ichida sotib olishga tayyor bo`lgan xaridorni topishi mumkin. Bunday aktivlar qatoriga naqd pullar, davlat qisqa muddatli obligasiyalari, qisqa muddatli (etti kungacha) banklararo kreditlar. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) davlatlari hukumatlari hamda fond bozori rivojlangan davlatlarining mashhur trans milliy kompaniyalarining qimmatli qog`ozlari ham yuqori likvidlikka egadir.



Nolikvid aktivlar - bu bozor narxini kotirovka bo`yicha aniqlash mumkin bo`lmagan va bu turdagi aktivlarning xarid narxi sotuvchi va xaridor o`rtasidagi kelishuv natijasida xususiy tarzda aniqlanadigan aktivlarga aytiladi. Bunday aktivlarning qiymati katta miqdordagi o`zgarishlarga uchrab turishi taqqoslashni qiyinlashtiradi. Bu turdagi aktivlarga, masalan, kreditlar, qimmatli qog`ozlar bozorida kotirovkaga ega bo`lmagan yoki kotirovkasi qiyin bo`lgan qimmatli qog`ozlar, asosiy vositalar va boshqalar kiradi. Tezda naqd pul miqdorini oshirish uchun nolikvid aktivlarni sotish zarur bo`lgan holda bank ularni zarar ko`rgani holda sotishi mumkin.

1.3. Milliy iqtisodiyot rivojida bank tizimining ahamiyati “Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan “O`zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari” to`g`risidagi hisobotiga muvofiq ketma-ket besh yildirki, mamlakatimiz bank tizimining rivojlanish istiqbollari “barqaror” deb baholanmoqda. Respublika bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish ishlari “o`zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilib, qisqa muddatda O`zbekistonning mustaqil bank tizimi yaratildi. Bugun mamlakatimizda 26 tijorat banki, ularning 840 hududiy filiali, 8350 dan ziyod bank infratuzilmasi hamda 72 bankdan tashqari kredit tashkiloti faoliyat ko`rsatmoqda. YUrtimizda bank tizimini yanada isloh etish, aholining banklarga bo`lgan ishonchini mustahkamlash, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda bank xizmatlarining turi va ko`lamini kengaytirish bo`yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, aynan banklar butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi bevosita ularning samarali faoliyatiga bog`liq. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan tijorat banklari ana shunday yuksak mas’uliyatni his etgan holda ish olib borib, tizimni yurtimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog`iga aylantirishga harakat qilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar amaliyotda o`z natijasini bermoqda. Jahon miqyosida yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari hali-hamon davom etayotgan bir paytda yurtimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgani bunga yaqqol misol bo`la oladi. Albatta, bunda banklarning bir maromda ishlash strategiyasi puxta ishlab chiqilgani, har bir bankka alohida yondashilib, kapitalining o`sishini bevosita nazoratga olgan holda aktivlari sifat jihatdan yaxshilanib borilishiga jiddiy e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Ana shunday puxta o`ylangan strategiya bank tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlamoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi aylanma mablag`larning taqchilligi sharoitida tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatning natijasi sifatida mahsulot yetkazib beruvchi va sotuvchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni erkinlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Narxlarning pasayishi, sifatning oshishi, faoliyatning diversifikasiyasi zamonaviy sharoitlarda bozordagi samarali harakatlanishning yagona mexanizmi emas. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliyaviy-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko`rsatdi. Ayni vaqtda, bu inqiroz o`z korporativ manfaatlarini ko`zlab ish yuritib kelayotgan, kredit va qimmatbaho qog`ozlar bozorida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo`qligini ham ta’minladi. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning miqyosi, ko`lami va oqibatlari har bir davlatda turlicha bo`ladi. Bu davlatning moliya-valyuta tizimiga, milliy kredit institutlarining kapitallashuvi va likvidligi (to`lov imkoni)ga, ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qaram yoki qaram emasligiga, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, eng asosiysi — mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, diversifikasiya va raqobatbardoshlik darajasiga bog`liq. Bank tizimining barqaror ishlashi yurt istiqbolini belgilaydigan eng muhim omillardan biridir. Davlatlar hamkorlikni yo`lga qo`yishdan oldin mamlakatning iqtisodiy salohiyatini tahlil etishining boisi ham shunda. Bu jarayonda, asosiy e’tibor bank tizimi faoliyatiga qaratiladi. CHunki ushbu soha barqarorligi davlatning to`lov qobiliyati yuqoriligidan dalolat beradi. SHu jihatdan banklar faoliyatini samarali huquqiy tartibga solish, xususiy banklarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishdagi faoliyatini yanada jonlantirish, maqbul huquqiy tartibga solish mexanizmlarini yaratish zaruriyati yuzaga keladi. Bunda esa xorijiy mamlakatlarning, ayniqsa, yevropa Ittifoqi mamlakatlarining boy tajribasini o`rganish va ularning ijobiy jihatlarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda banklarning kapitallashuvi jarayonining chuqurlashuvi, ular o`rtasida sog`lom raqobat muhitining yuzaga kelayotgani va ko`rsatilayotgan xizmatlar ko`lamining tobora kengayib borayotgani o`z-o`zidan banklarni bir hudud doirasida cheklanib qolmasdan, xalqaro moliya bozorlariga chiqishni ham taqozo etmoqda. Bunga erishish uchun banklar xalqaro reyting agentliklari kreditga layoqatlilik borasidagi reytingiga ega bo`lishi juda muhimdir. Dunyodagi ayrim davlatlar iqtisodiyotiga nazar solsak, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bank tizimining katta miqdorda moddiy zarar ko`rishiga yoki olayotgan foydasining bir necha barobar kamayib ketishiga, natijada kapitallashuv darajasi keskin pasayishiga olib kelganini ko`rish mumkin. Jumladan, inqiroz tashqi qarzlarga tayanib qolgan davlatlarning bank tizimidagi muammolarni yaqqol namoyon qildi. SHu bilan birga, Markaziy bank faoliyatida bank nazoratining ahamiyatini keskin oshirdi. Jahondagi ko`pgina yirik iqtisodchilar yuz bergan inqirozni moliya bozorlarining samarali nazorat qilinmagani, uni rivojlantirish va nazorat qilish tizimining uzviyligi hamda izchilligi ta’minlanmagani, milliy moliya institutlarining mos tarzda nazorat tizimini vujudga keltirmasdan turib, jahon moliya bozoriga kirgani bilan bog`lamoqdalar. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, jahonning ko`pgina mamlakatlarida yuz bergan iqtisodiy tanglik bank nazoratini oqilona boshqarishda O`zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirish siyosatining to`g`riligini amalda yana bir marta isbotladi. Bank tizimini yanada isloh etish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar, ko`rsatma va tavsiyalarning ijrosi izchil ta’minlanayotgani tufayli yurtimiz bank tizimi muntazam ravishda “Mudis” (“Moody's”), “Standart end Purs” (“Standard & Poor's”, “Fitch Reytings” (“Fitch Ratings”) kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining ijobiy baholariga sazovor bo`lib kelmoqda. 2013 — 2014-yillarda mamlakatimizdagi mavjud banklarning barchasi ana shunday yuqori bahoga munosib topilishi fikrimizning tasdig`idir. Tabiiyki, bunday natijaga erishish oson emas. CHunki ushbu nufuzli kompaniyalar har bir davlatning bank-moliya tizimini baholashda ularning dunyo banklari oldiga qo`yilgan talablar, umume’tirof etilgan barcha me’yorlarga mos kelishiga alohida e’tibor qaratadi. Qiyoslash uchun oladigan bo`lsak, “Mudis” xalqaro reyting agentligining shu yil aprel oyida “Interfaks”ga bergan ma’lumotida, Qozog`istonda 2008 yildan buyon hanuzgacha bank tizimi salbiy holatligicha qolmoqda. Muammoli kreditlar ulushining yuqori bo`lganini hisobga olgan holda shubhali kreditlarning xarajatlarini qoplash zarurligi, bank kapitalining rentabelligi va yetarlilik darajasining pastligi hamda banklarning yirik kreditorlarini tizimli rag`batlantirishi juda ham past darajada qolgani qayd etib o`tilgan. SHuningdek, muammoli kreditlar hajmi 2013 yil oxiriga kelib, bank kredit portfelining 40 foizini tashkil etgan bo`lsa, 2014 yil oxirigacha esa ushbu ko`rsatkich 40 foizdan ham oshishi kutilmoqda. Buning oqibatida omonatchilarning bankka bo`lgan ishonchini pasayishi bilan birga, aholining bankka qo`yilgan omonatlariga ham salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkinligiga alohida urg`u bergan. Ko`rinib turibdiki, bank va mijoz munosabatlari tizim faoliyatida o`ta muhim ahamiyatga ega. SHu bois mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyiliga amal qilinayotgani bugungi yutuqlarimizning amaliy natijalarini ta’minlamoqda. SHu o`rinda ta’kidlash kerakki, “Mudis” xalqaro reyting agentligining 2014 yil aprel oyida e’lon qilingan xulosasiga ko`ra “barqaror” prognozi O`zbekiston iqtisodiyotiga katta hajmdagi investisiyalar yo`naltirilishi hisobiga yuqori sur’atlarda o`sayotgani bilan izohlanadi. SHuningdek, iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining o`sishini ta’minlovchi manba hisoblangan O`zbekiston banklarining barqaror daromadlari bank tizimi rivojlanishi istiqbollariga ijobiy ta’sir qiluvchi muhim omillar qatoriga kiritilmoqda. Agentlik tomonidan O`zbekistonda oxirgi 10 yil mobaynida yuqori iqtisodiy o`sish darajasi ta’minlangani hamda mamlakatimiz eksporti tarkibining MDHdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan diversifikasiyalangani hisobiga iqtisodiy o`sish sur’atlari o`zgaruvchanligining sezilarli darajada past bo`lgani ta’kidlanmoqda. SHu bilan birga, xalqaro agentlik O`zbekiston banklari aktivlari sifatining barqaror dinamikasiga e’tibor qaratib, kapital investisiyalar sohasidagi ijobiy holat aktivlar sifatining yuqori darajada saqlanib qolishiga asos bo`lishini qayd etdi. 2013 yil yakuni bo`yicha O`zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlari umumiy miqdori 30 foiz, oxirgi besh yilda esa ushbu ko`rsatkich 3,6 barobar ko`paygan. Bank tizimi kapitallashuvini oshirish bo`yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar banklar jami kapitalining oxirgi besh yilda 3,5 barobar, 2013 yil davomida esa 25,1 foiz oshishini ta’minladi. Bank tizimi kapitali yetarlilik darajasining ushbu ko`rsatkichi umumqabul qilingan xalqaro standartlarga nisbatan 3 barobar yuqoridir. Reyting agentligining fikriga ko`ra 2014 — 2015-yillar davomida kreditlash hajmining yiliga 20 foizga oshishi sharoitida kapital yetarliligining joriy koeffisientini saqlab qolish uchun “Moody’s” reytingiga ega bo`lgan O`zbekiston banklari kelgusida kapitalni qo`shimcha oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rishlari lozim. O`zbekiston banklarining joriy likvidlik darajasi bank tizimi barqarorligini baholashda muhim omillardan biri bo`lib, qator yillar davomida 65 foizdan yuqori, ya’ni belgilangan minimal darajadan 2 barobar yuqori miqdorni tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, xo`jalik sub’ektlari depozitlari va aholi omonatlari, shuningdek, moliyalashtirishning boshqa manbalari kelgusida bank tizimi likvidliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, tijorat banklaridagi depozitlarning umumiy hajmi oxirgi besh yilda 4,1 barobar, 2013 yilda esa 30,2 foiz oshgan. “Moody’s” agentligi tomonidan prognoz davrida O`zbekiston banklarining likvidlik va daromadlilik ko`rsatkichlarining barqaror darajada saqlanib turishi kutilmoqda. Umuman olganda, “Moody’s” agentligining ta’kidlashicha, 12-18 oyni tashkil etuvchi prognoz davrida mamlakat iqtisodiyotining yuqori o`sish sur’ati banklar uchun qulay amaliyot muhitini ta’minlaydi. Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar boshqa sohalar qatori moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishiga, pirovardida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligiga xizmat qilayotgani ayni haqiqat. YUrtimizda tijorat banklari faoliyatiga davlat tomonidan berilayotgan kafolat va keng ko`lamli imkoniyatlar, qonunchilik bazasining yildan-yilga takomillashtirib borilayotgani sohada raqobatni kengaytirish, bank va boshqa moliya xizmatlari bozorida mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, eng

yuksak xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

2 - BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK TIZIMINI RIVOJLASHTIRISHNING USTUVOR YO`NALISHLARI

2.1 O’zbekiston Respublikasi bank tizimida olib borilayotgan islohotlarning soha rivojlanishidagi ahamiyati

Mamlakatimizda moliya-kredit tizimini yanada rivojlantirish borasida hukumatimiz tomonidan izchil ravishda islohotlar olib borilmoqda. Natijada mamlakatimiz bank tizimida yangi-yangidan yangi yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatimiz bank tizimni yanada rivojlantirish va yakuniy natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andoza va me’yorlar, jumladan, bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari (Bazel III) asosida takomillashtirish;

banklarning kapitallashuv darajasi va likvidligini yanada oshirish, depozit bazasini kengaytirish va diversifikatsiyalash, aktivlar, jumladan, kredit portfeli sifatini yanada yaxshilash orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;

banklarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini yanada kuchaytirish, ularning investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirib borish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarni yanada faollashtirish;

ko’rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini ko’paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda masofadan turib bank xizmatlarini ko’rsatish ko’lamlarini yanada kengaytirish;

mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan yetakchi xalqaro reyting agentliklari yuqori reyting baholarining olinishi hamda muntazam ravishda yangilab borilishiga erishish;

moliya-bank tizimi faoliyatining qonunchilik bazasini xalqaro andoza va tamoyillar asosida yanada takomillashtirish bo’yicha ishlar davom ettirish4.

4 Markaziy bankning “2015 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2016 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari” mavzusidagi hisoboti (www.cbu.uz)

Yuqorida keltirilgan yo’nalishlarda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2015 yilda bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2011 – 2015 yillarda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturining yakunlovchi yilida mazkur dasturda belgilangan bank tizimi faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha o’sish sur’atlari prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishi ta’minlandi.

Bunda bank tizimi faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari xalqaro mezonlarga muvofiq “yuqori darajada”gi baholarga mos kelmoqda.

Jumladan, so’nggi yillar davomida O’zbekiston bank tizimi faoliyati “Mudis”, “Standart end Purs” va “Fitch reytings” kabi yetakchi reyting agentliklari tomonidan “barqaror” deb baholanmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar 2011-yilda mamlakatimizning 13 ta tijorat banki yuqori reyting baholariga sazovor bo’lgan bo’lsa, 2014 yilda respublikamizning barcha 26 ta banki ana shunday bahoga loyiq ko’rildi5.

Bank tizimida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijalari keyingi yillarda ham o’z natijalarini bermoqda. 2015 yil yakunlariga qaraydigan bo’sak, bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 23,6 foizni, shuningdek, likvidlik darajasi 64,5 foizni tashkil etdi. Bu kapital yetarlilik ko’rsatkichi umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa 2 marta oshiq bo’lishini ta’minladi.

Bank tizimi infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o’z natijalarini bermoqda. Mamlakatimiz bakn tizimiga statistik jihatdan e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2016 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikada 26 ta tijorat banki faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, shundan 7 tasi xususiy va 5 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. Jumladan, respublika hududlarida tijorat banklarining 854 ta filiali faoliyat ko’rsatmoqda.

5 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi\\ Xalq so'zi, 2015 yil 17 yanvar, b.1

Banklar o’z mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish va ularga yaqin bo’lish maqsadida mini-banklar tashkil qilishgan. 2016 yil 1 yanvar holatiga ko’ra aholi zich joylashgan manzillar hamda ishlab chiqarish hududlariga yaqinlashtirish maqsadida tijorat banklarining 4 295 ta mini-banki va maxsus kassalari tashkil etilgan bo’lib, shularning 2 221 tasi qishloq joylardagi aholi va fermer xo’jaliklariga sifatli bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.

Shuningdek, aholidan kommunal va boshqa to’lovlarni bevosita yashash joylariga borib qabul qilish maqsadida 505 ta ixtisoslashtirilgan ko’chma kassalar xizmati tashkil etilgan.

Bank-moliya xizmatlari bozori infratuzilmasini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish maqsadida Kredit axboroti milliy instituti, Garov reestri tizimi va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi faoliyatlari takomillashtirib borilmoqda.

Hozirda tijorat banklarining barcha filiallari internet tarmog’i orqali “garov.uz” saytiga ulanib, garov munosabatlariga tegishli barcha ma’lumotlar “Garov reestri” davlat unitar korxonasi ma’lumotlar bazasiga kiritilishi ta’minlanmoqda.

Davr talabidan kelib chiqqan holda bank xizmatlari ko’lamini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda kengaytirish bo’yichaham amaliy ishlar olib borilmoqda. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy va mijoz uchun qulay turlaridan biri bo’lgan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qo’llash doirasi kengayib, keying yillarda tadbirkorlar o’rtasida tobora ommalashdi.

2016 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 1 061 mingtani, shundan “Internet-banking” va “Bank-mijoz” dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 81,5 mingtani, “Mobil-banking” va “SMS-banking” xizmatlaridan foydalanuvchilar 979,5 mingtani tashkil etib, ularning soni 2014 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko’paydi.

Bank tizimida naqd pulsiz hisob kitobni amalga oshirishni sifat jihatdan tahlil qilib o’tadigan bo’lsak 2011 yilda har bir to’lov terminaliga to’g’ri keladigan o’rtacha to’lov miqdori 103.15 mln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2015 yilda mazkur ko’rsatkich 171.17 mln. so’mni tashkil qilgan. Bundan ko’rishimiz mumkinki, nafakat to’lov terminallari soni oshmoqda balki, har bilan to’lov terminali orqali amalga oshirilgan to’lovlar hajmi ham oshmoqda. Keyingi besh yilda har bilan to’lov terminali orqali amalga oshirilgan to’lovlar hajmi 62 foizga oshganligini ko’rishimiz mumkin.

Joylarda to’lovlarni uzluksiz qabul qilishni ta’minlash maqsadida o’rnatilgan infokiosk va bankomatlar sonining 2 345 taga yetishi biz yuqorida keltirib o’tgan muvaffaqiyatlarga erishishda asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi.

Mamlakatimizda bank tizimi rivojlanishini ma’lum davrlarga bo’lib o’rganishimiz mumkin. 2000-2010 O'zbekiston bank tizimini mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Aynan shu yillarda zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank tizimini tashkil etish bilan bog'liq ishlar amalga oshirildi.

Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazifalar qo'yildi. Vazifalarning birinchisi banklar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat bo'lsa, ikkinchisi — O'zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolligini ta'minlashdir.

Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratdi. Shu munosabat bilan qator yetakchi banklar (“O'zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha muhim qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” ustav fondini ko'paytirish to'g'risida”gi Farmoni mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo'yicha asosiy kredit markazlaridan biriga aylantirgan holda uning faoliyatini sifat jihatidan yanada yaxshiladi.

Mazkur davrda boshlangan ishlar bugungi kunda ham davom ettirilib kelinmoqda. Hozirda ham tijorat banklarining faoliyatini kengaytirish va ularni kreditlash potentsialini oshirish maqsadida ularning jami kapitali miqdari oshirilib kelinmoqda. Bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2015 yilda jami 553,6 mlrd. so’mlik aktsiyalar investorlar o’rtasida joylashtirildi va ularning 319,6 mlrd. so’mlik qismi nodavlat sektori hissasiga to’g’ri keldi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan “O’zsanoatqurilishbank” tomonidan 157 mlrd. so’mlik, Xalq banki tomonidan 54 mlrd. so’mlik aktsiyalar chiqarilib, investorlar orasida joylashtirildi. Shu bilan birga, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav kapitali – 35 mlrd. so’mga, “Agrobank”niki – 50 mlrd. so’mga, “Mikrokreditbank”niki – 25 mlrd. so’mga va “Qishloq qurilish bank”niki – 25 mlrd. so’mga oshirildi.

Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar natijasida bank tizimining umumiy kapitali so’nggi 5 yil davomida 2,4 martaga o’sdi.

Aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozitlari hajmining o’sishini rag’batlantirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar, jumladan, doimiy ravishda jozibador omonat turlarini taklif qilish, uzoq muddatli bank depozit sertifikatlarini va obligatsiyalarini muomalaga chiqarish hamda bu borada joriy etilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.

2016 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan va joylashtirilgan depozit va jamg’arma sertifikatlari 703,4 mlrd. so’mni hamda obligatsiyalar 247,8 mlrd. so’mni tashkil qildi.

Umuman olganda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jalb qilingan depozitlarning umumiy hajmi 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 35,6 trln. so’mni tashkil etib, 2015 yil boshiga nisbatan 28,0 foizga oshdi.

Yuqorida biz mamlakatimiz bank tizimin yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida erishilgan bank tizimidagi o’zgarishlarni ko’rib chiqdik. Ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki keyingi yillarda bank tizimida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish bo’yicha izchil ravishda chora tadbirlar amalga oshirilgan va yuqori natijalarga erishilgan. Shuningdek, tijorat banklarning kapitallashuv darajasini oshirish

borasida amaliy ishlar qilingan va ularning kapitllashuv darajasini kerakli darajada oshirishga erishilgan. Bulardan kelib chiqqan holda va tadqiqotimizda izchilikni ta’minlash maqsadida keyingi rejada mamlakatimiz tijorat banklarining kreditlash potentsiyalining o’zgarish tendentsiyalari tahliliy o’ranib chiqishni joiz deb topdik.

2.2 Mamlakatimiz tijorat banklarining real sektorni moliyalashtirish tendentsiyalari

Mamlakatimizda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarning kapitallashuv darajasi yildan-yilga oshib bormoqda. Bu esa o’z navbatida ularni kreditlash potentsialini oshirish imkoniyatini yaratib bermoqda. Tijorat banklarining kapitali va depozit mablag’larining yuqori sur’atlarda o’sishi, ularning iqtisodiyot real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi rolining yanada kengayishiga, aktivlar va kredit qo’yilmalari hajmining sezilarli darajada ko’payishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Statistik ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki keyingi 5 yil davomida tijorat banklarining jami aktivlari 3,1 barobarga, iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari umumiy qiymati esa 3,7 barobarga ko’paydi. Kredit qo’yilmalarini o’zgarishi bank jami aktivlari o’zgarishiga nisbatan yuqori bo’lishi bank tizimining iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishdagi rolining tobora oshib borayotganligidan dalolat beradi.

Tijorat banklarning kredit qo’yilmalari miqdorining oshib borishiga proportsional ravishda iqtisodiyotni real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hajmi ham oshib bormoqda. 2015 yilda mazkur yo’nalishga ajratilgan kreditlar oldingi yilga nisbatan 27,7 foizga oshib, ularning tijorat banklari jami kredit portfelidagi salmog’i 79,8 foizni tashkil etdi.

Bu esa o’z navbatida banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashib borayotganligidan dalolat beradi. Banklar tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etishga qaratilgan dasturlar doirasidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda.

Investitsion kreditlar dinamikasini keyingi uch yillik ma’lumotlar asosida tahliliy ko’rib chiqamiz. Ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki, 2015 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 10,2 trln. so’m miqdorida yoki 2014 yildagiga nisbatan 1,2 barobar ko’p investitsion kreditlar ajratilgan mazkur yo’nalishda ajratilgan kreditlar miqdori 7.2 trln. so’mni tashkil qilgan bo’lib, 2014 yilda 8.5 trln. so’mga yetgan. 2014 yilda oldingi yilga nisbatan investitsion kreditlar miqdori 18 foizga o’sgan. Yuqorida olib borilgan hisob-kitoblarga asoslangan holda xulosa qilishimiz mumkinki, investitsion kreditlar miqdori nafaqat yildan-yilga oshib bormoqda, balki ularining o’sish tendentsiyasi ham oldingi yilga nisbatan o’sib bormoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda asosiy makroiqtisodiy muammolardan biri bo’lgan bandlik masalasini yechishda o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tijorat banklari tomonidan qo’llab-quvvatlanishida ham ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bugungi kunda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 56,7 foizni tashkil qilayotganligi shuningdek, Ish bilan band jami aholining 77 foizdan ortig’i mazkur tarmoqda mehnat qilayotganligi fikrimiz tasdig’idir.

Sohada yutuqlar va yuqorida keltirib o’tilgan natijalar bevosita bank tizimidagi islohotlar bilan bog’liqdir. Tijorat banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida olib borayotgan chora tadbirlari diqqatga sazavordir. Buning natijasida “Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish” deb nomlanadigan ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston so’nggi uch yilda 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.

Mazkur natijalarga erishishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan, ajratilayotgan kreditlar hajmining jadal sur’atlarda oshirilishi muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Biznes yuritish, jumladan, bank faoliyatini amalga oshirish sharoitlarining yaxshilanishi va joriy etilgan imtiyozlarning ijobiy ta’siri natijasida 2015 yil mobaynida mazkur soha sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi\\ Xalq so'zi, 2016 yil 16 yanvar, b.2

Biz yuqorida mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan kredit operatsiyalarini umumiy ko’rinishda tahlilini amalga oshirib o’tdik, ammo mamlakatimizdagi har bir tijorat banki bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqil bo’lib, o’rnatilgan tartibda kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Bank kredit siyosatining maqsadi kreditlash jarayonida amaldagi qonunchilik talablari va me’yorlariga rioya etish, kredit siyosati va kreditlash tartiblarining bir xilligini kafolatlash, tavakkalchiliklarni muntazam ravishda diversifikatsiyalash, bank kredit portfeli sifatini yaxshilash va kreditlash jarayonini to’g’ri amalga oshirish orqali bank faoliyatining foydaliligi va samaradorligini ta’minlashdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda tasdiqlangan “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi 429-sonli nizomga muvofiq banklar kredit portfelini baholashga javobgar bo’lgan mansabdor shaxslarni belgilash hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzatishlar minimal yuzaga keluvchi yo’qotishlar bilan amalga oshirilishi uchun muammoli kreditlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab qo’yishi lozim.

Respublikamizdagi tijorat banklarning kredit operatsiyalarini tahlil qilar ekanmiz ularnini kredit faoliyatiga baho berib o’tishimiz lozim bo’ladi. Ma’lumotlarni ko’rsatishicha tijorat banklarining muddati o’tgan va sud jarayonidagi suda qarzlari va foizlari miqdori 2016 yil 1 yanvar holatiga 5611 mln. so’mni tashkil qilmoqda. Banklarning jami kredit qo’yilmalariga nisbatan olib qaraganda bu ko’rsatkich 0.01 foizni tashkil qiladi. Mazkur ko’rsatkichga asoslanib biz tijorat banklarning kredit operatsiyalariga yuqori baho berishimiz mumkin. Ammo buni ayrim banklar misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak muddati o’tgan va sud jarayonidagi suda qarzlari va foizlari kreditlar miqdori tijorat banklar o’rtasida notekis taqsimlangan. Ayrim banklarda bunday qarzlar mavjud bo’lmasa, ayrimlarida yuqori bo’lib qolmoqda.

Mazkur ko’rsatkichni tijorat banklar o’rasida taqsimlanishini 2014 hamda 2015 yildagi ma’lumotlar asosida tahliliy o’rganib chiqamiz. Ko’rishimiz mumkinki muddati o’tgan sud jarayonidagi qarz va foizlarning eng katta qismi ya’ni 36 foizi xalq bankiga to’g’ri kelmoqda. Undan keying o’rinlarda sanoatqurilish va milliy bank turibdi ularga to’g’ri keladigan ulush mos ravishda 26 va 18 foizni tashkil qilmoqda. Qisqacha qilib aytganda 2014 yilda muddati o’tgan sud jarayonidagi qarz va foizlarning 80 foizi uchta bankka to’gri kelmoqda.

2015 yilga kelib bir foizni tashkil qilgan. Mazkur bankda kredit operatsiyalarini amalga oshirshda ijobiy natijalarga erishilgan deyish mumkin. 2015 yilda mazkur ko’rsatkichi pasayish tendesiyasi milliy hamda mikrokredit banklari uchun ham taaluqli bo’lib, ularda ijobiy natijalarga erishishga harakat qilinga.

Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak tijorat banklarida kredit operatsiyalari yaxshi tashkil qilingan ulardagi muddati o’tgan va sud jarayonidagi qarz va foizlarini jami kredit qo’yilmalariga nisbati kichik miqdorga teng. Ammo o’sha kichik miqdorni banklar o’rtasida notekis taqsimlanganligi banklarda kredit operatsiyalari tashki etish darajasi turli xil ekanligini asoslaydi.

Biz mazkur rejada mamlkatimiz tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan kredit operatsiyalarini analitik tahlilini amalga oshirib o’tdik. Endi tahlil natijalarimizga asoslangan holda keyingi rejada mamlakatimiz tijorat banklarida kredit operatsiyalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz.

2.3. O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari

2014 yilda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishda asosiy e’tibor O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bank faoliyatiga oid boshqa farmon va qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashga qaratiladi.

SHuningdek, 2014 yil uchun bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish ustuvor yo`nalishlarini ishlab chiqishda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013 yil 23 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2012 yildagi faoliyati to`g`risidagi hisoboti haqida»gi №SQ-390–II-sonli Qarorida bank tizimi oldiga qo`yilgan ustuvor vazifa va topshiriqlarning ijrosi inobatga olingan.

Xususan, respublika bank tizimining barqarorligini yanada oshirish va xalqaro andozalarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori iqtisodiy o`sishni ta’minlashdagi rolini kengaytirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

1. Bank tizimi barqarorligini yanada oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro talablar, jumladan, Bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari asosida yanada takomillashtirish bo`yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Xususan:


– Bazel qo`mitasining kapital yetarliligi va bank likvidligi borasidagi yangi tavsiyalarini joriy qilish bo`yicha ishlarni davom ettirish;

– banklar faoliyatining aniq va xolis baholanishini ta’minlovchi CAMEL(S) tizimining yangi talqinini tatbiq qilishni ko`zda tutgan holda tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash tizimini yanada takomillashtirish;

– masofaviy nazorat tizimini bu sohadagi ilg`or xalqaro tajriba asosida yanada takomillashtirish;

– bank tizimidagi tizimli tavakkalchiliklarni aniqlashga qaratilgan makroprudensial tahlilning zamonaviy usullarini keng qo`llash;

– ilg`or xalqaro tajribaga asoslangan holda tijorat banklarini stress-testlardan o`tkazish amaliyotini keng ko`lamda joriy qilish va rivojlantirish;

– tijorat banklaridagi korporativ boshqaruv organlari rolini va mas’uliyatini oshirish hamda korporativ boshqaruv, tavakkalchiliklar va kapitalni boshqarish tizimlariga belgilangan talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bank tizimi barqarorligini mustahkamlash, banklar kreditorlari va omonatchilarining himoyalanish darajasini oshirish hamda aholi va xo`jalik sub’ektlari orasida bank tizimiga bo`lgan ishonchning yanada oshishiga xizmat qiladi.

2. Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to`liq moslashtirish borasidagi quyidagi tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi:

– banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish bo`yicha amaldagi yo`riqnomalarni MHXSga mos ravishda takomillashtirish;

– MHXSni joriy etish va qo`llash bo`yicha bank xodimlarini qayta tayyorlash;

– respublika buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishga asos bo`lgan barcha qonun hujjatlarini, shu jumladan, Markaziy bankning bank tizimiga oid normativ hujjatlarini har tomonlama tahlil qilish;

– MHXSga mos yangi normativ hujjatlar ishlab chiqish;

– MHXS talablariga mos bo`lgan Bank avtomatlashtirilgan tizimini Tashqi auditorlik tashkilotlarining sertifikatiga ega bo`lgan xodimlari bilan hamkorlikda yangilash bo`yicha tavsiyalar tayyorlash;

YUqoridagi vazifalarni samarali amalga oshirish va davom ettirish uchun Jahon banki bilan hamkorlikda «O`zbekiston Respublikasi bank tizimida moliyaviy hisobotlar va auditning xalqaro standartlarini joriy qilishni tashkillashtirish to`g`risida»gi loyihaning yangi bosqichi amalga oshirilishi ko`zda tutilmoqda.

3. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikasiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi.

Bunda asosiy e’tibor qo`shimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuv darajasining kamida 20 foizga oshishini ta’minlashga qaratiladi.

SHuningdek, bank tizimining umumiy ustav kapitalida nodavlat sektori ulushini oshirish bo`yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida ishlar davom ettiriladi.

tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning bo`sh pul mablag`larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish hisobiga ularning tijorat banklaridagi depozitlari hajmining kamida 30 foizga oshishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Banklardagi depozitlar hajmini oshirish bo`yicha prognoz ko`rsatkichlarining hududlar bo`yicha ijrosi monitoringi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi 117-sonli qarori talablariga muvofiq holda amalga oshiriladi.

Bunda aholi va xo`jalik yurituvchi sub’ektlar talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi jozibador turlarini muntazam ravishda joriy qilib borish, tijorat banklarida aholidan jamg`arma va muddatli depozitlarni qabul qilish va muddatida qaytarish sharoitlarini yanada qulaylashtirish hamda uzoq muddatli obligasiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish borasidagi ishlarni davom ettirish ko`zda tutilmoqda.

4. Tijorat banklarining ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish bank tizimi oldidagi muhim vazifalardan biri bo`lib qoladi.

tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo`yilmalari hajmining o`sishi prognoz qilinmoqda.

Xususan, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda qishloq joylarda yakka tartibdagi yangi turar joylarni barpo etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan barcha manbalar hisobidan 7,8 trln. so`m miqdorida investision kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda.

Jumladan, qishloq joylarida yakka tartibdagi yangi turar joylarni barpo etish maqsadlariga 1,1 trln. so`m miqdorida kreditlar ajratish prognoz qilinmoqda. SHundan 231 mlrd. so`m miqdoridagi mablag`lar Osiyo taraqqiyot bankining kredit liniyasi hisobidan beriladi.

SHu bilan birga, iqtisodiyotni kreditlash hajmlarini kengaytirish natijasida kelib chiqishi mumkin bo`lgan kredit xatarlarining oldini olish maqsadida tijorat banklari tomonidan aktivlarni diversifikasiya qilish, shu jumladan, kredit portfelini yaxshilash, tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.

5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash maqsadlariga kelgusida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar miqdori oshirib borilishi prognoz qilinmoqda.

Bunda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari boshlang`ich kapitalini shakllantirish, ularning investision loyihalari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmlarini kengaytirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-rejalarini moliyalashtirish, ayniqsa, qishloq joylarida ish o`rinlarini tashkil etishga yo`naltirilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmlarini kengaytirishga qaratiladi.

SHu bilan birga, mamlakatda yanada qulay tadbirkorlik muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlashni uzluksiz davom ettirish maqsadida ushbu sektor ishtirokchilari uchun moliya-kredit resurslaridan keng foydalanishni ta’minlaydigan bozor vositalari, mexanizmlari va amaliyoti takomillashtirib boriladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini jalb qilish ishlari faollashtiriladi.

6. Mikromoliyalash sohasini va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish kelgusida nobank kredit tashkilotlari tizimini rivojlantirish va barqororligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi va ushbu yo`nalishda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mo`ljallanmoqda:

– nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andozalar asosida yanada takomillashtirish;

– nobank kredit tashkilotlari va ular tomonidan ko`rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;

– nobank kredit tashkilotlari tizimida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, dasturiy ta’minotlar asosida buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni keng joriy etish;

– respublika hududlarida kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga imtiyozli resurslar, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari, investorlar va donorlar mablag`lari hisobidan mikrokredit va mikroqarzlar ajratishga ixtisoslashgan nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish va uzluksiz ish faoliyatini ta’minlash ishlarini davom ettirish.

7. Respublika tijorat banklari va bank-moliya tizimi faoliyatini baholashda xalqaro amaliyotda qo`llaniladigan me’yorlar, mezonlar va andozalarni joriy etish va ularga erishish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Bunda:

– yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» bilan hamkorlikni va ular tomonidan qo`llaniladigan xalqaro me’yor, andoza va baholash tizimini tatbiq qilishni yanada kengaytirish;

– tijorat banklariga yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting baholarining muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash;

– yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo`llaniladigan tijorat banklari faoliyatini baholash tizimi, mezon va andozalari bo`yicha bank tizimi mutaxassislarining bilim va malakalarini oshirish;

– moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va taqdim qilishda uning shaffofligi, jumladan, xalqaro taqqoslanuvchanlik, davriylik, muddatlilik va sifatlilik tamoyillariga rioya qilinishini ta’minlash;

– yetakchi xalqaro reyting kompaniyalaridan mamlakat reytingini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirib boriladi.

8. Banklar tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar turlarini yanada kengaytirish hamda sifatini yaxshilash borasida amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar davom ettiriladi.

Bunda asosiy e’tibor qishloq joylarida bank infratuzilmalari tarmog`ini kengaytirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda masofadan turib xizmatlar ko`rsatish, jumladan, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish xizmatlari («bank-mijoz», «internet-banking», «mobil-banking», «SMS-banking») ko`rsatish ko`lamlarini yanada kengaytirish bilan bog`liq ishlar amalga oshiriladi.

SHu bilan birga, bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish hajmlarini oshirish va ulardan samarali foydalanish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi yanada kengaytiriladi.

Umumiy foydalanishdagi telekommunikasiya tarmoqlarini qo`llagan holda plastik kartochkalar yordamida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar ko`lamlarini kengaytirib borishda xavfsizlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bu esa, o`z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining oshishiga xizmat qildi.

SHuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizda elektron tijoratni kengaytirish va rivojlantirish bo`yicha aniq maqsadli chora-tadbirlar, xususan, «Elektron tijorat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri ishlab chiqiladi.

9. Bank menejmenti sohasida zamonaviy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha choralar ko`riladi. Bunda,

O`zbekiston banklari assosiasiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Markaziy bank O`quv markazi, Hududiy bank o`quv markazi, TIF Milliy banki, «Asaka» DATB, «Agrobank» OATB va Xalq banki o`quv markazlari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan bank faoliyatining dolzarb yo`nalishlari bo`yicha tashkil etiladigan kurslar va seminarlarda bank xodimlarini o`qitish va malakasini oshirish ishlarini davom ettirish;

Umumqabul qilingan xalqaro me’yor va andozalarga asosan bank faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari bo`yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish, ularda yosh, iqtidorli mutaxassislarning ishtirok etishini ta’minlash tadbirlari amalga oshiriladi.

10. Bank-moliya sohasida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha qator tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan,

– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat banklari bilan o`zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko`rsatish sifatini yanada oshirish;

– moliya bozorida kreditorlar va qarz oluvchilar uchun zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining «Garov reestri to`g`risida»gi Qonuni asosida Markaziy bank huzurida «Garov reestri» davlat unitar korxonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo`lga qo`yish;

– olis va yetib borish qiyin bo`lgan tumanlarda, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha bo`lgan tumanlar hamda shaharlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining yuqori texnologik va innovasion loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamg`armasi mablag`lari hisobidan ajratiladigan kreditlar hajmlarini oshirib borish;

– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investisiya loyihalaridagi ishtirokini rag`batlantirish maqsadida tashkil etilgan O`zbekiston banklari assosiasiyasi huzuridagi Investisiya loyihalari bo`yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha tanlab olingan g`oyalar asosida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish hajmlarini kengaytirish tadbirlari amalga oshiriladi.

11. Bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish hamda uning xalqaro talab va tamoyillarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshiriladi.

Jumladan, garov reestrini yuritishni tartibga solish bo`yicha Hukumat qarori qabul qilinib, unga muvofiq garov reestriga yozuvlar kiritish borasidagi shartnomalar mazmuni va ularni tuzish, ko`chirmalar olish, garov reestriga yozuvlarni kiritish uchun to`lovlarni amalga oshirish, yozuvlarni o`zgartirish va ushbu ma’lumotlardan foydalanish kabi jarayonlar tartibga solinadi.




Download 61.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling