Iqtisodiyot nazariyasi


Download 301.8 Kb.
bet2/2
Sana02.03.2020
Hajmi301.8 Kb.
1   2

Tekshirdi: Tursunov B.

Bajardi:IX-50 guruh talabasi Axmadjonov Xojiakbar

Toshkent – 2019

]

REJA :



  1. Davlat byudjeti haqida tushuncha va uning manbalari.

  2. Davlat budjetining daromad va xarajatlari.

  3. Davlat byudjetining milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashdagi o’rni.

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjetilari va Davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab Davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi Davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.

Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda Davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari Davlat byudjetining 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim oʻrinda turadi.

Hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika Davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi Davlat byudjeti 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.

Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun Davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.

1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da 2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetida jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli o’laroq, ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2)budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.



Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan YaIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir.

Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos-
qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – 
budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daro-
madlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluv-
chi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani 
bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib 
xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umum-
jamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi.
Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va 
uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘-
laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tash-
kilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fon-
dining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy muno-
sabatlarni anglatadi.

Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish ob-
yekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga 
ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hamma-
si davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat 
qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, bud-
jetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov 
to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, bud-
jet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomon-
lama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazi-
nasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ish-
latiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatil-
ishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida 
shaxslarning manfaatlari kesishadi.
Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi 
milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini 
qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bun-
day ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mum-
kin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixti-
yorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga 
yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ish-
lab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi 
nazarda tutiladi.

Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va 
faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘-
la ridir. Iqtisodiy maz muniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari – 
davlatning markaz lashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish 
bilan bog‘liq iqtisodiy muno sabatlardir.
Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omil-
larga bog‘liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoq-
lari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga .

Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-


iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari 
tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy 
e’tibori iqtisodiyot tarmoq larini davlat tomonidan qo‘llab-quv-
vatlashga qaratilgan bo‘lsa, unda budjet xarajatlari tarkibida 
yirik investitsiya larni davlat resurslari hisobidan moliyalashti-
rish xa rajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jami-
yatdagi ij timoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy 
himoya lash ga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratil-
gan bo‘lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajat-
lar ortib boradi.
Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni budjet mab-
lag‘  larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. 
Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda 
faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha 
belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘ oluvchi-
lar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, budjet dota tsiyalari
subven siyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi dara-
jalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqa-
li amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan 
xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qay-
tariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet 
yili uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‘rsatiladi va bud-
jet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklar-
ga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va ka-
pital xarajatlarga bo‘linadi.
Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qis-
mi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqa rish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyati-
ni ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va 
iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar, 
subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun 
ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining inno-
vatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisobla-

nadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab 


turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilot-
lar va muassa salarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xara-
jatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun bud-
jet kre ditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mir lash 
xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘-
liq boshqa xarajatlardan iborat.

Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat29 . Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:  soliqli daromadlar;  nosoliqli daromadlar;  tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:  davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);  byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

 fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar;  moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);  boshqa nosoliqli daromadlar. Yuqoridagilar bilan bir qatorda byudjet daromadlarining tarkibiga bir qator tushumlar ham kiritiladi

Byudjet daromadlarining tarkibiga olinadigan tushumlar

Tushumlarning ko’rinishlari davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar

Kredit muassasalarining hisobvaraqlarida byudjet mablag’la-rining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar

Davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar

Qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy dav-latlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag’-laridan foydalanganlik uchun haq davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav ka-pitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar

Davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng) davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan,

Qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar

Davlat byudjeti daromadlari klassifikatsiyasi

To’g’ri (bevosita) soliqlar (yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar;

Yagona soliq to’lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda)

Davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliq)

Egri (bilvosita) soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i; aktsizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliq)

Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i (mol-mulk solig’i; yer solig’i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq)

Ustama foydadan olinadigan soliq

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq Boshqa daromadlar

Qonun byudjet jarayonining barcha jihatlarini tartibga soladi.

 

Birinchidan,   Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, mintaqaviy va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, shuningdek Moliya vazirligi oʻrtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.  Respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish, uni qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritish tartibi belgilandi.

 

Ikkinchidan, Konsolidatsiyalashgan byudjet parametrlari tasdiqlandi – qonunga ilovada barcha darajadagi byudjetlar daromadlari prognozi va хarajatlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari prognozi, shuningdek:


  • Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan (хizmat koʻrsatiladigan), aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga (хizmatlarga) aksiz soligʻi stavkalari;

  • jismoniy va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;

  • meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq хoʻjaligi korхonalaridan undiriladigan yer soligʻi stavkalari;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;

  • mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari (2020 yil boshidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga JShDSni toʻlash tartibini tanlash huquqi beriladi);

  • mahalliy yigʻimlarning chegaralangan stavkalari;

  • ichki ishlar organlarida ruyхatdan oʻtkazishda avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekistonga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar hamda chet el davlatlari avtotransport vositalarining mamlakatimiz hududiga kirishi va hududida tranzit хarakatlanishi uchun yigʻimlar stavkalari koʻrsatilgan.

 

“Xavfsizlik yostigʻi” - Vazirlar Mahkamasining (731 mlrd. soʻm) va mintaqaviy hokimiyatlarning (tegishli byudjetlar umumiy хarajatlarining 1,5% foizi miqdorida) zaхira jamgʻarmalarini shakllantirish nazarda tutilmoqda, ulardan byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirishda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan хarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin boʻladi. 

 

Byudjet tizimi barqarorligini kafolatlaydigan harakatlar rejasi belgilandi. Agar byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik yakunlari boʻyicha daromad prognozlarining bajarilmagan va joriy moliya yilining oхirigacha ularning kelib tushishiga doir yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollardada, хarajatlar qisqartiriladi.



 

Davlat (Hukumat) nomidan yoki kafolati ostida olinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmlari 2020 yil davomida $4mlrd ni tashkil etib,  ulardan  $1,5 mlrd – oʻzlashtirish (хarajatlar).

 

Toʻrtinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini koʻrib chiqish va qabul qilishning, jumladan qoʻshimcha manbalardan foydalanishning yangi tartibi belgilandi.

 

Beshinchidan, mamlakatning Konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosining shaffofligi ta’minlanadi. Xususan, birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (ularning roʻyхatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi), davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi har chorak yakuni bilan (keyingi chorak birinchi oyining

25 sanasiga qadar) oʻzining saytlariga:


  • oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablagʻlar taqsimoti;

  • moliyaviy hisobotlar;

  • kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi;

  • oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari va amalga oshirilgan davlat хaridlari toʻgʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni e’lon qilishlari kerak.

 

Bundan tashqari, vakolatli idoralarga oʻzlarining rasmiy saytlarida:



  • Investitsiya dasturlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarning roʻyхatini va loyihaning qiymati va ijrosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda tegishli byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar – doimiy ravishda);

  • soliq va bojхona imtiyozlari roʻyхatini hamda taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarining miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (DSQ hamda DBQ – har chorak yakuni boʻyicha);

  • moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalarini hamda nazorat tadbirlari natijalariga koʻra aniqlangan moliyaviy qonunbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni (davlat moliyaviy nazorati organlari - har chorak yakuni boʻyicha);

  • byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan хarid qilingan tovarlar va хizmatlar, qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar roʻyхati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari).

 

Davlat byudjeti ijrosi, ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan foydalanish va erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot berish meхanizmi joriy etilmoqda.



 

Download 301.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling