Iqtisodiyot


Download 331.49 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi331.49 Kb.
#102787
Bog'liq
Aholi daromadlari kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: AHOLI DAROMADLARI, UNING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI.

BAJARDI: XASANOV ZAFAR ISLOMOVICH

GURUH: BHA-51

TEKSHIRDI: ______________________________

TOSHKENT 2020

Mavzu: Aholi daromadlari, uning turlari, shakllanish manbalari

Reja:


  1. Aholi daromadlari tushunchasi mazmun va mohiyati

  2. Daromad turlari, tarkibi va shakllanish manbalari

  3. Aholi daromadlariga ta’sir etuvchi omillar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbayi bo’lib xizmat qiladi. Daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush darajasining markaziy bo’g’ini, yadrosi hisoblanadi. ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir.

"Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko’rsatadi. Bu o’rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi ta`riflarini keltirish mumkin:



Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini ta`minlash uchun foydalaniladigan mablag’lar majmuyidir. 1Shaxsiy daromadlar - fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to’lovi qo’yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog’lik barcha pul va tabiiy tushumlar yig’indisidir. Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning muayyan turi bilan bog’liq.

Asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir:

- tabiiy boyliklar (yer va tabiiy boyliklar); investitsiya boyliklari;

- mehnat;

- tadbirkorlik faoliyati.

Har bir sanab o’tilgan omillarga daromad - renta, foyda, ish haqi, tadbirkorlik daromadining boshlang’ich shaklini oladi. Shu bilan birga, har bir omilga daromad, nazariyaga muvofiq, korxona tomonidan mahsulot sotilgandan keyin olingan daromadga bu omilning qo’shgan oxirgi hissasiga tengdir. Faqat oxirgi ishlab chiqarish nazariyasidan kelib chiqqan holda, amalda daromadlarning bunday taqsimlanishi haqiqatan bo’lishi mumkin emas, chunki:

- bozordagi takomillashmagan raqobat tufayli olinadigan daromad miqdori ishga solingan omilning mahsulot chiqarishga qo’shgan ulushini ko’pincha aks ettirmaydi;

- boyliklarni jamiyat a`zolari o’rtasida taqsimlashda har doim tengsizlik va adolatsizlik mavjud bo’ladi, bu shaxsiy daromadlarni oxirgi unumdorlik nazariyasiga qat`iy muvofiqlikda taqsimlashda yo’l qo’yib bo’lmas keskin qarama-qarshiliklarga olib keladi;

- har qanday taraqqiy topgan jamiyatda daromadlarni shakllantiruvchi ishlab chiqarish omillari egalarining soni jamiyat a`zolari sonidan kamroq bo’ladi.

Jami daromadlar shaxsiy iste`molga shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymatini va aholiga ijtimoiy fondlar hisobiga bepul va imtiyozli xizmatlar qiymatini hisobga olgan holda kirimning barcha manbalari bo’yicha pul daromadlarining umumiy yig’indisidir.

Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko’rsatkichidir. U jamiyatning har bir a`zosining dam olish, bilim olish, sog’liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi. Shunday qilib, aholining jami va pul daromadlari umumiyga - soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashgacha bo’lganlarga va tasarrufdagiga – ko’rsatilgan to’lovlarni amalga oshirishdan keyingi netto-daromadga olinadi.


Aholining barcha daromadlari

Ish haqi

Boshqa tushumlar: aliment, gonorar, xayriya yordami

Shaxsiy yordamchi xo’jalik mahsulotlari

Tadbirkorlik faoliyatidan daromad

Bepul xizmatlar qiymati

Pul shakldagi ijtimoiy transfertlar

Mulkdan keladigan daromad

Shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymati

Aholining daromadlari darajasini oshirishda aholining ish bilan bandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash ham to’gridan-to’gri, ham bilvosita mablag’ bilan ta`minlash yo’li bilan respublika va mahalliy byudjetlarning mablag’larini, jamoat jamg’armalari mablag’larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek, xususiy xayr-ehson va qonunchilikda ta`qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi lozim.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi:

- birinchidan, daromad shakllari o’zgardi, ya`ni uning an`anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qog’ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi;

- ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o’zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to’planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchiliк minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo’ldi;

- uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo’nalishlari vujudga keldi: majburiy to’lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo’yilmalar shular jumlasidandir.

Ta`kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish, ma`lumot olishi, bo’sh vaqtini mazmunli tarzda o’tkazishi bo’yicha imkoniyatlari shunchalik ko’p bo’ladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibi jiddiy o’zgardi. Mulkchilik munosabatlarning tubdan o’zgarishi, xo’jalik yuritish va mehnat bozori hamda sarmoya yangi shakllarining yuzaga kelishi aholi daromadlari tarkibiga tegishli o’zgarishlarni olib kirdi. Aholi daromadlari tarkibida uning quyidagi shakllari ajraladi: mehnatga haq to’lash va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, shaxsiy yordamchi xo’jalik, pensiya, moddiy yordam va stipendiyadan keladigan daromad, dividend va aksiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar hamda chet el valyutasi savdosidan tushumlar, kreditlar, ssudalar, sug’urtalardan tushumlar va boshqalar.



Aholi daromadlarining tasnifi



Belgilari

Daromad turlari

1

Ifodalanish shakliga ko’ra

Pullik; natural

2

Olinish xususiyati

Mehnatga oid daromadlar; mehnatga oid bo’lmagan daromadlar

3

Olinish qonuniyligi

Qonuniy daromadlar; qonuniy bo’lmagan daromadlar

4

Haqiqiylik darajasi

Real daromad; nominal daromad

5

Mulkchilik shakli

Ish haqi; renta; foiz; foyda

6

Mobillik darajasi

Mobil; imobil

7

Tushumning doimiyligi

Doimiy; tasodifiy

8

O’zlashtirish subyektlari

Jismoniy shaxslar; uy xo’jaliklari

9

Taqsimot tamoyili bo’yicha

Mehnatning miqdori, sifati, natijalariga ko’ra; ijtimoiy adolat tamoyiliga ko’ra; shaxsan ijrochi tomonidan o’zlashtirish

10

Foydalanish varianti

Turli boylik va iste’moliga sarflanadigan daromadlar; to’plashga sarflanadigan daromadlar

11

Soliqqa tortish ta’siriga bog’liq ravishda

Umumiy daromadlar; egalik qilinayotgan daromadlar

12

Ehtimollik mezoniga ko’ra

Uzliksiz; vaqtinchalik

Natural daromadlar - bu asosan uy xo’jaliklari tomonidan shaxsiy iste`mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo’jalik, fermer xo’jaligidan), shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami mablag’lari hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir.

Olinish xususiyatiga bog’liq ravishda aholi daromadlari quyidagilarga bo’linadi:

- ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo’luvchi mehnat daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy, yordamchi xo’jalik va uy xo’jaligi, xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos;

- mehnatga oid bo’lmagan, lekin qonuniy yo’l bilan olingan daromadlar (mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar).

Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtayi nazaridan daromadlarni qonuniy va noqonuniylarga ajratish to’g’ri bo’ladi. Agar, birinchisini mavjud me`yorlarga to’la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo’jaliklari tomonidan mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo’li bilan ko’proq salbiy va jinoiy iqtisodiyot sohasida olinadi.

Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

- Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi.

- Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam bo‘ladi.

- Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi.

Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:



  1. ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;

Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.

  1. davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;

Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.

  1. moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.

Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi daromadlarini ko’paytirish va turmush farovonligini yaxshilashning muhim omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish sohalarini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi ko’p jihatdan ushbu muammoni hal etilishiga bog’liqdir. Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholini ish bilan ta’minlash va uning farovonligini oshirish masalasiga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi sifatida qaralmoqda. O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi - ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, yoshlarni ish bilan ta’minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

“2007-2011 yillarda respublika bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, lekin listenziyaga ega tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko’paygan.” 2 O’zbekiston Respublikasi Muhtaram Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo’lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda rivojlantirilmoqda; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan toifalari moddiy qo’llab-quvvatlanmoqda, ular uchun ish o’rinlarini kvotalash tartibi yo’lga qo’yildi; davlat va mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migrastiyani tartibga solishga e’tibor kuchaytirilmoqda.”3

Aholi daromadlarining oshishi o’z navbatida ularning banklardagi omonatlarining salmog’ining oshishiga olib keldi. 2012 yilda aholining banklardagi omonatlari o’sishi 34,6 foizni tashkil qildi, so’ngi o’n yilda esa 40 barobardan ziyod oshdi. Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb kilishni yanada rag’batlantirish va kafolatlashga doyr qabul qilingan Muhtaram Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Natijada, banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2012 yil boshiga nisbatan 31,5 foizga ortdi. Jumladan, aholining banklardagi omonatlarining miqdori 22,8 trln. so’mdan oshdi. 4

O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, yoshlarni ish bilan ta`minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo’lida ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, kichik biznesgа yangi imtiyozlar yaratish respublikamiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so’nggi yillarda bir qator qonun va me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, bularning ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish imkonini berdi. Yangi tahrirdagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisida", "Oilaviy tadbirkorlik to’grisida”, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’risida", "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruhsat berish tartib-taomillari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari ana shular jumlasidandir. O’tgan yili sohada ruhsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor qilingani, moliyaviy hisobot topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar qiskartirilgani davlatning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvi tubdan qiskarganining amaliy ifodasidir. Bu kabi imtiyozlar 2013 yilda ham davom ettirilib, 1 yanvardan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq hisoboti shakli bekor qilingani e`tiborga molik.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub`ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport to’vrlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda biznesni ro’yxatga olish jarayoni "bir darcha" tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to’la mos keladi.5 "Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida"gi Qonunga asosan, iqtisodiyotimizda xo’jalik faoliyatining oilaviy korxonalar shaklidagi xalqimiz mentaliteti va an`analariga to’liq mos keladigan yangi tashkiliy- huquqiy shakli joriy etildi. Ularga keng imtiyozlar, preferentsiyalar va kafolatlar berildi. Buning natijasida qonun qabul qilingan paytdan boshlab o’tgan yarim yil mobaynida mamlakatimizda 600 dan ortiq shunday korxona tashkil etildi. "Obod turmush yili" Davlat dasturida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun jami 269,6 milliard so’m hajmida, ya`ni 2012 yildagiga nisbatan 1,3 barobar ko’p kreditlar ajratish ko’zda tutildi.6 Jumladan, oilaviy, xususiy tarbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 110,1 milliard so’mlik kreditlar, shaxsiy yordamchi vа dehqon xo’jaliklariga qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda qoramollar sotib olish uchun 106 milliard so’m ajratilishi rejalashtirilgan. Kollej va litseylarning 15 ming nafardan ortiq bitiruvchisi o’z biznesini yo’lga qo’yishi uchun jami 53,5 milliard so’mlik kreditlarga ega bo’ldilar. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor berilishi hamda qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.



Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to’g’ri kelgan bulsa, 2008 yilda bu ko’rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o’sdi.7 Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig’i aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e`tiborni yanada kuchaytirishni, jumladan tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko’paytirishni va shu asosida yangi ish o’rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi. Mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog’liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish vа arzonlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning respublikamiz iqtisodiyotidagi tutgan o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Natijada 2012 yilda kichik biznesning sub`ektlariga tegishli ishlab chiqarish korxonlari va mikrofirmalar soni 23,3 mingtaga o’shib, 2013 yiliga ko’ra 219,4 mingtaga (fermer xo’jaliklarini hisobga olmagan holda) etdi. Kichik biznesning YaIM tarkibidagi ulushi 54,6 foizni tashkil qildi.8

Umuman olganda, mustaqillik yillarida bevosita Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilayotgan puxta yo’ylangan, samarali iqtisodiy siyosat pirovardida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligini ta`minlashga mustahkam zamin yaratdi. Bu esa, yuqorida ta`kidlanganidek, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012 yilda iqtisodiyotimizning barqaror sur`atlar bilan rivojlantirishning davom ettirilishiga, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishning ta`minlanishiga, mamlakatimizning dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamlashiga asos bo’ldi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvarda qabul qilingan "2011-2015 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini kengaitirish va chuqurlashtirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir choralar-tadbirlar Dasturi tug’risida"gi PQ-1464-sonli Qaroriga asosan, tijorat banklarida kichik biznes sub`ektlariga kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi.

2011 yilning 1 yanvaridan boshlab Markaziy bankning amaldagi moliyalashtirish stavkasi yillik 14 foizdan 12 foizga pasaytirildi. Bu esa, o’z navbatida tadbirkorlik sub`ektlariga ajratiladigan kreditlarning foiz stavkalari pasayishiga va ajratiladigan kreditning o’sishiga olib keldi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariva 2014-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidag I ma’ruzada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o`rni tobora mustahkamlanib borayotganini, iqtisodiyotimizning tarkibida bo`layotgan ijobiy o`zgarishlardan dalolat berishini aytib o`tdi. Faqatgina 2013 yilning o`zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga etdi.

Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko`rsatkich 31 foizdan iborat edi.

Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko`rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo`lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to`g’ri kelmoqda.

Banklarning investitsion kreditlari ustuvor ravishda «2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish», «2013 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishni moliyalashtirishga yo`naltirilmoqda.

2013 yil mobaynida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 7,2 trln. so`m yoki 2012 yildagiga nisbatan 1,2 barobardan ziyodga ko`p investitsion kreditlar ajratildi.

Shuningdek, eksport qiluvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ularni aylanma mablag’larini to`ldirishga imtiyozli shartlarda 12 oy muddatga 585,5mlrd. so`m miqdorida kreditlar ajratildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi PQ-1501-sonli Qarori bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatininlg yanada erkinlashtirilishi hamda ular uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar, sohaning yanada rivojlanishiga va natijada ushbu sektor sub`ektlari tomonidan bank xizmatlari va kreditlariga talabning oshishiga imkon bermoqda.



O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi PQ-2022-sonli Qaroriga muvofiq, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo`lgan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash jamg’armasi» tashkil etildi. Ushbu jamg’armaning asosiy vazifasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko`rsatishdan iborat bo`lib, o`tgan qisqa davrdagi faoliyati davomida jamg’arma tomonidan 153 ta tadbirkorlik sub`ektiga umumiy qiymati 56 mln.dollardan ziyod bo`lgan eksport shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko`rsatildi. Amalga oshirilgan keng ko`lamli chora-tadbirlar natijasida, 2013 yil davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun qariyb 7 trln. so`m miqdorida yoki 2012 yilga nisbatan 1,3 baravarga ko`p kreditlar ajratildi. Shu jumladan, ajratilgan mikrokreditlar hajmi 1 366 mlrd. so`mdan ziyodni tashkil etib, mazkur ko`rsatkichning ham 2012 yilga nisbatan 1,3 barobarga o`sishi ta`minlandi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar dinamikasi9

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to`ldirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi Qaroriga asosan 2013 yilda tijorat banklari tomonidan mahalliy oziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qariyb 1 263 mlrd. so`m yoki 2012 yilga nisbatan 1,3 barobarga ko`p kreditlar ajratildi.

Fikrimizcha, hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo`lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmoqda. Bunga, asosan, huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e`tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda. Iste`mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq iste`mol qilish hisobidan o’zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste`mol qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste`mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni, turi o’nlab barobar oshdi.

Aholining xarid qobiliyati, ya`ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste`mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste`mol tovarlariga bo’lgan talab va ehtiyojlarining ta`minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi.

Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, aholi daromadlari va hayot darajasini muntazam oshirib borish, xalqimizni ijtimoiy ko’llab-quvvatlashni kuchaytirishgа qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar o’rtacha oylik ish haqi miqdorining sezilarli ravishda, ya`ni 2011 yilda 1991 yilga nisbatan AQSH dollari qiymatida 2,7 barobar, o’rtacha pensiya hajmining esa 5,9 barobar oshishini ta`minladi.

Pul daromadlarining oshishi va aniq yo’naltirilgan ijtimoiy amalga qatlamlarining o’rtacha daromadlarining o’sib borishida muhim omil bo’ldi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy printsiplaridan biri sifatida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o’sishi uchun zarur shart-sharoit yaratdi. Mazkur islohotlar natijasida 1991-2011 yillar davomida O’zbekiston aholisining yalpi daromadlari 8,6 barobar oshdi.

Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar ko’rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo’ldi. Bozor munosabatlari chuqurlashib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borgan sayin aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo’nalish-tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo’nalishi paydo bo’ldi. O’z mohiyatiga ko’ra, bu usul oila ho’jaligining asosiy kapital uchun mablag’ jamg’a ishning samarali shakli bo’lib, xususiy mulk asosida o’z daromadlarini shakllantirish va ko’paytirish imkonini beradi.

Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning qabul qilinishi hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o’rta sinfni shakllantirish imkonini berdi.

Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi bilan bir vaqtda yurtimizda iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratildi.

Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o’zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o’sib borayotgani alohida e`tiborga molikdir.

2012 yilda aholining tadbirkorlik faoliyatidan olayotgan daromadi 51 foizni tashkil qildi, boishachа aytganda, O’zbekiston aholisi daromadining yarmidan ko’pi birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda.

Aholining jamg’arma mablag’lari iste`mol byudjetining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yurtimizda aholi omonatlari hajmi barqaror oshib bormoqda. Ayniqsa, yuqori o’sish sur`atlari 2000-2010 yillarga to’gri keladi, bu davrda mazkur ko’rsatkich 28,6 barobar oshgan. Hozirgi vaqtda, so’rov natijalariga ko’ra, mamlakatimizdagi qariyb barcha xonadon sohiblari banklarda o’z jamgarma mablag’lari - omonatlariga ega. 2012 yilda O’zbekiston aholisining banklardagi omonatlari o’sishi 34,6 foizni tashkil qildi, so’nggi 10 yilda esa 40 barobar dan ziyod oshdi. 2012 yilda O’zbekistondagi barcha investitsiyalarning 20 foizdan ortig’ini aholi investitsiyalari tashkil etgani, ayniqsa, e`tiborlidir.

O’zbekistonda aholining eng ko’p ta`minlangan 10 foizi eng kam ta`minlangan 10 foiz qatlami daromadlari o’rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8,0 barobarni tashkil etganini alohida ta`kidlash lozim. Bu jahondagi eng past ko’rsatkichlardan biri bo’lib, mamlakatimizda jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik borasida O’zbekistonning muhtaram Prezidenti Islom Karimov rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir.

Mamlakatimiz da mehnatga layoqatli aholi bandligini ta`minlash maqsadida har yili yangi ish o`rinlari yaratilmoqda. Jumladan, 2013 yilda 972,7 mingta yangi ish o`rni tashkil etish nazarda tutilmoqda. Bu ish o`rinlari yangi yirik sanoat ob`ektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va kengaytirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko`rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni bundan buyon ham rag’batlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini, shu jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini kuchaytirish hisobiga tashkil etiladi.

Ishlab chiqarish va ijtimoiy soha etarli darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo`lgan tog’li, chegara hududlarda joylashgan 28 ta tumanga alohida e`tibor beriladi. 2013 yilda bu hududlarda kamida 126 mingta yangi ish o`rni yoki 2012 yildagidan besh foiz ko`p ish o`rni tashkil etish nazarda tutilmoqda.

2013 yilda ish o’rinlariga bo’ladigan ehtiyoj parametrlari mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo`lgan talab va taklif balansiga, shu jumladan, demografik vaziyatga, migratsiya jarayonlariga ta`sir ko`rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillari va tamoyillarini, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgartirishlar, sanoat, infratuzilma, investitsiya, monetar va fiskal siyosat chora-tadbirlari ta`sirini tahlil qilish asosida belgilangan.

Istiqbolda ish bilan band bo`lgan aholi sonining ham ko`payishi kuzatilib, 2015 yilga kelib 13014,1 ming kishiga etadi. Shu bilan birga, prognoz qilinayotgan davrda ishsizlar soni 626,8 ming kishidan 643,9 ming kishiga foizga ortadi. Biroq ishsizlik darajasining 2013 yilda 4,8 foizdan 2015 yilda 4,7 foizgacha kamayishi kuzatiladi. 2013-2015 yillarda mehnat resurslari soni 17365,5 ming kishidan 18329,5 ming kishiga ko`payadi. Bu davrda iqtisodiy faol aholi soni 6,1 foizga ko`payadi vа prognoz qilinayotgan davrda mehnat resurslari tarkibidagi ulushi 74,3 foizdan 74,5 foizga ortadi.10 2013-2015 yillarda mehnat resurslari soni 17365,5 ming kishidan 18329,5 ming kishiga ko`payadi. Bu davrda iqtisodiy faol aholi soni 6,1 foizga ko`payadi va prognoz qilinayotgan davrda mehnat resurslari tarkibidagi ulushi 74,3 foizdan 74,5 foizga ortadi. Istiqbolda ish bilan band bulgan aholi sonining ham ko`payishi kuzatilib, 2015 yilga kelib 13014,1 ming kishiga etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmohdа.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor berilishi hamda qo`llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.

Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga tug’ri kelgan bo`lsa, 2008 yilda bu ko`rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o`sdi.

Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig’i aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e`tiborni yanada kuchaytirishni, jumladan tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko`paytirishni va shu asosida yangi ish o`rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi.

Ish bilan bandlikning iqtisodiy mazmuni xodim uchun o`z mehnati bilan o`ziga munosib tarzda yashashni ta`minlash, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o`sishiga yordam berish imkoniyatidа ifodalansa, uning ijtimoiy mazmuni esa shaxsning tarkib topishi va rivojlanishida namoyon bo`ladi. Aholini hisobga olishning amaliy ehtiyoji ish bilan bandlikning mavjud turlari va shakllarini ajratib ko`rsatishni nazarda tutadi. Ish bilan bandlikning shakllari va turlari aholini ish bilan bandligining miqdor va sifat ko`rsatkichlarini o`zida ifoda etadi.

O`zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllantirilishi ish bilan bandlikning yangi shakllari vа turlarini paydo bo`lishi bilan birga yuz bermoqda. Jumladan, respublikada keyingi yillarda aholini ish bilan bandligining davlat tomonidan tashkil etilgan xorijda vaqtincha ish bilan bandlik, xususiy yollanish bo`yicha respublikada vaqtinchalik ish bilan bandlik, aholining xorijda nolegal vaqtinchalik ish bilan bandligi kabi shakllari va turlari paydo bo`ldi. Ijtimoiy yo`naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan bandlikka bo`lgan munosabatdir.

Ish bilan bandlikni ta`minlash ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning boshqa jihatlari bilan qo`shib qaralganda, u jamiyat rivojlanishining asosiy mezonlaridan biri bo`lib, bu mezonlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, binobarin, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish yo`llarini belgilab beradi.

Respublikamizda keyingi yillarda ish bilan band bo`lganlar soni aholi soni va mehnat resurslarining o`sish sur`atiga qaraganda yuqori bo`lmoqda. Lekin shunga qaramasdan mamlakatimizda ish bilan band bo`lmaganlarning ulushi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa mamlakatda ish bilan bandlikni oshirish bo`yicha harakatlarimizni yanada kuchaytirish kerak bo`ladi. Respublikada ish bilan band bo`lganlarning mintaqalar bo`yicha taqsimlanishi aholi soni va mehnat resurslari kabi notekisdir. Shu bilan birga ish bilan bandlikning o`sish darajasi ham mintaqalarda turlichadir. Tahlil natijalariga ko`ra 2004-2008 yillar mobaynida ish bilan bandlikning o`sish sur`ati Markaziy, Janubiy va Sharqiy mintaqalarda yuqori bo`lsa, qolganlarida esa nisbatan past darajada bo`lgan.

Mintaqalarda umumiy ishsizlar soni keyingi yillarda ma`lum miqdorda kamayib borgan. Lekin mintaqalarning ayrim viloyatlarida, jumladan, Surxondaryo viloyatlari va Qorakalpog’iston Respublikasida ishsizlar soni o`sgan. Bu esa ushbu hududlarda ishsizlikni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar sust darajada olib borilgan. Yaratilgan yangi ish o`rinlari sonining o`sish sur`ati bo`yicha respublikamizning Shimoliy-G’arbiy va Janubiy-Sharqiy mintaqalari eng past ko`rsatkichni, ya`ni o`rtacha yillik o`sish mos ravishda 5% va 7,6% ni tashkil etgan. Respublika mintaqalarining Xorazm, Surxondaryo, Jizzax, Farg’ona va Toshkent viloyatlarida yangi ish o`rinlari yaratish bo`yicha olib borilgan ishlar ancha qoniqarsiz holatda. Demak, yuqoridagi hududlarda mavjud muammolarni hal etish bo`yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida aholining tarmoqlar bo`yicha bandligida sezilarli o`zgarishlar yuz berdi. Bu o`zgarishlar oxirgi yillarda iqtisodiyotning sanoat, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish kabi tarmoqlarida aqolini ish bilan bandligining jadal oshib borishida namoyon bo`ldi.

Aytish mumkinki, mamlakatimizda so’ngi yillarda zamonaviy industriyaning bir qancha sohalari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma sezilarli darajada rivojlanib borayotgan bo`lishiga qaramasdan aholi bandligining tarmoq tuzilmasi unchalik rivojlanmayapti. Jumladan, aholining iqtisodiyotning agrar sektorida bandligi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Sanoat, transport va aloqa, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida esa band bo`lganlarning salmog’i past holatdadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Jo’rayev T. T. “Iqtisodiyot nazariyasi” “Fan va texnologiya” 2018y

  2. Abdurahmonov Q.H. “Mehnat iqtisodiyoti” 2018y.

  3. I.A.Karimov. Bosh vazifamiz-keng ko’lamli islohotlar modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruza./Xalq so’zi, 2013 yil 19 yanvar

  4. O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining PK-3165-son 2017-yil 31-iyulidagiO’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. WWW.LEX.UZ

  5. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma`lumotlari

  6. Ernazarov E.Тadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asos. /Хalq so’zi/, 2013 20 fevral, №35

Foydalanilgan saytlar:



  1. uz.m.wikipedia.org

  2. www.hozir.org

  3. library.ziyonet.uz

  4. www.stat.uz

  5. el.tfi.uz

  6. www.mineconomy.uz




1 Abdurahmonov Q.H. Mehnat iqtisodiyoti

2 Stat.uz

3 I.A.Karimov. Bosh vazifamiz-keng ko’lamli islohotlar modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruza./Xalq so’zi, 2013 yil 19 yanvar

4 Stat.uz

5 Ernazarov E.Тadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asos. /Хalq so’zi/, 2013 20 fevral, №35

6 Stat.uz

7 Stat.uz

8 O'zb. Resp. Iqtisodiyot vazirligi. Stat.uz

9 O’zb. Resp. Iqtisodiyot vazirligi

10 O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma`lumotlari

Download 331.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling