Iqtisodiyot va turizm


Download 60.09 Kb.
bet1/3
Sana10.12.2020
Hajmi60.09 Kb.
#163687
  1   2   3
Bog'liq
dinara kurs ishi2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI

TURIZM(faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)” YO’NALISHI

Turizm: nazariya va amaliyot fanidan



KURS ISHI
Mavzu : Buyuk Ipak yo’li va turizm
Bajardi: Turizm-105(119) guruh talabasi

Xurramova Dinara



Ilmiy raxbar: Abdurahimov Sarvar
Termiz 2020

Reja:

Kirish.

1. Buyuk Ipak yo’lining turizmda tutgan o’rni va ahamiyati

2. Buyuk Ipak yo’li qayta tiklanishining zamonaviy ko’rinishlari

3. Buyuk Ipak yo’li o’tgan mamlakatlardagi turistik resurslar

4. Buyuk Ipak yo’li – arxeologik kashfiyotlar yo’lagi sifatida O’zbekistondagi diqqatga sazovorliklari

5. Buyuk Ipak yo’li bo’ylab turizmni rivojlantirish istiqbollari



Xulosa va takliflar………………………………………………

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………...

Ilovalar…………………………………………………………...

Kirish

Insoniyat sivilizatsiyalari taraqqiyotiga sabab bo'lgan rivojlanishning asosiy omillari sifatida savdo-iqtisodiy aloqalar alohida ahamiyat kasb etadi. Mintaqalar, Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar rivojlanishiga Buyuk Ipak yo'li ulkan hissa qo'shgan. Karvon yo'llari orqali nafaqat tovarlar, balki turli dinlar, ilm-fan yutuqlari, san'at, turli xil nazariyalar almashinuvi ro'y bergan. Sharq va G'arb mamlakatlari aholisining yashash sharoitlari, turmush tarzi, ularning iqtisodiyoti, madaniyati, san'ati, xullas ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari, bir-biriga ta'siri kuchayib borgan. Bu holatda Buyuk Ipak yo'li hududidan o'tgan mamlakatlarning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan hissasi ortib borgan.



Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz hududidan Buyuk Ipak yo'lining o'tganligi, Osiyoning o'rta qismi savdo shaharlariga bog'liqligi karvon savdosining uzoq masofalarga xizmat ko'rsatishi bois Ipak yo'lining barham topishi ushbu hududda joylashgan davlatlarning jahon siyosiy xaritasida ahamiyati pasayishiga sabab bo'ldi. Ba'zi shaharlar, masalan, Marv butunlay yo'qolib ketgan bo'lsa, ba'zilari Samarqand, Buxoro, Qoqon, Turfan va boshqalar turistik diqatga sazovor joylarga aylanishdi. Moddiy va ma'daniy boyliklarni tarqatuvchilar savdogarlar bo'lib, o'zlari bilmagan holda ular an'analar, madaniyat elchilari bo'lishgan.

Mavzuning maqsadi va vazifalari. Buyuk Ipak yo'li o'tgan hududlar xalqlari taraqqiyotiga eng katta hissa qo'shganlar bu sug'd savdogarlari bo'lib, ular hududda Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Xo'jand shaharlariga asos solishdi va Buyuk Ipak yo'lining barcha joylarida savdo qilishgan. Strategik joylashuvi va keng savdo aloqalari tufayli sug'd savdogarlari savdo yo'llarining harakatga keltiruvchi kuchi bo'lishgan. Sug'dliklar vatani Ipak yo'lining markazida joylashgan bo'lib, o'zining geografik joylashuviga ko'ra u yoki bu tomon uchun yo'l ko'rsatuvchi bo'lishgan. Sug'dliklar turkiy xalqlar va xitoyliklar o'rtasida yashaganliklari sababli ikki tilda gaplashishgan, bu esa savdo amaliyotlarini amalga oshirishda yaqqol ustunlik bergan.

Sug'dliklarning bir qismi hozirgi Xitoyning Chan'an, Dunxuan shaharlarida, ya'ni Buyuk Ipak yo'lining asosiy joylarida yashash uchun ko'chib borishgan. Xitoyda sug'd jamoalari bilan birga sug'dliklar tomonidan asos solingan va boshqariladigan hududlar bo'lgan. Sug'dliklar nafaqat ishbilarmonligi bilan, balki umumiy madaniyati, o'zining yozuviga ega bo'lib, tijorat va boshqa axborotlarni tarqatishda, ish yuritishda keng foydalanishgan.



Kurs ishining predmeti va ob’yekti. Ushbu holatlar Buyuk Ipak yo'lining rivojlanishida ajdodlarimiz naqadar ulkan hissa qoshganligini yaqqol isbotlaydi, mamlakatimiz hududidan "Buyuk Ipak yo'li"ning shoh tomiri o'tganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva , Shahrisabz, Qo'qon, Toshkent, Termiz va boshqalarning mavjudligi, tabiiy va sog'lom resurslariga boy Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Sherobodkabi rekreatsion hududlar xalqaro turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Ushbu salohiyatdan unumli foydalanish iqtisodiyotimiz rivojlanishiga kuchli ijobiy ta'sir etadi. Bu esa 1995-yilda "Buyuk Ipak yo'li"ni qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasining faol qatnashishi va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to'g'risida" Birinchi Prezidentimiz farmonining qabul qilinishiga asos bo'ldi. "Buyuk Ipak yo'li"da joylashgan tariciy va madaniy shaharlarda turistik yo'nalishlarning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Ming yillar davomida "Buyuk Ipak yo'li" Osiyo va Yevropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan va hozirgi vaqtda ham bu yo'l insoniyat uchun beqiyos global ahamiyatga ega. Ayniqsa, transport va axborot aloqalari, sanoat ishlab chiqarishi, tovar va xizmatlar savdosi hamda Osiyo va Yevropa mintaqalari mamlakatlarining integratsiya jarayonlariga faol qatnashuvchi "Buyuk Ipak yo'li"ning "ikkinchi hayoti" boshlanganligidan dalolat bermoqda.

Mavzuning ilmiy yangiligi. Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq samarali foydalanish, turizm tarmog'ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ'ibot qilish, turizm sohasida O'zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qisqa vaqt oralig'ida tub burilish ro'y berishiga sabab bo'lgan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinganki, ularning ta'sirida milliy turizm bozorimizda keskin ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda, xorijiy turistlar oqimi keskin ortmoqda.

Shu bois "Buyuk Ipak yo'li"ning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi ahamiyati, uning evolyutsiyasi, hozirgi kunda rivojlantirish xususiyatlarini chuqur o'rganish va mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish bo'yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.



Mavzuning o’rganganlik darajasi. Mazkur mavzu quyidagi vazifalarni hal etishga asosiy e'tiborini qaratadi:

-Buyuk Ipak yo'lining rivojlanish evolyutsiyasi, sivilizatsiyalar taraqqiyotidagi hamda turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;

-Markaziy Osiyo va savdo aloqalari rivojlanishiga Buyuk Ipak yo'lining ta'siri, savdo qilinadigan tovarlar va to'lov usullarini tadqiq qilish;

-Buyuk Ipak yo'li o'tgan mamlakatlar turistik resurlari, katta diqqatga sazovorliklarini tadqiq etish;

-Buyuk Ipak yo'lini tiklash bo'yicha zamonaviy urinishlar, rivojlantirishning zamonaviy bosqichlarini tadqiq etish.

Kurs ishining kirish qismida Buyuk Ipak yo'lining jahon sivilizatsiyasi, xususan turli xalqlar o'rtasidagi madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarning rivojlanishiga qo'shgan hissasi, hozirgi kunda turizm sohasi rivojlanishida Buyuk Ipak yo'lining global ahamiyati ortib borayotganligi asoslab berilga va oldinga qo'yilgan vazifalar bayon etilgan. Mavzuning dastlabki rejasi "Buyuk Ipak yo'lining yuzaga kelishi, tadrijiy rivojlanishi va turizm tarqqiyotidagi ahamiyati" deb nomlanib, unda Buyuk Ipak yo'lining vujudga kelishi, rivojlanish evolyutsiyasi, uning ahamiyati yoritilgan.

Mavzuning keying rejalari "Buyuk Ipak yo'li resurslari va undan turizmda foydalanish imkoniyatlari" deb nomlanadi va bu bobda Buyuk Ipak yo'li o'tgan mamlakatlarning turistik resurslari, jumladan O'zbekistondagi arxeologik diqqatga sazovorliklar, ulardan turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan.

1.Buyuk Ipak Yo'lining turizmda tutgan o’rni va ahamiyati

Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, uning taraqqiyot jarayoni hech qachon aloqalarsiz bo’lmagan. Odamlar, urug’ jamoalari, qabilalar, elatlar, xalqlar va nihoyat ularni hududiy-iqtisodiy va siyosiy birlishtirgan mamlakatlar o’rtasida doimo aloqalar bo’lgan va bu aloqalar tufayli yo’llar paydo bo’lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz, kishilik jamiyatining bronza davridan e’tiboran, ba’zi joylarda undan ham ancha avval, ma’lum ixtisoslashgan yo’llar paydo bo’lganligini bilamiz.. Ularning paydo bo’lishida qabilalar, xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy ehtiyojlar sabab bo’ldi. Tarixda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari saltanati davrida uning hududi bo’ylab «shoh yo’li» tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga qadar O’rta va YAqin SHarqda Badaxshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj «Lazurit yo’li»ning vujudga kelishiga olib kelgan. Ana shunday qadimgi yo’llardan biri, G’arb bilan SHarqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab kelgan «Buyuk ipak yo’li» edi. Bu yo’l orqali SHarqdan (Xitoydan) G’arbga

(Vizantiyaga) oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo’lsa-da, bu yo’l fanga atigi XIX asrning 70 yillarida nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan «Ipak yo’li» nomi bilan kiritildi. Unga qadar «Ipak yo’li» «G’arbiy meridional yo’l» deb kelinardi. «Buyuk Ipak yo’li» haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138 yilga to’g’ri keladi: Xitoy imperatori Vu Di topshirig’i bilan Markaziy Osiyoga yuborilgan elchi va sayyoh CHjan Syan «Buyuk ipak yo’li»ni o’rganadi va bu to’g’rida o’z tasnifini beradi.

"Buyuk Ipak yo'li" atamasi qadimiy dunyo miqyosi bo'yicha ulkan savdo magistralini anglatadi, aniqrog'i eski va yangi era arafasida Yevroosiyo mintaqasidagi asosiy madaniy mintaqalari Xitoy, Hindiston, O'rta va Yaqin Sharq, O'rtayer dengizi va G'arb mamlakatlarini bog'lab turuvchi bir butun yo'llar tarmog'ini anglatadi. 1877-yilda nemis sayyohi va tarixchisi K.Rixtgofen "Xitoy" nomli kitobida ushbu savdo yo'lini sharq standartlari bo'yicha "Ipak Yo'li" deb atagan.

Shu davrda xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar va imperator CHjan Syanni ko’chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo’natadi. Elchi xunnlar qo’liga asir tushadi va o’n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan’shan dovonlari orqali Issiqko’lga chiqadi. Norin daryosi bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi. Bu erda o’zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg’ona podshohligiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi xitoyning xunnlarga qarshi kurashda Farg’ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo’ladi. Lekin Farg’ona hukmdori faqat savdo aloqalarini o’rnatish istagini bildiradi1. CHjan Syan janub sari sayyohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o’tib, yana xunnlar qo’liga tushadi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga «sayyohati» haqida gapirib beradi. U Xitoyga Farg’ona otlaridan birini va beda urug’idan olib borgan edi. Bu otni xitoyliklar samoviy deb ataganlar. Imperator Vu Di o’z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo’ylab ekiladigan bo’ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong’oq ekishni ham yo’lga qo’yadilar.

SHunday qilib, CHjan Syan yurgan yo’l bo’ylab miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoyni Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk ipak yo’li deb ataluvchi narvon yo’li o’tadigan bo’ldi.

«Ipak yo’li» Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi. Dunxuanda u ikkiga ajraladi. «Ipak yo’li»ning janubi-g’arbiy tarmog’i Takla-Makon sahrosi orqali Xotanga, undan YOrkentga kelib, Pomir tog’ining daralari orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan, Balxda yo’l uch tarmoqqa ajralib, uning g’arbiy tarmog’i Marvga, janubiy tarmog’i Hindistonga, shimoliy tarmog’i Termiz orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketgan.

«Ipak yo’li»ning shimoli-g’arbiy tarmog’i esa Dulxuandan Bami Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga – Qashg’arga borgan. Undan Toshqurg’on orqali O’zgan, O’sh, Quva, Axsikent, Ponga, undan Asht dashti orqali Xo’jand, Zomin, Jizzaxga, so’ngra Samarqandga Nautaka yo’li bilan birlashgan. Yo’l Samarqanddan g’arbga – Dobusiyaga, Malik cho’li orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Paykent va Forobga borib Amul’ shahriga o’tgan. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo’ylab ketayotgan yo’lga qo’shilgan. Qadimda Marv shahri o’zining qadimiy an’analari va har tomonga ketuvchi savdo karvon yo’llari tutashadigan geografik qulayliklariga ko’ra ipak yo’lidan eng yirik shahar edi. SHuning uchun ham Marvda mahalliy din – zardushtiylik ibodatxonalaridan tashqari Hindistonning budda, Vizantiya xristian olamining tayanchlari bor edi. Qadimgi ipak yo’li ungacha shu mintaqadan o’tgach «lazuriyot yo’li», «shoh yo’li» asosida Marvdan G’arbga tomon katta karvon, savdo yo’li bo’lib Xitoy, Hindiston va O’rta SHarqni YAqin SHarq va O’rta er dengizi mamlakatlari bilan bog’lab turardi. Tarixiy yozma manbalar va arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, Marvdan g’arbga tomon ketgan ipak yo’li Eronning Gekotolepil, Apaliya va Ekbatana (Xamadon) shaharlariga va ulardan o’tib Mesopotamiyaning Ktesafon va Bag’dod shaharlariga borgan2.

Undan Dajla (Tigr) daryosining o’ng sohili bo’ylab shimolga ketib, Anjioxiya (Antokiya) orqali Damashqqa, undan Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga o’tib ketgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo’l esa Amul’ orqali Urganchga, undan SHimoliy Kaspiy bo’ylab SHimoliy Kavkazga, so’ngra Qora dengizning shimolidan Konstantinopolga borib, Bosfor va Dardanel orqali O’rta Er dengiziga o’tib, Vizantiya shaharlarini aralagan. Xitoy imperatorlari Ipak yo’li g’arbda joylashgan mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar qilganlar. Ular o’z elchilarini katta sovg’asalomlar bilan O’rta Osiyo, Eron, Misopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborgan. Masalan, Xitoy sayyoxi Gap In milodiy 97 yilda fors qo’ltig’igacha etib borgan. Makedoniyalik May Tisian esa 100 yilda Lanchjougacha etib borgan. Ammo Markaziy Osiyoliklar hamda eronliklar hech qachon Xitoy bilan Vizantiya yoki Xitoy bilan YAqin SHarq davlatlari o’rtasida bevosita savdo aloqalarining shakllanishidan manfaatdor emas edilar. CHunki bu harakatning «ostida» juda katta iqtisodiy siyosat etar edi. Ayniqsa, Ipak yo’li uchun kurash III asrdan boshlab Eron bilan O’rta Osiyo o’rtasida hayot-mamot kurashi tusini olgan. Bu borada Eron bilan Parfiya o’rtasida qattiq kurashlar ketgan. Markaziy Osiyo orqali Xitoydan g’arbga o’tadigan savdo karvon yo’llari doimo sug’dlar nazoratida bo’lgan. Sug’d savdogarlari o’zlarining bu yo’ldagi hukmronligini saqlab qolish uchun SHarqiy Turkistonda, Ettisuvda, Oltoydan to Enisey sohillariga qadar bo’lgan hududlarda, SHimoliy Xitoyning SHansi viloyatida, Dunxuan kabi qator shaharlarda o’z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar.

III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O’rta SHarq orqali o’tgan «Ipak yo’li»ning nazorati sug’dlarning qo’lida bo’lgan bo’lsa, VIII asr o’rtalariga kelib xalqlararo munosabatlar tizimida tub o’zgarishlar yuz berdi. «Ipak yo’li»ning g’arbiy qismi arablar nazoratiga o’tdi. XIII asrga kelib CHingizxon ipak yo’lining barcha tarmoqlari bo’ylab nazoratni o’z qo’liga kiritdi. Bu holat to XIV asr o’rtalarigacha davom etdi. Mug’ullar hukmronligi davrida Xorazmning Mahmud yalovoch doirasidagi savdogarlari asosiy rolni o’ynadilar.

Agar «Ipak yo’li» orqali Xitoydan G’arb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk o’rta asrlardan boshlab, qog’oz eksport qilingan bo’lsa, bu mamlakatlardan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zeb-ziynat bezapklari, qimmatbaho toshlar, har xil dorivorlar, arg’umoq otlar keltirilgan. Ana shu savdo yo’llari orqali Xitoyning bronza oynalari va kvadratikli tangalari Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning o’rta havzasi rayonlariga keng tarqalgan.

Buyuk Ipak yo’li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlovchi yo’l ham edi. Mas, Hindistonning budda dini shu yo’l bilan Xitoyga Markaziy Osi yo orqali kirib kelgan. IV-VIII asrlarda Xitoyning tashqi olam bilan savdo aloqalari kengaydi. Ilk feodalizm davrida Xitoyda ipakchilik rivojlanib ketdi va ipaklar arzon narhda Markaziy Osiyoga Sug’d savdogarlari orqali kirib borgan. Ular faqat mol olib, mol sotuvchi va undan foyda oluvchi jamiyatning boy qatlami hisoblanmay, balki o’zoq safarlarga katta savdo karvoni bilan ketuvchi savdogar, diplomatlar, ziyo tarqatuvchilar, u yoki bu hududdan yangi joylarga ilg’or xo’jalik ixtirolarini olib boruvchi nufuzli kishilar hisoblanardi. Ular bir vaqtning o’zga mamlakatlar urfodatlari, kuch va qudrati, xududiy joylashishi, tabiati va davlatni boshqarish tizimini chuqur bilishda o’ta xushyor davlat ayg’oqchilari vazifasini ham o’tar edilar. Davlat boshliqlari ularning kuzatish mahorati va bergan ma’lumotlari asosida o’z tashqi siyosatlarini rejalashtirar edilar. Bunday ulkan va zaruriy ishlar ana shu savdo-karvon yo’llari tufayli amalga oshirilar edi.



2. Buyuk Ipak yo’li qayta tiklanishining zamonaviy ko’rinishlari
Buyuk Ipak yo'li insoniyat tarixidagi bebaho meros hisoblanadi. Aynan u Yevroosiyo xalqlari taraqqiyoti va tarixiga chuqur va har taraflama ta'sir ko'rsatgan.

Xan imperiyasigacha bo'lgan davrda bir qator islohotlar amalga oshirilgan bo'lib, savdo faoliyati vujudga kelishiga zamin yaratilgan. Ular orasida ma'muriy, harbiy, ijtimoiy va xo'jalik islohotlari o'tkazilgan. Ma'muriy va harbiy islohotlar ma'muriy boshqaruvni samarali amalga oshirish va ichki xavfni pasaytirishga xizmat qilgan.

Imperator Sin Shinxuan (e.a. 221-207 yy.) davlatni birlashtirib yagona pul tizimini vaujudga keltirib, uzunlik, og'irlik, hajm va maydon birliklarini unifikatsiya qilinishiga asos soldi. Bunday choralar davlatni boshqarishda samarali bo'lib, savdoning tezlashishiga sabab bo'lgan. Shu bilan imperator boshqa mintaqalar bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yish uchun yo'llar va transport kanallari qurishga buyruq bergan.

Shuni ta'kidlash lozimki, eramizdan avvalgi 202-yilda dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning tez rivojlanishiga sharoit yaratilgan bo'lib, bu Buyuk Ipak yo'lining paydo bo'lishi va rivojlanishiga ko'maklashgan.

Hunarmandchilik va savdoning intensiv o'sishi o'ziga xos jihat bo'lib, mamlakat xo'jalik hayotida katta ahamiyat kasb etgan. Arxeologik topilmalar va yozma manbalar natijasiga ko'ra turli hunarmandchilik turlari bronza quyish, sopol idishlar yasash, yog'ochga ishlov berish, zargarlik, tikuvchilik va ipakchlik tez suratlarda rivojlangan. Tikuvchilik va ipakchilik yuqori darajada rivojlangan bo'lib, tikuvchilik bilan har bir xonadonda ayollar shug'ullangan.

"Katta Xan dinastiyasi tarixi"da keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Chan Anshida ( Xitoyning qadimiy poytaxti) xususiy shaxslar va davlat yirik tikuvchilik ustaxonalariga ega bo'lgan, ularda o'rtacha 700 ta qullar ishlashgan. Eramizdan avvalgi 202-yilda iqtisodiy vaziyat sezilarli darajada yaxshi bo'lib, ipak matolar tikish xo'jalikda keng qo'llanilgan. Ipak o'ziga xos universal pul ekvivalenti bo'lib, dehqonlar soliqni don va ipak bilan to'lovni amalga oshirishgan, davlat amaldorlarga ish haqiga ipak bilan haq to'lagan.

Xitoy askarlari ish haqini ipak ko'rinishida olishgan, ipak matolar haddan tashqari ko'payib ketganda ular Buyuk Xitoy devoriga kelib ipakni ko'chmanchilardan otlar va teriga, shuningdek o'zlariga kerakli boshqa mahsulotlarga almashtirib olishgan.

Sharqiy turklar tomonidan ayirboshlash uchun chorva mahsulotlari avvalo otlar, qo'ylar va u bilan bog'liq bo'lgan buyumlar taqdim etilgan. Bundan tashqari qora va rangli metallar ham muhim ahamiyat kasb etgan, qo'riqlash xizmatlarini ham taklif etilgan. Biroq asosiy tovar bu otlar bo'lgan. Yozma manbalarga ko'ra "Men, Pey Szi va boshqalar ...biz turklarning otiga juda muhtojmiz. Agar aloqalarni yo'lga qo'ymasak turklar o'z qarorlarini o'zgartirish mumkin" deya vaziyatga baho berishgan.

K.Bekvit tadqiqotlariga ko'ra, Tan imperiyasi talab etiladigan otlargz ega emas edi. Tinch vaqtlarda o'rtacha mingta askarga 163 ta ot tog'ri kelgan bo'lib, urush vaqtlarda yanada ko'proq otlar kerak bo'lgan. Xitoyda otlarning muhimligi va unga yuqori baho berilganligi sababli otlar bilan savdo qilish, egalik qilish maxsus yo'l bilan tartibga solingan: "Biz Xitoyning chegaraoldi hududlarda otlarni xususiy shaxslar tomonidan ko'paytirish, chegara oldida joylashgan qabilalar orasida savdoni diqqat bilan kuzatib boramiz". Xitoyda otlarning qiymati haqida Bekvit quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: "oltin davrlarda poytaxtda bir otga bir bo'lak ipak berilgan bo'lsa, beqarorlik vaqtda bir otga qirq bo'lak ipak ayirboshlashgan". 30

Sharqiy Turk xoqonligi aholisi bir qarashda dehqonchilik mahsulotlariga ehtiyoj sezsada, unchalik ko'p taqchillik bo'lmagan, ya'ni o'zlarida ham dehqonchilik yo'lga qo'yilgan. Shu sababli ular uchun ko'pincha pul ekvivalenti sifatida Xitoy ipagi qabul qilingan. Ma'lumki, ipak turklar xo'jaligida unchalik ko'p ishlatilmagani uchun xomashyo sifatida ehtiyoj bo'lmagan. Sharqiy turklar uchun ipak qimmatbaho mato bo'lgan, ko'pincha ommaviy ishlatilmagan. Albatta qisman qadimgi Sayan-Oltoy qadimiy turklari qabrlarida ipak matolardan foydalanganligi arxeologlar tomonidan isbotlangan.

Sharqiy turk hoqonligi va Tan imperiyasi o'rtasidagi munosabatlarda shu holatni ko'rishimiz mumkin. Yozma manbalarga ko'ra 594-yilda bir necha guruh turk elchilari imperator saroyiga kelib chegarada bozor tashkil etish to'g'risida kelishuvni taklif etishadi va rozilik olishadi. "Su shuy" dinastiya yozma manbasiga ko'ra "kelgusi yilda (594) tutszyu (turklar) boshliqlari 10 000 otlar, 20 000 qo'ylar va 500 tuyalar va sigirlar jo'natishadi. Tez orada ular chopar orqali chegarada ko'rgazma tashkil etishni va savdo bilan shug'ullanishni so'rashdi. Imperator rozi bo'ldi"32. Haqiqatda Sharqiy Turk hoqonligi va Xitoy o'rtasida savdo operatsiyalar doimiy bo'lganligi qayd etiladi. Ba'zilarning fikriga ko'ra savdo ko'p hollarda turklar tomonidan berilganligi qayd etiladi. Biroq Ipak yo'lida Sharqiy Turk hoqonligi barqaror savdo operatsiyalarining amalga oshirilishida asosiy rol o'ynaganligi qayd etilganligi muhim, sug'd hunarmandlari va savdogorlari ham faol ishtirok etganligini e'tirof etish lozim. Yozma manbalarda ta'kidlanishicha : "Pey Syuy imperatorga: "Tutszyuelar (turklar) sodda va ular kelishishni bilishmaydi, ular o'rtasida chuqur adovat bor; baxtga qarshi ular orasida xular (sug'dlar) bo'lib, ular yovuz va ayyor, bular ularga boshqaruvda yordam berishmoqda!"

Ipak mato va ipak xomashyosi asosiy tovar bo'lib, Buyuk Ipak yo'li orqali sotilgan va sotib olingan. Tadqiqotlarga ko'ra hozirgi vaqtda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida ipak qurtlari yetishtiriladi va bu ko'nikmalar Xitoydan o'tib borgan.

Ipak yo'li bo'ylab nafaqat tovarlar, balki ularni ishlab chiqarish to'g'risida axborotlar ham tarqatilgan. Dastlab ipak faqat Xitoyda ishlab chiqarilgan bo'lsa, eramizning 1-2-asrlarida Sharqiy Turkistonga, 5-asrda Eronga ham yetib kelgan. 6-asrda Vizantiya imperatori Yunonistonda ipakchilikni yo'lga qoygan. Afsonalarga ko'ra ular sayoxatchi taqvodorlardan foydalanib ipak qurtini olib kelishgan. Savdogarlar qog'ozni sharqdan sotib olib keyinchalik 13-asrga kelib mustaqil qog'oz ishlab chiqarishni ham yo'lga qoyishgan.

Ipakdan tashqari Xitoyliklar G'arbga hushbo'y moddalar, dorivor moddalar, chinni buyumlar va choy ham sotishgan. Shuni ham takidalash lozimki, Xitoyga uzum, anor daraxtlari, keyinchalik makkajo'xori, bodom, kungaboqar, kartoshka, pomidor, sabzi, grek yong'og'i, sarimsoq piyoz, bodring, kunjut va boshqa mevalar ham savdogarlar orqali kirib kelgan. Bularning barchasi Buyuk Ipak yo'lida joylashgan xalqlarning oshxonasi boyishiga xizmat qiladi.

Buyuk Ipak yo'li nafaqat savdo aloqalari natijasida tovarlar almashinuvga balki texnolagik yutuqlar masalan qog'oz tayyorlash, cho'yan eritishva sug'orish texnolagiayalarini ham keng tarqalishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari astronomiya, farmakologiya, kumush va oltindan zargarlik buyumlari yasash to'g'risidagi bilimlarning tarqalishiga ham xizmat qilgan Ipak yo'li ko'pchilik sharqda Xitoydan Osiyo va O'rta Sharq orqali G'arbning O'rtayer dengizi qishloqlarigacha bo'lgan masofani bosib o'tishga chorlamoqda. Ipak yo'li savdo mashruti bo'lsada, ko'pgina mamlakatlarning ijtimoiy, madaniy va diniy hayotida sezilarli rol o'ynamoqda. Buyuk yo'li o'tgan bir qator afsonaviy shaharlar - Xiva, Buxoro, Samarqand, ulug'vor Tyan-shan tog'lari, Gobi cho'li, daryolar, turli tuman milliy taomlar, folklor va hunarmandchilik namunalari turistlarni qadimiy Ipak yo'li bo'ylab sayohatga chiqib qadimiy afsonalarni boshdan kechirishga imkon yaratmoqda.

O'tgan o'n yillikda Ipak yo'li turizm maqsadlarida foydalanilishi bilan ahamiyati ortib bormoqda.

Turizm sanoati dunyodagi eng muhim ishlab chiqarish sohasiga aylanib 2017-yilda jahon YaIM 10,4 %ini ishlab chiqargan holda 313 million kishini ish bilan ta'minladi. Mamlakatlarda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish, bandlikni ta'minlashda, asosan qishloq joylarda turizmni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyoti Dasturi (UNDP) Butunjahon turizm tashkiloti (WTO) va Birlashgan Millatlar Savdo va Rivojlanish konferensiyasi (UNCTAD) bilan hamkorlikda Buyuk Ipak yo'li Mintaqaviy dasturini ishlab chiqib Xitoy, Qozog'izton, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonda Ipak yo'li turistik mahsulotini shakllantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Bu dasturning birinchi qadamlaridan biri ushbu besh mamlakatning turistik resurslarini o'rganishdan iborat. Asosiy maqsad ushbu mamlakatlardagi xilma-xil va yuqori sifatli Ipak yo'li turistik resurslarini turistlarga tanishtirish hisoblanadi.

Shu bois yuqorida tilga olingan mamlakatlar turistik resurs salohiyatini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xitoy hududi bo'yicha dunyodagi uchinchi eng yirik mamlakat. U o'zining xilma-xil tabiati, tekisliklari, qirlari va deltalari, tog'lari, osmono'par cho'qqilari, cho'llari bilan ajralib turadi. Ipak yo'li mintaqaviy savdo yo'li sifatida Xan sulolasi davrida Xitoyni g'arb bilan bog'lovchi yo'lga aylanib, nafaqat tovarlar, balki bilim, g'oyalar, axborotlar almashinuvida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Xitoyliklar Ipak yo'li bo'ylab sayohat qilgan birinchi inson Jang Kian deb hisoblashadi.

Xitoyning g'arbiy hududlari Ipak yo'li bo'ylab sayohat qiluvchilar yo'lida joylashgan. Qadimiy savdo yo'li qadimiy Luoyang va Sian shaharlarida boshlanib, Sariq daryo orqali Lanjugacha boradi va g'arbiy yo'l bilan cho'l va tog'lar orqali Dunxuan vodiysiga yetib borib uchga ajraladi.



Avvalo XXR tabiiy resurslari tog'risida ma'lumotlarni hududlar kesimida ko'rib chiqamiz.

Download 60.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling