Iqtisodiyot va turizm


Download 171.5 Kb.
bet1/9
Sana04.11.2021
Hajmi171.5 Kb.
#170624
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi M.Doʻstnazarov yakunlangan



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM" Fakulteti



IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Iqtisodiy faoliyat va uning turlar

Bajardi:103-guruh talabasi: Doʻstnazarov Murodjon Ilmiy rahbar: Jo‘rayev Xusan


Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

«____» _______2020 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

«____» _______2020 y.

_______________________'>Kurs ishi himoya qilingan sana

«____» _______2020 y.

Baho «_____» _________

___________

(imzo)

___________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a'zolari:

__________________

__________________

__________________



Termiz 2020

Reja:

1. Kirish: Iqtisodiyotning bosh masalasi.

2. Iqtisodiy faoliyat va uning mazmuni.

2. Iqtisodiy faoliyat - ehtiyojlarni qondirish vositasi.

3. Ishlab chiqarish jarayoni va omillari.

4. Tadbirkorlik faoliyati.

5.Xulosa.

6. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta'lim bilan shug'ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o'zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari — kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega boʻlish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi. Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish tnaqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. Iste’mol tovarlari va xizmat ko'rsatish sohalari turli-tuman boʻganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko‘p. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topish uchun zarur boʻlgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.

Iqtisodiyot – yirik xususiy xo‘jalik, jamoa xo‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.

Buning ustiga barcha resurslarimiz - pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Yer kurrasi va qa’ridagi tabiiy boyliklar — ekiladigan yerlar, o‘rmonlar, qazilma boyliklar, suv zaxirasi, umuman o‘simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan, Markaziy Osiyodagi sug‘orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaiyoning suv zaxirasi bilan cheklangan. Ishga yaroqli aholi soni ham cheklangan. Ayniqsa, aholining o‘sish sur’atlari pasaygan sharoitda aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog'i qisqaradi.

Masalan, Yaponiyada yaqin orada qariyalar aholining 25—30 %iga yetishi kutilmoqda. Mehnat qurollarini (asbob-uskuna, mashina va h.k.) miqdoran ko‘paytirish imkoni ham m a’lum chegarada bo‘ladi. Agar jamiyat ularni g‘oyat ko‘p ishlab chiqarsa, aholi uchun tirikchilik vositalari — iste’mol buyumlari yetishmay qoladi, natijada mehnat resursidan yaxshi foydalanib bolmaydi.

Har qanday iqtisodiyotga xos bo'lgan umumiy va azaliy ziddiyat mavjud, bu resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi o ‘rtasidagi ziddiyat boiib, kamyob resurslardan oqilona foydalanish orqali hal etiladi.

Resurslar kamyobligi mutlaq emas, balki nisbiydir, ya’ni ularning cheklanganligi degani ehtiyojlarga nisbatandir. Aholi o‘sishi bilan mehnat resurslari ko‘payadi, ishlab chiqarish rivojlanishi bilan mehnat yaratadigan moddiy resurslar ham ko‘payadi.

Yangi yerlar, suv manbalari ochilishi bilan ekin maydoni kengayadi, yangi konlar topilishi bilan qazilma resurslar ham miqdoran ortadi, yangidan ekilgan o ‘rmonlar maydoni kengayadi. Lekin bularga nisbatan ehtiyojlar jadalroq o‘sib boradi. Tabiiy resurslarning bir qismi qaytadan tiklanib, yangidan hosil boiadi. Bu o ‘rmon, suv, tuproq hosildorligi, havoning harorati, umuman flora va faunadir. Ammo tiklanmaydigan tabiiy resurslar ham bor. Bular jumlasiga yerosti boyliklari — ruda, ko‘mir, neft, gaz kabilar kiradi. Ularning o‘rnini to ‘ldirib boMmaydi, lekin ularga o‘rinbosar resurslar topilib turadi

Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to'xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlami to‘g‘ri taqsimlash yoʻllarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmuninitashkil etadi..

Iqtisodiyot nazariyasi — ayirboshlash, pullik bitimlar bilan bogʻliq iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan.Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiyot nazariyasiga cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiy faoliyatning tanlab olinishi bilan bog'liq fan, deb qaraydilar.

Iqtisodiyot nazariyasining predmeti — bu kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xo‘jalik yuritish asosida o‘z ehtiyojini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlari, bularni belgilovchi iqtisodiy shart-sharoitlar hisoblanadi.

Barcha kishilarning aniq maqsadni ko‘zlagan iqtisodiy xatti-harakatlari o‘zaro bogiangan holda jamiyatning iqtisodiy hayotini tashkil etadi va buni iqtisodiyot nazariyasi tahlil etadi. Jamiyatning iqtisodiy faoliyati — bu iqtisodiy insonlar faoliyatining majmuasidir. Iqtisodiy inson bu tovar va xizmatlarni yaratish orqali o‘z ehtiyojini qondiruvchi, ya’ni xo'jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishidir. Insonning xatti-harakatlari aniq maqsadga yo'naltiriladi, bu individual (yakka) tarzda, xonadon yoki firma doirasida va nihoyat jamiyat (mamlakat) miqyosida yuz beradi. Iqtisodiyot subyektlari (ishtirokchilari) — bu firmalar, xo￾nadonlar va davlat hisoblanadi, ularning faoliyatini nazariya yaxlitlikda olib o‘rganadi. Iqtisodiy insonlar faoliyati ko‘p jabhali, bu ishlab chiqarishdan boshlanadi, ayirboshlash va taqsimotda davom etadi va nihoyat tovar va xizmatlarning iste’mol qilinishi bilan yakunlanadi. Bu faoliyat bir lahzalik, qisqa bo‘ladigan hodisa emas. U doimo takrorlanib, yangilanib turadi, shu tarzda to'xtovsiz davom etadi. Nazariya iqtisodiyotni mana shunday uzluksizlikda olib o‘rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi o‘z-o‘zidan tabiiy sharoitni o ‘rganmaydi, chunki bu boshqa fanlarning ishi, lekin shu sharoitning ta’sirida iqtisodiyotda nima yuz berishini ko‘rib chiqadi. Bu fan predmeti aslida ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bo‘lib, bunga resurslar, mulkchilik, iqtisodiy motivatsiya (rag‘bat), ichki va tashqi iqtisodiy vaziyat, kishilarning bilim darajasi, kasbiy mahorati, ularning ijtimoiy holati (maqomi) kiradi. Bular m a’lum xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi. Iqtisodiyotning o'ziga xos tamoyillari ham borki, buni iqtisodiyot nazariyasi fani tahlil etadi. Mulkning bor-yo‘qligi yoki uning katta-kichikligiga qarab kishilar o‘z ehtiyojini qondirish uchun har xil yo‘l tutadilar. Mulki bor, agar u yetarli bo'lsa, uni ijaraga berib pul topadi, o ‘zi ishlatadi, mulki yo‘q yoki mulki g‘oyat oz kishi yollanib ishlab, kun ko'radi. Bir narsaga ega boMish uchun boshqasidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli inson nima qilishini muqobil tanlov asosida belgilaydi, o'ziga naf keltiradigan ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, ishlarning eng samaralisini tanlab oladi. Kishilar daromadning ozidan voz kechib, ko'pini olishga intiladilar, ular nimani yo‘qotish hisobidan nimaga ega bo‘lishlarini belgilab oladilar.

Insonning faolligini iqtisodiy stimullar (rag‘batlantiruvchi kuch) yuzaga keltiradi, chunki bular kishilarning maqsadini bildiradi, maqsad esa manfaatlardan kelib chiqadi. Faol bo‘lish — yaxshi yashashni kafolatlaydi, yuqori turmush darajasini esa yuqori mehnat unumdorligi belgilaydi. N e’matlarni kam yaratib ko‘p iste’mol qilish mumkin emas. Kishilar yaratgan mahsuloti va xizmatlarini bir-biriga yetkazib berib o‘z ehtiyojilarini qondiradilar va shu tufayli farovonlikka erishadilar. Xullas, kishilarning xatti-harakatini yuzaga keltiruvchi omillar xilma-xil va iqtisodiyot nazariyasi ularni birgalikda ko‘rib chiqadi.

Iqtisodiyotda kishilar o'zaro iqtisodiy munosabatda bo'ladilar, bu ularning o‘zaro aloqalarida o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy munosabat subyekti, deganda uning ishtirokchilari tushuniladi.

Iqtisodiy munosabat obyekti — bu iqtisodiy munosabat nima xususida yuz bersa, mana shu boʻladi. Iqtisodiy munosabatlarning asosiy subyektlari ayrim individlar (kishilar), xonadonlar, firmalar va davlat idora tashkilotlari nodavlat jamoat tashkiloti hisoblanadi. Mazkur munosabatlar ishlab chiqarish, ayirboshlash, yaratilgan ne’matlarni taqsimlash, ularni iste’mol qilish yuzasidan paydo bo‘ladi. Har bir subyekt bu munosabatlarda

turlicha mavqeni egallaydi. Firmalar ishlab chiqarish bilan shugʻillansa, xonadon iste’molchi sifatida maydonga chiqadi, davlat esa iqtisodiyotda milliy manfaatlarning posboni, ularni tartiblovchi sifatida amal qiladi, ne’matlarni taqsimlash va iste’mol qilishda boshqalar singari ishtirok etadi.

Iqtisodiy munosabat obyekti bo‘lib ishlab chiqarishda kerak bo‘lgan resurslar, tabiiy boyliklar, yaratilgan tovar va xizmatlar, pul mablag‘lari, umuman boylik xizmat qiladi. Ularni yaratish, taqsimlab olish va iste’mol qilish xususida iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi. Iqtisodiy munosabatlar m a’lum tipdagi iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradiki, bu iqtisodiy vositalardan iborat bo‘lib, bular kishilarni rag'batlantirishda va iqtisodiyotni tartiblab turishda qoʻllanadi.

Iqtisodiy mexanizm iqtisodiyotning tabiatiga mos beladi, bu mehnatga zo‘rlash va mehnatning rag‘bat-mexanizmidan iborat bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti tabiatiga mos ravishda bozor mexanizmi boʻladiki, bu iqtisodiy rag‘batlantirishga qaratiladi. Nazariyada iqtisodiy mexanizm va uning qanday amal qilishi ham o‘rganiladi.

Iqtisodiy faoliyat qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti.Ba'zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo'lishidan qat’i nazar ularning hammasi bir maqsadga bo'ysungan: u ham bo'lsa insoniyatning yashashi, ko'payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak, uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz mumkin:

1. Oʻzlashtirish faoliyati

2. Ishlab chiqarish faoliyati

Qadim zamonlardan iqtisodiyot bu xoʻjalik yuritish qonuni taʼlimoti sifatida oʻrganilgan.Natural xoʻjalik tizimida yashsh uchun zaruriy tovarlarni hamma oʻz isteʼmoli uchun ishlab chiqarishgan yoki oʻzlashtirishgan.Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridan to’g’ri o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar. Oʻzlashtirish jarayoniga misol qilib qadimgi qirolliklar oʻrtasidagi mustamlakachilik yurishlari, talon taroj qilish yoʻli orqali boylik orttirishlari va shu yoʻl bilan oʻz aholisining iqtisodiy farovonligini saqlashga intilishlari misol boʻla oladi.

Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi insonlar tabiat ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar.
Demak, iqtisodiy faoliyat hayot kechirishni kafolatlaydi. Qayerda iqtisodiyot rivoj topgan bo‘lsa, shu yerda kishilar rohat-farog'atda yashaydi va aksincha, qayerda iqtisodiyot qoloq bo‘lsa, shu yerda kishilarning qorni to‘ymaydi, usti but bo‘lmaydi, ular doimiy muhtojlikda zo'rma-zo‘raki kun o‘tkazadilar.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar — bu kishilarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda ma’lum mavqega ega boʻlishi uchun zarur boigan turli-tuman noz-ne’matlar, ya’ni barcha mahsulot va xizmatlar majmuasidir.

Ehtiyojlar tarkiban g'oyat xilma-xrl, lekin ular ikki yirik guruhga ajratiladi:


Birlamchi ehtiyoj — bu moddiy, birinchi navbatda qondiriladigan, eng zarur bo‘lgan ehtiyoj hisoblanadi, bunga ovqatlanish, kiyinish, turaijoyga ega bo‘lish kabi ehtiyojlar kiradi.

Ikkilamchi ehtiyojlar - bu ko‘pincha nomoddiy, ya’ni ijtimoiy ehtiyojlar bo‘ladi, bunga bilim olish, malaka oshirish, davolanish, dam olish kabi ehtiyojlar kiradi.

Ehtiyojlarning yuksalish qonuni shunday qonundirki, unga binoan ehtiyojlar miqdoran ko‘payib boradi, tarkiban doimo yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o'rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning o‘sishi murakkab kechadi.

Ehtiyojlar ularning kimga taal￾luqli boMishi jihatidan ham farqlanib 4 turga ajratiladi:


1) individual, ya’ni yakka ehtiyoj. Bu ayrim kishining yoki

xonadonning ehtiyoji;


2) guruhiy — korporativ ehtiyoj. Bu ayrim guruhlarga, masalan, jamoalarga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyoji;
3) Hududiy ehtiyoj. Bu ayrim hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji;
4) Umumjamiyat ehtiyoji. Bu kishilarning jamiyat miqyosidagi hamma uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoji. Buni umummilliy ehtiyoj, deb atash ham mumkin.
Bu ehtiyojlar turli darajadagi ehtiyojlar bo‘lib, ularning miqdori va tarkibi ham bir xil emas.

Ehtiyojlarning o‘sishi aholining ko'payishi, yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi va ularning turlanib borishi bilan bog'Iiq. Shuning uchun ehtiyojlarning o‘sishi quyidagi yo‘nalishlarda boradi:


1) ehtiyojlar miqdoran ko‘payadi;
2) kmutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo'ladi;
3) turli ehtiyojlarning nisbati o‘zgaradi;
4) ehtiyojlarning o'rin almashuvi yuz beradi.

Ehtiyojlar to'xtovsiz yuksalib boradi, shu jihatdan ehtiyojlar doimo cheksiz bo‘ladi, chunki tobora yaxshi yashashga intilmagan inson umuman bo'lmaydi. Kishilar har doim ehtiyojlarini imkon boricha to'laroq qondirishga intiladilar bu esa iqtisodiyotni rivojlantirishni talab qiladi. Demak, ehtiyojlar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Ehtiyojlarning cheksizligini ehtiyojlarning yuksalishi qonuni izohlab beradi. Bu qonun umumiqtisodiy bo‘lib, hamma vaqt, hamma yerda amal qiladi.

Yuksalib borayotgan ehtiyojlarni qondirish mahsulot va xizmatlarning ko'plab iste’mol qilinishini bildiradi. Ammo buning uchun ularni oldin yaratish kerak va bu ishlab chiqarishda yuz beradi.

Mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish iqtisodiyotning asosi, uning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi, iqtisodiy faoliyat mana shundan boshlanadi.

Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi. Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizrnatlarning, resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlangʻchi ishlab chiqarish jarayonidir.

Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Bu jarayondan ishlab chiqarish o’zaro birikib, insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlar yaratiladi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani tarixida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etilib kelindi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning 3 omili nazariyasini asoslab ularga yer , kapital va mexnatni kiritgan.

Ularning o‘zaro ta'siri asosida ishlab chiqarish voqye ekanligini qayd etgan.

K.Marks ta'limoti xam ishlab chiqarishning 3 omili birligidan kelib chiqadi. Keyin ularni ish kuchi , mexnat predmetlari va vositalari deb ataydi.

Xozirgi G‘arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg‘a surib, ularga yer, kapital, mexnat va nixoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar.

Turli nazariya namoyondalari ishlab chiqarish omillarini mavjudligidan kelib chiqadilar, lekin ularga talqin berishda xar xil jixatlarni asos qilib oladilar.

Marksizm ta'limotida mazkur omillarning sotsial shakligi qayta e'tibor beriladi, ularning ekspluatatsiya qositalari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e'tiborga olinadi. Boshqa ta'limotlarda omillarning umuman ishlab chiqarishdagi o‘rni baxolanib , ularning sotsial shakli nazarga olinmaydi.

Mana shu jixat umuminsoniy, uni marksizm xam inkor etmagan. Ishlab chiqarishning umuminsoniy faoliyatiga qaralishi uning shaxsiy insoniy va moddiy ashyoviy omillarini borligini aytib o‘tish kerak.

Ish kuchi - bu insonning mexnat qilishiga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat soxibi xar bir mexnatga layoqatli kishidir. Ish kuchining miqdoriy va sifatiy o‘lchami bor. Jamiyatning qancha noz-ne'matlar yarat olishi mana shu ikki jixtaga bog‘liqdir. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili xisoblanadi. (chunki inson mexnatsiz, uning ishtirokisiz, eng mukammal mashinalari bo‘lganda xam, tirikchilikning buyumlarini yaratib bo‘lmaydi). Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ishlab chiqarish uchun moddiy shart sharoit talab qilinadi. Ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillari xam borki, ularga boyliklar, yaratilgan ashyolar (mexnat predmetlari) va nixoyat mexnat vositalari qurollari kiradi. Ishlab chiqarish xar doim tabiatga tayangan. yer, suv, yer osti boyliklari, o‘rmonlar va boshqalar unga materiallar yetkazib beradi. Uning uchun moddiy sharoit vazifasini o‘tagan. Tabiat in'omi bo‘lgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli maxsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish omillari ma'lum tizimni tashkil etadi, ular xar xil unsurlardan iborat, bu unsurlar bajaradigan vazifalar bir xil emas. Ular bajaradigan vazifalar bir - biriga moslashgan sharoitda ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Moddyi ashyoviy omillar shaxsiy - insoniy omil bilan birikgan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi. Xayot ne'matlari yaratiladi. Ular: 1. Moddiy maxsulotlardan va 2. xar xil xizmatlardan iborat bo‘ladi.

Ishlab chiqarish omillari (xar doim) doimo bir xil bo‘lib turmaydi, ular sifat miqdor jixatdan o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib borpgan sari smurakkab mashinalar asbob uskualar stanoklar vujudga keladi. Shuning uchun, ish kuchi xam yangi , malkasi oshgan, yangi mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish omillari bir- biriga bog‘liq va o‘zaro ta'sirda bo‘ladi, birining o‘zgarishi ikkinchisiga ta'sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta'sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o‘zgarini ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmun va moxiyatini o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.

Jamiyat a'zolarining ishlab chiqarishdagi (bir yillik) faoliyati natijasi - bu yaratilgan barcha maxsulotlar va xizmatlarning majmuidir. U naflik va foydalilik xususiyatlariga ega. Ularning foydali xossalari kishilarning extiyojlarini qondira bilish xususiyati , ega bo‘lsa, foydaliligi naf keltirishdan iboratdir.

Iqtisodchilar ishlab chiqarishda uch marta yirik inqilob yuz bergan va u muvofiq tarzda iqtisodiy taraqqiyotda uch marta yangi davrni boshlab berganini e’tirof etadilar. Bunda o’ziga xos boshlang’ich nuqta rivojlangan industrial (sanoat) ishlab chiqarishning vujudga kelishi bo’lib u markaziy o’rinni egallaydi, undan so’ng: industrial ishlab chiqarishga qadar bo’lgan davr, ya’ni toindustrial va postindustrial (lotincha post - keyin) davrlarga bo’linadi.

Ishlab chiqarishning industrial rivojlanishga qadar bo’lgan (toindustrial) bosqichi quyidagi xususiyatlarga ega:

— iqtisodiyotning dastlabki sferasi — qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi;

— aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band;

— asosan qo’l mehnatiga tayanadi;

— mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi;

— aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos.

Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya)

ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi.

Yer shari aholisining ko’payishi, ehtiyojlarning o’sishi, ularni qondirish yo’llarini qidirishga majbur qildi. Bu oxir-oqibat sanoat to’ntarishiga olib keldiki, u Angliyada XVIII asrning 60-yillarida boshlanib, AQShda XIX asrning 50—60- yillarida yakunlandi. Qo’l mehnati mashinalar zimmasiga yuklatildi.




Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling