Iqtisodiyot va turizm


Download 171.5 Kb.
bet4/9
Sana04.11.2021
Hajmi171.5 Kb.
#170624
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi M.Doʻstnazarov yakunlangan

Moddiy ishlab chiqarish - aniq moddiy shaklga ega mahsulotlar - iste’mol buyumlari, turlituman

uskuna, mashina, xom ashyo va boshqalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Moddiy

ishlab chiqarish odatda sanoat, qurilish, qishloq va o’rmon xo’jaligi kabilardan tashkil topadi.

Nomoddiy ishlab chiqarish moddiy bo’lmagan ne’matlar, ma’naviy, axloqiy qadriyatlar, chunonchi, madaniyat, san’at, ilmiy, ma’naviy asarlar yaratishni o’z ichiga oladi.

Hozirgi zamon ishlab chiharishida xizmat ko’rsatish sohasi alohida o’rin tutadi. Xizmat ko’rsatish ikki turga - moddiy va nomoddiy xizmat ko’rsatishga bo’linadi.

Birinchisiga yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa, savdo, uy-joy, kommunal xizmati, maishiy xizmat ko’rsatish kiritilsa, ikkinchi guruhga - maorif, sog’liqni saqlash, sanoat, ijtimoiy ta’minot, moliyaviy, axborot, yuridik xizmat ko’rsatish va hokazolar kiradi. Xozirgi paytda zamonaviy ishlab chiqarish tarkibida infrastruktura alohida ajratib ko’rsatiladi.

Moddiy ishlab chiqarish birlamchi, unga qarab nomoddiy soha rivojlanadi. Moddiy ishlab chiqarish nomoddiy soha uchun ish kuchini bo‘shatib beradi, uni moddiy resurslar bilan ta’minlaydi, bu sohada ishlovchilar iste'molini qondiradi. Uning darajasi qancha

yuqori bo'lsa, nomoddiy soha ham shunchalik rivoj topadi. Demak, ikki soha to ‘g‘ri mutanosiblikda turadi, ammo ularning nisbati iqtisodiyotning darajasiga bogʻliq bo‘ladi.


Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling