Iqtisodiyot va turizm


Download 171.5 Kb.
bet7/9
Sana04.11.2021
Hajmi171.5 Kb.
#170624
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi M.Doʻstnazarov yakunlangan
6-sinf-tarixbonus-2017, 6-sinf-tarixbonus-2017, Joriy, Joriy, Малака иш мавзулари ноябр ойи География 2020 йил 73634, so'z tarkibi, Fonetika, ingliz tili teks, yil nomlari 3 tilda, Kurs ishi M.Doʻstnazarov yakunlangan, ichki audit xizmati ishining samaradorligini baholash-1, ichki audit xizmati ishining samaradorligini baholash-1, ichki audit xizmati ishining samaradorligini baholash-1, ichki audit xizmati ishining samaradorligini baholash-1
Taqsimot. Bu yaratilgan mahsulotni taqsimlashgina bo’lib qolmay u resurslar yoki ishlab chiqarish omillarini taqsimotini ham ifodalaydi.

Taqsimot avvalo har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning yaratgan mahsulotdagi hissasini aniqlaydi. Bu hissa eng avvalo yaratilgan mahsulot miqdori va sifatiga hamda uning realizatsiyasiga bog’liq. Taqsimot va ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni shunchaki bog’lamaydi. Ko’p jihatdan ishlab chiqarishning samarali bo’lishiga ayirboshlash va taqsimotsiz erishib bo’lmaydi.

Gʻarb iqtisodchilari iqtisodiy xo’jalik yuritish faoliyatini tahlilini A. Smitdan boshlab, hozirgi taniqli iqtisodchilargacha ayirboshlash va taqsimlash jarayonini tadqiq qilishdan boshlashgan. Bu tasodif emas, chunki iqtisodiyot ayirboshlash yuz berganda, taqsimot esa ayrim kishilarning xohishiga qarab emas, balki ob’ektiv tarzda bozordan oladigan signallar asosida amalga oshganda erkin iqtisodiyot sifatida tarkib topadi. "Mahsulotlarning mo’l-ko’lligi uchun taqsimlash uslublaridan, ya’ni narxlar shakllanishini bozor mexanizmidan minnatdor bo’lishimiz kerak" degan, asrimizning taniqli iqtisodchilaridan F. Xayek.

Iqtisodiy resurslar taqsimoti narx mexanizmi orqali amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida taqsimot mulkchilikka bog’liq. Yaratilgan mahsulotdagi ulush har bir omilning mulk egasi sifatidagi hissasi orqali aniqlanadi. Taqsimot qanday tarzda bo’lishiga qarab, ishlab chiqarishni faol yangilanishiga ta’sir ko’rsatadi. Taqsimlashda kishilarning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi, manfaat esa ehtiyojni bildiradi.


Iqtisodiyotda shunday bog‘liqlik bor: ehtiyoj manfaatni, m anfaat maqsadni, maqsad motivatsiyani, bu esa, o‘z navbatida iqtisodiy stimullarni, ya’ni rag'batlantiruvchi kuchlarni yuzaga keltiradi,

mana shunday tartibda taqsimlash iqtisodiy faollikni yuzaga keltiradi.


Taqsimotning bosh tamoyili — bu adolatlilik tamoyilidir. Bunga ko‘ra iqtisodiyot har bir ishtirokchisining yaratilgan mahsulot va xizmatlardan oladigan ulushi bularni yaratishga qo'shgan hissasiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘lishi talab qilinadi. Taqsimlash orqali

yaratilgan mahsulot va xizmatlarning bir qismi joriy iste’molga yuborilsa, boshqa qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga va shu orqali bo‘lg‘usidagi ehtiyojlarni qondirishga yuboriladi.

Iqtisodiy faoliyatning yakunlovchi bosqichi — iste'mol jarayonidir.


Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling