Iqtisodiyot va turizm


Download 0.54 Mb.
bet1/2
Sana27.06.2020
Hajmi0.54 Mb.
#121959
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi.Ibragimov S.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI

IQTISODIYOT VA MENEJMENT”KAFEDRASI

KURS ISH

MAVZU: O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari

va MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi.

5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) ta’lim yònalishi

Bajardi 2-kurs(kechki) 118-guruh talabasi Ibragimov Sarvar

Ilmiy rahbar: _________________________

Termiz-2020

«Tasdiqlayman»

Iqtisodiyot va menejment

kafedrasi mudiri:

________p.h.d.Sh.Otamurodov

«___»_________ 2020 y.



Kurs ishi (loyiha) ni bajarish yuzasidan topshiriqlar

“MAKROIQTISODIYOT” fani bo’yicha 2-kurs 118-guruh talabasi



Ibragimov Sarvar Abdusattor òģli

TOPSHIRIQ

1. Ishlanadigan loyiha (mavzu):

O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari va MDH davlatlari

bilan iqtisodiy hamkorligi.

2. Boshlang’ich ma’lumotlar:

Bugungi kundagi MDH davlatlari tashqi iqtisodiy

aloqalari va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish.

3. Qo’llanmalar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov,

A.M.Alimov.



4. Chizma qismining tuzilishi:

1. 1-rasm. Mamlakat to’lov va savdo balansining asosiy mazmuni

3. 2-jadval. O’zbekiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori

bo’lgan davlatlar.



5. Yozma qismining tuzilishi:

Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari.

O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini o’rganish shu

jumladan MDH davlari bilan tashqi savdo faoliyatini o’rganish.



6. Qo’shimcha vazifa va ko’rsatmalar:

O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan so’ngi yillardagi

iqtisodiy aloqalari tahlili

7. Kurs (ishi) loyihasini bajarish rejasi:

Kirish, 5 ta reja va xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.




1

2

3

4

5

himoyalandi




































Rahbar ______________________________

2-ilova

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

KURS ISHI (loyihasi) ga
M U L O H A Z A

Talaba Ibragimov Sarvar Abdusattor òģli

Mavzu : O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari va MDH davlatlari

bilan iqtisodiy hamkorligi.



1. Mavzuning dolzarbligini asoslash _____________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

1. Qismlar bo’yicha bajarilgan ish tavsifnoma (ishning nazariy va Amaliy ahamiyati,

zamonaviy-ilmiy uslublardan foydalanganligi)

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

3. Muallif ishga baho (mustaqilligi, intizomliligi va boshqalar)

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

4. Umumiy xulosalar (ishning topshiriqga mos kelishi, talab darajasiga javob

berishi, himoyaga qo’yilish imkoni)

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

Rahbar __________________________________

«____»_______________ 2020 yil

3-ilova

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

KURS ISHI (loyihasi) ga
T A Q R I Z

Talaba_____________________________________________________________

(ismi va familiyasi)

Mavzu_____________________________________________________________

___________________________________________________________________

1.Mavzuning dolzarbligini asoslash

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

2. Ishning tarkibini baholash

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

3. Mavzuning baholanishi va uning afzallik tomonlarini ko’rsatish

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

4. Ishda foydalanilgan adabiyotlarga baho berish

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

5. Ilmiy munazara yuritish qobiliyatiga baho berish

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

6. Xulosa va takliflarning ochiqligi va dalillari asoslanganligi

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

7. Jadval va grafiklar, chizmalar sifatiga berilgan baho, ishni rasmiylashtirishning talab dajasiga javob berishi_____________________________________________

8.Ishdagi kamchiliklar_________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

9. Mualifning qaysi taklifini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadga muvofiq

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

10. Ishning qo’yilgan talab darajasiga mos kelishi to’g’risida umumiy xulosa

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

Taqrizchining (F.I.SH.) ish joyi,unvoni_____________________________________

___________________________________________________________________

imzo


«_____»______________2020 yil

«Tasdiqlayman»

Iqtisodiyot va menejment

kafedrasi mudiri:

________p.h.d.Sh.Otamurodov

«___»_________ 2020 y.

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti

Iqtisodiyot va Menejment kafedrasida bajarilgan kurs ish(loyiha)larini



Baholash mezonlari

N○

Mezonlar

Maksimal

ball


Tòplagan

ball


1.

Mavzuning dolzarbligi

0-1 ball




2.

Ishning ilmiy-uslubiy yangiliklari va ijodiy yondoshish darajasi

0-1 ball




3.

Ilmiy-amaliy hulosalar

0-1 ball




4.

Tushuntirish qismining rasmiylashtirilishi

(natijalarning ilmiy texnikaviy,ishlab

chiqarish iqtisodiy,madaniy sohalarga

mosligi va ishning ilmiy, ijodiy tahlil

etilishi.)


0-1 ball





5.

Talabaning himoya qilish darajasi,

pedagogik mahorati. Savollarga aniq va tòliq javob berishi


0-1 ball








Jami

5




*) Ushbu baholash mezonlari kafedra yig’ilishida muhokama qilinib

ma’qullangan. Bayonnoma №___ «___»_______________ 2020 yil.

O’qituvchi: _____________________________
*)Asos: Universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib, uslubiy kengash tomonidan ma’qullangan bitiruv malakaviy ishlarni baholash mezonlari va kurs ishlarini baholash mezonlari ishlab chiqish haqi

dagi universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan berilgan kòrsatmalar.




MUNDARIJA

KIRISH..............................................................................................7

ASOSIY QISM

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari .. 8

  2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar…………………………………………………………………………13

3. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari……………………………………………………………………….20

4. MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining

Bosqichlari………………………………………………………………….............25

5. O`zbekiston Respublikasining so`ngi yillardagi Tashqi iqtisodiy

faoliyati o’zgarishlari tahlili……………………….…………………………..31

XULOSA VA TAKLIFLAR..................................................................34

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ...................................36

KIRISH.

Davlat rivojlanishining barcha tarixiy

bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq

xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy

masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli

izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi

iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish

kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi.

Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak

ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan.

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy

hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy

aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo

ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan

yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini

hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi

savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar

yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar

dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha

mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy

faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari

o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llab-

quvvatlashdan iborat.

1. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari

Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish

jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va

faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining

xilma-xil shakllari tizimidir. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va

turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining

kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va

yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli

va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga

solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo

xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy

bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi,

transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari

xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro

iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro

bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini anglamoq lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish

mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan

boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga

solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir :

- xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning

qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi

davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid

xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi;

BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar,

konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga

solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul

qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk

himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular

jumlasidandir;

- tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi –

Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro

valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro

hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli

tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga

aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi.

Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq,

investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot

almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan

o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro

iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama

maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta

boshladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida

quyidagilarni ajratish mumkin:

- maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo;

- ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash;

- ishlab chiqarishni joylashtirish;

- investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar;

- axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar;

- mehnat resurslari harakati yo’nalishlari.

Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va

birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki

mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta

almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi

transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga

aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart.

Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar

kiradi:

-xalqaro savdo;



-ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv;

-fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; mamlakatlar o’rtasidagi

valyuta moliyaviy hamda kredit aloqalari; kapital va ishchi kuchining harakati;

-xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global

muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar

kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma

korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa

shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.).

Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt:

• tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi;

• tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi;

• sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l

qo‘yilmаsligi;

• tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o^ro mаnfааtdorlik;

• tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri

dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo

bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro

almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr)

sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni,

ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshirdi. Uni

tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga

erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini

oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi

savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u

quyidagilarga ajratiladi:

1. Tayyor maxsulotlar savdosi

2. Yig’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi

3. Barter operatsiyalari

4. Eskirgan uskunalar savdosi

5. Xom-ashyo savdosi

6. Litsenziyalar savdosi

7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.

8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat

tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini

oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi

iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich,

muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy

faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning

darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va

boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.

9. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa

sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular

davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu

aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi.

Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning

milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar

ayrboshlashida keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining

iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va

chuqurlashishiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha

turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari

o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish -iqtisodiy

munosabatlar tizimini tashkil etadi. ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat

iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo,

investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini qamrab oladi.

10.Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini

o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini

jadallashtirish omillariga aylanadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining

samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar turi - bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining

yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar

oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning

bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib

chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy

manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan

bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy

aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga

bo’linadi.

Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat

natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan

xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda

tovar deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan

energiyaning barcha turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo

faoliyatining predmeti bo’lgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari

hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi

shartnoma chog’ida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi.

Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida

quyidagilarni qayd etish o’rinli :

Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning

ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi.

Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot

bozorining shakllanishi.

Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va

unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon

tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari),

xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va

integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement)

hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi

mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik

(IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar

davlatlararo savdo, investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik

masalalarida ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ

sifatida faoliyat yuritadi.

Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga

bo’lgan intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan

mamlakat hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik

jahon xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati

rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro

iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik

sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish,

qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy

va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb

60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini

ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati

ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab

xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish,

rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda.

To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari,

texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga

kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtmatakliflar tizimi

shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa

yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda.

Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab

chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini

yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish

zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar

tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb

ahamiyat kasb etmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar

o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki

bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy

munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida

quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda:

- jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va

iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib

borishi;

- ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam

harakatliligi va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi

(migratsiya qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini

va firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish);

- xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va

valyuta bozoriga bog’liqlik (ayniqsa, valyuta nazorati va uni tartibga solish

masalalarida);

- mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning

ortishi;

- axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot

manbalari, uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi,

milliy va xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

unifikatsiya qilinishiga bo’lgan intilish.


2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar

Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro

murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy

hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid

bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizi mining

asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:

Yalpi ichki mahsulot(YaIM) - bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida

faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard

maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy

maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i,

elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat

turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi.

Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM)

ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda

yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy

shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni

aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning

daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi

xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat

korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm

bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik

ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki,

YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat

faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga

asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan).

Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus

amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va

qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi -bu narxlar ana shu

subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy

mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati

uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi,

shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi.

Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining

xilmaxilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali

baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlar dan

foydalaniladi:

1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli

jon boshiga hisobi.

2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi.

3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish

(ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi).

4. Aholining turmush darajasi va uning sifati.

5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari.

Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon

boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim

rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM

rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa

ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda

asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu

mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi.

Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini

juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita -mamlakatda

asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati,

darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari

quyidagilardan iborat:

1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari

va turlari bo’yicha);

2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi;

3) Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti;

4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo

sarflanadi.

Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning

tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak,

mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy

taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi.

Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir

sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin.

Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay

darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi

orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi.

Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda

qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport

kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport

kvotasi esa 25-30%, MDH davlatlarida 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur

davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy

munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning

uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real

eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning

ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga

teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib

chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda

qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham

aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik

birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi

chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi

barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati

shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari

ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator

ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish

mumkin:

• Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi

• Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi

• Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi

• Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari

• To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari:

• Savdo balasi

• Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi



• Kapital harakati va kredit balansi • Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobi
Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni

Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar

savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga

va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar

kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning

nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi

pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p

hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.

Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar

narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha

yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha

eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli

yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi

koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va

tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.

Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan

olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat

bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni

ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik

harajatlari1

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har

tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan

ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr

mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va

moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar

jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining

nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi

iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga

muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar

va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta

zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va

notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi.

Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va

tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini

ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy

holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida

mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo

saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u

salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi2

Xizmatlar va nosavdo operatsiyalar balansi boshqa mamlakatlarga

ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul kirib kelishi va boshqa mamalakatlar xizmatidan

foydalanilganlik uchun pulning chiqib ketishi nisbatini ta’riflaydi. Iqtisodchilar

xizmatlarni omilli va omilsizga ajratadilar. Omilli xizmatlar milliy

investitsiyalardan tadbirkorlik yoki ssuda kapitali shaklidagi tushumni o’z ichiga

oladi. Bunga pul tushumlari ya’ni dividentlar shaklida, milliy korxona va firmalar

foydasining repatriatsiyasi, horijliklarning milliy patent, litsenziya va

menejmentdan foydalanganligi uchun to’lovlar va boshqalar kiradi. Omilsiz

xizmatlar oqimiga turizm, yo’lovchi va yuklarni transportda tashish, sug’urta,

telekommunikatsiya uchun to’lov va tushumlar kiradi. Savdoga aloqador

bo’lmagan , davlatlararo xizmatlar uchun to’lovlar va tushumlar nosavdo oqimlar

yoki operatsiyalar deb ataladi. Ular qatoriga pul mablag’larining razmiy

o’tkazmalari (masalan, tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalarni boshdan

kechirayotgan mamlakatlar uchun yordam ko’rsatish), qarindosh va yaqinlar

uchun shaxsiy o’tkazmalar va boshqalar.

Kapital harakati va kredit balansi xalqaro kapital va kredit shaklidagi

valyuta mablag’larining kirim va chiqimlari nisbatini aks ettiradi. Kapital harakati

tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida bo’lishi mumkin va oldi-sotdi

jarayonida milliy moliyaviy aktivlar - tashkilot va korxonalarning aksiya va

obligatsiyalari, kredit bilan birga boshqa qarz majburiyatlari va horijiy rezidident

va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladi. Kapital harakatining hisobi ko’p

hollarda savdo balansi va xizmatlar balanslari zararini qoplovchi rolida ishtrok

etadi. Mamlakat ma’lum davr mobaynida tovar va hizmatlarni, ularni ishlab

chiqarishga nisbatan ko’proq iste’mol qilsa, davlat va shaxsiy horijiy kredit,

qarzlar, va boshqa horijiy kapital oqimlari talabni qoplay olmayotgan joriy ishlab

chiqarish, joriy iste’molni moliyalashtirishga yordam beradi, ya’ni bu sof salbiy

eksport.


Boshqa bir muhim tarkibiy qism, asosan joriy operatsiyalar balansi, kapital

harakati balansi zararlarini qoplash rolini o’ynovchi mamlakat oltin-valyuta

zaxiralari hisobidir. Agar to’lov balansining aktiv saldosi joriy operatsiyalar

balansining salbiy saldosini qoplamasa, yoki aksincha to’lov balansining aktiv

saldosi kapital harakati mablag’larining salbiy saldosini qoplamasa va nihoyat

ikkala balans ham sof salbiy qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari to’plab

qo’yilgan valyuta zaxiralari tashqi qarzni qoplovchi ishonchli manba bo’lib hizmat

qiladi.


Xalqaro savdoning samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash va bir tizimga

keltirish har qaysi mamlakat uchun nihoyatda muhim va murakkab vazifa

hisoblanadi. Buning uchun maxsus-ilmiy iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish talab

qilinadi. Bunday tadqiqotlar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos jarayonlarni

chuqur o’rganish bilan birga, ilg’or hisob-kitob usullaridan foydalanishni taqozo

qiladi. Jumladan, bu tarmoqlararo balanslar tuzish usullariga asoslanmog’i lozim.

Xalqaro iqtisodiy aloqalarni bashorat qilganda, tovar aylanishidan tashqari

transport, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar, ilmiy texnik

axborotlarning importi-eksporti, yirik ko’lamdagi loyihalarni amalga oshirishdagi xalqaro hamkorlik kabi tashqi aloqalarning turlari ham hisobga olinadi. Quyidagi

yo’nalishlar katta istiqbolga ega:

1. Qishloq ho’jaligining unumdorligini oshirish mqasadida agrotexnikani

(naslchilik va o’simliklar genetikasi, zararkunandalarga qarshi kurash,

o’g’itlar, sug’orish ishlari va hokazolarni) rivojlantirish.

2. Tabiiy muhitni saqlash, himoyalash va yaxshilash.

3. Energetika xo’jaligi (atom energiyasi, elektrotxnika, transport energetikasi

va hokazolar).

4. Texnik kibernetika.

5. Kosmik fazo tadqiqotlari.

6. Geologiya va okeonografiya.

7. Suv resurslari va sho’r suvlarni tozalash muammolari.

8. Sog’liqni saqlash va aholi o’sishini tartibga solish.

9. Qurilishni yaxshilash va arzonlashtirish.

Hozirgi vaqtda qator ilmiy-texnik axborotlarning xalqaro almashinuvidagi

ko’pgina kamchiliklar (takrorlanish, tarqoqlik, bir shaklga keltirishning

yo’qligi) samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Axborotlarning halqaro

almashinuvi o’zaro foydalidir, chunki axborotlar (ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy va

boshqalar) importi uning zaxiralarini oshiradi. Shubxasiz, axborotlarning

xalqaro almashinuvning kengayishi nafaqat iqtisodiy, balki umummadaniy

nuqtai nazardan ham g’oyat samaralidir. Insoniyat o’z rivijlanishining shunday

bosqichiga qadam qo’ydiki, endilikda ko’pgina mamlakatlarning hamkorlik

aloqalarini talab qiluvchi ulkan loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ularni

amalga oshirish uchun yirik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan birga

ilmiy-texnik tartibdagi ulush ham zarur. Bu esa bitta davlatning qo’lidan

kelmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligi -korxonalar

tashqi iqtisodiy faoliyatini baholash ko’rsatkichi bo’lib, ushbu faoliyatning

natijalarini va uni amalga oshirishga ketgan harajatlarni o’zaro taqqoslashdan

iborat.

Umumiy ko’rinishda tashqi iqtsiodiy aloqalarning samaradorligi



(samarasi) quyidagi yo’llar orqali aniqlanadi:

• Xalq ho’jaligi darajasida - eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga

ketadigan harajatlar, transport va tashqi savdo sarflari, import qilinayotgan o’xshash

tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish va

import tovarlaridan foydalanishning samarasini aks ettiruvchi import

tovarlarning narx bahosiga taqqoslash;

• Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar darajasida - uni ishlab

chiqarishga ketadigan harajatlarni tashqi savdo tashkiloti jo’natmalarining eksport

foydalanuvi va qo’shimcha to’lovlarning boshqa turlarini hisobga oluvchi

boshlag’ich narxlariga qiyoslash;

• Import tovarlarining iste’molchilari (buyurtmachilari);

• Milliy valyutadagi ichki narxlarni (tashqi savdi tashkiloti xalq ho’jaligiga

topshiradigan narxlarda) horijiy tovarlardan foydalanishning samarasini

hisobga olgan holda, shu turdagi tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishning

tannarxiga (harajatlariga) taqqoslash;

• Eksportchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida -tovarlarni yetkazib

berishning topshiriladigan narxlarida ishlab chiqaruvchilarga to’lovlarni

(belgilangan ustamalar, transport sarflarini hisobga olgan holda) mamlakat

chegaralaridagi narxlarda ifodalangan valyutada qiyoslash;

• Importchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida tovarlar importi uchun

(transport va nakladnoy sarflarini hisoga olgan holda) valyutada to’lovlarini milliy

valyutadagi transport va boshqa sarflarni chiqarib tashlab, ularning xalq

xo’jaligiga (buyurtmachilarga) topshirilish narxlaridagi ichki qiymatini

solishtirish;

• Moliya vazirligi darajasida -tashqi savdo almashinuvining saldosini hisobga

olgan holda, import tovarlarining ichki narxini (topshirish baxosini) eksport

maxsulotlarining boshlang’ich narxiga taqqoslash;

Keltirilgan tahlillar shu asosda korxonaning tashqi iqtisodiy aloqalari

samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqishga ijobiy ta’sir

qiladi.


Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va unda davlatning faol ishtroki

MDH davlatlarining o’ziga xos xususiyatidir. Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining

deyarli barcha yo’nalishlarini o’ziga qamrab olgan va uni tartibga solib turadi,

ichki va tashqi axvolni taxlil qilishdan boshlab, tashqi iqtisodiy startegiyani ishlab

chiqish, geografik va tarkibiy sohalarni muhimligini aniqlab, nazorat qilish va

tartibga solishda moliyaviy rag’batlantirish uslublarini qo’llaydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat

siyosati, davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan

omillardan biriga aylantirdi. Bu siyosat MDH davlatlarining milliy manfaatlarini

hisobga olgan holda jahon xo’jaligiga uni yirik xalqaro iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va

moliayviy savdo markaziga, jahon iqtisodiy otiga qo’shilishi

uning salmoqli qatnashchisiga aylantirdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni davlat

tomonidan tartibga solinishida qonunchilik, administrativ-huquqiy, iqtisodiy va

norasmiy kabi bir birini to’ldiruvchi uslublardan keng foydalaniladi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling